Сhaqaloq va Yosh Bolalarni Parvarishi (1 yoshgacha) va Emizishni

chaqaloq parvarishi XALQ TABOBATI

Сhaqaloq parvarishi va yosh bolalarni parvarishi, emizishni va ko‘krakdan ajratish xalq tabobatlari

Сhaqaloq parvarishi                               

chaqaloq parvarishi: Homilador ayollar va tug‘ishi yaqinlashgan ayollarning tadbirlari xususida alohida mavzular yoritilgan edi.

Mo‘‘tadil mijozli bola tug‘ilganda fozil kishilardan bir guruhlarining aytishicha, lozim bo‘lgan dastlabki qilinadigan ish to‘rt barmoq enicha’ qoldirib kindikni keomoq, og‘riq bermasligi uchun mayin pishitilgan jun ip bilan kindigini boylamoq va zaytun yog‘iga botiril; gan lattani uning ustiga qo‘ymoqsir.

Kindigi kesilgan vaqgda zarchuba, anzuro‘t va ziralardan barobar bo‘laklarini yanchib va elab, bolaning kindigiga sepish kerak.

Bolaning yuzi va terisi kuchli bo‘lishi uchun kam tuzli namakob surtiladi, bolaning burniga va og‘ziga namakob tegizilmaydy.

Bola gavdasini namakob ila qotirishni qabul qilishimyzning sababi shulki, uning badani boshda uchragan har -bir narsadan qiynaladi.

U narsa unga qatgiq va sovuq bo‘lib tuyuladi. Chunki uning terisi nozik va issiqsir.

SHunday bolaning sezgisiga har bir narsa sovuq, qatgiq va dag‘aldir.

Agar bola tanasida kir va namlik ko‘p bo‘lsa, ikkinchi marta namakoblaymiz.

So‘ngra iliq suv bilan cho‘miltiramiz. Burun teshiklarini barmog‘imiz bilan tozalaymiz.

Ko‘zlariga zaytun yog‘idan ozgina tomizamiz va orqa teshigi ochilsin uchun jimjiloq bilan qitikdaymiz.

SHunda bolani sovuqtegishidan saqlash kerak. 3 yoki 4 kundan so‘ng bolaning kindigi tushgach, sadaf kuli yoki buzoq yog‘i, yoki kuydirilgan qalayni uzum sirkasi bilan ezib, kindikka sepmoq foydalidir.

Agar bolani yo‘rgaklamoqchi bo‘lsa, doya bolaning a’zolarini muloyimlik bilan silashi kerak. chaqaloq parvarishi:

SHunda u kengayishi matlub a’zolarini kengaytirib, ingichkaligi matlub a’zolarini ingichkalantirib silaydi va har bir a’zoga eng chiroyli shakl berishga urinadi.

SHu ishlarning hammasida doya barmoqlarining uchlari bilan bola badanini qayta-qayta yumshoq uqalaydi.

Bolaning ko‘zlarini ipakli matoga o‘xshash bir narsa bilan hamshira artib turmog‘i, qovug‘idan siydiq ko‘chishi oson bo‘lsin uchun barmoqparning uchi bilan silamog‘i kerak.

So‘ngra doya bolaning qo‘llarini yozib, ikki tirsagini ikki tizzasiga tegizadi, boshiga loyiq bosh kiyim kiygiziladi.

Havosi o‘rta darajali, issiq va sovuq bo‘lmagan uyda uxlatiladi, bola uxlatiladigan uy soya va qorong‘i bo‘lmog‘i kerakki, u uyga quyoshning kuchli nuri tushmasin.

Bola o‘rnida yotganida uning boshi boshqa tana a’zolaridan yuqori turmog‘irrak. Uning bo‘yni,l qo‘d-oyoqlari va umurtqa suyagini qiyshaytirib qo‘yishdan saqlanmoq kerak. YOz kunlari bolani o‘rtacha issiq suv bilan cho‘miltiriladi.

CHo‘miltirish uchun eng yaxshi vaqg bolaning uzoq uxlagandan keyingi vaqgdir.

Ba’zan bir kunda ikki va uch marta cho‘miltirish mumkin. Asta-sekin sovuqlikka yaqin iliq suv bilan cho‘miltirishga o‘tiladi.

Qishda esa o‘rtacha issiq suv bilan cho‘miltiriladi. Badani qizarguncha cho‘miltirib, so‘ngra chiqariladi.

Qulog‘ining teshiklariga suv kirishidan saqlaniladi.

Bolani yuvintirish vaqgyda uni o‘ng qo‘lidan ushlab, yotqizayotganda chap qo‘li bilan yotqiziladi, ammo qorni bilan emas.

