Topinambur haqida

Topinambur Sabzavotlar

Topinambur haqida

Topinambur, yoki ernoki foydali va parhezbop sabzavot, uni xdtto qandli diabetda cheklanmagan miqdorda tanavul qilish mumkin.

Topinambur haqida

Kimyoviy tarkib va fiziologik ta’sir

Kimyoviy tarkib

Temir moddasiga ko‘ra topinambur boshqa ildizmevalardan o‘tadi. SHuningdek, kalsiy, kaliy, magniy, natriy, ftor, xrom, kremniy bor.

Topinambur kletchatka, pektin, oqsil, organik kislotalar, inulin, S, R, V guruhi va karotin vitaminlariga boy.

Fiziologik ta’sir

Topinambur oshqozon shirasi kislotaligini kamaytiradi, tarkibidagi inulin tufayli qondagi qand miqdorini tushiradi. Bu ildizmeva ichaklar spazmasini olib, yumshoq ich surish xususiyatiga ega.

Topinamburni tanavul qilish yurak-qon tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, organizmdan og‘ir metall va xolesterinni chiqaradi, kapillyar devorlarini mustahkamlaydi. Topinambur barglari og‘riq, ishish va spazmlarni oladi.

Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar

Ko‘llaniladi: qandli diabet, yuqori kislotali gastrit, artroz, venalar varikoz kengayishi, tromboflebit, qabziyat, gemorroy, gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, semirish, osteoxondroz, revmatizm, sistit, o‘pka kasalliklari, anemiya.

Kfiipuiu ko‘rsatma: meteorizm, diareya.

DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

Qandli diabetni davolash

1-retsept

Har kuni 100-200 g dan yangi topinambur eyilishi kerak. Qonda qand miqdori keskin osganda 100 ml topinambur sharbati ichilaDI.

2-retsept

Kuniga 4 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin tominambur sharbati ichiladi.

Qabziyat va gemorroyni davolash

1-retsept

Qabziyat bo‘lganda topinambur va qaynatib pishirilgan qizil lavlagi 2:1 nisbatda olinadi va qirg‘ichdan o‘tkazilib aralashtiriladi va kechasiga eyiladi. Zarur bo‘lsa, ertasi kuni bu muolaja qaytariladi.

2-retsept

Tashqi gemorroyda topinambur sharbati bilan g‘uddalar artiladi. Muolaja har bir ich kelganidan so‘ng qilinadi. Kechasiga 100 150 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan topinambur eyiladi. Davolash kursi 7 kun.

Osteoxondroz, revmatizm, artroz, venalar varikoz kengayishi va tromboflebitni davolash

1-retsept

30 g topinambur barglari 1 l qaynoq suvda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi, 20 daqiqa damlanadi va suzib olinadi. Bo‘g‘imlar og‘rig‘ida kompress va vannalar uchun ishlatiladi.

2-retsept

Topinambur sharbatlari ot kashtani guli damlamasi va qora buzina mevasi damlamasi bilan 3: 2: 1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashmaga doka ho‘llanib, venalar varikoz kengayishi yoki tromboflebit bilan og‘rigan joyga qo‘yilib bog‘lam qilinadi. Muolaja bir kunda bir marta qilinadi. Davolanish kursi 14 kun.

YUqori kislotali gastrit

1 -retsept

Topinambur sharbati kalendula, moychechak va dastorbosh (tshyachelistnik) damlamalari bilan 3:2:1:1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. O‘tkir gastritni davolash 7 kun, surunkalini esa 21 kun.

2-retsept

Gastritning oldini olish maqsadida haftada 3 marta 100 ml dan topinambur sharbati 2 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq chakanda shinnisi bilan aralashtirib ichiladi.

YUrak-qon kasalliklarini davolash

1-retsept

Topinambur, lavlagi, sabzi va qora ryabina teng miqdorda olinib aralashtiriladi, aralashma tominambur barglari qaynatmasi bilan suyultiriladi. Profilaktika kursi 14 kun bo‘lib, yilda 3 marta o‘tkaziladi.

2-retsept

Har kuni 100 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan topinambur 1 osh qoshiq asal va 50 g to‘g‘ralgan turshak bilan aralashtirib eyiladi. Profilaktika kursi 21 kun bo‘lib, yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика