- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Kimyoviy tarkib
- Fiziologik ta’sir
- QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
- Nafas yo‘llari kasalliklarini davolash va profilaktikasi
- Ko‘ngil aynishi va oshqozon spazmlarini davolash
- Furunkulyozni davolash
- Erektil disfunksiya va frigidlik (jinsiy ojizlik)
Zanjabil haqida
Zanjabil – ko‘pyillik o‘tsimon o‘simliklar turi bo‘lib, uning ildizi ovqatga ishlatiladi. Dorivor xusu- siyati qadimdan ma’lum bo‘l- gan eng shifobaxsh sabzavot- lardan biri.
KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
Kimyoviy tarkib
Zanjabil ildizi kalsiy, magniy va fos- forga boy bo‘lib, tarkibida S, A va V guruhi vitaminlari ko‘p miqdorda bor. SHuningdek, zanjabilda natriy, temir, sink, kaliy, alyuminiy, kremniy, xolin, xrom va boshqa moddalar, xususan, linol, nikotin i olein kislotalari mavjud. Zanjabil o‘rni bosilmaydigan aminakislotalari – treonin, metionin, triptofan, valin, fenilalanin va boshqalarga boyligi bilan mashhur.
Fiziologik ta’sir
Zanjabil balg‘am ko‘chiruvchi, antibakterial, shamollashga qarshi, antiseptik, el haydovchi, terlatuvchi, o‘t haydovchi va bakteritsid xususiyatga ega. Bu o‘simlik yumshoq ich surgidir, ovqat hazm qilishni me’yorga keltiradi, ortiqcha xolesterinni organizmdan chiqaradi, qon tomirlari devorlarini tozalaydi, turli og‘riqlarni oladi, qon aylanishini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, tetiklashtiradi, moddalar almashinuvini tiklaydi va ozdiradi.
QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llaniladi: nafas olish yo‘llari va infeksiyali kasalliklar, ich qotishi, ko‘ngil aynishi va og‘riqlar bilan kechadigan oshqozon-ichak kasalliklari, ateroskleroz, furun- kulyoz, husnbuzar, erektil disfunksiya, frigidlik, depressiya, ortiqcha vazn.
Qarshi ko‘rsatma: gastrit, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, oshqozon saratoni, gepatit, jigar sirrozi, o‘t-tosh kasalligi, gemorroy, gipertoniya, infarkt, insult, bachchadondan qon ketishi, yuqori harorat bilan kechuvchi kasalliklar, homiladorlikning ik- kinchi yarmi.
DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
Nafas yo‘llari kasalliklarini davolash va profilaktikasi
1-retsept
100 g zanjabil ildizi to‘g‘raladi va ustidan 0,5 l qaynoq suv quyilib, 1 soat damlanadi, suzib olinadi. Damlamaga ta’miga ko‘ra asal qo‘shiladi. 150-200 ml dan kuniga 3 mahal gripp, shamollash, bronxit, o‘pka shamollashi, rinit, yo‘tal, tomoq og‘rig‘ida (37,5 °S gacha harorat bo‘lganda) ichiladi.
Retsept 2
100 g zanjabil ildizi to‘g‘raladi, 1 ta to‘g‘ralgan laym va 1/2 choy qoshiq dolchin qo‘shiladi, ustidan 0,7 l qaynoq suv quyiladi, 30 daqiqa damlanadi va suzib olinadi. Ta’miga ko‘ra asal yoki qiyom qo‘shiladi. Damlama 200 ml dan kuniga 3 mahal gripp, immunitetni mustahkamlash, shimollashda davo yoki profilaktika uchun ichiladi. Davolanish yoki profilaktika kuni 7 kundan kam emas.
Ko‘ngil aynishi va oshqozon spazmlarini davolash
Retsept 1
1 osh qoshiq zanjabil sharbati 1 choy qoshiq limon sharbati va 2 osh qoshiq yalpiz damlamasi aralashtiriladi. Ko‘ngil ayniganda va ko‘krakosti sohasida og‘riq bo‘lganda ichiladi.
Retsept 2
1 choy qoshiq quritilgan zanjabil kukuni 20 ml melissa yoki yalpiz damlamasida aralashtiriladi. Homiladorlikning birinchi yarmida bo‘ladigan ko‘ngil aynishlarida, bosh aylanganda, alkogolli zaharlanishda yoki ovqatga ko‘p eb yuborganda ichiladi.
Furunkulyozni davolash
1-retsept
Zanjabil ildizi qirg‘ichdan o‘tkaziladi, dokaga surtiladi va furunkulga 2-3 soatga qo‘yiladi. Davolanish furunkul ochilguncha qilinadi. YAra bitishini tezlashtirish uchun zanjabil kukuni aloe sharbati bilan aralashtiriladi va dokaga surtilib, yaraga 20 daqiqaga qo‘yiladi. Muolaja kuniga 3-4 mahal yara bitib ketguncha qilinadi.
2-retsept
1 choy qoshiq zanjabil kukuni 1 ta aloe bargi to‘g‘ralgani bilan aralashtiriladi, dokaga qo‘yilib, furunkulga bostiriladi. Malham 1-2 soat ushlab turiladi.
Erektil disfunksiya va frigidlik (jinsiy ojizlik)
1-retsept
100 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan zanjabil 1 L qaynoq suvda bir soat damlanadi, unga ½ limon sharbati qo‘shiladi. Damlama 150 ml dan kuniga uch mahal 21 kun davomida erektil disfunksiyada ichiladi, 10 kun dam olib, kurs qaytariladi. Impontensiyaning oldini olish va frigidlikni davolash (shuningdek, libidoni oshirish) uchun esa har oyda 3-4 kun davomida ichiladi.
2-retsept
50 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan zanjabil, 10-12 rayhon bargi va 1/2 bog‘ petrushka 0,5 l qaynoq suvda yarim
soat damlanadi. Damlama 200 ml kuniga bir mahal jinsiy kuvvatni oshirish maqsadida ichiladi. Davolanish kursi 7 kun. Bir hafta dam olib, kursni qaytarish mumkin.