CHo‘miltirish vaqgida cho‘miltiro‘vchi kishi bolaning orqasini ikki qo‘li kaftiga, boshini esa oyog‘ining yuziga yumshoqlik bilan qo‘yasi.

Keyin doya bolaning. badanini yumshoq sochiq bilan artadi.. Sekinlik bilan uni silaydi, avval qorni bilan, so‘ngra orqasi bilan yotqiziladi.

Barmoqlar uchi bilan ushlab, siqib-siqib qo‘yadi va shakllantiradi, so‘ngra yo‘rgaklaydi va burniga shirin zaytun yog‘i tomiziladi.

CHunki zaytun moyi bolaning ko‘zlarini va ko‘z pardalarini tozalaydi.

  1. Terisi pishiq bo‘lishi uchun uni yo‘rgaklash oldidan badaniga moy surtish lozim.
  1. Uni cho‘miltirish lozim, shunda uni xiltlardan, kirlardan tozalDnadi.
  2. Bolani bezovta qiladigan narsa bilan unga muomala qilish mumkin emas, bu uni uxlashga qo‘ymaydi yoki uyqusini buzadi.
  3. YUmshoq beshik, belanchakdan ayirmaslik kerak.
  4. Agar biror betoblik uni uxlashga qo‘ymasa, taomiga 2 osh qoshiq kashnich’bargining suvini qo‘shib edirish kerak.
  5. Uygoqlik vaqgida yorug‘likdan bahramand bo‘lishi lozim.
  6. Bolaga kunduz kuni har xil rangli narsalarni ko‘proq ko‘rsatish kerak.
  7. So‘zlashga o‘rgatmoq uchun uni erkalatib gapirish lozim.
  8. Burun bitishini yo‘qotish va uni tozalash uchun nazla talqonini hidlatish lozim. CHunki bu ish uning sezgisi va tovushini yaxshilaydi hamda nafasini ochadi.
  9. U katga bo‘lib balog‘atga etgunga qadar qon olish yoki unga surgi qilishdan saqlanish kerak.

Bolani emizish va ko‘krakdan ajratish va chaqaloq parvarishi

Bolani mumkin qadar ona suti bilan boqish kerak. Bola organizmi ona sutini tezroq qabul qiladi va unga odatlanadi.

Tajriba sho‘ni ko‘rsatadiki, bola onasini emganda turli xil salbiy tashqi ta’sirlardan saqlanadi.

Bolani avvalgi emizishda ko‘p emizmaslik kerak. Bolaga asal yalatib, so‘ngra emizish yahshiroqsir.

Ayniqsa emiziladigan sut buzilgan bo‘lsa, sifatsiz va o‘zgargan bo‘lsa, ona ovqatlanmasdan ilgari nahorda emizmasligi, sutni uch bor sog‘ib tashlab, so‘ngra emizish kerak.

SHu bilan birga bolaning mizojini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani sekin-asta tebratish, ikkinchysy uni uxlatish uchun odat bo‘lib qolgan allalashdir.

Agar bolaga o‘z onasyning sutini emyzishga onaning ko‘chsizlygi, yoki sutning buzuqligi, yo suyuqqa yaqynligi Mone’ bo‘lsa, tubanda bayon qylinadygan shartlarga muvofiq bola uchun bir emizuvchi tayinlamoq kerak. Emizuvchyning shakli, so‘tnyyg syfati, o‘sha vaqt bilan tuqqay Vaqti o‘rtasidagy Miqsory va tuqqan bolaning jinsiga qaraladi.

Emizuvchy onaning ovqati bug‘dby non, qo‘zy go‘shti va uloq go‘shtlaridan va baliqdan tayyorlangan bo‘lyshy kyorak. Shyrin bodom, yong‘oq yaxshi ovqatlardan hisoblanadi.

Ona uchun sabzavotlarning yomoni indov, gorchitsa, limono‘tdir. Chunki bularnint har biri onaning sutini buzadi. So‘tni buzish quvvati oddiy yalpizda ham bor. chaqaloq parvarishi

Bola yaxshy rivojlanishi ona suti me’yorida bo‘lishi va tarkibi talab darajasida bo‘lishi kerak.

Ba’zaN sutning suyuqligini tirnoq ustiga tomszysh bilan tajriba qilinadi. Agar tirnoqdan oqsa, u suyuq, oqmasa quyuq sutdir.

Sutni shisha idishga solib ham tajriba qilinadi. Yaxshi Sutning chirigan qismi va zardobi barobar bo‘ladi.

Onani davolash tadbiri shuki, agar suti juda quyuq bo‘lsa, cho‘l yalpizy, kiyik o‘tlarini barobar qo‘shib, qaynatib ichirilsa, suti suyuladi.

Suti suyuq bo‘lsa, quyuq qon paydo qiladigan narsalar bilan ovqatlantiryladi. Ba’zan uzum sharbati ichyriladi va ko‘p uxlash buyuriladi.

Agar oya kamsut bo‘lsa, buning sababi tekshiriladi: emizuvchining gavdasi yssiq mijozmi yoki ko‘krakning o‘zida bo‘lgan yomon issiq mijozmi?

Badanni yoki ko‘krakni ushlab ko‘rilaDy: agar yssiq borligi dalil bo‘lyoa, bodryng va ismaloqlarni barobar qo‘shyb, 20 daqiqa qayyatyb, och qoringa 3 mahal 100 grammdan ichyrish kerak.

Agar unda sovuq mijozlikka yo sut yo‘lining to‘silganiga yoki tortuvchi quvvatning kuchsizligiga dalil bo‘lsa, engil narsa qo‘shiladi. Shuningdek, ikki ko‘krakning tagiga ehtiyotlik bilan terini tilmasdan qortuqlar qo‘yiladi. Agar onaning suti qamligi kam ovqat eyishdan bo‘lsa, arpa, qepak va turli dorilardan tayyorlangan sutoq oshlar ‘ bilan ovqatlantiriladi. Ularga mol yog‘i va uzum sirkasi i ham foyda qiladi.             

Onaning suyuq osh va ovqatlariga arpabodiyon ildizi; va urug‘i, shivit, sedana solinadi. Qo‘y va echkilarning sutli elinlarini suti bilan eyish ham kamsutlikka davo ekanini aytiladi.

Qaynatilgan tuzli baliq kallalarini I shivit suvi bilan ichirish foyda qiladi. Mol yog‘idan bir uqiyani (29,75 g) bir kosa uzum sharobiga qo‘yib ichirish, ; yoki yanchilgan kunjutni sharbatiga qo‘shib ichirish ham foyda qiladi.

Zaytun yog‘i, kepak va turpni sharbatda qay’ natib, 10 kun ichida 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichirilsa, yoki shivit urug‘idan 3 uqiyadan va beda urug‘laridan 2 i uqiyadan olib, arpabodiyon suviga, asalga va yog‘ga aralash; tirib 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqsan ichilsa, ona sutini ‘ ko‘paytiradi. chaqaloq parvarishi:

Agar ona suti ko‘p bo‘lib, turib qolishi va quyuqligi sababli buzilsa, ovqatini ozaytirish va oziqligi oz narsa eyish, ko‘krak va ko‘krakka zira va sirkani yoki sirkada qaynatilgan yasmiqni laggaga surtib bog‘lash lozim.

Buning ustiga sho‘r suv ichiriladi. Yalpizni ko‘p miqsorda iste’mol qilish yoki uni yanchib, ko‘krakka bog‘lash sutni ko‘paytiradi.

Ammo ko‘krakning suti yomon hidli bo‘lsa, rayhonni yanchib, uzum sharbatiga aralashtirib, 10 kun 3 mahal 1 osh qoshiqsan esa, foyda qiladi.

Onaga mo‘‘tadil badantarbiya buyurish va yaxshi ovqatlar tavsiya qilish kerak. Ko‘pincha ona emizish davrida homilador bo‘lib qoladi.

Bunda har ikki bolaga katta zarar bo‘ladi. Sutining yaxshi qismi qorindagi bolaning ovqatiga sarflanadi. Qorindagi bolaga zarari shuki, emuvchi bolaning sutga ehgiyoji sababli qorindagi bolaga kam ozuqa keladi.

Emishdan avval bolaning ozgina yig‘lashi foydalidir. Emishning tabiiy mudsati ikki yildir.

Agar bola sutdan boshqa ovqat eyishni talab qilsa, asta-sekin bera boshlash kerak. So‘ngra oldingi tishlari chiqa boshlasa, kuchliroq ovqatga o‘tkaziladi, lekin chaynalishi qattiq narsa berilmaydi.

Suv va asal bilan, yo meva sharbati yoki sut bilan non beriladi. Juda to‘yib eyishga va ichishga qo‘yilmaydi. Agar bolada ortiqcha to‘yish, qorin ko‘pchish va siydikning oqarishi yuz bersa, unga hech bir ovqat berilmaydi.

Ovqatlantirishning eng yaxshi vaqgi bola badaniga yog‘ surtib, issiq suvga cho‘miltirishdan keyingi paytdir. Qachonki, bola sutdan ajratilsa, bo‘tqalar va engil hazmli go‘shtlardan pishirilgan ovqat beriladi.

Ko‘krakdan ajratish bir yo‘la bo‘lmay, asta-sekin bolaga un va shakardan pishirilgan bo‘g‘irsoq berib ovutiladi.

Agar bola emishni qatgiq taLab qilib yig‘lasa, cho‘l yalpizidan bir dirham (3,975 g) vaznda olinib eziladi va ko‘krakka surtiladi.

Yana mo‘‘tadil va tez-tez badantarbiya qilish kerak. Xususan, bolalar chaqalokdikdan bolalik davriga o‘tsalar, suyuqyaikka ko‘proq muhgoj bo‘ladilar.

Agar bola o‘zi oyoqqa turishga va harakatga tutinsa, qo‘pol harakatlarga yo‘l bermaslik kerak.

O‘zicha yurish yoki o‘tirishga yntilishidan oldin uni yurish va o‘tirishga majbur etish yaxshi emas, chunki oyoqlariga va umurtqasiga zarar etadi.

Bolaning dastlabki o‘tirishi va emaklashida osti shilinmasligi uchun yumshoq va tekis narsa ustiga ko‘ymoq va cho‘plarni hamda ularga o‘xshash sanchiluvchi va t kesuvchi buyumlarni chetga olmoq kerak. Bolani yuqoridan sirg‘antirmaslik lozim.

Bolaning oziq tishlari chiqayotgan davrda qattiq narsalarni tishlatish va chaynatysh man qilinadi.

CHunki bunday narsalarni tishlash bilan oziq tishlarning moddasi buziladi. Bolalarning tishlari ko‘ringan vaqtda milklari quyon miyasi va tovuqning charvisi bilan 7 kun davomida 3 mahaldan yog‘lanadi. Bu yog‘lash tishlarning chiqarishini tezlatadi va osonlashtiradi.

Agar tishning milklari tishning chiqishiga yo‘l bermasa, bolaning boshi va bo‘yni issiq suv bilan chayqab yuvilib, qurigach, 15 kun 3 mahaldan zaytun yog‘i surtiladi va quloqlariga ham tomiziladi.

Oldingi tishlari chiqib, u bilan tishlash mumkin bo‘lgach, bola o‘z barmoqlarini og‘ziga tiqib tishlaydi. SHunday vaqgda bolaga chuchuk miyaning hali

Ko‘p qurimagan ildizidan yoki shirasidan bir bo‘lagini, ya’ni 300 grammini suvda 10 daqiqa qaynatib, 3 kun 3 mahal 1 osh qoshikdan ichirilsa, juda foydalidir.

Bu tish milkida yaralar va og‘rikdar paydo bo‘lganida ham manfaat etkazadi. SHunday og‘riq paydo bo‘lmasligi uchun bolaning og‘zi tuz va asal bilan ishqalanadi. (20 kun 3 mahal).

So‘ngra tishlar o‘sib mustahkam bo‘lgach, yana chuchuk miyaning shirasidan tayyorlangan uncha qurimagan ildizidan bolaning og‘ziga solinadi. Bolalarning tishlari o‘sishi vaqgida chuchuk zaytun yoki boshqa chuchuk yog‘ bilan moylash maqsadga muvofiqdir. Bolalar so‘zlay boshlagach ham, tishlarning tagini chuchuk yog‘ bilan moylab turish kerak.

Bolalar kasalliklari bayoni

Bolaning tishlari chiqishi oldidan tish milklarida paydo bo‘ladigan shishlar, ich ketishi, ikki jag‘ suyagining chekkasidagi paydo bo‘ladigan tishlar shu kabi kasalliklardandir.

SHunday shishlar paydo bo‘lsa, barmoq bilan muloyim silash va tish o‘sishi bobida bayon qilingan yog‘lar bilan yog‘lash kerak. Ba’zi tabiblar shunday hollarda bolaning og‘zini chittigul yoki shivit qaynatilgan suv bilan yuvishni tavsiya qilishadi.

Umuman ich ketish, xususan, tishlarning chiqishi oldidan ich ketish bolalarda paydo bo‘ladigan kasalliklardandir.

Tish chiqish oldidan bolada ich ketish uncha kuchli bo‘lmasa, u bilan mashg‘ul bo‘lish kerak emas.

Agar zo‘rayib ketishdan qo‘rqilsa, bolaning qorniga qizil gul urug‘i yoki petrushka yoki zira qizdirib bog‘lanadi.

