- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Kimyoviy tarkib
- Fiziologik ta’sir
- QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLANIP VA PROFILAKTIKA
- Gipertoniya va ateroskleroz oldini olish va davolash
- Buyrak va siydik-tosh kasalliklarini davolash
- Sellyulit va pigmentli dog‘larga qarshi niqob
- Jigarni shlaklardan tozalash
Ateroskleroz oldini olish (Qovoqcha )
Qovoqcha – o‘ziga xos ta’mga ega noyob parhez sabzavoti bo‘lib, undan foydali taomlar pishiriladi. Xalq tabobatida nafaqat mevasi, balki guli ham ishlatiladi.
KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
Kimyoviy tarkib
Qovoqcha tarkibiga S, A, RR, N, V guruhi, betakarotin vitaminlari va kaliy, kalsiy, magniy va temir kabi mineral moddalar kiradi. SHuningdek, sabzavotda kletchatka, oqsil, shakar va uglevodlar ko‘p.
Fiziologik ta’sir
Qovoqcha engil hazm qiluvchi, oshqozon va ichakni zo‘riqtirmaydigan, aksincha, ularning faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan sabzavotdir. U o‘t va siydik haydovchi xossaga ega. U organizmdan ortiqcha suv, xolesterin va toksinlarni chiqaradi.
Muntazam qovoqchani iste’mol qilib turish ateroskleroz, gipertoniya rivojlanishining oldini oladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir qiladi.
Qovoqchadan tayyorlangan malhamlar ortiqcha vaznni kamaytirish va jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanish davrida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llaniladi: ortiqcha vazn, ateroskleroz, gipertoniya, kuchli zaharlanish va oshqozon-ichak organlarida jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklash, yurak faoliyati buzilishi, sellyulit, pigmentli dog‘lar, qabziyat, xoletsistit, past kislotali surunkali gastrit, siydik-tosh kasalliklari, venalar varikoz kengayishi, trom- boflebit, avitaminoz, terining ortiqcha yog‘lanishi.
Kdrshi ko‘rsatmalar: oshqozon va o‘nikki barmoq ichak yarasi zo‘rayishi, baland kislotali gastrit, kaliy buzilishi bilan bog‘liq buyraklar o‘tkir yallig‘lanishi.
DAVOLANIP VA PROFILAKTIKA
Gipertoniya va ateroskleroz oldini olish va davolash
1-retsept
Ateroskleroz va qon bosimi ko‘tarilib ketishining oldini olish maqsadida haftada kamida 500 g qovoqcha tanavul qilish kerak.
2-retsept
10 g qovoqcha guli 300 ml qaynoq suvda 30 daqiqa damlanadi va suzib olinadi. Gipertoniya va aterosklerozni davolash maqsadida damlamadan 100 ml 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi – 28 kun.
Buyrak va siydik-tosh kasalliklarini davolash
1 -retsept
10 g qovoqcha guli va 10 g makkajo‘xori popugi 0,5 l qaynoq suvda 1 soat damlanadi va suzib olinadi, unga 2 osh qoshiq na’matak shinnisi qo‘shiladi. Damlama 150 ml dan kuniga 3 mahal 2 oy davomida ichiladi.
2-retsept
Qovoqcha archiladi, mag‘zidan sharbati siqib olinadi, archilgan po‘stlog‘i mayda to‘g‘ralib, ozroq qaynagan suvda 1 soat damlanadi va suzib olinadi. Damlamaga sharbat qo‘shiladi. 2 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davolanish kursi – 3 oy.
Sellyulit va pigmentli dog‘larga qarshi niqob
1-retsept
Qovoqcha po‘chtlog‘i mayda to‘g‘raladi, ozroq grechka qipig‘i bilan aralashtiriladi, kamgina qaynoq suv quyiladi. Aaralashma muammoli teriga surtilib, ustidan doka o‘raladi, jun ro‘mol bilan bog‘lanadi. SHu tarzda 1 soat turadi. Sellyulitni davolash kursi – 21 kun. Muolaja har kuni o‘tkaziladi. Zarur bo‘lganda davolashni yilda bir necha marta qaytaring.
2-retsept
Pigmentli dog‘larni qovoqcha sharbati bilan artish kerak, 20 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuviladi. Muolaja kuniga ikki marta 28 kun davomida qilinadi.
3-retsept
2 osh qoshiq qovoqcha sharbatiga 1 choy qoshiq limon sharbati va 1 osh qoshiq dorixona moychechagining kuchli damlamasi qo‘shiladi. Aralashma bilan pigmentli dog‘lar va sepkillar kuniga 3-4 marta surtiladi.
Jigarni shlaklardan tozalash
Tozalanish kursi 21 kunga mo‘ljallangan. Kurs vaqtida ovqatlanish ratsionidan hayvonga oid mahsulotlar chiqarib tashlanadi.
1-kun: kun davomida 500 g pishgan qovoqcha eyiladi va 100 ml rafinadlanmagan kun- gaboqar yog‘i ichiladi. Bu kuni boshqa hech nima tanavul qilinmaydi. Kechasiga 2 l distillan- gan suvdan huqna qilinadi.
2-kundan 14-kungacha: har kuni 100 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan qovoqcha eyilib, haftasiga ikki marta 100 ml dan zaytun yog‘i ichiladi. Haftasiga uch marta kechasiga 2 l distil- langan suvdan huqna qilinadi.
15-kundan 21-kungacha: 10 g qovoqcha guliga 200 ml rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i quy- iladi, suv hammomida 20 daqiqa qizdiriladi, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. 20 ml dan kuniga uch mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Haftada bir marta kechasiga 2 l distillangan suvdan huqna qilinadi.