- QIZIL BOSH KARAM
- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Fiziologik ta’sir
- QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
- Tuberkulyoz profilaktikasi va davolanishi
- Depressiya, uyqusizlikni davolash va nerv tizimini mustahkamlash
- Oshqozon-ichak kasalliklari zo‘rayishi profilaktikasi
QIZIL BOSH KARAM
Qizil bosh karam – foydali sabzavot bo‘lib, vitamin va mineral moddalarga boy. Qadimgi Rimda uning sharbati bilan nafas yo‘li tizimi kasalliklari davolangan.
KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
Qizil bosh karam S, RR, N, V guruhi va karotin vitaminlariga ega. Bu zabzavotda karotin vitamini oq karamga qaraganda 4 marta ko‘p.
SHuningdek, sabzavot tarkibiga oqsil, kletchatka, fitonsid, qand, kaliy, magniy va te- mir kiradi.
Fiziologik ta’sir
Qizil karam qonda qand miqdorini kamaytiradi, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi bitishi, ichaklar mikroflorasi va peristaltikasini me’yorga keltiradi, ortiqcha xolesterinni chiqaradi.
SHuningdek, qizil karam yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, uyqusizlik va depressiyani yo‘q qiladi, tuberkulyoz taqchalariga qarshi samarali qo‘llaniladi, balg‘am ko‘chiruvchi va isitma tushiruvchi sifatida ishlatiladi.
QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llaniladi: ateroskleroz, remissiya vaqtida oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yaralari, anemiya, patologik psixoemotsional holat, qandli diabet, bronxit, laringit, angina, shamollash, tuberkulyoz.
Qarshi ko‘rsatma: oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi ochilgan vaqtda, meteorizm.
DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
Gripp, angina, shimollash, laringit, bronxitni davolash
1-retsept
100 ml qizil bosh karam sharbatiga 1 osh qoshiq asal aralashtiriladi, 50 °S gacha isitiladi. SHarbat ozozdan isitma tushiruvchi si- fatida ichiladi.
2-retsept
100 ml qizil karam iliq suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq turp sharbati qo‘shiladi. Bu aralashma bilan tomoq kuniga uch mahal chayiladi. SHuningdek, 50 ml dan 4 mahal kuchli yo‘tal va yuqori haroratda ichiladi. Surunkali bron- xitda yaxshi samara beradi.
Tuberkulyoz profilaktikasi va davolanishi
1-retsept
100 ml qizil karam sharbati 5-7 dona ezilgan sarimsoq piyoz tishchasi ezilib aralashtiriladi, 3 soat davomida damlanadi, 1 osh qoshiq asal qo‘shiladi. Aralashmadan 1 osh qoshiqdan 4 mahal, ovqatdan 1 soat oldin bir yil davomida tuberkulyozni davolash uchun ichiladi, profilaktika uchun esa 28 kun davomida qabul qilinadi.
2-retsept
300 g qizil karam mayda to‘g‘ralib, 2 osh qoshiq asal qo‘shiladi, aralashtiriladi. 3 soatdan keyin ajralgan sharbati suzib olinadi, karam uchga bo‘linib, uch mahal eyiladi. SHarbati esa kalendula damlamasi bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, 100 ml dan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 6 oy, profilaktika – 14 kun.
Depressiya, uyqusizlikni davolash va nerv tizimini mustahkamlash
1-retsept
200 ml qizil karam sharbati 1 ta laym sharbati, 10 tomchi pion damlamasi va 1 osh qoshiq asal qo‘shiladi. 100 ml dan har kuni yotishdan oldin uyqusizlikni yo‘qotish maqsadida ichiladi. Davolanish kursi – 28 kun.
2-retsept
100 ml qizil karam sharbati pustirnik damlamasi bilan 1:1 olinib aralashtiriladi, 50 ml sabzi suvi qo‘shiladi. Aralashma 50 ml dan kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin depressiya, asabiy buzilishlarda va uyqusizlikda ichiladi.
3-retsept
Nerv tizimini mustahkamlash uchun qizil karam sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi. Davolanish kursi -14 kun. Haftalik dam olishdan so‘ng davolanish kursini qaytarish lozim. Bunda qizil karam sharbati pustirnik yoki valeriana damlamasi bilan 1:2 nisbatdagi aralashmasini iching.
Oshqozon-ichak kasalliklari zo‘rayishi profilaktikasi
1-retsept
300 g qizil karam mayda to‘g‘ralib, 100 g tozalanmagan suli qo‘shiladi, 2 l suvda 1 soat davomida past olovda qaynatiladi. Qaynatma suzib olinadi va 100 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi -14 kun, yilda ikki marta o‘tkaziladi.
2-retsept
100 ml qizil karam sharbati kalendula damlamasi bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 2 mahal, 60 kun davomida qabul qilinadi. Profilaktika yilda bir marta (kuzda) qilinadi.