Yoki qorniga sirkada ivitilgan zira yoki ozgina sirka qo‘shib qaynatilgan tariq suvini 10 kun davomida 2 mahaldan dokani to‘yintirib, qorniga yopishtirib qo‘yiladi.

Atar u bilan davolanmasa, qo‘zichoq shirdonidan olingan modsadan 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqqa sovuq suv qo‘shib ichirtiriladi.

Shu vaqtda bolaning me’dasida sutning ivib qolishidan quyidagi yo‘l bilan ehtiyot qilinadi: o‘sha kuni sut o‘rniga o‘tadigan chala pishirilgan tuxum sarig‘i va suvda qaynatilgan nonning mag‘izi yoki suvda qaynatilgan un bilan ovqatlantiriladi.

Ba’zi vaqgda bolada ich qotishi paydo bo‘ladi. SHunday vaqgda yolg‘iz quyultirilgan asal yoki cho‘l yalpiziga asal aralashtirilib, orqa teshikka 5 kun ichida 3 mahal qo‘yilsa, foyda qiladi. chaqaloq parvarishi:

Yoki bolaga ozgina asal yoki bir no‘xat miqdorida terpekt saqichi ediriladi va qornini zaytun yog‘i bilan sekin silanadi yoki kindigiga molning o‘ti surtiladi. (7 kun 3 mahal).

Ba’zi vaqtda bolaning milkida kuyishga o‘xshash qorayish paydo bo‘ladi. SHu vaqgda yog‘ va asalari mumi bilan 10 kun davomida 3 mahaldan dog‘lanadi Tish chiqish oldida tirishish kasali paydo bo‘ladi.

Buning sababi ulardagi nervlarning juda kuchsizlanishi va hazmning buzilishidir. Ayniqsa gavdasi semiz bolada pay tortishuvi ko‘proq bo‘ladi. Bu holda gulsapsar ildizi yoki xinaning yoki gulxayrining qaynatmasi 10 kun davomida 3 mahal 1 osh qoshiqsan ichiriladi.

Ba’zi paytda bolalarda tortishish kasali paydo bo‘ladi. Agar bolalarda tortishish kasalligi qattiq ich ketishdan keyin asta-sekin paydo bo‘lsa, u mijoz quruqligini ko‘rsatadi.

Bunday vaqtda bolaning bo‘g‘imlariga zaytun yog‘iga toza mum aralashtirib, 15 kun 3 mahal surtilsa, foyda qiladi.

Kuruq tirishitssharga 10 kun 2 mahal devpechak qaynatmasini 1 osh qoshiqdan ichirilsa, kasallik tuzaladi. Ba’zi vaqgda bolada yo‘tal va tumov paydo bo‘ladi.

SHunday vaqgda bolaning boshiga ko‘p marta issiqroq suv quyilishi buyuriladi. Tiliga asal surtiladi, so‘ngra balg‘am ko‘chirish uchun tilining orqasiga barmoq tegiziladi.; 300 gramm aloe va 300 gramm asal qo‘shib, 25 daqiqa past olovda qaynatib, 8 kun davomida 3 mahal 1 choy qoshiqsan berilsa, balg‘am va yo‘tallar daf bo‘laDi.

Ba’zi vaqg boLaning nafas olishi yomonlashadi. Shunday vaqgda ikki qulog‘ining va tylining tagyni zaytun yog‘y bylan 10 kun 3 Mahal yog‘lamoq va qustirmoq lozim. Bolaning tilyny yog‘ bilan artish ham juda manfaatlidir.

Bolaning og‘izlariga issyq suv tomizib, zyg‘ir urug‘i talqonining bir miqsorini asal bilan aralashtirib, 10 kun 3 mahal yalatiladi.

Chunki og‘izning va tilning pardasi juda yumshoq bo‘lib, engil urinyshni ham ko‘tara olmaydi.

Shu holat ularni bezovta qiladi va chaqalarni paydo qiladi. Og‘iz chaqa bo‘lishining eng yomoni ko‘mirday qorayib, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tuzalishi mumkin bo‘lgany oq va qizil rangidir.

Ba’zan buni davolash uchun qizil atirgulga ozgina za’faron aralashtirib qaynatib, 10 kun 3 mahal 1 osh qoshiqsan ichirilsa, tuzaladi.

Ba’zan chuchukmiya ildizy talqonini 10 kun mobaynida 3 mahal yarim choy qoshiqsan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichirilsa, yaxshi foyda qiladi.

Bolaning tish milklari yaralanishida va og‘iz chaqa bo‘lishida mozi ggo‘stini juda mayda yanchib, asalga qorib, 10 kun 3 mahal surtilsa, manfaatlari katta bo‘ladi.

Shotut shirasining yoki g‘o‘ra uzumnyng suvi ham 10 kun 3 mahal surtilsa, foyda qiladi. Og‘iz chaqa bo‘lgan bolaning og‘ziny asal suvi bilan yuvib, so‘ngra biz bayon qilgan dorilardan birini ishlatish manfaatlydir.

Mozidan 4 dirham, shivitdan 2 dirham (1 dirham 3,975 g) miqsorda olinib yanchiladi, so‘ngra 15 kun Davomida 3 mahaldan oz-ozdan bolaning og‘ziga sepiladi. Goho bolalarning quloqlari oqadi.

Shunday vaqtda ozgina Qo‘y yungyny asalga byroz achchiqgosh yo ‘zafaron yoky 1 miqsor soda (sho‘ra bargi) bilan aralashtirylgan sharobga botyryb, Toyuggtqg quloqlarga tyqiladi.

Buyrakdagi ozishini, eli va shishini, qattiq shishlarini, yaralarini davolash oqing

Ba’zan g‘o‘ra uzum suvyga botyrilgan tongyy yshlatadi, ba’zan biroz zafap’ort qaynatmasi tbmyzyladi. G‘oho ko‘p bolalarda shamol yo namliqdan quloq og`rigi paydo bo‘lady.

Bunda achchiq bbdom yog‘yni 16 kun 3 mahal tomizsa, og‘riq daf bo‘lady.

Ba’zida bola miyasida chayqalish sababli bir shish paydo bo‘ladi. Bu og‘riq ko‘zga va tomoqqa boryb, bu kasal sabably bolalarning rangi sarg‘ayadi.

Shunday vaqgda qovoq va bodring po‘chog‘i, ytuzo‘m suvi, xususan, semizo‘gning siqib olyngan suvi biroz syrka, tuxumning sarig‘i qo‘shilgan dorilarni boshga uch mahal surtilsa, foyda qiladi. Ba’zan bolaning boshida suv yig‘iladi.

Buni davolash usuli bosh kasalliklary bobyda aytib o‘tilgan.

Ko‘pincha bolalarning ko‘zlari shamollab shishadi. SHunday vaqtda Ko‘zlariga ona suti 10 -kun davomida 3 mahal tomyzylsa, tuzaladi yoki chinnygul qaynatilgan suv bylan va limon o‘tynyyg suvi yoky qaynatilgan suvi bilan yuvylsa, foyda qiladi.

Ituzumning siqib olingan suvi 10 kun 3 mahal tomizilsa, foyda qiladi.

Bolalarda ysyitma paydo bo‘lsa, emizuvchini issiq kiyintirish kerak. Emyzuvchiga anor suvi, asal, bodryngdan syqyb blgan suvni biroz kamfora va shakar bilay aralashtiryb, 8 kun 3 Mahal 1 choy qoshiqdan ichirilsa, foyda qiladi.

Ho‘l qamishning suvini siqib olib, bolaning bosh tepasiga va oyog‘yga dokany ho‘llab 3 kun 3 mahal yopishtirib qo‘yilsa, yaxshi ta’sir qiladi. O‘zini o‘rab issiq tutiladi. Albatta, bunday tadbir bolalarni terlatadi.

Ba’zi vaqg bolalarda qorin va ichak burab og‘rishy paydo bo‘lib, betoqat bo‘ladi va ko‘p yig‘laydi. SHunday holda bolaning qornyni issiq grelka bilan va ozgiya mumga aralashtirilgan issiq yog‘ni surtish bilan isitmoq kerak.

Goho bolalarda ketma-ket aksa urish vujudga keladi. Bu narsa miyadagi shishdan bo‘lsa, sovituvchi taomlar va yog‘larni tomizish va surkash bilan davo qilinadi. Agar miyadagi shishdan bo‘lmasa, yanchilgan limono‘t talqonini burun teshiklariga tiqib puflash kerak bo‘ladi.

Goho bolalarning badanlarida mayda yaralar paydo bo‘ladi. Agar u qora yaraga aylansa, ancha xavflidir. Oq va qizilini esa davolash mumkin.

Hamma holatda ham qizil atirgul guli, yulg‘un daraxtining barglari kabi qurituvchi davolarni suvda qaynatilib, 10 kun 2 mahal isitib, badanni yuvish lozim. Ba’zida chaqalarni pishirib etilguncha o‘z holiga qo‘yilib, so‘ngra davolash lozim.

Agar u chaqalar yaraga aylansa, qo‘rg‘oshin o‘tidan tayyorlangan malham surtiladi. Ba’zan chaqalarni biroz sho‘ra bargi qo‘shilgan asal suvi bilan tovish kerak bo‘ladi. Og‘izdagi chaqa; larga ham shunday qilinadi. chaqaloq parvarishi:

Agar chaqalar qatgiqlashib, ; kuchliroq davoga muhtoj bo‘lsa, qizil atirgul, mozi va ; kanakunjut yog‘lariga aralashtirib, 12 kun 2 mahal surtilsa, foyda qiladi.

Hamma dorilardan eng zarurrog‘i emizuvchining ovqa’ tini tuzatishdir. .        

Ba’zi vaqgda bolaning ko‘p yig‘lashli kindikning o‘rnidan chiqishiga va ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Yoki dab’ bani keltiruvchi sabablardan birortasini paydo qiladi.

Bunday holatda sirka bilan kasalga 12 kun 3 mahal dokani ho‘llab, yoki kanop latta yopishtirilsa, kasal tuzaladi. Ba’zan kindik kesilgan joyida shish paydo bo‘ladi. chaqaloq parvarishi.

Shunday vaqgda zaytun yog‘ini 3 kun 3 mahal surtib, bog‘j lab qo‘yilsa, tuzaladi. Goho bolalarda uyqusizlik, to‘xtov। siz yig‘lash, charchash paydo bo‘lib, bolani uxlatishga maj’ bur bo‘linadi.

SHunday vaqgda, agar mumkin bo‘lsa, 3 kun ; 1 mahal kashnich suvidan 2 osh qoshiqsan ichirilsa, foyda qiladi.

Ba’zida hiqichoq paydo bo‘lib, bunday vaqtda dolchin qaynatmasidan 8 kun 3 mahal 2 osh qoshiqsan ichirilsa, tuzaladi.

Bolada goho ko‘p qusish paydo bo‘lady. Shunday, vaqgda bolaga qalampir talqonidan yarim donak kattaligiday 50 gr suvda past olovda 2 daqiqa qaynatib, 2 kun 3 mahal 1 choy qoshiqsan ichirilsa, qusish to‘xtaydi yoki sedana talqonini 2 kun 3 mahal yarim choy qoshiqsan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichirilsa ham, tuzaladi.

Boldsa ba’zan me’da susayib ketadi. Shunda biroz qalampir va sirka qo‘shib, behi suvini yoki ozgina behi sharobiga (qaynatmasi) bir qiyrot. (0.177 gramm) qo‘shib ichirmoq lozim. Ba’zan bola uyqusida qo‘rqinchli tushlar ko‘radi.

Bunday hol ko‘proq bolaning ortiqcha to‘liqligidan bo‘ladi. Agar egan ovqati me’dada seziladigan darajada buzilsa, o‘sha ozorlanish sezuvchi quvvatidan suratlanuvchi quvvatga aylanadi va bu quvvat bolaga yomon, qo‘rqinchli tushlar ko‘rishiga sabab bo‘ladi. chaqaloq parvarishi.

Bolani juda to‘ygan holatda uxlatmaslik kerak. Bu me’dadagi narsani hazm qildirmaydi va tez o‘tkazib yuboradi.

Goho bolaning qizilo‘ngachi bilan og‘zi orasida — tomog‘ida shish paydo bo‘lib, ba’zan shish bo‘yin umurtqasining mushaklariga qadar cho‘ziladi.

Shunday vaqgda orqa teshik orqali ishlatiladigan murakkab davo bilan bolaning ichini yumshatib, 3 kun 1 mahal 2 osh qoshiqdan zaytun yog‘i, keyin 3 kun 3 mahal shotut qiyomidan qilingan shiraga o‘xshash narsalarni edirib davo’qilinadi.

Goho bola uyqusida xurrak otadi. Bunday vaqtda zig‘ir urug‘ini yoki yanchilgan talqonini asal bilan yalatmoq kerak.

Gohida bolada shaytonlash kasali paydo bo‘ladi. Buning ilojini bosh kasalliklari bobida bayon qildik. Lekin bu erda o‘sha kasalga uchragan bolalarga foyda qiladigan bir narsani aytamiz: yovvoyi shaftoli bargi va ziralardan barobar olib hammasi qo‘shib, yanchiladi. chaqaloq parvarishi.

Hosil bo‘lgan talqondan yarim choy qoshiqdan 7 kun 3 mahal kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichirilsa, yoki qaynatmasini och qoringa 7 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichirilsa, foyda ko‘radi.

Buyrak kasalliklari va holatlarini bilish uchun eng kerakli malumotlar

Goho bolaning ko‘tani chiqadi. SHunday vaqgda anor po‘chog‘i, quruq qizilgul, tog‘ echkisi yoki urg‘ochi kiyikning kuydirilgan shoxi, achchiqgosh, echki tuyog‘i, anor guli va mozidan bir dirham (3,975 gramm)dan olib, suvda qattiq qaynatib, quvvatini suvga chiqarmoq, keyin qaynatmani ilitib, 7 kun 2 mahal vanna qilmoq kerak.

Goho sovuq tegish natijasida bolalarning ichidan qon ketadi. SHunday kasali borlarga isiriq donasi va ziraning har biridan uch dirham (1 dirham 3,975 g) vaznda olinib yanchib, elab eskirgan mol yog‘i bilan qorib, sovuq suv bilan 10 kun davomida 3 mahal 1 choy qoshiqsan ichipjtllfea, foyda qiladi.

Ba’zi vaqt bolalarnpng ichida gijja paydo bo‘lib, ularni qiynaydi. Gijjalar ko‘proqteshik atrofida bo‘laI di. Bu gijjalardan ba’zisining bo‘yi uzun bo‘ladi, ammo yassi shakldagisi ham uchraydi.

Uzun xiliga qarshi bo‘yimodaron qaynatma suvini 7 kun 3 mahal och qoringa 50grammdan ichilsa, qurtlar tushadi. Ba’zi gijjalarga 7 kun 3 mahal indov talqonini asalga aralashtirib, och qoringa 1 osh qoshiqsan esa, foyda qiladi.

Mayda gijjalar bolalarning orqa teshiklarida bo‘lib, buning iloji uchun zanjabil va zarcho‘baning har biridan bir bo‘lak olib, hammasiga barobar shakar bilan suv aralashtirib, 8 kun 3 mahal och qoringa 2 osh qoshiqdan ichirilsa, qurtlar tushadi.  chaqaloq parvarishi.

Chaqaloq parvarishi va bola sog‘ligi va xulqi haqida

Bolalarning xulqlariii mo‘‘tadillikda saqlashga alo; hida e’tibor berish kerak. Bunga esa bolani qattiq g‘azab, qo‘rqish, qayg‘u va uyqusizlikdan saqlash orqali erishii ladi. Hamma vaqt bolaning istagan narsasini muhayyo qilishga va istamaganini uzoqlatishga tayyor turish kerak.

Bunda ikki manfaat bor. Biri bolaning ruhi uchun bo‘lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo‘lib o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi.

Ikkinchisi uning badani uchundir, chunki yomon xulq i mijoz buzilishlaridan bo‘ladi. SHuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, mijoz buzilishini keltirib chiqaradi.

Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli quritadi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib, mijozni balg‘amlilikka moyil qiladi. Xulqning mo‘‘tadilligi natijasida ham nafs, ham badan uchun sog‘lik saqlanadi.

Bola uyqusidan uyg‘onganida uni issiq suvda ozgina tuz tashlab cho‘miltirilsa, uzoq vaqt shamollash kam kuzatiladi. Keyin bola uzoq o‘ynaydi. Keyin yana cho‘miltiriladi va ovqatlantiriladi. Mumkin qadar ovqatdan keyin suv bermaslikka harakat qilinadi.

Bola olti yoshga etgach, uni murabbiy va muallim ixtiyoriga topshiriladi. Ta’lim asta-sekinlik bilan berilishi kerak. Birdaniga uni kitobga bog‘lab qo‘ymaslik lozim.

Bola bu yoshga etganida issiq suvda cho‘miltirish biroz kamaytirilib, ovqat eyish oldidan ko‘proq badantarbiya qilish butoriladi. Bolaga achchiq suv berish mumkin emas, ayniqsa, uning mijozi issiq va ho‘l bo‘lsa. CHunki bu unda ortiqcha savdo tug‘dirib, zarar etkazadi.

Bu zarar bolalarga tez va osonlik bilan ta’sir qiladi. Chunki ularning -safrolari siydik bilan chiqarilganligi sababli ko‘paymaydi va ularning bo‘g‘inlari namlanishga muhtoj emasdir. Bolaga toza, salqin va shirin suvni istagan miqdorda berish kerak.

Bolalar o‘n to‘rt yoshga etganlaricha ularning tadbirlari shulardan iboratdir. Yana shuni ham esda tutish kerakki, bolalarda kun sayin namlik kamayib, ularning badanlari qurib va qotib boradi. chaqaloq parvarishi

SHu sababli badantarbiyani asta-sekin kamaytira borish kerak. Bolalik va o‘smirlik orasidagi yoshda bolalar faqat engil harakatlarnigina qilishlari lozim.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика