Sabzi foydaligi

Sabzi Sabzavotlar

SABZI

Sabzi – eng foydali sabzavotlardan biri. Xalq tabobatida uning barcha qismlari ishlatiladi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Sabzi tarkibiga RR, S, E, K, V guruhi va karotin vitaminlari kiradi. Bu sabzavot 7 % ugle- vod va 1 % dan ortiq oqsilga ega. Mineral moddalardan asosan kaliy, temir, fosfor, mis, sink, magniy, nikel, ftor va kobalt bor.

Sabzining o‘ziga xos hidi unda efir moylari borligidan darak beradi.

Fiziologik ta’sir

Sabzidan qilingan vositalar oshqozon-ichak organlari funksiyasini me’yorga keltiradi, yumshoq ich surish xususiyatiga ega, siydik qopidagi toshlarni erituvchi muhitni keltiradi, qonni xolesterindan tozalaydi, organizmdan toksin va shlaklarni chiqaradi, onkologik kasalliklarning rivojlanksh xavfini kamaytiradi.

Sabzini tayaavu qilish tomirlarni mustahkamlaydi, kon bosimini tushiradi, vaznni me’yorga keltiradi, ko‘rish qobiliyatini, qon tarkibi va teri holatini yaxshilaydi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Kullaniladi: gipertoniya, ateroskleroz, venalar varikoz kengayishi va tromboflebit, semirish, qabziyat, gemorroy, siydiktosh kasalliklari, onkologik

kasalliklar, ko‘rish qobiliyati tushishi, anemiya, avitaminoz, infeksiyali kasalliklar, immunitet kuchsizlanishi.

Kjapuiu ko‘rsatma: meteorizm, buyrak kasalliklari, diareya, yuqori kislotali gastrit- ning o‘tkir fazasi, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, individual yoqmasligi.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

YUrak-qon tomir kasalliklarini davolash va ularning profilaktikasi

1-retsept

Har kuni 200 ml dan sabzi sharbati ichiladi. Profilaktika kursi – 28 kun. Profilaktika yilda 2-3 marta qilinadi.

2-retsept

200 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabziga 100 g maydalangan yong‘oq, eryong‘oq va funduk yong‘og‘i aralashmasi qo‘shiladi, 20 g mayiz va 2 osh qo- shiq asal ham solinadi. Aralashma 100 g dan kuniga 2-3 marta yurak etishmasligi, giperto- niya, stenokardiya, infarkt oldi holati, yurak jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng qabul qili- nadi. Davolanish kursi – 3 oy.

Saraton kasalliklarini davolash va ularning oldini olish

1-retsept

200 ml sabzi sharbati 1 choy qoshiq sarim- soq suviga 2 osh qoshiq chaga qaynatmasidan qo‘- shiladi. 100 ml kuniga 2 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Bu muolaja saratonga qarshi davolanish davomida ichiladi.

2-retsept

2 choy qoshiq sabzi urug‘i 300 ml suvda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi, suzib olinadi, sovitiladi. Unga 100 ml sabzi sharbati qo‘shi- ladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 4 mahal on- kologik kasalliklarning oldini olish maqsa- dida ichiladi.

Ushbu vosita xolga surtiladi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq chayiladi. Profilaktika kursi – 28 kun.

Ko‘z kasalliklarini davolash

1-retsept

Sabzi sharbati suv bilan 1:1 nisbatda ara- lashtirilib, kechasiga ko‘zlarga (har bir ko‘zga 2-3 tomchidan) tomiziladi. Ko‘rish qobiliyati pasayganda davolanish kursi -14 kun, kataraktada – 28 kun, kon’yunktivitda – 3-5 kun.

2-retsept

Ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olish uchun har kuni 150 ml sabzi sharbati yoki 200 g sabzining o‘zini eyish kerak. Profilaktika kursi – 14 kun.

Gemorroy va qabziyatni davolash

1 -retsept

Qabziyat va gemorroy kasalliklarida har kuni och qoringa 200 g sabzi eyish kerak. Davolanish kursi – 3-5 kun.

2-retsept

Tashqi gemorroyda chiqib qolgan g‘uddaga sa- bzi sharbatiga namlangan dokani qo‘yish kerak. Doka 20 daqiqa turadi. Muolaja kuniga ikki mahal 7 kun davomida qilinadi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика