Qon Bosimi Belgilari va YUkori Qon Bosimini Davolash

Qon Bosimi davolash 2022 yil XALQ TABOBATI

Qon Bosimi Belgilari

Qon Bosimi davolash: Qon bosimining oshishi — arterial gipertoniya tana bosimining patologik o‘zgarishi bo‘lib, unda sistolik (yuqori) Qon bosimi 140 millimetr simob ustuni (mm.sim.ust.) yoki undan yuqorini, diastolik (quyi) Qon bosimi 90 mm simob ustuni yoki undan yuqorini tashkil etadi. Qon bosimining hatto 10 mm simob ustuniga oshishi ham yurak kasalliklari xavfini 30 foizga ko‘paytiradi.

Oxir-oqibatda insult, infarkt, stenokardiya, Qon tomirlarining ishdan chiqishi kabi kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Qon bosimi kasalligiga ko‘proq yoshi ulg‘aygan, keksa kishilar chalinadi. Bu hol, ayniqsa, 55 yoshdan oshgan erkaklar va 65 yoshdan oshgan ayollar orasida ko‘proq uchraydi. Ushbu kasallikning tarqalgani yosh oshishi bilan bog‘liq holda ko‘payib boradi, ya’ni: 50 yoshlar orasida 10% ga; 60 yoshlilar orasida 20% ga; 70 yoshdan oshganlar orasida 30% ga ko‘payadi.

Bu kizik: Omikron Haqida Bolalarda Belgilari va Tasiri

Qon bosimini aniqlashning qulay va tezkor usullari paydo bo‘lishi tomir faolligi (tonusi) fiziologiyasi va patologiyasini o‘rganishga kuchli rag‘bat bag‘ishlaydi.

Qon bosimi oshishining ko‘plab kasalliklarda uchrashi tasodifiy emas. Biroq o‘tgan asrning 20-yillariga qadar Qon bosimining x,ar qanday oshishi buyrak kasalliklari belgisi yoki ateroskleroz ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqilgan edi.

Keyinchalik Qon bosimining oshishi gipertoniyaning boshqa ko‘rinishlari — simptomatik (boshqa ichki a’zolar kasalliklarida) bo‘lganlarga qaraganda ko‘proq uchrashi ma’lum bo‘ldi. Qon bosimi kasalligining boshlang‘ich bosqichlarida buyrak tomonidan organik o‘zgarishlar yo‘qligi belgilandi va gipertoniyaga buyrakning yashirin kasalligi belgisi sifatida qarashga barham berildi.

Zamonaviy tibbiyot Qon bosimi kasalligiga asab tizimi, buyrak, endokrin va yurak-tomir xastaliklari faoliyatining majmui buzilishi sifatida qaraydi.

Qon bosimining rivojlanishiga tomirlar, yurak, buyraklarning tuzilishini qayta qurishga olib keluvchi irsiyat, markaziy asab va endokrin tizimlar faoliyati kuchli ta’sir etadi. Bu diagnoz birinchi galda ko‘proq ba’zi

shartli o‘lchamdagi Qon bosimi oshishi bilan belgilanadi. Bu o‘lcham doimiy bo‘lib qolib ketmaydn. So‘nggi paytlarda uning kamayishi, yuqori Qon bosimi mezonlariga talabchanlik kuzatilmoqda.

Gipertonik kasallikning rivojlanishi ham ichki, ham tashqi omillar ta’siri tufayli ro‘y beradi. Ular orasida semizlik (yog‘ bosishi), stress, uzoq hissiy-emotsional zo‘riqish va chekishni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Qon bosimining oshishi yurak-tomir faoliyatini tartibga solishdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Natijada tananing pressor va depressor (Qon bosimini qo‘llab-quvvatlab turuvchi) mexanizmlari o‘rtasidagi fiziologik muvozanat buziladi.

Ginertoniya kasalligida Qon bosimi oshishida markaziy asab tizimi tomonidan Qon aylanishini tartibga solishning o‘zgarishlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi, chunki u endokrii bezlar va buyraklar bilan yaqindan bog‘liq. Qon Bosimi davolash: Biroq arterial gipertoniyaning shakllanishida irsiy moyillik birlamchi omil hisoblanadi, u hujayra transport xizmatlari va hujayra membrana tuzilishlarining tarqalgan buzilishlarida namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, gipertonik kasallik Qon bosimini tartibga soluvchi bosh miya qobig‘ining funksional buzilishlari bilan ham bog‘liq. SHunday qilib, gipertoniya tomirlardagi bosimni tartibga solishda qaytariluvchi buzilishlarni yuzaga keltiruvchi kasallik hisoblanadi. Arterial bosim oshishining o‘zi bu kasallikning tipik, o‘ziga xos belgisi hisoblansa ham, o‘z navbatida asab aylanmasining birlamchi buzilishi oqibati yoki ifodasi hamdir.

Ismlar Manosi F harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Qon bosimi oshishi kasalligi o‘zining keyingi rivojlanishi davrida tomir devorlarida va muayyan ichki a’zolarda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Bu a’zolardagi ikkilamchi o‘zgarishlar patologik jarayonni chuqurlashtiradi. Natijada gipertonik kasallik asab tizimini tartibga solishning buzilishi bilan boshlanib, keyinchalik ichki a’zolar va tizimlarning turli kasalliklar bilan og‘rishiga olib keladi.

Arterial gipertoniya shifokorlar duch keladigan eng ko‘p uchrovchi surunkali kasalliklardandir.

Qon bosimi oshishining tashxisi odatda sistolik bosim (yuqorisi) oshishini aniqlashga asoslanadi, biroq diastolik bosim (quyisi) darajasi ham yurak-tomir o‘zgarishlari xavfi bilan yaqindan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha yoshi ulug‘ kishilarda uning o‘ziga xos shakli — alohida (izolyasiyalanish) sistolik giprrtoniyani ajratib ko‘rsatishadi. Arterial bosimning me’yoriy ko‘rsatkichlari Qon bosimining omtimal darajasi bilan bir xil deb qaramaslik kerak, chunki u bemorlardagi odatdagi bosimdan anchagina farqlanishi mumkin va bir qator omillar bilan belgilanadi. Qon Bosimi davolash

Qon bosimining darajasi jiddiy ko‘rsatkich bo‘lsa ham, gipertoniyani baholash uchun etarli emas, chunki u kasallikning kelib chiqishi, nishon-a’zolar shikastlanishiga doir axborot bilan ta’minlamaydi va terapevtik aralashuvlar tezkorligini doimo ham belgilab bermaydi. To‘g‘ri davolash uchun Qon bosimi oshishining ehtimoliy sabablari, darajasini (umumiy qabul qilingan tasiif bo‘yicha) to‘g‘ri aniqlab olish lozim.

Arterial gipertoniya — Qon bosimining me’yoridan ortishi hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ushbu kitobda xastalik haqida ma’lumot, uning rivojlanishi, kasallikning asosiy ko‘rinishlari va xavf-xatar omillari, uy sharoitida davolash, parhez qilish usullari, o‘zbek xalq tabobatining qimmatli maslahatlari berilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

QON BOSIMI QANDAY OSHADI

Arterial gipertoniya mayda periferik Qon tomirchalari — arteriolalarning tonik qisqarishi oqibatidir. Mayda Qon tomirchalar (arteriolalar)ni tegishli quvurlar tizimida bosimni belgilab beruvchi vodoprovod jo‘mragiga qiyoslash mumkin. Arteriolaning biror bir torayish darajasi diastolik bosim darajasini belgilab berishi lozim.

XIX asrda nemis shifokori, gipertopiya haqidagi ta’limot asoschilaridan biri Folgard ikki xil — qizil va oq gipertoniya mavjudligini ta’kidlaydi. Qizil gipertoniyada (yonoqlar qizilligi, butun tanaga taraluvchi hissiyotlar mo‘l-ko‘lligidagi qizil dog‘lar) teri ostidagi tomirlarda keskin torayish kuzatilmaydi. Eng mayda tomirlarni kuzatishda bunday holatlarda mayda tomirlar torayishi qayd etilmaydi, aksincha, ayrim qiltomirlar kengayishi, yuz va ko‘krakda teri qizarishi seziladi. Oq gipertoniyada esa teri, qo‘l-oyoqlar oqarishi kuzatiladi. Albatta, gipertonik kasallikning kelib chiqishini faqat asab kasalliklari bilan bog‘lash to‘g‘ri emas. Uning kelib chiqishida bir nechta omillar sabab bo‘lishi ham mumkin:

Moyillik omillari.

Qon Bosimi davolash: Irsiy-oilaviy moyillik; yosh jihatlari; kishi hayoti davomida orttirgan, miya tomonidan birinchi galda fuiksional, trofik (miya ta’minlanishi buzilishi), ba’zan organik xususiyatdagi buzilishlar; buyrak, endokrin bezlar va tomir tizimlari tomonidan yuzaga kelgan o‘zgarishlar.Qo‘zg‘atuvchi omillar.

O‘tkir ruhiy-hissiy shikastlanish; tez-tez yuz beradigan va uzoq davom etadigan asabiy zo‘riqishlar (ko‘proq turg‘unlik holatidagi), hissiy mojarolar yoki miya to‘qimalarini zo‘riqtiruvchi doimiy ruhiy horg‘inlik; miya shikastlanishi; klimaksdagi asabiylik.

Patogenetik omillar.

Pressor gormonlar — bosimni tartibga soluvchi moddalar (vazopressin, noradrenalin) faolligining kuchayishi; buyrak ishemiyasi (Qon aylanishining pasayishini ta’minlovchi moddalar va kislorod etkazib berishning kamayishi), remin — gipertenzin (buyrakda ishlab chiqariluvchi va bosimni oshiruvchi faol modda) hosil bo‘lishining kuchayishi.

YUKORI QON BOSIMINI DAVOLASHDA QO‘LLANILADIGAN TABIIY VOSITALAR

  • SHaftoli qoqi bilan olxo‘rini teng miqdorda olib, qaynoq suvda damlab ichiladi.
  • Mayda jo‘xori popugyni qaynoq suvda damlab, kunda uch mahal bir niyoladan ichiladi.
  • Ismaloqni qaynagan suvda uch daqiqa tutib, kunjut yog‘i aralashtirib, uch mahal eyiladi.
  • YAngi turpni yanchib, siqib chiqarilgan suvidan kunda ikki piyola ichilsa, foydali.
  • Olmani yuvib, siqib sharbatini olib, 3 mahal, 100 ml.dan ichiladi.
  • Kuniga bir dona banan esa, Qon bosimi bir me’yordasaqlanadi.

Banan po‘stini qaynatib ichilsa ham shunday.

  • Achchiq anor sharbatini saharda ichsa foydali.
  • Seldr ildizi bilan jo‘xori popugini teng miqdorda olib qaynatib, choy o‘rnida damlab ichiladi.
  • Olmaii 5 mahal, 300-400 gr.dan uzoq vaqt eyiladi (bu usulii qo‘llaganda olmadan boshqa narsa emaslik kerak).
  • Xar kuni ertalab va kechda bir stakan sof asal suvi ichilsa, durust bo‘ladi.
  • Uzluksiz 12 hafta sarimsoq eb turilsa, yuqori Qon bosimi mo‘‘tadillashadi.
  • 15 r chilonjiyda, 15 g olxo‘ri, 15 g shaftoli qoqini birga chilab, suvi ichiladi.
  • Ko‘ksultondan muvofiq miqdorda eb boriladi.
  • Har kuni bir-ikki dona achchiq anor iste’mol qilinadi.
  • Zirk mevasidan eb tursa ham yaxshi.
  • Limon po‘stini qaynatib ichilsa yoki kunda limon eyilsa, yaxshi bo‘ladi.
  • Muvofiq miqdorda behi eyiladi.
  • 20 g tut shoxini yanchib, qaynatib ichiladi.
  • SHogutdan eyilsa yoki uning sharbatidan kuniga 30 ml.dan uch mahal nchib turilsa ham foydali.
  • Qovun va tarvuz eyiladi.
  • 5 g tarvuz urug‘ining mag‘zi kuniga uch mahal eb turiladi.
  • Olqot mevasidan yanchib, suviga go‘sht solib esa bo‘ladi.
  • Muvofiq miqdorda shaftoli eyiladi yoki qoqisi qaynatib ichiladi.
  • SHaftoli mag‘zining po‘stini olib, sutda damlab ichiladi.
  • CHilonjiydani tamrihindiy yoki dafna yaprog‘i bilan qaynatib ichiladi.
  • SHolg‘om turi bargini qaynatib, suvi ichiladi.
  • Jo‘xori uni bilan sutda umoch qilib, kunda muvofiq miqdorda ichiladi.
  • YAngi qovoq eyiladi yoki qaynatib suvi ichiladi yoki ko‘k somsa qilib eyiladi.
  • Po‘sti archilgan tarvuzning etini siqib, suvini har kuni ichiladi.
  • Xar kuni achchiqsuv ichiladi yoki eryong‘oq mag‘zini achchiqsuvga 24 soat chilab, har kuni ertalab, 10 donadan eyiladi.
  • Ismaloq, sholg‘om, seldr, oshko‘klarning siqib chiqarilgan suvini har kuni yangi ivitilgan qatiq bilan birga eyiladi.
  • Bir dona kungaboqar kosasiga 20 dona chilonjiyda qo‘shib, ikki piyola suv quyib, past olovda yarmi qolguncha qaynatib, suzib, uchga bo‘lib uch mahal ichiladi.

Kungaboqar bargini qaynatib ichiladi.

Bir hissa asalni olti hissa suvda past olovda qaynatib, choy o‘rpida ichiladi.

100 g ko‘k moshga qo‘y yoki molning o‘tidan ko‘mgudek solib, qovurib, talQonlab, shakar qiyomi bilan xamir qilib, chilonjiyda urug‘idek qumaloq yasab, ikki mahal ovqatdan keyin 5-8 dona eyiladi.

  • Tozalab tuyib, siqib suvi chiqarilgan 24 ml seldr suviga ikki qoshiq shakar aralashtirib, har kuni nonushtadan ilgari ichiladi.
  • SHakar aralashtirilgan achchiq suvga chilangan sarimsoqni kuniga ovqatdan burun bir-ikki eyish lozim. CHilanmadan muvofiq miqdorda ichish 15 kun davom ettiriladi.

YUqori Qon bosimi bilan kalsiy kamligi o‘zaro aloqador bo‘lib, har kuni uch piyola qaymoqsiz sut ichilsa, badan uchun 800 ml kalsiy etkazib beriladi.

YUpqa yoyilgan shilpildoqqa ismaloq, oshko‘k, seldr, sholg‘om solib tayyorlangan ovqatdan ertalab eyiladi. Qon Bosimi davolash

  • Bir dona g‘oz tuxumini teshib, ichiga bir dona kabobaichin (xoju) solib, teshikni xamirda yopib, dimlab pishirib, kunda bir donadan uzmasdan etti kun beriladi.
  • Muvofiq miqdordagi eryong‘oqni sirkaga chilab, idishning og‘zini berkitib, bir hafta qo‘yib, uxlashdan ilgari ikki-uch donadan eyiladi.
  • Muvofiq miqdordagi guruchga 10 dona chilonjiyda, 30 g oqpiyoz, 20 g seldr ildizi qo‘shib, shovla qilib eyiladi.
  • 500 g chilonjiydani 1,5 l suvda 1 l qolguncha qaynatib, suviga 150 g shakar solib, past olovda qaynatib qiyom tayyorlanadi. Kattalar kunda ikki qoshiqdan ikki mahal (kichiklar ahvoliga qarab) eyiladi.

Seldr ko‘kining 15 g urug‘idan, chilonjiyda — 30 g, jo‘xori popugidan 45 gr olib, etarli miqdordagi suvda qaynatib ichiladi.

  • CHilonjiyda bilan bug‘doydan 30 g.dan, yong‘oq mag‘zidan 15 g., xom zanjabil bilan shumshadan 10 g., quritilgan zanjabildan 6 g olib, chala tuyib, etarli suvda to‘liq ta’mi chiqquncha qaynatib, suvi ichiladi.
  • 30 g olqot bilan 250 g quyon go‘shtini (to‘g‘ralgan) qozonda dimlab ppshirib, ta’mini teigshab eyilsa, Qon bosimiga davodir.
  • Ovqatga ishlatadigan 750 ml achchiqsuvga 150 g oq shakar aralashtirib, nast olovda 500 ml suvi qolguncha qaynatib, 120 g yupqa to‘g‘ralgan sarimsoqni qaynayotgan achchiqsuvga solib aralashtirib, o‘tdan olib, og‘zini mahkam yopib, issiq joyda bir sutka saqlab, kuniga uch mahal bir qoshiqdan ichiladi.
  • CHilonjiyda, shaftoli qoqi, nasha ildizi, jo‘xori popugi, bodring urug‘i, sariq o‘t kabilarni teng miqdorda aralashtprib, qaynatib, to‘ppasini suzib tashlab, suvi ichiladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика