Turp haqida

Turp haqida Sabzavotlar

Turp haqida

Turp turli foydali va dorivor xususiyatga ega ildizmeva sabzavotdir. Unda ko‘p miqdorda vitaminlar bolib, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Turp tarkibiga oqsillar, uglevodlar, organik kislotalar, efir moylari, glikozidlar, S va V guruhi vitaminlari, shuningdek, kaliy, kalsiy, natriy, temir va fosfor kiradi. Bu sabzavot aminokislotalar, qand, kletchatka va fitonsidlar bilan boy.

Fiziologik ta’sir

Turp og‘ir va yog‘li ovqatlarning hazm bo‘lishiga yordam beradi, me’yorda o‘t ajralishini ta’minlaydi, ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, organizmda ortiqcha suv yig‘ilishiga to‘sqinlik qiladi. Turp inson psixoemotsional holatiga ijobiy ta’sir qilishi borasida kuzatuvlar qilingan. Bundan tashqari, xom turp o‘zini yoki sharbatini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomirlari kasalliklari, shamollash va infeksiyali kasalliklar, ishish, jigar og‘rishi, xususan yog‘ bosishi va surunkali gepatit oldini oladi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Kullaniladi: husnbuzar, qabziyat, yurak faoliyati buzilishi bilan bog‘liq ishishlar, abstinent sindromi, uyqusizlik, o‘t-tosh kasalliklari, ateroskleroz, yurak-qon tomirlari kasalliklari, past kislotali gastrit, artroz, surunkali jigar kasalliklari, nafas yo‘li kasalliklari.

Kdrshi ko‘rsatma: o‘tkir gepatit, nefrit, pielonefrit, podagra, zaharli bo‘qoq, yuqori kislotali gastrit, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, homiladorlik, enterokolit.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Nafas yo‘li kasalliklarini davolash

1-retsept

100 ml qora turp sharbati 1 choy qoshiq piyoz sharbati va 1 osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan bronxit va laringitda ichiladi. Kuchli yo‘talda bir martada 50 ml aralashmadan ichib yuboriladi, keyin 1 osh qoshiqdan 4 mahal ichiladi.

2-retsept

100 ml qora turp shrbati 1 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq qizilmiya shinnisi bilan aralashtiriladi, 250 ml iliq sut qo‘shiladi. Quruq yo‘talda kechga ichiladi.

Abstinent sindromini olish maqsadida

1-retsept

Turp sharbati bodring va selderey sharbatlari bilan 2:1:1 nisbatda aralashtiriladi. Ozroq suv va 1 choy qoshiq petrushka sharbati qo‘shiladi. Aralashmadan 300 ml 1 soat davomida ichiladi.

2-retsept

Qora turp sharbati qizil karam va petrushka sharbatlari bilan 5:2:1 nisbat olinib aralashtiriladi. Aralashmadan 300 ml 1 soat davomida ichiladi. Agar ahvol yaxshilanmasa, 200 ml sutga 1 osh qoshiq turp sharbati va 2 choy qoshiq asal qo‘shib ichish kerak.

O‘t-tosh kasalliklarini davolash

1 -retsept

100 ml qora turp sharbati 50 ml qumli bo‘znoch (bessmertnik) damlamasi aralashtiriladi. Aralashma kuniga 4 mahal 2 osh qoshiqdan ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolash kursi 21 kun. Bir haftalik tanaffusdan so‘ng davolanish kursini qaytarish mumkin.

2-retsept

100 ml qora turp sharbati 50 ml petrushka ildizi qaynatmasi bilan aralashtiriladi, unga achchiq polin damlamasidan 1 choy qoshiq va dastorbosh damlamasidan 1 osh qoshiq qo‘shiladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 14 kun. Zarurat bo‘lganda ikki hafta dam olib davolanishni qaytarish kerak.

Artrozni davolash

1-retsept

200 g turp qirg‘ichdan o‘tkaziladi va 300 ml aroq quyiladi, 3-4 kun damlanadi va suzib olinadi. Damlama kuniga ikki mahal 14 kun davomida og‘rigan bo‘g‘imlar surtiladi.

2-retsept

300 g qirg‘ichdan o‘tkaziladi, dokaga qo‘yiladi va og‘rigan bo‘g‘imlarga bostirib qo‘yiladi. Muolaja kuniga 1-2 marta 21 kun davomida qilinadi.

Oshqozon-ichak kasalliklari profilaktikasi

1-retsept

Oshqozon-ichak trakti infeksiyalarining oldini olish maqsadida har kuni 150 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan turp 1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz sharbati qo‘shilgan holda eyiladi. Profilaktika kursi -2-3 kun.

2-retsept

Gastrit, kolit, meteorizm profilaktikasi uchun kuniga 2 marta turp sharbati 1 osh qoshiqdan ichiladi. Profilaktika kursi 14 kun bo‘lib, yilda 2-3 marta o‘tkaziladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика