SARIQ KASALLIGI HAQIDA

Sariq kasallik XALQ TABOBATI

SARIQ KASALLIGINING BELGILARI

Sariq kasalliklarida siydik, ko‘ppicha ko‘pikli va rangdor bo‘ladi; siydikning rangi jigarning holatidan dalolat beradi.

Bu xil sariq kasalligida axlat tiqilmalaridan bo‘lgan sariq kasalligida oqarganidek oqarmaydi, balki ko‘pincha, juda rangli bo‘ladi, tiqilmalarda bo‘lgan sariq kasalligida seziladigan og‘irlik ham sezilmaydi.

Ishtaha kamayadi, tashnalik ko‘payadi, badan ozadi, siydik qizaradi.

Bu xil sariq kasalligining to‘satdan paydo bo‘lpshi kam uchraydi.

Agar sariq kasalligida o‘t qoiidagi o‘tning juda o‘tkirligi va uning alangalanishi sabab bo‘lsa, bunga bedai rangining doimo sariq bo‘lib, faqatgina yuzning qora va tananing oq bo‘lishi, ozish hamda axlagni o‘t juda quritib yuborishi natijasida ichning to‘xtalishi belgi bo‘ladi.

YAna o‘tiing haydalib chiqadigan joylariga bormay, badanga tarqalishi sababli kasallikning avvalida siydikning oq va suyuq bo‘lishi, keyin uning juda sariq, so‘ngra qora va quyuq bo‘lishi, kasallikning oxprida siydikning juda badbo‘yligi ham belgi bo‘ladi.

Bugun badandagi buzilgan issiq mizojdan bo‘lgan sariq kasalligida badanning hammasi issiqtuyuladi va badanda qichima paydo bo‘ladi.

Ishtaha kamayadi, ko‘ngil g‘aliz va shirin narsalarni tusaydi. Tomirlarning juda issiqligi va rangi o‘zgargani seziladi.

Bu xil sariq kasalligi tiqilmalardan bo‘ladigan sariq xastaligining ayrim turiga o‘xshab to‘satdan boshlanmaydi.

Agar sarpq kasalligi issiq yoki qattiq shishdan bo‘lsa, buni aytib o‘tilgan belgilardan bilinadi.

Tiqilmalardan bo‘ladigan sariq kasalligiga kelsak, buning doimiy belgilaridan axlatning ko‘pincha oqligi va kamdan-kam sariqligi,

siydik rangining juda sariqligi, qorin devorida va o‘ng tomonida og‘riq bo‘lib, ovqatlanganidan keyin og‘riq va ko‘pchish sezilishi,

butun badanda qichima bo‘lishi, chap tomon bilan yotilganda uyquning engilligidan iborat.

Lekin o‘t qopidan bo‘lgan sariq kasalligida axlat bir yo‘la juda oqaradi, keyin sariq kasalligi yuz beradi.

Jigar sababli bo‘ladigan sariq kasalligida esa axlat sekin-asta oqaradi, chunki o‘t qopi o‘zidagi o‘tni oz-ozdan yuborib turadi.

SHuning uchun axlat xam oz-ozdan oqarib, nihoyat sariq kasalligi yuz bergach, butunlay oqaradi.

O‘t qopining ichaklarga tomon bo‘lgan yo‘lida tiqilma paydo bo‘lib, o‘t to‘xtab qoladi. To‘planib qolgan o‘t o‘t qopi tomon yo‘l

topolmaganidan jigar aziyatlanib, unga zarar etsa, to‘satdan jigarda o‘t to‘xtalib, og‘izning taxirligi zo‘rayadi va tashnalik kuchayadi.

O‘t qopi sababli bo‘ladigan sariq kasalligidan,yuqoridagi sababga ko‘ra, ko‘pincha qulanj kasalligi yuzaga chiqadi.

Agar uning sababi quyuq xilt bo‘lsa, bunga oldin qo‘llanilgan tadbir dalil bo‘ladi.

Agar sababi et yoki biror narsaning o‘sib chiqishi bo‘lsa, bunga kasallikning va tiqilma belgilarining davom etaverishi, ochuvchi xuqna dorilari va boshqa narsalarning oz foyda qilishi dalolat qiladi.

Sariq kasalligida jigarning haydovchi yoki ajratuvchi quvvatlari kuchli bo‘lgan holatdagi kabi siydik juda sargaymaydi va axlat juda oqarmaydi.

Bundatiqilmalarda og‘riq ham sezilmaydi. Jigarning hamma ishlari kuchsizlanadi.

Ba’zan bunday sariq kasalligi bilan birgalikda ich ketish va jigar kuchsizligining belgilari ham yuz beradi.

O‘t qopi quvvatining kuchsizligi sababli bo‘ladigan sariq kasalligida ko‘ngil qattiq ayniydi va og‘iz taxir bo‘ladi, biroqog‘irlik sezilmaydi.

Bunda kasallik sekin-asta paydo bo‘lib, axlat rangi oq va sariq o‘rtasida bo‘ladi.

Lekin bunda jigarning ajratuvchisi va haydovchi quvvatlarida kuchsizlik bo‘lmasa, peshob juda sarg‘ayadi.

Ayrnm tabiblar o‘t qopidan bo‘ladigan sariq kasalligida jigar sog‘lom bo‘lsa, peshob o‘z rangida va tabiiy holatda qoladi, deb gumon qiladilar, bu mumkin emas, chunki sog‘lom jigar o‘tni qopga,

bu mumkin bo‘lmasa, peshob tomonga haydaydi va mumkin qadar qonga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.

Lekin sariq kasalligida peshob uzoq vaqt oq, rangsiz bo‘lib qolsa yoki ozgina sariq bo‘lsa, bu hol yomon.

Bunday kishining istisqoga uchrash xavfi kuchliroq bo‘ladi, chunki bu hol tiqilmaning sovuqsan ekaniga dalolat qiladi.

Zahardan bo‘lgan sariq kasalligiga biror jonivorning chaqqanligi dalil bo‘ladi.

Zahar ichishdan bo‘lganiga kasalning oldin sog‘ bo‘lganligi va xiltlarining yaxshiligi, so‘ngra axlati oqarib o‘zgarmay, to‘satdan sariq kasalining yuz beryshi dalolat qiladi.

Ko‘ngil aynishi, safro qusish, kuchli uyqusizlik va tashnalik, ishtahasizlik, og‘iz taxirligi, tez-tez nafas olish va ichning quruqligi kabi boshqa belgilari ham bo‘lib turadi. Sariqkasalligida quvvatning kuchsizligi sababli, tomir urishi kuchsiz bo‘ladi.

O‘t moddasi engil va issiqdir, mizoj juda qurib ketyshi mumkin.

Sariq kasalligi rangning xunuk suratda sarg‘ayib va qorayib o‘zgarishidan iboratdir, bunga sariq yoki qora xiltning sasimasdan teriga va teri ostiga oqib borishi sabab bo‘ladi.

Agar sariq xilt sasib borsa, isitma paydo bo‘ladi. Sariq kasalligining sababi, ko‘pincha, jigar va o‘t qopi tomonidan bo‘ladi, qorasariqniki esa talokdan va goho jigardan ham bo‘ladi.

Goho sariq va qorasariq kasalliklarining ikkalasida ham mizoj sabab bo‘ladi.

Demak, sariq kasalligi safroning ko‘pligidan bo‘ladi. Safroning ko‘p tug‘ilishiga esa uni tug‘diruvchi a’zo yoki u paydo bo‘ladigan modda sabab bo‘ladi yoki uning sababi badandan tashqarida bo‘ladi.

Safro tabiiy ravishda paydo bo‘ladigan a’zo jigardir. Biron qizdiruvchi sabab, shuningdek, jigar va o‘t yo‘llaridagi shishlar sababli va o‘t qopi mizojining issiq bo‘lib, juda qizdirishi sababli jigar qizisa, o‘z joyida jigar safroni ko‘p ishlab chiqaradi.

Safro paydo qilishi tabiiy bo‘lmagan joy esa butun badandir. Badan haddan tashqari qizisa, o‘zidagi qonni safroga aylantiradi.

Safro tug‘diradigan modda ovqatlar bo‘ladi. Agar modda yo mizojning issiqligi sababli yoki me’da dagi sut kabi safro tug‘diradigan jinsdan bo‘lsa, safroni ko‘p mikdorda paydo qiladi.

Tashqi sabablarga kelsak, ular masalan/badanni sirtdan o‘rab oluvchi yoki biron sabab bilan unga tarqaluvchi issiqlikdan iborat.

CHayon, ilon, yomon yoki burgut biti deyiladigan bit chaqsa, shunday bo‘ladi.

Goho ichilgan dorilar, masalan, qoplon va ilon o‘ti ham, agar o‘ldirmaydigan darajada ichilsa, shunday ta’sir qiladi.

Zahar ichishdan bo‘ladigan sariq kasalligi to‘satdan yuz beradi.

Safroning ko‘pligidan bo‘ladigan sariq kasalligi quyidagicha sodir bo‘ladi.

Safroning bo‘shatilmasligi sababli bo‘ladigan sariq kasalligiga kelsak, bunda yo jigar tufayli, yo o‘t tufayli, yoki ichak va boshqa a’zolar tufayli bo‘shatilmay qolishi mumkin.

Agar safro jigardan bo‘shatilmasa, buning sababi ta’sir qiluvchi quvvatda yoki qurol a’zo — jigarda bo‘ladi.

Jigarning issiq, qattiq shishlardan tug‘iladigan sariq kasalligi ham shunga o‘xshashdir;

jigarning chuqur tomonga ta’sir qilib, yo‘llarini burishtiruvchi (sovuqdan bo‘ladigan, shuningdek, qisilishi va tiqilmalarning boshqa sabablaridan bo‘ladigan sariq kasalligi ham shu turga kiradi.

Jigar va o‘t qopi yo‘lining qaysi joyida bo‘lsa ham, tiqilma paydo bo‘lib, jigarda safro to‘xtalsa, jigar zaruriy suratda odatdagidan issiqroq bo‘lib qoladi, o‘t ham sog‘lom holatda tug‘iladigandan ko‘ra ko‘proq tug‘iladi.

O‘t qopi sababli paydo bo‘ladigan sariq kasalligi yo o‘t qopini jigardan safroni tortishiga kuchsizligidan bo‘ladi, ayniqsa jigardagi ajratish va haydash quvvati kuchsizlashganda ham shunday hodisa yuz beradi.

YOki o‘t qopidagi tortuvchi quvvatning juda kuchsizligidan paydo bo‘ladi.

Bu quvvat bir yo‘la ko‘p safroni tortib, o‘t qopini to‘lg‘izadi va tortishtirib turgan o‘tdan boshqasi o‘t qopiga sig‘maydi, natijada o‘t qopining kuchi ketib, safroni mutlaqo tortmay qo‘yadi.

Sariq kasalligi o‘t qopidagi ichaklarga boradigan yo‘ldagi tiqilmalardan paydo bo‘ladi.

Goho shu tiqilma bir yo‘la ko‘p oqib kelgan safro bilan o‘t qopining juda to‘lib kelishi sababli vujudga keladi, bir yo‘la safro oqib

kelishi uning ko‘plab tug‘ilishi yoki jigardagi haydash quvvatining yoki o‘t qopidagi tortish quvvatining kuchsizligidan bo‘ladi.

SHunda o‘t qopi yo‘lining og‘zi bekiyaib qoladi, shu bilan birga haydovchi quvvat aziyat sababli goho kuchsizlanadi.

Goho shu tiqilma boshqa biron sababga ko‘ra ham vujudga keladi.

Qulanj kasalligida bo‘ladigan sariqqa yopishqoq xiltining o‘t qopi yo‘liga yopishib, safroning ichaklarsaquyulmay qolishi sabab bo‘ladi.

Qulanj sababli bo‘ladigan sariq kasalligi mana shunday yuz beradi. Goho qulanj bilan birga sariq kasalligi paydo bo‘lsa-da, unga sabab qulanj bo‘lmay, balki ikkalasi bitta sababdan yuz beradi.

Qulanj paydo bo‘lishidan oldin o‘t qopida tiqilma yuz berib, o‘tning ichaklariga quyulib, ularni yuvishiga to‘sqinlik qiladi.

O‘t qamalib qolgach, ichaklar yuvilmaydi, ularda zararli rutubat ko‘payib, qulanj kasalini qo‘zg‘aydi, shunda safro badanga qaytib, sariq kasalligi paydo bo‘ladi.

Ichaklarda bo‘ladigan sariq kasalligiga kelsak, u bir guruh tabiblarning gumon qilishicha, ichaklarga, ayniqsa, qulun ichagiga ko‘p safro quyulib yig‘iladi va to‘sqinlik qiluvchi biron sababga ko‘ra u joydan chiqolmaydi.

Natijada o‘t qopidagi o‘t yo‘li ochiq bo‘lsa ham, bo‘shaladigan joy topilmaydi. Bu xil sariq kasalligi juda kam uchraydi, chunki ichakda o‘t ko‘paysa, o‘zini-o‘zi va boshqa chiqindilarni ham chiqarib tashlaydi.

Lekin ichakning sezgisi yo‘q bo‘lib, haydovchi quvvat pasaysa chiqarolmaydi.

Taloqtufayli bo‘ladigan qorasariq kasalligi o‘t xaltasidan paydo bo‘ladigan sariq kasalligiga tenglashadi.

CHunki u ikkala yo‘ldagi tiqilmalar sababli paydo bo‘ladi. Jigar sababli bo‘ladigan qorasariq kasalligi goho jigarning juda issiqligida bo‘ladi, chunki shunda qon quyulib, badanga savdo ko‘payadi.

Agar bunga taloq va taloqdagi yo‘llar yordam bersa, ish tugal bo‘ladi.

Goho qorasariq kasalligi jigarning juda sovuqligidan ham bo‘ladi, chunki bunda qon loyqalanib qorayadi.

Jigarning sovuqligi goho quruqlik va goho ho‘llik bilan birga sodir bo‘ladi. Bu kasallik sovuq va shishlar sababli ham yuz beradi.

Butun badan sababli bo‘ladigan qorasariq kasalligi yo badanning qonni kuydirib savdoga aylantiradigan darajada juda issiqligidan yoki sovuqdigidan bo‘ladi. Sovuqlik qonni qotirib savdoga aylantiradi.

Butun badan sababdi bo‘ladigan sariq va qorasariq kasalligi badanga tarqalgan tomirlar orqali yuz beradi.

Qonning buzilib savdoga aylanishi qonning buzilib «go‘sht istisqosi» moddasiga aylanishiga o‘xshaydi; ammo jigarda sezilarli buzilish bo‘lmaydi. Qorasariq kasalligining sababini ajratish mumkin.

Qorasariq goqo sariq kasalligida aytilganidek, savdoning to‘xtalib qolishidan yuz beradi.

Goho ikkala xil sariq kasal ham birgalikda paydo bo‘ladi, chunki badanga yoyilgan safro va unga aralashgan qon quyilib savdoga aylanadi va ikkala xilt birikadi yoki ikkala tomonga, ya’ni jigar va o‘t qopchasi tomoniga hamda taloq tomonga birgalikda zarar etgan bo‘ladi.

Ba’zi bir tabiblarning gumonicha, sariqkasalligi goho to‘satdan paydo bo‘ladi; qorasariq kasalligi esa, to‘satdan paydo bo‘lmaydi;

ular yana safroning tug‘ilishi sababli va savdoning tug‘ilish sababidan kuchliroq, shuning uchun savdo oz-ozdan tug‘iladi, — deydilar.

Ko‘pincha ayrim tabiblarning aytganicha bo‘lsa ham, biroq doimo shunday bo‘lavermaydi.

Goho shunday ahvol uchraydiki, tabiat to‘sqinlik qiluvchi biror sababga ko‘ra moddani haydab chiqarish uchun yo‘l topolmasa, qorasariq kasalligi taloq kasalliklari va shularga o‘xshash kasalliklarning buhroni sifatida ham yuz bsradi.

Sariq kasaliga uchragan kishilarning ko‘pida ich to‘xtaydi, chunki ichak devorlarini qitiqlovchi safro to‘xtalib qolgan bo‘ladi.

Kishida sariq kasallik bo‘lib, davolanmasa xavf-xatar tug‘iladi. Ko‘pincha shunday kishilar to‘satdan vafot etadilar.

Jigar sababli bo‘ladigan sariq kasalligi turlariningyomoni shishdan paydo bo‘lganidir. Buqrot shunday deydi; «Sariq kasalligi bilan og‘rigan kishining jigari qattiqlashsa, bu hol yomonlik belgisidir».

YAna Buqrotga nisbat berilgan ayrim asarlarda aytilishicha, sariq kasalligining tezda halok qiladigan yomon bir turi bor.

Bu bilan og‘rigan kishining siydigi yovvoyi yasmiqqa o‘xshash qora-qizil rangda bo‘ladi, qorni sanchib og‘riydi, isitma va et uvishishi bo‘ladi.

Bemor boshining qattiq aylanishidan so‘zlashga ham ojizlik qiladi.

Bu xil sariq kasalligi o‘z vaqtida aniqlanib davolanmasa o‘n to‘rt kun ichida bemor vafot etishi mumkin. 

Qorasariq kasalligining belgilari

Agar kasallik faqatgina taloqdan kelib chiqqan bo‘lsa, kasalning rangi qorayishidan oldin sarg‘aymaydi,

chunki sariq kasalligi goho jigar tufayli ham paydo bo‘lsada, biroq taloqsan bo‘lganida qoralik kuchli bo‘ladi va taloqning qattiqlik va kattalashganlik belgilari yuz beradi, shuningdek chap tomonda og‘riq bo‘ladi.

Axlat va siydik ba’zan qorayadi, goho axlat ichida qora cho‘kma chiqadi, bu kasallikning taloqdan ekaniga kuchli dalil bo‘ladi.

Ba’zan jigarda kasallik bo‘lmasa va taloq kasalligi jigarga haddan tashqari ko‘p o‘tsa, siydik o‘zgarmaydi; shu paytda jigarning sog‘lomligi qorasariq kasalligining taloqdan ekanligiga dalil bo‘ladi.

Goho qorin devori tortishib og‘riydi va og‘irlashadi.

Ko‘pincha ich to‘xtab qoladi, ba’zan esa u yumshaydi; hazm yomonlashib, qorin quldirash ko‘payadi, o‘zini yomon sezish, g‘amginlik, sababsiz vasvasa paydo bo‘ladi, ba’zan qora ter ham chiqadi.

CHiqarish yo‘llardagi tiqilmalar sababli bo‘ladigan qorasariq kasalligidan kuchli og‘irlik va chap tomonni bosib yotishning qiyinligi dalolat beradi.

Issiq va qattiq shishdan bo‘ladiganida ham shu shishlarning belgilari yuz beradi.

Taloq kuchsizligidan bo‘ladiganida esa og‘irlik bo‘lmaydi, agar jigarning ham kuchsizligi sabab bo‘lsa, bunga jigar kuchsizlanadi.

Jigarda bo‘ladigan qorasariqda dastlab jigar kasalliklari yuz berib, sog‘lom yoki zararlangan bo‘lishi mumkin;

shu bilan birga jigarning savdo tug‘diruvchi kasalliklari yuz beradi.

Badan rangi taloqdan bo‘lgan kasalliklardan juda qora bo‘lmaydi. Qorasariq kasalliklari siydikning buzilishidan ham dalolat qiladi.

Badan rangining buzilishi issiq va quruq mizoj sababli bo‘lsa, u sarg‘ish qora bo‘ladi, agar u issiq va rutubatli bo‘lsa, qizil aralash sariq va qora qizilga o‘xshagan bo‘ladi;

agar buzilishi sovuqlik va quruqlikdan bo‘lib, sovuqpik kuchliroq bo‘lsa, ko‘kimtir, quruqlik kuchli bo‘lsa, qoramtir bo‘ladi.

Agar buzilish sovuqlik va rutubatdan bo‘lib, rutubat kuchliroq bo‘lsa, biroz sarg‘ish va yashil bo‘ladi, sovuqlik kuchliroq bo‘lsa, ko‘kimtir bo‘ladi.

Kasallik taloq sababli bo‘lganda, badan rangi bir xilda bo‘ladi.

SARIQ VA QORASARIQNI DAVOLASH

  1. Qora halilaning 500 grammini 5 litr yomg‘ir, buloq yoki qaynab chiqqan suvda 1 sutka ivitib, sirli idishda 40 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqsan parhezi bilan ichilsa, tuzaladi.
  2. Ich qotgan bo‘lsa, 5 kun 1 mahal makkai sanoni kungaboqar yog‘iga baravar aralashtirib, 1 osh qoshikdan kapalab, orqasidan qaynoq suv ichilsa, uch soatda qutuladi.
  3. Zaytun yog‘ini 5 kun 1 mahal och holda 50 grammdan ichsa ham tuzaladi.
  4. Aloydan 2 kg olib, qiymalab to‘g‘rab, 2 litr suv quyib, l soat past olovda qaynatib, dokadan o‘tkazib, baravar asal qo‘shib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhezi bilan ichilsa, tuzaladi.
  5. Kavrak elimining 3 grammiga 1 kg anjirni aralashtirib, 15 kun och holda 3 mahal 1 osh qoshikdan parhezi bilan eyilsa, kasallik tuzaladi.
  6. Abu Jaxd tarvuzining meva qaynatmasini 15 kun 3 mahal 04 holda 50 grammdan parhezi bilan ichilsa, guzaladi.
  7. Sachratqining 500 grammini 7 litr suvda 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 Grammdan ichilsa, foyda qiladi. Kasal so‘ruvchi dorilar, masalan, olxo‘ri, shirinliklar, bodom yog‘i bilan iste’mol qilinsa, yaxshi samara beradi.
  8. Agar jigar va talokdagi tiqilmalarda issiq shish bo‘lsa, arpabodiyon qaynatmasini 3 mahal 100 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  9. Agar sariq kasalligi o‘t qopi yo‘lidagi tiqilmalardan bo‘lsa, davolanish qiyinroq bo‘ladi. Lekin shunday hollarda surgi dorilar ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Surgini devpechak, chilon jiyda, daraxt po‘kagi (ildiz chirigi) talqonlari 10 kun och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalansa, o‘t tiqilmalari ochiladi.
  10. Sariq kasalni o‘ziga keltirish uchun, tiqilmalarni ochadigan dorilarga kelsak, ularning ba’zilari ichadigan, ba’zilari yuvinishda ishlatiladigan va ba’zisi burunga yuboriladigan dorilar bo‘lib, ko‘z va yuzdagi sariqlikni ketkazishda ko‘proq foyda beradi.

Ketma-ket hammomga tushish kabi umumiy tadbirlar ham shu xil dorilar jumlasidandir; chunki hammom davolashning asosidir, hammom foydasini beradigan tadbirlar, masalan, tozalovchi suvli vanna ham shunday.

SHu paytda kasalning kichik hojati qistasa, vannaga siyaversin, chunki peshob ham foyda qiladi.

Hammomdan chiqishda sovuq tegmasligi uchun o‘ralib chiqish va o‘ralgan holda yotish kerak.

Dori ists’mol qilish bilan bo‘ladigan davolash teridan sariqlikni ketkazadigan tadbirlardan iborat.

Sariqlikni ketkazadigan dorilar ichni surish, yo peshobni kuchli haydash yoki terlatish bilan ta’sir qiladi.

Ayniqsa, terlatuvchi quyidagi dorylarni hammomdan keyin qilish foydaliroq.

  1. Makkai sanoni teng kungaboqar yog‘iga aralashtirib, I mahal 1 osh qoshiqdan esa, ichni suradi.
  2. O‘lmas o‘tini 3 mahal quyuq qilib, choy qilib, 4—5 piyoladan issiq-issiq ichilsa, terlatadi.
  3. SHaftoli bargini ham, 3 mahal choy qilib 4—5 piyoladan ichilsa, tsrlatadi.
  4. Petrushka urug‘i 3 mahal I osh qoshiqdan kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, peshobini haydaydi.

Sariq kasalligini tarqatuvchi dori bilan davolamoqchi bo‘lgan kishiga sovuq va shamol zarar qiladi.

Lekin issiq dorining issig‘ini to‘xtatish va uning badanga yig‘ilib turishi maqsadida kasalni sovuqqa qo‘yish mumkin.

Masalan, kasalga murchdan I choy qoshiq kapalatib, keyin sovuq suvga o‘tqaziladi.

Sariqkasalga uchragan kishilaruchun sariqnarsalarga ko‘p qarash foyda qiladi, chunki bu narsa savdoli moddalarning hammasini teriga haydaydi va shu bilan davolash ishi engillashadi.

  1. Kasal vannada o‘tirganida 5 kun 1 mahal 2 osh qoshiq turpning siqib olingan suviga 1 choy qoshiq sirka va 1 choy qoshiqtillo sharobi qo‘shib ichirilsa, yaxshi foyda qiladi. (Tillo sharobi zargarda bo‘ladi).
  2. Sariqqa 7 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan zarcho‘ba talqoni kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, foyda qiladi.
  3. Lavlagi bargi talqoniga teng baravar asal qo‘shib, 7 kun 3 mahal eyilsa, foyda qiladi.
  4. Ichidagisi olib tashlangan Abu Jahl tarvuziga uzum sharbati va suv to‘lg‘azib, 8 kun 1 mahal ichilsa ham foyda qiladi.
  5. Ayniqsa, tiqilmalardan bo‘lgan sariq kasalligida chukri ildizi (ravoch), dalachoy, etmak va ro‘yandan teng baravar miqsorda olib, 15 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  6. Sariqni ketkazish uchun 15 kun 3 mahal quritilgan chuvalchang talqonini 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan issiq suv ichirilsa, (parhezi bilan) sariq ketadi.
  7. Sariq kasalligiga xos va siydikni yurgazuvchi dorilardan dolchin talqonini 1 osh qoshigiga, 2 osh qoshiqtillo sharobi bilan och holda ichiriladi.
  8. So‘ngra kasalni qattiq yugurtiriladi. SHunda kasallik moddasining hammasi peshob orqali haydalib chiqadi.

Siydik va axlatda sariqlik kam bo‘lsa, bundan modda quyuqligi bilinadi.

  1. Zahar ichib sariq kasalligi yuz bergan bo‘lsa, 12 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqbodom yog‘i ichilsa, foyda qiladi. Sariq kasalligiga uchraganlarning taomlari engil, latif va tiqilmalarni ochish xossasiga ega bo‘lishi kerak.
  2. Ularga siydikni yurgazuvchi yoki moddani suyultiruvchi narsalar qo‘shilgan baliq sho‘rvasi foyda qiladi.

Talokdan bo‘lgan qorasariq kasalida anchagina qop to‘liqligi bor deb qaraladi.

Agar shunday bo‘lsa, chap tomon bosliqdan, undan keyin usaylishdan qon olinadi.

So‘ngra taloqni davolashga uning tiqilmalari, shishlari va kuchsizligini tuzatishga kirishiladi.

Agar kasallikka biz aytgandek, savdo tug‘diruvchi quvvat va ovqatlar tufayli ko‘paygan savdo sabab bo‘lsa, bo‘shatuvchi dorilar bilan savdoni chiqarish kerak. Bo‘shatuvchi dorilardan biri quyidagicha tayyorlanadi.       

  1. 500 gramm devpechakni, 7 litr buloq yoki yomg‘ir suvida 1 sutka ivitib, 30 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshikdan ichilsa, qorasariq ketadi.
  2. Qora halila talqonini ham och holda 13 kun 3 mahal 1 osh qoshikdan kapalab, orqasidan qaynoq suv ichilsa, foyda qiladi.
  3. SHuningdeq, qora halila, devpechak, yul un bargi, kovul ildizlaridan teng olib, 30 minut qaynatib, 2 osh qoshiq suviga turp bargi suvi 1 qoshiq va ituzum barg suvidan 1 choy qoshiqdan qo‘shib, 15 kun 3 mahal ichilga, yaxshi foyda qilydi.
  4. Murch bargi va yosh novdasidan baravar qo‘shyb, 30 minut past olovda Qaynatib. 15 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, sariqlik ketadi.
  5. Aloe barginy qiymalab to‘g‘rab, teng suv qo‘shib, 40 minut qaynatib, dokadan sizib, suviga baravar asal qo‘shib, 20 minut qaynatib, 15 kun och holda 2 osh qoshikdan ichilsa, sariq ketadi.

Qorasariq kasalligi ovqatlari: engil toshloq balig‘i, semiz jo‘ja sho‘rvasi, sabzavotlar, sachratqy va petrushka, ayniqsa, sirkalangan kovul mevasini ko‘i iste’mol qilish lozim.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика