Selderey sabzavot

Selderey Sabzavotlar

Selderey sabzavot o‘simligi bo‘lib, ovqatga uning barcha qismlari ishlatiladi. Xalq tabobatida asosan uning sharbati va urug‘i ishlatiladi.

Kimyoviy tarkib va fiziologik ta’sir

Kimyoviy tarkib

Selderey bargi va ildizmevasida S, A, E, K, V guruhi vitaminlari, kletchatka, asparagin, tirozin, nikotin kislotasi, kalsiy, xlor, bor, temir, magniy, fosfor, marganets, selen, kaliy, oltingugurt, sink, yog‘li kislota va efir moylari bor.

Fiziologik ta’sir

Seldereyni tanavul qilish ichaklar peristaltikasi, asab tizimiga ijobiy ta’sir qiladi. Oshqozon shirasi ajralishi ko‘paytiradi, qonda qand miqdorini tushiradi, migren va bo‘g‘imlar og‘rig‘ida og‘riqsizlantiruvchi vositasini o‘taydi, yaralarni bitishiga yordam beradi, shamollashga qarshi kurashadi. Selderey organizmdan siydik kislotasini chiqarish xususiyatiga ega.

Selderey ajoyib kosmetologik vositadir. Uning ildizi va poyalaridan qilinadigan niqoblar ajinlarni tekislash va teri tarangligini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.

Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar

Ko‘llaniladi: podagra, revmatizm, artroz, surunkali charchoq sindromi, qandli diabet, jigar va buyrak kasalliklari, jarohatlar, kuyishlar.

Karshi ko‘rsatma: 24 haftadan oshgan homiladorlik, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, bezgak, qabziyat, qalqonsimon bezi kasalliklari, jinsiy kasalliklar, epilepsiya.

Davolash va profilaktika

Artroz va revmatizmni davolash

1 -retsept

100 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan selderey ildizi va 1/4 achchiq qalampir 300 ml aroqda 7 kun damlanadi va suzib olinadi. Damlama bilan kuniga 2 mahal og‘rigan bo‘g‘imlar surtiladi. Davolanish kursi 7-14 kun.

2-retsept

200 ml selderey ildizi va poyasi 1 osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Aralashmaga doka botirilib, og‘rigan bo‘g‘imlarga 1 soatga qo‘yiladi. Muolaja kuniga ikki mahal qilinadi. Davolanish kursi -14 kun.

Jarohat va kuyishlarni davolash

1 -retsept

Selderey ildizi qirg‘ichdan o‘tkaziladi, dokaga o‘raladi, yiringli jarohatga 3-4 soatga qo‘yiladi. Davolanish kursi 3 kun.

2-retsept

Kuygan joylar selderey poyasi sharbati bilan artiladi. Quyoshdan kuyishda qizargan joylarga selderey sharbati charvi yog‘i bilan 1:2 nisbatdagi aralashmasi surtiladi.

Podagra profilaktikasi

1-retsept

1 choy qoshiq selderey urug‘i 200 ml qaynoq suvda 2 soat damlanadi, suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga 2 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi 14 kun. Yilda ikki marta profilaktika o‘tkaziladi.

2-retsept

1 choy qoshiq selderey urug‘i, 1/2 choy qoshiq shivit urug‘i va bir chimdim makkajo‘xori popugi 300 ml qaynoq suvda 2 soat damlanadi. Profilaktika kursi 7 kun. Yilda 2-3 marta profilaktika o‘tkaziladi.

Jigar va buyraklar kasalliklari

1-retsept

100 ml selderey poyasi sharbati 2 g mumiyo va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin jigar kasalliklari profilaktikasi uchun ichiladi. Profilaktika kursi 1 oy.

2-retsept

100 g selderey ko‘kati va 1 choy qoshiq makkajo‘xori popugi 1 l qaynoq suvda 1 soat damlanadi, suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi 7 kun bo‘lib, bir yilda uch marta o‘tkaziladi.

Qonda qand miqdori oshishining oldini olish

Retsept 1

Har kuni seldereyning 30 g ildizi, 20 g ko‘kati yoki 100 g poyasi xomligicha yoki qaynatib pishirilgan holda eyiladi.

2-retsept

100 ml selderey poyasi sharbati 50 ml topinambur sharbati va 50 ml suli qaynatmasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 2 mahal ovqatdan yarim soat oldin qonda qand miqdori oshishi xavfi bo‘lganda ichiladi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика