- Shivit haqida (Ukrop)
- Kimyoviy tarkibi va fiziologik ta’siri
- Kimyoviy tarkibi
- Fiziologik ta’sir
- Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar
- Davolash va profilaktika
- Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini davolash va profilaktikasi
- Qabziyat (ichning kelmasligi) va gemorroyni davolash
- Sistit va buyrak kasalliklarini davolash
- Allergik dermatitni davolash, hasharotlarning chaqishi keltirib chiqargan qichishishni yo‘qotish
- Bronxit va pnevmoniyani davolash
Shivit haqida (Ukrop)
SHivit—xushbo‘y sabzavot o‘simligi bo‘lib, u turli taomlarda xushxo‘r ziravor sifatida ishlatiladi.
Xalq tabobatida shivit preparatlari turli kasalliklarni davolash va profilaktikasida keng qo‘llaniladi.
Kimyoviy tarkibi va fiziologik ta’siri
Kimyoviy tarkibi
SHivit ko‘kati tarkibida askorbin va nikotin kislotalari, riboflavin, tiamin, karotin, uglevodlar, flavonoidlar, pektinlar, kalsiy, kaliy, temir, fosfor, magniy moddalari hamda A, S, RR va V guruhiga oid vitaminlar mavjud. SHivit urug‘ida olein, palmetin va linol kislotalari bor. SHivitning barcha qismlarida efir moylari mavjud.
Fiziologik ta’sir
SHivitning ko‘kati va urug‘lari ovqat hazm qilishini yaxshilaydi, oshqozon-ichak organlarini yog‘ qoldiqlaridan tozalaydi va xatto eng og‘ir ovqatlarning parchalanishiga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, shivit arterial bosimni me’yorlashtiradi, ishtahani ochadi, emizikli ayollarning sutini ko‘paytiradi, jigar va buyrak faoliyatini tiklaydi, balg‘am ko‘chiruvchi va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlariga egadir.
Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar
Kullanishi: qabziyat, gemorroy, gipertoniya, gastrit, surunkali gepatit, ishtahaning yo‘qligi, buyrakningyallig‘lanishi, sistit, xoletsistit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, uyqusizlik, bronxit, pnevmoniya, allergik dermatit, hasharotlarning chaqishi.
Kdrshi ko‘rsatmalar: gipotoniya, komponentlarga yuqori darajada sezuvchanlik, ich ketishi (diareya).
Davolash va profilaktika
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini davolash va profilaktikasi
1-retsept
50 gr qo‘kat va 1 choy qoshiq shivit urug‘iga 1 litr qaynoq suv quyilib, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. Oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasini davolashda 100 gr dan 3 mahal, ovqatdan 1 soat avval 7 kun davomida, so‘ngra 1 osh qoshiqdan 4 mahal, ovqatdan 1 soat oldin 21 kun davomida ichiladi.
2-retsept
1 choy qoshiq shivit urug‘iga 100 ml issiq zaytun yog‘i quyib, 1 soat mobaynida damlanadi va suzib olinadi. 2 osh qoshiq chakanda (oblepixa) yog‘i bilan aralashtiriladi. Ovqatdan 1 soat oldin 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ichiladi. Profilaktika muolajasi—21 kun. Profilaktikani yiliga 2 marta o‘tkazish lozim.
Qabziyat (ichning kelmasligi) va gemorroyni davolash
1 -retsept
1 choy qoshiq shivit urug‘i 250 ml suv quyib, past olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma ichning kelishi qiyinlashganda uxlashdan avval ichiladi. Zarur bo‘lganda davolanishni keyingi kun ham takrorlash lozim.
2-retsept
2 choy qoshiq shivit urug‘i va 100 gr qizil (butasimon o‘simlik mevasi) ustidan 0,5 litr suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi, 20 daqiqa damlanadi va suzib olinadi. 200 ml dan kuniga 2 mahal ichning kelmasligi yoki gemorroyda qo‘llaniladi. Davolash muolajasi—3 kun.
Sistit va buyrak kasalliklarini davolash
1-retsept
2 choy qoshiq shivit urug‘i va 10 gr archagul o‘ti (trava toloknyanki) ustidan 0,5 l qaynoq suv quyiladi, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. Sistit kasalligida 100 ml dan kuniga 4-5 mahal ichiladi. Davolash muolajasi—7 kun.
2-retsept
SHivit poyasi urug‘lari bilan maydalanadi, undan 1 osh qoshiq olib, 1 choy qoshiq tirnoqgul (kalendula) gullari aralashtiriladi va ustidan 300 ml qaynoq s/v quyib, 30 daqiqa damlanadi. Buyraklarning surunkali kasalliklarida ovqatdan 1 soat oldin 100 ml dan kuniga 3 mahal ichiladi.
Allergik dermatitni davolash, hasharotlarning chaqishi keltirib chiqargan qichishishni yo‘qotish
1-retsept
SHivit urug‘lari maydalanadi va oz miqdordagi zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. Ushbu malham bilan allergik dermatitdan zararlangan teri uchastkalariga kuniga 3-4 marotaba surtiladi. Davolash muolajasi—7 kun.
2-retsept
1 osh qoshiq shivit urug‘iga 100 ml aroq quyib, 7 kun damlanadi va suzib olinadi. Hasharotlar chaqqanda terining qichayotgan joylariga surtiladi.
Bronxit va pnevmoniyani davolash
1-retsept
1 osh qoshiq shivit urug‘iga 1 choy qoshiq yalang‘och qizilmiya (solodka golaya) ildizi va 2 choy qoshiq za’faron (shafran) o‘ti aralashtiriladi va unga 200 ml aroq quyib, 10 kun davomida damlanadi, so‘ng suzib olinadi. Damlamaga 1 osh qoshiq asal qo‘shiladi, o‘tkir bronxit va pnevmoniyada 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichga qabul qilinadi. Davolash muolajasi—14 kun.
2-retsept
Bir necha bog‘ shivit ko‘kati qaynoq suvga botirib olinadi. CHiqayotgan bug‘ ustida 10 daqiqa davomida nafas olish mumkin. Qattiq yo‘talda kuniga 2 mahal ushbu muolajani bajarish lozim.