Qovoq haqida

Qovoq haqida Faktlar

Qovoq haqida

Qovoq poliz sabzavoti bo‘lib, undan parhez taomlar, sharbatlar, shinni va murabbolar, somsa va mantilar qilinadi. Qovoq urug‘idan shifobaxsh moy tayyorlanadi.

Kimyoviy tarkib va fiziologik ta’sir

Kimyoviy tarkib

Qovoq tarkibiga A, S, E, D, RR, V guruhi vitaminlari, kletchatka, oqsil, pektin, qand, kalsiy, kaliy, magniy, temir, mis, sink, kobalt, fosfor kiradi.

Fiziologik ta’sir

Qovoq yurak-qon tomirlari funksiyalarini yaxshilaydi, qon bosimini tushiradi, oshqozon shirasining kislotaligini me’yorga keltiradi, immunitetni mustahkamlaydi va vaznni tushiradi. Bu sabzavot eng yaxshi yumshoq ich surgidir.

Qovoq urug‘i gijjalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. SHuningdek, uning urug‘i jinsiy organlar faoliyatni yaxshilaydi, teri kasalliklari, ayniqsa husnbuzarni yaxshi davolaydi.

Qovoqdan parhez taomlar nafaqat ozishga olib keladi, balki ozgandan so‘ng teri osilib cho‘zilib qolishiga imkon bermaydi.

Qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar

Kullaniladi: yuhori kislotali gastrit, qabziyat, gemorroy, gipertoniya, ateroskleroz, infarkt va insultdan keyingi tiklanish davri, immun tizimi sustligi, anemiya, erektil disfunksiya, frigidlik, gelmintoz, husnbuzar, semirish.

Qarshi ko‘rsatma: past kislotali gastrit, qandli diabet, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi.

Davolash va profilaktika

YUqori kislotali gastritni davolash

1 -retsept

200 ml qovoq sharbati mag‘zi bilan aralashmasiga 1 choy qoshiq va 50 ml kuchli moychechak damlamasi qo‘shiladi. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ovqatdan yarim soat oldin surunkali gastritda ichiladi. Davolanish kursi 2 oy.

2-retsept

200 g qovoq pyuresi 2 osh qoshiq suli undirilgani bilan aralashtiriladi. O‘tkir va surunkali gastritda ikkiga bo‘lib eyiladi. Kechasiga 100 ml qovoq sharbati 1 g mumiyo bilan aralashgani ichiladi. Utkir gastritni davolash kursi 3-4 kun, surunkali gastritni esa 28 kun.

Qabziyat va gemorroyni davolash

1-retsept

Ich qotganda kun davomida 400 g pishirilgan qovoq eyiladi, kechasiga 200 ml qovoq sharbati mag‘zi bilan ichiladi. Zarur bo‘lganda ertasi kuni davolash qaytariladi.

2-retsept

Xom qovoq qirg‘ichdan o‘tkaziladi, dokaga o‘raladi, tashqi gemorroyda g‘uddaga qo‘yiladi. Davolash kursi 7 kun.

Gijjalarni yo‘qotish

1-retsept

3 osh qoshiq tozalangan qovoq urug‘i yanchiladi, 3-4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi va 1 choy qoshiq pijma guli damlamasi qo‘shiladi. Aralashma 2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan keyin ozroq sut bilan ichiladi. Davolanish kursi 3-5 kun.

2-retsept

50 ml qovoq yog‘i 1 osh qoshiq yanchilgan sarimsoqpiyoz bilan aralashtiriladi. Aralashma 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi 3-7 kun.

Xusnbuzarni davolash

1-retsept

150 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan qovoq va 10 ta yanchilgan qovoq urug‘i aralashtirilib, 300 ml aroqda 5 kun damlanadi. Hosil bo‘lgan loson husn buzar toshgan teriga surtiladi.

2-retsept

3 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan qovoq, 1 osh qoshiq asal va 1 ta tuxum sarig‘i aralashtiriladi, suv hammomida 50 °S gacha isitiladi. Hosil bo‘lgan surtma malham muammoli teriga 20 daqiqaga surtiladi, so‘ngra iliq suvda yuvib tashlanadi. Muolaja haftada 3 marta, hammasi bo‘lib 10-15 marta o‘tkaziladi.

YUrak-qon tomirlari kasalliklari

1-retsept

Qovoq sharbati o‘rik sharbati bilan 2:1 nisbatda aralashtiriladi. Ichimlik kuniga 200-300 ml dan 14 kun davomida ichiladi.

2-retsept

200 gquritilgan qovoq, 50 gturshak, 100 gqora olxo‘ri qoqisi va 3 osh qoshiq yong‘oq go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi. Unga 4 osh qoshiq asal, 1/2 limon qo‘shib aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshidan kuniga 2 mahal, ovqatdan 1 soat oldin eyiladi. Bemor yoshi, salomatligi ahvoli va xavf soluvchi omillarga qarab profilaktika kursi 1 oydan 5 oygacha bo‘lishi mumkin.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика