Zaharlanish Turlari Belgilari Va Davolash Haqida Maslahatlar

Захарланиш Zaharlanish XALQ TABOBATI

Zaharlanish Turlari Belgilari Va Davolash Haqida Eng kerakli Maslahatlar

Zaharlanish dan saqlanish

Zaharlanish: Ba’zan kutilmagan joyda Zahar ichib qo‘yishi mumkin, goho qaynatilayotgan qozonga yoki sirka solingan idishlarga kaltakesak, qoraqurt va chayon kabi yomon narsalar tushib qoladi.

CHunki ko‘p hasharotlar sharob hidini yaxshi ko‘radi va unga tezda etib boradi, goho ular sharob
idishlarida o‘lib qoladi, ba’zan sharobni ichib, idishga qusadi.

SHuning uchun uy shiplari, katta daraxtlar tagi va sero‘t joylardan ehtiyot bo‘lish kerak.

Zahar o‘z kayfiyati, surati va butun javhari bilan ta’sir qiluvchi bo‘ladi. Birinchi xilt Zaharlar «Dengiz
kuyoni» kabi o‘yib eb, chiruvchi yoki afyun kabi qizdiruvchi  yoki kuydirilgan qo‘rg‘oshin kabi badandagi nafas yo‘llarini to‘suvchi bo‘ladi.
Butun javhari bilan ta’sir qiluvchi Zaharga kelsak, bu Zaharlarning eng yomonidir.

Ba’zi Zaharlar bir a’zoning o‘ziga, masalan, qovuqqa, o‘pkaga ta’sir qiladi. Zaharning inson mijozini o‘zgartirishi, biror a’zoni
qizitishi yo unga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida gapirilganda, uning biror muddatdan keyin ta’sir qilishi mumkinligi ko‘zda tugiladi.

Bundan terlash va Zaharni tarqatib yuborish orqali yoki unga qarshi davo qilish bilan
qutulib qolinadi.

Bilingki, uvishtiruvchi Zahar juda kuchsiz va boshqa jihatdan juda kuchli zarar qiladi.
Qaysi jihat g‘olib bo‘lsa, hukm o‘shanda bo‘ladi.

YUrak issiq mijozli bo‘lsa, bunday Zaharlarga qarshi turadi. Issiq badan Zaharning og‘ir javharini suyultiradi,
arteriyalar esa o‘zining kuchli harakati bilan ergashib, siqilgan paytlarida tortadi.

SHu sabab bu xil Zahar issiq badanlarga ko‘proq zarar etkazadi, buning ustiga bu Zaharlar badan mijoziga zid bo‘ladi. Issiq mijozli Zaharlar haqidagi so‘z ham shundan iborat.

CHunki issiq mikoz issiq Zaharlarga qarshi turib, ularni yurakdan haydaydi va quvvatini tarqatadi.
Lekin issiq mijozli badan arteriyalari ularni tortadi, natijada sovuq Zaharlardagidek holat yuz beradi.

Jolinus deydi: «Quniyun, aqonit yoki boshqa biron o‘ldiruvchi Zahar odamni o‘ldiradi, ammo chug‘urchuqlarni o‘ldira olmaydi.

Zahar chug‘urchuq badanidan ta’sirlanib, ozuqaga aylangandan keyingina uning yuragiga etib boradi. Oqsilda
badan yo‘llarining kengligi, haroratining va Zahar tortuvchi arteriyalar harakatining kuchliligi sababli yurakka tezroq etib boradi.

Ammo ta’sir qiluvchi va ta’sirlanuvchi kuvvatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham ko‘zda
tutish kerak».

Jolinusning aytishicha, keksa ayollar oldin aqonitdan juda ozginadan eb, keyin uni davom ettiraveradilar. Nihoyat tablatlari shunga o‘rganadi va uni qo‘rqmasdan iste’mol qiladigan bo‘lib qoladilar hamda aqonit ularga hech bir zarar qilmaydi.

Zahar Turlarini Bilish

Goho Zaharlarning qaysi turdan ekaniga qarab badanga foyda bo‘ladigan ma’lumotlar olinadi.

Agar achishish, shol bo‘lish, ichburash va o‘yib eyish kabi holat paydo bo‘lsa, Zaharning zirnix, margimush va o‘ldirilgan simob kabi o‘tkir, tez va issiq dorilar xilidan ekanligi bilinadi.

Agar qattiq alangalanish, ko‘p terlash, ko‘z qizarishi, behuzurlik va tashnalik, og‘ir uyqu, uvishish va sovuq
qotish paydo bo‘lsa, Zaharning uvishtiruvchi narsalar jumlasidan ekani ma’lum bo‘ladi.

Kuvvat tushishi, sovuq ter, behushliqdan boshqa holat 1yuz bermasa, bu butun javhari
bilan insonga zidlashadigan Zaharlardan bo‘lib, enі yomonidir.

Goho ularning hididan dalil olinad… masilan, afyun ichgan kishidan uning hidi kelib turadi. YOki biror a’zoning hididan, masalan «aqonit» chirituvchi za-harlar ichilganda og‘iz hididan dalil olinadi.

Goho qustirib ko‘rib, ichilgan Zaharga dalil olinadi. Zahar ichgan kishi qustirilsa, ichilgan Zaharning javhari ko‘zga tashlanishi ehtimoldan uzoq emas. YOki buzuq hidining mazasidan ham bilinadi.

Masalan, kuydirilgan qo‘rg‘oshin, ganch, qotgan qon va ivigan sutni ko‘rib bilinadi.

Zaharlanish ning belgilari

Zaharlangan kishi o‘zidan ketsa va ko‘zi olayib, ko‘z qorachig‘i ko‘rinmay qolsa, uning tuzalishi qiyinlashadi.
Ko‘zi qizarib, tili osilib qolsa ham, puls tushib sovuq ter chiqsa, yomonlik belgisidir. Bu holda kamdan-kam kishi tirik qoladi.

Zaharlanish ni davolash

Zaharlanish sezilishi bilanoq, uning quvvati badanga yoyilishidan burun tezda davolashga kirishish kerak. Bemorga iliq suv yoki kunjut yog‘i va zaytun yog‘i ichirib qustiradi, bu tadbirni mumkin qadar ko‘proq qilish lozim.

Ichirilayotgan narsalarga shivit va buroq quvvati o‘tkazilsa, yaxshiroq bo‘ladi. Zaytun yog‘iga biroz g‘oz yog‘i qo‘shib
ichiriladi.

Aytib o‘tilgan narsalar va boshqa moddalar yordamida qusish uchun ular bilan birgaliqda ko‘proq iliq suv
va suyuq ovqat ichirish yaxshiroq bo‘ladi.

CHunki bular qustirilgan taqdirda ham Zaharning quvvatini sindirib, uning ustidan g‘alaba qiladi. Zaharlangan kishi qusgandan keyin iloji boricha ko‘p sut ichadi.

Bu tadbir Zaharning zararini sindiradi. SHuningdek, gazanda o‘t urug‘i qaynatmasini sariyog‘
bilan qo‘shib ichilsa ham, qustirib va ichini surib, Zaharni haydaydi.

Zig‘ir urug‘i qaynatmasi, shuningdek, eritilgan g‘oz yog‘i qo‘shilgan shirin sharob va tok yog‘ochi kulining suvi ham ichiladi. Kusgandan aziyat pastga tushgani sezilsa, huqna qildirish kerak.

Agar betoqatlik zo‘raysa, qustiradigan va ichni suradigan narsa ichiriladi.

Bundan tashqari turp urug‘i, oq va qora murch, uzun murch, arpabodiyon, petrushka, zira va bangidevona urug‘ining har biridan to‘rt dirhamdan, sunbuldan olti dirham olib, asal bilan qorishtiriladi va sirka qo‘shib, bir
boqila og‘irligida ichib turiladi.

Qizil kesakni sirka bilan qo‘shib ichirilsa ham, shu kabi ta’sir ko‘rsatadi. Zahar ichgan kishini uxlatmaslik, talvasaga tushib o‘zini yo‘qotishga qo‘ymasdan ogohlantirib turish.

Tabib ko‘rgach, Zahar xili ma’lum bo‘lsa, turiga qarab davo qo‘llaniladi.

Bu xil aniqlash ikki yo‘sinda: biri Zaharning qaysi jinsda, ikkinchisi qaysi navidan ekaniga qarab bilinadi.

Zaharning parchalovchi o‘tkir moddalardan ekani bilinsa, unga qarshi yangi sog‘ilgan sut, qaymoq, shuningdek, bodom yog‘i va sariyog‘ bilan tayyorlangan suyuq halvo va o‘tkirlikni sindiruvchi har bir narsa bilan davo qilinadi.

Uning alangalantiruvchi Zaharlardan ekani bilinsa, atirgul suvi, kashnich suvi va shularga o‘xshash narsalarni ichirib sovutiladi.

Kasalning boshqaruvchi a’zolariga narsalar qo‘yib bog‘lanib, ularni vaqt-bavaqt sovutib turiladi. Sigir qatig‘ining sovitilgan ayroni bunday hollarda juda yaxshi foyda beradi.

Agar Zaharning uvishtiruvchi moddalardan ekani bilinsa, ko‘proq sarimsoq iste’mol qilish lozim. Unga
qarshi taryoq dorisi, go‘sht iligi va sirka iste’mol qildiriladi.

Bemorga kuchli xushbo‘y narsalar sepiladi, uning turgan joyi shamollatiladi. Unga xushbo‘y kiyimlar kiydiriladi, nazla hidlatib, aksirtiriladi, me’dasining og‘zi sirtdan ishqalanadi, va sochi olinadi.

Qisqasi, Zaharga qarshi ichiladigan dorilardan maqsad Zaharning o‘tkirligini sindirish yoki javharlarini o‘zgartirish bo‘ladi.

Zaharlanish ga Qarshi Dorilar

Zaharga qarshi dorilar Zaharning yurakka etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ular Abu Jahl tarvuzi, qizil kesak, tog‘ archasining bujuri va sambitguli bu sohada ajoyib va teng siz dorilardir.

SHuningdek, daraxt po‘kagidan ikki dir hami sirka bilan iste’mol qilinadi.

– YOvvoyi gulxayri, uning urug‘i, bargi, zaytun yog‘i bilan bo‘yimodaron ichiriladi.

Temirtikanning siqib olingan suvi, sabzi urug‘i, sassiq kavrak ildizi va urug‘i
juda ajoyib dorilardan sanaladi.

YOmon Zamburug‘ Va Qo‘ziqorin bilan zaxarlanish

Zamburug‘ning zaxarli xilini iste’mol qilishdan xav flidir. Uning zararli xili zararsiz deb tanilgan joy
larda o‘smaydi, balki iflos joylarda, hasharotlarning inlari oldida va daraxtlar tagida bitadi.

Qorasi, ko‘ki va tovus ranglarining hammasi yomondir. Bunda zabha, nafas qisilishi, qorin va me’da dam bo‘lishi, hiqichoq, ich burab og‘rishi, rang sarg‘ayishi, puls tushishi, qaltirash, behushlik va sovuq ter paydo bo‘ladi, so‘ng o‘ldiradi.

Qovurdoq Va Buzilgan Go‘sht bilan zaxarlanish

Qanday go‘sht bo‘lishidan qat’i nazar, uni qovurilgandan keyin o‘rab berkitib ko‘ymaslik, balki havo tegib
turishi uchun ochiq qo‘yish kerak.

CHunki o‘rab qo‘yilganda bu go‘sht Zaharlikka aylanib, behuzurlik va ich ketishga sabab bo‘ladi. Uni egan kishi, bir ikki kun aqlini yo‘qotadi, og‘ir uxlaydi, ba’zan o‘ladi.

Davolash: Kasalga behi qaynatmasi va Gulsapsar qaynatmasiga olma shirasini qo‘shib, xushbo‘y sirka ichirilsa, foyda qiladi.

Buzilgan sut va uning davosi 

Bu achib, chirishga o‘tayotgan sutdir. Undan bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va me’da burab og‘rishi paydo bo‘ladi,
ba’zan o‘ldiruvchi holat yuz beradi. Davolash: Asal suvi yordamida qusish, keyin sirkaning yolg‘iz o‘zini ichish kerak.

Me’dadagi sut ivishini davolash

Me’dadagi sut ivituvchi sababdan yoki sutdagi ilishga bo‘lgan kuchli qobiliyatdan, goho ivib sut bilan ichilgan
panirmoya yani qatiqdan qoladi.

Buning natijasida sovuq ter, behushlik va titroqli isitma yuz beradi. Agar sut
birga ichilgan, qatiq sababli ivigan bo‘lsa, tezda bo‘g‘ilishga olib boradi.

Me’dada sut ivishi qon ivishi kabi hodisa bo‘lib, bunda ham qon ivish va Zaharlanishda yuz beradigan yomon
holatlar badan soviydi, puls pasayadi, nafasni qisuvchi bo‘g‘ilish yuz beradi va behushlik paydo bo‘ladi.

Ba’zan bunday kishining qorni dam bo‘ladi. Me’dasida sut ivigan kishi sho‘r narsalardan saqlanishi kerak, chunki ular sutning ivishini zo‘raytiradi.

Bunday holatda sirkaning yolg‘iz o‘zini yoki suvga aralashtirilganini ichirish kerak. 5 dirham quruq yalpizning qaynatma suvi ichirilsin.

Bu ivigan sutni o‘sha zahotiyoq tarqatuvchi ajoyib doridir, bu jihatdan kuchliligi tufayli yangi sovigan sutni ivishga qo‘ymaydi va uni suyultiradi.

Qatiqdan 1 misqol (4,25 gramm) ichirilsin, u ivigan sutni eritadi va qusish yoki ich surish bilan chiqarib yuboradi. YAna me’dada qon ivishiga ham qarshilik qiladi.

– Boldirg‘on va oltinguturt dorilari ichiriladi yoki bu ikkalasidan barobar miqdorda olinib, sirkaga solib
ichiriladi. Anjir yog‘ochi kulining qaynatmasi kasal tuzalguncha ichiriladi.

Jinsiy Aloqa Haqida 100 ta Eng Qiziqarli Faktlar

Buyrakdagi ozishini, eli va shishini, qattiq shishlarini, yaralarini davolash

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика