Tilning turli Kasalliklarini uy Sharoitida Davolash Xalq tabobati

Tilni davolash XALQ TABOBATI

Tilning turli kasalliklarini uy sharoitida Xalq tabobati bilan davolash

Tilning tirishuvini davolash

Belgilari:

Tilni davolash: Goho til uning mushaklarini eniga qarab tortadigan yopishqoq rutubatdan, goho burishtiruvchi savdodan tirishadi. Goho o‘tkir kasalliklar til muщaklarini kuritib, qovushtirib tirishtiradi. Tilning tirishuvi ba’zan so‘zlashga ham zarar etkazadi.

Davolash.

1. 12 kun 4 mahal toza mo‘miyo talqonidan 10 grammiga 50 gramm toza asal aralashtirib, ovqatdan keyin, til ostiga qalin qilib surtib, og‘zida tutib turilsa, foyda qiladi.

2. Bedana yog‘ini 12 kun 3 mahad och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.

3. Til tirishish isitmadan bo‘lsa, 10 kun 3 mahal til ostiga qovoq yogi surtilsa, foyda qiladi.

Tilning kattalashuvini davolash

Tilning kattalashuvini davolash1

OITS va OIV Haqida. Buni hamma bilishi SHart!

Til qonning ko‘pligidan, goho bo‘shashtirib shishiruvchi shilliqli ho‘llikning ko‘pligidan kattalashadi.

Davolash:

1. Qondan va issiq moddadan bo‘lganini 15 kun 3 mahal chukri suvi va limono‘t suvi kabi parchalovchi nordon narsalar bilan ishqalash orqali, namliklardan bo‘lganini esa bo‘shashtirishdan keyin sirka va tuz bilan ishqalansa, foyda qiladi.

2. 13 kun 34 mahal zanjabil, uzun murch, qora murch va ozroq kon tuzlarini teng baravar qo‘shib, talqoni tilga ishqalansa, foyda qiladi.

Til SHishlarini Davolash

Til SHishlarini Davolash
OLYMPUS DIGITAL CAMERA
  1. Sut cho‘pi shirasi 7 kun 5 mahal ovqatdan keyin surtilsa, darddan xolos bo‘linadi.
  2. 2. Ituzum shirasi; gul suvi va qizil gul, qizil tasma va anor po‘stlari qaynatilgan gul suvini og‘izda 10-12 minut tutib turilsa, 10-11 kunda shishlar qaytadi. (5 mahal 1 osh koshiqdan).
  3. 3. Til shishiga 11-15 kun 4-5 mahal ovqatdan keyin yangi shaftoli mevasi bilan ishqalansa, juda foydalidir.
  4. 4. Kunjut yog‘i qo‘shilgan ismaloq oshi va karam oshi kabi stiltirish va tarqatish xususiyatiga ega bo‘lgan ovqatlar eyiladi.
  5. 5. Agar anjir va xurmo suvini og‘izda 10-12 minut tutib turilsa, yaxshi foyda beradi. 6. Agar shish qattiq bo‘lsa, zirk ildiz qaynatmasi suvini og‘izlda 8 kun 5 mahal 10-12 minut tutib tashlanadi.

Tilning Kuyib Achishishini Davolash

Tilning Kuyib Achishishini Davolash

  1. Bemor tuzalguncha qovun, bodring va qovoqurug‘i, yantoq shakar va kraxmalli narsalarni iste’mol kilib yursa, foyda beradi.
  2. 2. SHirin mevalardan siqib olingan suvlarni 12 kun 5-7 marta og‘zida 10-12 minut olib turilsa, foyda qiladi.
  3. 3. Tilda yopishqoq xilt bo‘lsa, qushlarning yog‘i bilan og‘iz 13 kun 5-7 marta chayib turilsa, tuzaladi. 4. 7 kun 5 mahal bog‘ yalpizi suvi bilan og‘iz chayib turilsa, sa, yaxshi ta’sir qiladi.

Til YOrilishini Davolash

  1. Zirk yogochi qaynatmasini yoki zirk qiyomini 9 kun 6 mahal ovqatdan keyin og‘izda 12-15 minut ushlansa, yaxshi ta’sir qiladi.
  2. 2. Olxo‘rini palla qilib bir-biriga ishqalashdan paydo bo‘lgan ko‘pikni 8 kun 4 mahal tilga surtib, 8-10 minut ushlab turilsa, tuzaladi.

Og‘izdan So‘lak Oqishini Davolash

  1. Bemor tuzalguncha balik, ko‘y go‘shti va kush go‘shti kabi engil go‘shtlardan tayyorlangan ovqatlar iste’mol qiladi.
  2. 2. Tatishning kaynatilgan suviga doimo og‘iz chayib turilsa, foyda qiladi.
  3. 3. Aloe qaynatmasini 5 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, balg‘am va yo‘talga foyda qiladi.
  4. 4. Bemor ovqatida doimo sarimsoq, gorchitsa va jo‘ja go‘shtlari bo‘lishi kerak. Har doim uykudan oldin tishni misvok bilan yuvish kerak. 5. Zirk ildiz qaynatmasini 7 kun 6-7 marta og‘izga olib, 10-12 minut g‘arg‘ara qilsa, tuzaladi.

 

 Og‘iz Hidlanishini Davolash

  1. Uzum sirkasiga teng iliq suv ko‘shib, 7 kun 3 mahal yuvib turish kerak.
  2. 2. Kasallik tuzalguncha, kun osha yulg‘un urug‘ini, nazla o‘ti, gazak o‘ti, limono‘ti va qalampirmunchoqlarni chaynab yurilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  3. 3. Tog‘ mayiz chaynab turilsa ham, foyda qiladi.
  4. 4. 10 kun 3 mahal chuchuk miya va za’faron ildizidan 3 gramm olib, hammasini qo‘shib, talqoniga asal aralashtirib, tilga surtilsa, og‘iz hidi ketadi yoki kulcha qilib oz-ozdan iste’mol qilsa, foyda qiladi.
  5. 5. Sirka bilan gul suvi aralashtirib, og‘iz chayilsa ham foyda qiladi.
  6. 6. 15 kun sahar 1 mahal qovun, shaftoli, bodring va topilmasa ularning qoqisini eyishidan foydaliroq narsa yo‘q. Xo‘l mevalar va xo‘l sabzavotlarni tuzalguncha emasligi kerak: misvok bilan tishini 4-5 mahal yuvish lozim.
  7. 7. 15 kun 3 mahal urug‘i olingan tog‘ mayizini yong‘oq kattaligiday miqdorda esa, foyda qiladi.
  8. 8. YAna, archa urug‘iga mayizni ko‘shib, yong‘oq kattaligiday miqdorda 3 mahal iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  9. 9. CHuchuk miya qaynatmasi, behi sharbati va limon suvi bilan og‘iz chayilsa, 10 kun 3 mahal foyda qiladi.
  10. 10. 10 gramm sedana talqoniga, 60 gramm uzum sirkasi qo‘shib aralashtirib, milklarga qalin qilib surtib, 10 kun og‘izni ro‘molcha bilan bog‘lab yotilsa, bemor begumon tuzaladi.

YUtish Joyining Torayishi Va YUtishning qiyinlashuvi

Bilginki, yutish tutuvchi quvvat yordami bilan qizilo‘ngach orqali amalga oshiriladi. Tortuvchi quvvat uzunasiga joylashgan tola bilan ovqatni tortadi; bu ishda unga ko‘ndalang joylashgan tola yordam beradi. Butola yutiladigan pardasini orqasidan tutib, kuyiga qarab siqadi.

Qusish ham qizilo‘ngach bilan bo‘ladi, lekin yutish osonroqdir. CHunki yutish tabiiy yo‘ldagi harakat bo‘lib, ikkita qatlamning yordami bilan bajariladi. YUtish yo‘lining torayishi yo qizilo‘ngachning o‘zidan yoki biror yondosh a’zodagi sababdan bo‘ladi.

Qizilo‘ngachning o‘zida bo‘ladigan sabab yo shish yo haddan tashqari kuruqlik yoki qizilo‘ngachdagi ho‘lliklarning isitma yo boshqa sabab bilan kurishidir. Torayish haddan tashqari buzilgan mizoj turlaridan birontasi sababli va quvvatning tushuvi va kuchsizlanish tufayli bo‘ladi, ayniqsa o‘tkir yomon va og‘ir kasalliklarning oxirida shunday holat ro‘y beradi.

YOndosh sabab biror qisuvchining qisishidan iborat, masalan, tomoq og‘riqlari va boshqa kasalliklarda hiqildoqning shishi bunga misol bo‘ladi. Ba’zan bunda nafas qisish ham yuz beradi. Bo‘yin organlaridagi shish bo‘yin umurtqalarining ichkariga botishi yoki qizilo‘ngachni o‘rab-qisuvchi yoki tirishish va qisish (kuzoz) ham sabab bo‘lishi mumkin.

Buyutish qiyinligi qisish (kuzoz) va qotib qolishdan oldin paydo bo‘ladi. Bizga tanish kishilardan biri yutish yo‘lida noma’lum bir narsa turib qolgani sababli yutish kiyinlashganini sezgan. Bo‘g‘ilishga o‘xshash bir holat yuz berib, bemorning ko‘ngli aynigan.

Keyin u o‘kchib ko‘pgina gijja tashlagan, shundan so‘ng yutish osonlashgan va bug‘ilish ketgan. SHunday qilib, bularning hammasiga sabab yutish yo‘lida o‘sha narsaning qamalib qolishi ekanligi aniqlangan.

Belgilari:

Umurtqalar sababli bo‘ladigan torayishga chalqancha yotilganda torlikning ko‘payishi va yutish vaqtida surilgan umurtqa oldida og‘riq paydo bo‘lishi dalil bo‘ladi. Kuchsizlantiruvchi buzilgan mizoj sababli bo‘ladiganiga esa yutiladigan narsaning uzoq vaqtda o‘tishi, yutish masofasida ovqat o‘tish tezligining kamligi va og‘riq yo‘qligi belgi bo‘ladi.

Lekin yutish qiyinligi qizilo‘ngachning ma’lum bir qismida bo‘lsa, o‘sha joy torayib, yutiladigan narsalarning tortilib qolishi seziladi. YUtish qiyinligi shish sababli bo‘lsa, qizilo‘ngach unga yaqin erda torayadi va shu joyda ogriq bo‘ladi. Issiq shish isitmasiz bo‘lmaydi.

Agar shish issiqdan bo‘lsa, bunga ham harorat va tashnalik belgi bo‘ladi, shish issiqdan bo‘lmasa, isitma chiqmaydi. Ba’zan yutish yo‘lining torayishiga chiqiq sabab bo‘lib, u joyda ozgina og‘riq, shu bilan birga ayrim vaqtlarda titroqli isitma ham paydo bo‘ladi.

Ba’zan shishda yiring yig‘ilib, teshilib oqadi, shunda bemor yiring qusadi. SHishdan paydo bo‘lgan yutish qiyinligi to‘xtaydi va kasallik yaraga aylanadi.

Davolash:

  • 1. Achigan qo‘y sutidan tayyorlangan ayronni 20 kun 3 mahal och holda 100 grammdan ichilsa, yutish qiyinligi tuzaladi.
  • 2. Agar kasallik sovuq mizojdan bo‘lsa, 20 kun 2 mahal kanop yoglarini qo‘yib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 3. Vetnamdan chiqadigan balzam yog‘ini ham 18 kun 2 mahal tomog‘iga surtib, salafon va doka bilan o‘rab, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 4. Bunga burishtiruvchi va isituvchi xushbo‘y dorilar ishlatiladi. Davolashdan oldin me’dani tozalab tuzatishga kirishiladi.
  • 5. Makkai sano talqonini 2 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni surib tozalaydi.
  • 6. Sassiq kavrak elimini 20 kun 3 mahal 2 grammini 3 osh qoshiq sigir sutiga aralashtirib ichilsa, qizilo‘ngach kasalligi tuzaladi.
  • 7. Agar mizoj quruq bo‘lsa, 19 kun 3 mahal och holda chala pishirilgan tuxumni 3 donadan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  • 8. Hayvon yog‘lari, qaymoq, ilik yog‘ini 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, foyda beradi.

Qizilo‘ngachda bo‘ladiganissiq shishlarni davolash Belgilari:

YUtish paytida va boshqa vaqtda ham ensagacha etib boradigan og‘riq va yutish yo‘lining torayishi bilan bo‘ladi. Issiq shishda isitma chiqadi. Issiq shishda kuchli tashnalik paydo bo‘ladi. SHish etilganda titroq kuchayadi; u teshilib oqqanda, bemor yiring kusadi. Issiq shishda yutish yo‘lidagi issiq shish singari torayadi, lekin isitma va tashnalik bo‘lmaydi.

Davolash:

SHishlarga ishlatiladigan dorilarning ba’zisi-ichiladi va ba’zisi surtiladi. Sirtdan surtiladigan dorilarni ikki kurak o‘rtasiga surtish kerak. Burishtiruvchi dorilardan:

  • 1. Kavrak elimini 13 kun 3 mahal 1 grammini 2 osh qoshiq sigir sutiga aralashtirib ichilsa, foyda qiladi.
  • 2. SHishning tagi qattiq bo‘lsa, nazla o‘ti, yovvoyi zira, gulsapsar ildizi va balzam kabi kuchli tarqatuvchilarni aralashtirib, 15 kun 2 mahal shishlarga qo‘yib bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 3. Teshib oqizadigan dorilarni, masalan, gorchitsa (xantal), tog‘gazak o‘tining shirasi (suvi)ni 17 kun 2 mahal shishlarga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 4. Kaptar tezagini 15 kun 2 mahal atala qilib, shishga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 5. SHishlar etila boshlagach, suyuqoshni kepak suvi, achchiq bodom yog‘iga aralashtirib, 18 kun 3 mahal shishlarga surtib bog‘lansa, foyda qiladi.
  • 6. Keyinchalik, 150 gramm kepak suvi, 50 gramm achchiq bodom yogi, 30 gramm shakar, 70 gramm zig‘ir talqoni, 50 gramm yovvoyi no‘xat uni qo‘shilib, aralashtiriladi. Aralashmani shishga surtib, bog‘lab yurilsa, tuzaladi.
  • 7. SHish teshilib oqishga etilganda, gulsapsar ildizi, achchiq bodom va kanopni qo‘shish va bir oz xantal, anjir va arab xurmolarini aralashtirib, 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.

Qizilo‘ngachda bo‘ladigan sovuq shishlarni davolash

Bunga me’da sovuq shishlarini davolashda aytilgan tavsiyalar e’tiborga olinadi va yumshatuvchi ham etiltiruvchi dorilar iste’mol qilinadi.

1. Masalan, 300 gramm yovvoyi yasmiq va 300 gramm arpa uni, 400 gramm toza asal bilan aralaщtirib, och holda 16 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, sovuq shishlarga foyda qiladi.

2. Sirtdan esa, sariq yo‘ng‘ichqa 300 gramm, qashqarbeda 350 gramm, kavrak elimi 15 gramm, gulsapsar ildizi 250 gramm talqonlarini qo‘shib, atala qilib, 20 kun 2 mahal shishga ko‘yib bog‘lab yurilsa, yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Qizilo‘nGachdagi yaralarni davolash

Qizilo‘ngachda yaralar paydo bo‘lganda me’da va boshqa a’zo yaralaridagi singari, bir yo‘la emas, balki dorilarni mumkin qadar oz-ozdan birin-ketin ichirishga harakat qilish kerak. Ularning yopishqoq va kuyugini tanlab ishlatish yoki dorilarga yopishqoq narsalarni aralashtirish kerak.

Buning sababi shuki, suyuqroq dorilar qizilo‘ngachda to‘xtab, unga yopishib turmaydi, tezda o‘tib ketadi va qizilo‘ngachdan uzoqlashadi. Agar ularni bir yo‘la ichirmay bo‘lib-bo‘lib ichirilsa, birin-ketin qizilo‘ngach yarasiga borib tegib, ketma-ket ta’sir qiladi.

  1. 1. Masalan, 1 kg aloeni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazib, 1 litr suv qo‘shib, 1 soatdan ortiq past olovda qaynatib, dokadan suzib, qolgan suviga teng baravar toza asal qo‘shib, 20 minut sekin ustini yopib qaynatib, och holda 13 kun 3 mahal 50 grammini 1 choy qoshiqdan ichirilsa, shish va yaralarga ta’sir qiladi, tuzaladi.
  2. Gulsapsar ildizidan 500 grammini 800 gramm suvda 1 soatcha qaynatib, 15 kun 3 mahal ketma-ket 1 choy qoshiqdan ichirilsa, yaxshi foyda qiladi.

Qizilo‘ngachdan qon oqishini davolash

Qon oqishida ishlatiladigan dorilar, yopishqoq va saqichsimon bo‘lishi kerak, shunda u bir yo‘la me’daga tushib ketmaydi, balki qon oqayotgan joydan sekinlik bilan o‘tib, shu muddatda o‘sha joyga kuchli ta’sir qilishi mumkin bo‘ladi. Agar dorilar tomirlar orqali qaytib o‘sha joyga ta’sir qilsa ham, lekin yo‘llarning uzunligi va yo‘llarda ta’sirlanishni ko‘pligi sababli kuchsizlik bilan ta’sir ko‘rsatadi. 1. Masalan, achchiqtosh qaynatmasini 2 kun ketma-ket 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, qon to‘xtaydi. 2. SHumgiyoh qaynatmasini ham 2 kun 3 mahal ketma-ket 50 grammdan 1 choy qoshiqdan ichirilsa, qizilo‘ngayadan qon ketishi to‘xtaydi: Parxezlari: SHirinlik, achchiq narsalar, qovun, uzum, mayiz vaqtincha eyilmaydi.

Tovush chiqmay qolishini davolash

  1. Suvda qaynatilgan tuxumning sarig‘i, po‘sti archilgan kunjut va yangi sog‘ilgan sutning har biridan 5 osh qoshiq olib, 15 kungacha har kuni 3 mahal ovqatdan keyin 2 osh qoshig‘ida suv bilan aralashtirib ichilsa, orqasidan ko‘raga qo‘yib pishirilgan anorning ichida qaynagan suvini orqasidan ichilsa, tovush ochiladi.
  2. 2. Qo‘raga ko‘milgan anorni kuldan olib, po‘sti ochiladi ichidagi narsasini kovlagich bilan kovlab, unga biroz shakar ko‘shib, 13 kun och holda 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin 1 osh qoshiqdan ichilsa ham, yaxshi ta’sir qiladi.
  3. 3. Tovushi chiqmay qolgan kishilar uchun 18 kun 3 mahal och holda karam suvini tili bilan yalab yursa, foyda qiladi.
  4. 4. Xo‘l karamning shoxchalarini chaynash va suvini oz-ozdan 14 kun 3 4 mahal yutib turilsa ham foyda qiladi, unga ozgina sassiq kavrak elimi, sariq yo‘ng‘ichqa, piyoz va uning shirasi, sarimsok, pista va qishda saqlanadigan shirin uzumlarni teng baravar qo‘shib, tuyib, 13 kun och holda 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ovoz ochiladi.
  5. 5. Qoramol paylarini kuritib, talqoniga teng baravar asal ko‘shib, aralashtirib, 15 kun 4-5 mahal och holda 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tovush ochiladi.
  6. 6. 15 kun 3 mahal och holda ho‘l yoki kuruq anjirdan 5 dona iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  7. 7. YAlpizni 300 grammiga 500 gramm anjir talqonini aralashtirib, 13 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan eb yurilsa, tovush ochiladi.

 

Tovush Bo‘g‘ilishini Davolash

1. Tovushi bo‘g‘ilgan kishi tuzalguncha, nordon, sho‘r, achchiq, o‘tkir mazali narsalardan saqlanishi kerak.

2. Agar tovush bo‘g‘ilishi ko‘p baqirishdan bo‘lsa, 13 kun 3 mahal och holda, anjir, yalpiz va aloedan teng baravar olib, shinni bilan qorib iste’mol qilinsa, tovush ochiladi.

3. 9 kun 3 mahal za’faronni 50 grammiga 3 gramm kavrak elimi aralashtirib, 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Agar tovush bo‘g‘ilishi sovuqdan bo‘lsa ham, mazkur za’faron bilan sassiq kavrak elimidan ishlangan dori foyda qiladi.

4. Kasallik tuzalguncha, sut, chala pishgan tuxumning tuzsiz sarig‘i, ugra, umoch, moshxo‘rda, suyuk oshlar, ismaloq, tugmacha gul va shunga o‘xshashlarning sho‘rvasi ichiladi.

5. YAna, zig‘irdan tayyorlangan suyuq ovqatlar ham foyda qiladi.

6. Turp urugini 300 grammini 100 grammli suvda past olovda 15 minut qaynatib, 5 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa ham, yaxshi ta’sir qiladi.

7. Tovush chiqmay qolsa, anjir qaynatmasini 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda beradi.

8. YAna kelindonak donini 7 kun 6-7 marta og‘izda chaynab yurilsa, davo beradi.

9. SHirin anor suvini ozroq qaynatib, kuyultiriladi, va 15 kun 3 mahal ovqatdan keyin 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

Tovushni tiniq qilish

1. Boqila, mayiz, sanavbar, anjir, sariq yo‘ng‘ichqa, zig‘ir, xurmo, chuchukmiya bargi, bodom, ayniqsa, achchiq bodam va olxo‘rilardan teng baravar olib, elab, uzum shinnisi va toza asal ko‘shib aralashtirib, 1 sutka saqlab, 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tovush tiniq bo‘ladi.

2. Sassiq kavrak elimini yarim grammini 3 osh qoshiq sigir sutiga aralashtirib 10 kun 3 mahal ichilsa, foyda qiladi.

3. Tuxumning sarig‘i boshqa dorilar tarkibini biriktiruvchi eng yaxshi moddalardandir. Tuxum sarig‘ini xomligicha och holda 10 kun, 3 mahal ichilsa, tovushni tiniq qiladi.

Tovush dag‘alligi sovuqdan, tovush mushagining taranglashuvidan, mushakda tirishish kabi holatdan, mushakdagi ho‘llikning qurib qolishidan, ko‘p ashula aytishdan, tilchakning kesilishidan, ko‘p jinsiy aloqadan va uyqusizlikdan paydo bo‘ladi. Bemor tuzalguncha, yuqoridagilardan saqlanish shart.

1. 15 kun 3 mahal 10 donadan xo‘l yoki kuruq anjir, mayiz, ayniqsa uning shirin bodom yog‘ida ivitilgani iste’mol qilinsa, juda yaxshi foyda qiladi.

2. Tilcha qirqilishidan (yorilishidan) tovushlarida dag‘allik paydo bo‘lgan kishilar uchun uzum sharbatiga teng baravar asal qo‘shib, ko‘pigi chiqarib olinadigan miqdorda qaynatib, keyin issiq suv bilan aralashtirib, 12 kun 3 mahal ovqatdan keyin tomoqchayish davolash tadbiridir. SHudorini bemorga och holda 1 oshqoshiqdan ichirilsa, yaxshi davo qiladi. Uning eskisi yangisidan ko‘ra foydalirokdir.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика