- Sarimsoqpiyoz (chesnok) haqida
- KIMYOVIY TARKIBI VA FIZIOLOGIK TA’SIRI
- Kimyoviy tarkibi
- Fiziologik ta’siri
- QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- Davolash va profilaktika
- Gijja invaziyalarini davolash
- Terini zamburug‘li kasalliklarini davolash
- Oshqozon-ichak infeksiyalari profilaktikasi va uni davolash
- Nafas yo‘li kasalliklarini davolash
- Immunitetni oshiruvchi preparatlar
Sarimsoqpiyoz (chesnok) haqida
Sarimsoqpiyoz—eng foydali sabzavotlardan biri bo‘lib, uning shifobaxsh xususiyatlari tabobatda salkam 5000 yildan ziyod ishlatib kelinmoqda.
KIMYOVIY TARKIBI VA FIZIOLOGIK TA’SIRI
Kimyoviy tarkibi
Sarimsoq tarkibida oqsillar, yog‘lar, kletchatka, kalsiy, kaliy, natriy, marganets, temir, fosfor, magniy, rux, yod, oltingugurt moddalari hamda fitonsidlar va efir moylari mavjud. S, D, R va V guruh vitaminlariga juda boydir.
Fiziologik ta’siri
Sarimsoq mikrobga qarshi, yara bitishini tezlashtiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, peshob haydovchi va gijjani haydovchi xususiyatlarga egadir. Oz miqdordagi sarimsoq qonni suyultirish, xolesterin miqdorini tushirish uchun hamda onkologik kasalliklarni profilaktikasi sifatida foydalidir. Bu sabzavot immunitetni oshirish, nafas yo‘li kasalliklarini davolashda hamda vitamin vositasi sifatida keng miqyosda ishlatiladi.
QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llanilishi: gijja invaziyalari, oshqozon-ichakning infeksiyali kasalliklari, terini zamburug‘li kasalliklari, gripp, shamollash, bronxit, laringit, angina, pnevmoniya, immunitetning zaiflashishi.
Qarshi ko‘rsatmalar: gipertoniya, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, jigar kasalliklari, past kislotali gastrit.
Davolash va profilaktika
Gijja invaziyalarini davolash
1-retsept
10 dona sarimsoq bo‘lakchasiga 2 litr suv quyib, 20 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi, dokadan suzib olib, sovitiladi. Qaynatma hukna uchun ishlatiladi. Muolajani kuniga 1 martadan 3 kun o‘tkazish lozim.
2-retsept
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi ezib maydalanadi, so‘ngra u 1 choy qoshiq petrushka sharbati va 1 choy qoshiq arpabodiyon urug‘ining kukuni bilan aralashtiriladi. Ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi. Ustidan pijma gullaridan tayyorlangan kuchsiz damlamasini ichish lozim (1 choy qoshiq quritilgan gul 300 ml qaynoq suvda damlanadi). Davolash kursi—7 kun.
Terini zamburug‘li kasalliklarini davolash
1-retsept
5 ta sarimsoq tishchasi eziladi. yaxshilab asos (bolalar kremi, glitserin yoki zaytun yog‘i) bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Terining zamburug‘dan zararlangan joylariga kuniga 3-4 mahaldan surtish lozim. Davolash kursi-7 kun.
2-retsept
2 choy qoshiq sarimsoq sharbatn 1 o.i qoshiq limon sharbati bilan aralashtiriladi. Teri-
ning zararlangan joylariga kuniga 4 mahal surtish lozim. Davolash kursi—5-7 kun.
Oshqozon-ichak infeksiyalari profilaktikasi va uni davolash
1-retsept
1 osh qoshiq sarimsoq sharbati 2 osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi, so‘ngra 200 ml tirnoqgul gullari damlamasida eritib olinadi. Oshqozon-ichak infeksiyalari kasalliklarida 2 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichga qabul qilinadi. Davolash kursi—3 kun.
2-retsept
1 choy qoshiq sarimsoq sharbati 100 ml iliq sut bilan aralashtiriladi. Oshqozon-ichak infeksiya kasalliklarini profilaktika qilish uchun uni bitta o‘tirishda ichish lozim. Profilaktika kursi—2-3 kun.
Nafas yo‘li kasalliklarini davolash
1-retsept
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi eziladi, so‘ng 2 osh qoshiq malina va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. SHamollash va grippning ilk belgilarida 1 choy qoshiqdan kuniga 6 mahal ichish lozim. Sarimsoq bo‘lakchalarini yirik kismlarga kesib, xonalarga qo‘yib chiqish chozim,
2-retsept
1 osh qoshiq sarimsoq sharbatiga 2 osh qoshiqda tindirilgan lavlagi sharbati, 1/2 limon sharbati, 1 choy qoshiqdan asal, na’matak va qizilmiya (solodka) siroplari aralashtiriladi. Yo‘talda 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichish lozim. Rinit kasalligida sarimsoq sharbati bilan suvning 1:4 nisbatdagi eritmasi burunga tomiziladi.
Immunitetni oshiruvchi preparatlar
1-retsept
Sarimsoq, piyoz, lavlagi va sabzi sharbatlari 1:1:2:2 nisbatda aralashtiriladi, so‘ngra ozgina asal va asal elimi (propolis) eritmasi qo‘shiladi. Gripp epidemiyasi paytida yoki betob bo‘lib, immunitet pasayganda 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi. Profilaktika davomiyligi—kamida 7 kun.
2-retsept
10 ta sarimsoq bo‘lakchasi, 1 ta limon (po‘stlog‘i bilan) va 50 gr yong‘oqning mag‘zi go‘shtqiymalagichdan chiqariladi. O‘tkazilgan kasalliklardan so‘ng immunitetni oshirish uchun ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichga qabul qilish lozim. Profilaktika davomiyligi—kamida 14 kun.