Qizil lavlagi 4ta dartga davo

QIZIL LAVLAGI Sabzavotlar

Qizil lavlagi

Lavlagi mazzali va foydali sabzavot bo‘lib, vitamin va mineral moddalarga boy.

Kimyoviy tarkib va fiziologik ta’sir

Kimyoviy tarkib

Lavlagi kletchatka, oqsil, qand (20 % gacha), yog‘, S, R, RR, V guruhi vitaminlari, karotin, foliy kislotsi, betain, organik kislotalar, shuningdek, kalsiy, yod, temir, magniy, kaliy.

Fiziologik ta’sir

Lavlagi ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, ichaklarda turib qolgan chiqindilarni chiqaradi, organizmdan ortiqcha xolesterin, shlak va toksinlarni yo‘qotadi, tabiiy o‘simta paydo bo‘lishiga qarshi vositadir.

Har kuni qizil lavlagi tanavul qilish onkologik kasalliklarning oldi olinishi isbatlangan. Bundan tashqari, lavlagi yurak-qon tomirlari tizimidagi kasalliklarni profilaktika qiladi, immunitetni oshiradi, jinsiy organlar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Bu ildizmeva oshqozon va ichaklarni zo‘riqtirmaydi, yumshoq surgi vositasini o‘taydi, organizmdan ortiqcha suvni chiqaradi, hujayralar yosharishi, tomir va qon holatining yaxshilashini ta’minlaydi.

Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar

Kullaniladi: gipertoniya, infarkt, insult va boshqa og‘ir kasalliklardan so‘ng tiklanish davri, gemorroy, surunkali gastrit, qabziyat, ateroskleroz, disbakterioz, anemiya, semirish, venalar varikoz kengayishi, tromboflebit, jigar, o‘t qopi va buyrak kasalliklari, nafas yo‘li kasalliklari.

Kjapiuu ko‘rsatma: yuqori kislotali gastrit, diareya, gipotoniya, qandli diabet.

Davolash va profilaktika

Qabziyat va gemorroyni davolash

1-retsept

Har kuni 150 g dan qaynatilib pishirilgan qizil lavlagi qabziyat va gemorroyda iste’mol qilinadi. Davolanish kursi 3-5 kun.

2-retsept

Surunkali qabziyatda har kuni och qoringa o‘rtacha kattalikdagi 1 ta pishgan lavlagi eyiladi. Davolanish kursi 7 kun.

Disbakterioz va surunkali gastritni davolash

1 -retsept

Disbakteriozda kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan lavlagi sharbati ichiladi. SHarbat siqib olinganidan so‘ng bir muddat turishi kerak. Davolash kursi 7 kun.

2-retsept

100 ml lavlagi sharbati 60 °S isitiladi, 1 choy qoshiq kalendula guli qo‘shiladi, 3 soat damlanadi, suzib olinadi. Damlama 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 2 oy.

Gripp, bronxit, angina, shamollashlarni davolash

1-retsept

Tomoq og‘rig‘i, rinit va yo‘talda lavlagi qaynagan suv bug‘idan 10 daqiqa nafas olish kerak. Muolaja kuniga uch mahal qilinadi.

2-retsept

Anginada tomoq lavlagi sharbati suv bilan 1:2 aralashmasi bilan chayiladi. Muolaja 4 kun qilinadi.

Venalar varikoz kengayishi va tromboflebitni davolash

1-retsept

Qaynatilib pishirilgan lavlagi po‘stlog‘i oyoqning muammoli joyiga qo‘yiladi, bint bilan, ustidan elastik bog‘lam bilan o‘raladi.

2 soatdan keyin bog‘lam echiladi. Muolaja 1 kunda bir marta 3 oy davomida qilinadi.

2-retsept

Qizil lavlagi sharbati (siqilganidan so‘ng bir muddat turadi) ot kashtani guli damlamasi bilan 2:1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 28 kun.

Gipertoniyani davolash

1-retsept

Qon bosimi oshganda, 100 ml qizil lavlagi sharbati suv bilan 2:1 aralashmasi ichiladi. Lavlagi siqilganidan so‘ng bir muddat turishi kerak.

2-retsept

100 ml lavlagi sharbati 1 choy qoshiq asal, 1/2 limon sharbati va qora ryabina sharbati bilan aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolash kursi 3 oy, profilaktika -21 kun. Lavlagi sharbati siqilganidan so‘ng bir muddat turishi kerak.

 

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика