Qandli Diabet Qanday Kasallik va uni davolash usullari

Qandli Diabet Qanday Kasallik va uni davolash usullari XALQ TABOBATI

Qandli Diabet Qanday Kasallik

Qandli Diabet davolash: Qandli diabet yoki ilgargi nom bilan atalganda Qandli siyish, modda almashinuvi, asosan uglevod almashinuvi buzilishiga olib keladigan insulin etishmovchiligi bilan bog‘liq xastaliklardan biridir. Mazkur kasallik noxush omillar (ruhiy iztirob, me’da osti bezi kasalligi, muntazam ravishda pala-partish ovqatlanish va b.) ta’siri ostida rivojlanadi. Bu borada irsiyatning o‘rnini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Kasallik mohiyati tananing a’zolar va to‘qimalar ovqat bilan tushgan qand moddasini yig‘ish qobiliyatining buzilishidan iborat. Singimagan qand qoiga tushadi va siydikda paydo bo‘lib, siydik orqali tashqariga chiqariladi.

Me’da osti bezida pankreatik orolchalar nomini olgan orolchalar bo‘lib, ularii birinchi bo‘lib tasvirlagan olim sharafiga langergans orolchalari deyiladi. Orolcha hujayralarida, insulotsitlarda, tanada qandning singishiga imkon beradigan insulin gormoni ishlab chiqariladi. Xuddi shu insulin etishmasligi Qandli diabetning bevosita sababchisi hisoblanadi. Insulyar apparat faoliyat butun neyroendokrin tizimi bilan bog‘langan va uning biror qismidagi buzilishlar bu apparat vazifasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Bu Kizik: Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar va Davolash usullari

Aslida, ya’ni me’yoriy holatda qand siydik bilan ajralib chiqmaydi. Siydik hosil bo‘lishi jarayonida qandning kanallardagi birlamchi siydikdan qayta so‘rilishi ro‘y beradi. Qondagi qand miqdori anchagina oshganda teskari so‘rilish jarayoni buziladi va siydikda qand paydo bo‘ladi. Siydik orqali katta miqdorda qand ajralishi tananing suvsizlanishiga, kuchli tashpalikka sabab bo‘ladi. Natijada qaid tanaga singimaydi va uning hayot faoliyatida etarlicha qatnashmaydi. Tana to‘qimalar va a’zolardagi oqsillar va yog‘lardan energiya resurslarini safarbar qiladi, bu tobora oriqlab ketishiga olib keladi. Qandli Diabet davolash

Qandli diabetning quydagi klinik bosqichlari farq qilinadi:

  • diabet oldi bosqichi;
  • yashirin (lateig, subklinik) diabet;
  • yaqqol (klinik) diabet.

Klinik manzarasi. Bemorlarda tashnalik oshishi, ishtaha kuchayishi, ko‘p siyishdan (sutkalik siyish miqdori me’yoridan apcha oshadi), teri qichishidan noliydilar. Umumiy darmonsizlik orta boradi, tana massasi kamayadi. Periferik tomirlar to‘ri kengayishi tufayli teri qoplamlari pushti rang tus oladi, aksariyat terida chipqonlar (qichishda tirnalish sababli) paydo bo‘lib, bular suvsizlanish oqibatida terining oziqlanishi buzilishidap vujudga keladi. Bunday bemorlarda aterosklerotik jarayonlar yog‘ almashinuvining buzilishi munosabati bilan odatdan kuchliroq rivojlanadi, shuning uchun diabet kechishini yurak toj tomirlari (miokrad infarkti yuz berishi ehtimol) va miya tomirlari (insult) zararlanishi ko‘rinishidagi ateroskleroz belgilari og‘irlashtirish mumkin.

Кукрак ОгришиВа Унинг Холатлари Даволаш (10 Усуллари)

Qandli diabet laboratoriya tashxisining asosiy ma’lumotlari siydikda qand paydo bo‘lishi — glyukozuriya, siydik nisbiy zichligining oshishi, qonda qand miqdorining ko‘payishi — giperglikemiya hisoblanadi.

Diabet og‘ir-engilligiga qarab, 3 ta darajaga bo‘linadi: engil, o‘rtacha, og‘ir. Engil darajada uglevodlarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilingandagina uning qondagi miqdori ko‘tariladi va u siydikda paydo bo‘ladi. O‘rtacha darajasida bemor Qandli diabetga xos yuqorida sanab o‘tilgan shikoyatlardan noliydi. Qonda qand miqdori oshganligi qaid qilinadi, hattoki hamisha siydikda qand bo‘ladi. Diabetning og‘ir darajasi bo‘lgan hollarda bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotadilar. Ularda diabetlik og‘ir behushlik holati iaydo bo‘lishi ehtimol.

Diabetlik og‘ir behushlik holatining klinik manzarasi. MNS buzilishi qayd qilinadi, darmonsizlik, bosh og‘rig‘i naydo bo‘ladi, avval qo‘zg‘alish, keyii uyqusizlik vujudga keladi, bemor qusadi, shovqinli nafas oladi, hushidap ketadi. Terisi pushti rang, quruq, arterial bosimi pasaygan. Ko‘z soqqalarini barmoq bilan bosib ko‘rilganda yumshoq. Bemor og‘zidan atseton hidi keladi. Siydik te k sh i r il ga nda qand miqdori ko‘pligidan tashqari, atseton va V-oksimoy kistota topiladi. Tanada yog‘lar jadal parchalanganda ko‘p miqdorda yog‘ kislotalari, masalan stearin kislota hosil bo‘ladi. Qandli diabetda bu kislotalar sog‘lom odamlarda bo‘lgandek, karbonat angidrid gazi va suvga parchalanmay, balki atseton, V-oksimoy kislota va boshqa atseton tanachalar hosil bo‘lish bosqichida tutilib qoladi. Qandli Diabet davolash O‘z vaqtnda ovqat eyilmaganda, insulin miqdori oshib ketganda gipoglikemik behushlik holati rivojlanadi: teri ushlab ko‘rilganda nam bo‘ladi, kuchli darmonsizlik, trsmor (barmoqlar titrashi) rivojlanadi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmagan taqdirda bemor hushidan ketadi.

Davosi. Qandli diabet tanada insulin etishmasligiga bog‘liq bo‘lgani sababli davolash tanaga insulin yuborishga asoslangan. Kasallikning engil darajasida insulin qo‘llanguncha dietoterapiya (narhezbop ovqatlanish) o‘tkaziladi (dieta №9). Parhezni diabetning boshqa darajalarida (o‘rta va og‘ir darajasida) ham tayinlanadi.

Qandli diabetda parhezning sutkalik energitik qiymatini quydagicha aniqlanadi. Kunduzgi ovqat ratsioni energiya qimmatini ish xarakteriga va sarflanadigan energiya hajmiga ko‘ra belgilaiadi. Agar Qandli diabet bo‘lgan bemor o‘rnida yotish rejimida bo‘lsa (og‘ir formasi, o‘rtacha og‘irlikdagi biror kasallik qo‘shilib kelgan ayrim hollari), bu holda 1 kg tana massasiga 104,6-125,5 kJ zarur bo‘ladi. Bemor ishini davom ettirib yurgan engil formasida o‘rtacha og‘irlikdagi bo‘ladigan shaxs I kg tana massasiga taxminan 209,2 kJ oladi. Diabetli bemor ratsionida oqsnllar, yog‘lar, uglevodlar va vitami nlarning fiziologik miqdorlari bo‘lishi kerak.

Qar bir holda 1 kg oqsillar yoki uglevodlar taxminan 16,7 kJ, I g yog‘lar esa o‘rta hisobda 37,7 kJ berishini nazarida tutib, ovqatlanishning energetik qimmati hisoblanib chiqariladi. Masalan, tana massasi 60 kg bo‘lgan, Qandli diabetning engil formasi bilan kasallangan bemor o‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishni bajaradi. Bir sutkada u 25 104 kJ olishi kerak. Bu ratsionda uglevodlar — 7531 kJ, oqsillar — 3138 kJ, yog‘lar -1883 kJ (uglevodlar 450 g, oqsillar taxminan 180 g va yog‘lar 50 g)ni tashkil qiladi. Diabetning engil formasida dietoterapiya bemor ahvolini insulin qo‘llanmasdan yaxshilashga yordam beradi.

Insulin parhez ovqat bilan davolash natija bermagan hollarda tayinlanadi.

Ismlar Manosi S harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

Insulin bilan davolash uslubi quyidagicha: 3-5 g glyukozani (o‘rta hisobida 4 g) o‘zlashtirish uchun I TB insulin zarur deb hisoblanadi. SHunga ko‘ra talab etiladigan insulin miqdorini o‘zlashtirilmagan qand deb ataladigan, ya’ni siydik bilan ajraladigan qand 3 % ni tashkil etadi, binobarin, siydik bilai ajratilgan o‘zlashtirilmagan qand miqdori 120 g.ni tashkil etadi (hisob miqdorini nazarida tutgan holda hisoblanadi. Masalan, bemor bir sutkada 4 l siydik ajratadi, siydikdagi qand miqdori quyidagi pronorsiyadan chiqariladi: 100 ml siydikda — 3 g qand bor, 4000 ml da — 120 g). Bundan tashqari, insulin tayinlashda siydikni

butunlay «qandsizlantirish»ning maqsadga muvofiq emasligini nazarda tutish lozim, sutkalik siydik miqdoridagi qand miqdori ovqatdagi umumiy qand qimmatining 5% idan oshmasligi kerak. Ovqat bilan iste’mol qilinadigan 60% oqsillar va 10% yog‘lar uglevodlarga aylanishi mumkinligidan ovqatning qand qimmati nomini olgan qimmati bemorning sutkalik ratsionidagi uglevodlarning umumiy miqdoridan, 60% oqsillar va 10% yog‘lardan tashkil topadi. Mazkur holda ovqatning qand qimmati 480 g.ni tashkil etadi, deb faraz qilaylik, demak, sutkalik siydik miqdoridagi umumiy qand miqdoridan 24 g.ni (480 g.ning 5%) ayiramiz va shu tariqa mazkur bemor uchun zarur insulin miqdori hisobini 96 g hisobidan (120 g — 24 g) bajaramiz, ya’ni insulin birliklari soni 96:4 = 24 (TB)ga teng.

Qandli Diabet davolash Insulin odatda ovqatdan 20-25 daqiqa oldin teri ostiga yuboriladi. Ko‘p sonli in’eksiyalar qilishning oldini olish maqsadida hozirgi vaqtda in’eksiyalar uchun kristalik insulin bilan bir qatorda ta’siri uzaytirilgan insulin dori-darmon vositalari: protamin-ruxin-sulin, insulin- rux-suspenziya va boshqalardan foydalanilmoqdaki, bularning odatdagi insulinga qaraganda qator afzalliklari bor.

Buiday dori-darmon vositalar birmuncha uzoq vaqt 12-24 soat mobaynida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Qandli diabetni davolashda insulin bilan birga tabletka ko‘rinishidagi dori-darmon vositalar: sulfonil-mochevina unumlari (butamid 1 g.dan kuniga 2 marta, bu — karbon 0,5 — 1 g.dan kuniga 2 marta, maninil — 5 mg.dan kuniga 2 marta) va biguanidlar (adebit 0,1 g.dan, kuniga 2-3 marta, buformin-retard — 0,1 g.dap, kuniga 2-marta, diformin-retard — 0,85 g.dan kuniga 2 marta tayinlanadi) qo‘llaniladi. Diabetga qarshi barcha vositalar ovqatlanishdan keyin tayinlanadi.

Diabetli bemorlar uchun mehnat va turmush rejimini to‘g‘ri tashkil qilishning ahamiyati katga (emotsional va ruhny iztiroblar yo‘qligi, parhezga, ovqat eyish vaqtlariga qattiq amal qilish va b.)

Diabetik behushlik holatini davolash: diabetik behushlikda zudlik bilan 100 TBgacha (teri ostiga) insulin yuboriladi. Uni venaga quyish ham mumkin. Agar bemorning ahvoli yaxshilanmasa, insulin yuborishni bemorni og‘ir behush holatdan chiqarguncha davom ettiriladi (30-40 TBdan har 1-2 soatda). Keyinchalik insulin shu bemorga belgilangan sxema bo‘yicha tayinlanadi. Bemorlarga 50-100 TB insulin yuborilganda ayni vaqtda venaga

20 ml 40% glyukoza eritmasi tayinlash zarur. Tananing suvsizlanishiga qarshi kurashish uchun izotonik natriy xlorid eritmasi teri ostiga yuboriladi (1,5-2,5l).

Insulin dozasi oshirib yuborilganda gipoglikemik holat rivojlanadi. U keskip darmonsizlik, qattiq ochlik sezish, oyoq-qo‘llar titrashida namoyon bo‘ladi va behush holatga olib kelishi mumkin (teri oqargan, ko‘z soqqalari tonusi oshgan).

Gipoglikemik behushlik holatini davolash: bemorni og‘ir behushlik holatidan chiqarish uchun ba’zan unga bir stakan shirin choy berishning o‘zi kifoya qiladi. Agar bemor hushdan ketgan bo‘lsa, venaga glyukoza yuborish zarur (50 ml.gacha 40% eritma).

Parvarishi. Bemor statsionardan chiqqandan keyin uyida teri osti insulin in’eksiyalarini (ba’zan mustaqil) qilishni davom ettiradi. Bemorga bu muolajani to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish lozim.

Qandli diabeti bo‘lgan bemor ovqatni qat’iy belgilangan soatlarda eyishi, ovqat eyishning insuliv in’eksiyalari bilan bog‘liq holda olib borilishiga aniq rioya qilishi kerak. Bemor diabetik behushlik holatining ham, gipoglikemik behushlik holatining ham alomatlarini bilishi va u paydo bo‘lganda o‘zi hamisha yonida olib yuradigan qanddan bir chaqmog‘ini og‘ziga tashlashi kerak. Diabet bilan xastalangan har bir bemorga terining yiringli kasalliklari profilaktikasini qunt bilan ta’minlash kerak, chunki diabetda ularga moyillik bo‘ladi. Qandli Diabet davolash Bemor vannada issiq suv bilan sovunlab cho‘milishi, ich kiyimlarini, ayniqsa yozda badan terisi ko‘p terlaydigan paytlarda muntazam alishtirib turishi kerak.

QANDLI DIABET KASALLIGIDA QO‘LLANILADIGAN SHIFOBAXSH CHOYLAR

Qand kasalligida qo‘llaniladigan giyohlar: oqqayin, do‘lana mevasi va bargi, marjon daraxti, uzum mevasi, gilos mevasi, nok, qora anjir ildizi, parmanchak mevasi, dalachoy o‘ti, qulmoq bargi, tillabosh o‘ti, karam, gazanda o‘ti, makkajo‘xori popugi, makkajo‘xori doni, limon, qariqiz tomiri, piyoz, beda, malina bargi, sabzi, qalampiryalpiz bargi, arpa doni, qoqi o‘ti, yong‘oq, petrushka, zubturum, ermon, ajriq ildizi, moychechak guli, salat, ernok, bo‘ymadaron guli, sachratqi ildizi, qoraqiz o‘ti qirqbo‘g‘in o‘ti, loviya po‘sti, chernika mevasi va bargi, tut bargi, na’matak mevasi, olma, suli doni.

QANDLI DIABET KASALLIGIDA

  1. Parmanchak bargi — 5,0 g; gazanda o‘ti — 3,0 g; qirqbo‘g‘in o‘ti — 5,0 g; valeriana ildizi — 5,0 g.

1 l qaynoq suvga tayyorlangan yig‘malar solinadi, sovutiladi va kuniga 0,5 stakandan, ovqatdan so‘ng, har 4 soatda ichiladi.

  1. Bryussel karami iste’mol qilinadi.
  2. Galega o‘ti — 5,0 g; loviya qobig‘i — 5,0 g; chernika bargi — 5,0 g; oqqayin bargi — 0,5 g.

1 oshqoshiq yig‘maga 400 ml qaynatilgan suv solinadi. 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Kun mobaynida 0,5 stakandan, bir xil miqdorda ichiladi.

  1. Galega o‘ti — 5,0 g; loviya qobig‘i — 5,0 g; oq tut bargi — 5,0 g; makkajo‘xori popugi — 2,0 g; qalampiryalpiz bargi — 10 g.

3 oshqoshiq yig‘maga 500 ml qaynoq suv solinidi, 6 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra sovutilib, 3 mahal, baravar miqdorda, ovqatdan 20 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.

  1. Galega o‘ti — 5,0 g; chernika mevasi bargi — 5,0 g; qoqi o‘ti — 5,0 g.

1 oshqoshiq yig‘maga 300 ml issiq suv solinadi, qaynatiladi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan 20 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

  1. Gazanda o‘ti — 10 g; piyoz po‘sti — 2 oshqoshiq; petrushka o‘ti — 2 oshqoshiq; yong‘oq mevasi — 10 dona; limon mevasi — 2 dona.

Giyohlar va mevalar yaxshilab maydalaniladi va salat tayyorlanadi. YOng‘oq mevasi maydalan ib, salatga sepiladi va aralashtiriladi. Gazanda o‘ti qaynatiladi va salat bilan aralashtiriladi.

  1. Makkajo‘xori so‘tasi uni — 100 g; yong‘oq mag‘zi — 10 dona; malina mevasi sharbati — 50 g; gilos mevasi sharbati — 50 g; qizilgul bargi — 2 oshqoshiq.

100 g makkajo‘xori uni 0,9 l suvda 1 soat qaynatiladi. 2 oshqoshiq gilos yoki malina sharbati, 3 oshqoshiq yanchilgan yong‘oq mag‘zi, 1 oshqoshiq tut bargi solinadi, ta’bga qarab tuz solinadi. 300 g aralashmani 3 mahal, ovqatdan avval iste’mol qilinadi. Davolash kursi — 10 kun.

  1. Apua doni — 1 oshqoshiq; gazanda o‘ti — I oshqoshiq; ermon o‘ti — I oshqoshiq; marjon daraxti mevasi — 1 oshqoshiq; qariqiz ildizi — 1 oshqoshiq; chernika bargi — 1 oshqoshiq; zig‘ir urug‘i — 1 oshqoshiq; qora andiz ildizi — 1 oshqoshiq; qoqi o‘ti bargi — 1 oshqoshiq.

Barcha giyohlar yaxshilab maydalaniladi va aralashtiriladi. 0,5 l qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 100 ml.dan, kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi.

  1. Arpa doni — 100 g; suli doni — 100 g; limon movasi — 10 dona.

Giyohlar yaxshilab aralashtiriladi. Yig‘maga 2 l sovuq suv solinadi, 1 kecha damlanadi. 30 daqiqa qaynatiladi va 10 tomchidan limon sharbati solinadi. Kun bo‘yi suv o‘rniga iste’mol qilinadi.

  1. YOng‘oq bargi.

CHoy: 1 stakan qaynoq suvga 12 oshqoshiq barg solinadi va 15 daqiqa qaynatiladi.

  1. Loviya qobig‘i — 20 g; arslonquyruq bargi — 10 g; do‘lana guli — 10 g; oqqayin sharbati — 1 l.

Suv hammomida yig‘maning barchasi 5 soat damlanadi. 0,5 stakandan, ovqatdan avval iste’mol qilinadi.

  1. 1 stakan qaynoq suvga 1 oshqoshiq sachratqi ildizi solinadi. Termosda 5 soat damlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, har kuniga iste’mol qilinadi.

Eslatma: Sachratqi qondagi qand miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega.

  1. Sachratqi bargi — 4,0 g; qariqiz ildizi — 3,0 g; tillabosh o‘ti — 3,0 g; arslonquyruq bargi — 3,0 g; do‘lana mevasi — 3,0 g; oqqayin

bargi — 2,0 g; qalampiryalpiz bargi — 2,0 g; buyrak choyi — 2,0 g; na’matak mevasi 2,0 g.

400 ml qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 10 soat damlanadi. Issiq holatda ovqtdan 20 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

  1. Sachratqi o‘ti — 100 g; qariqiz bargi — 100 g; gazanda o‘ti bargi — 100 g; qaynatilgan kartoshka — 200 g; erqalampir — 30 g; ko‘kpiyoz — 30 g; o‘simlik yog‘i — 40 g.

Vitaminli salat tayyorlanadi Tuz, garmdorp ta’bga qarab solinadi. Qariqiz bargining maydalangani 3,0 g qaynoq suvga solinadi, salat bilan birga aralashtiriladi. Mazkur xastalikda taom sifatida qo‘llaniladi.

  1. Sachratqi ildizi — 2,0 g; bargizub bargi — 2,0 g; bo‘ymadaron bargi va guli — 2,0 g; dalachoy o‘ti — 6,0 g; tillabosh o‘ti — 2,0 g.

4 oshqoshiq yig‘maga 2,0 l qaynoq suv solinadi. 1 soat damlanadi. Ovqtdan 0,5 soat oldin iste’mol qilinadi.

  1. Dalachoy o‘ti — 2 qism; makka popugi — 4 qism; qariqiz ildizi — 5 qism;

qalampiryalpiz bargi — 1 qism; yong‘oq bargi — 3 qism; chernika o‘ti — 3 qism; na’matak mevasi — 2 qism; na’matak ildizi — 2 qism.

Giyohlar barchasi yaxshilab maydalaniladi va aralashtiriladi. Har kecha 5 oshqoshiq yig‘ma 1 l qaynoq suvga termosga solinadi. Qandli Diabet davolash Bir kecha damlanadi. 1 stakandan, kuniga 3 marta iste’mol qilinadi.

  1. Zamanika ildizi — 20 g; qoraqiz ildizi — 20 g; qirqbo‘g‘in o‘ti — 20 g; qoraqiz o‘ti — 20 g; qalampiryalpiz o‘ti — 10 g; moychechak guli 10 g.

0,54 l qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 5 soat termosga damlanadi. 3 mahal, ovqatdan avval iste’mol qilinadi.

  1. Gazanda o‘ti — 2,0 g; qoraqiz ildizi — 2,0 g; archa g‘uddasi — 2,0 g; moychechak guli — 2,0 g; zig‘ir urug‘i — 1,0 g; qoqi o‘ti ildizi — 1,0 g.

2 oshqoshiq yig‘maga 400 ml qaynoq suv solinadi. 10 daqiqa davomida qaynatiladi, 15 daqiqa dimlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

  1. Qoqi o‘ti bargi — 10 g; gazanda o‘ti — 10 g; qirqbo‘g‘in o‘ti — 10 g; dalachoy o‘ti bargi — 10 g.

1 oshqoshiq yig‘maga 300 ml issiq suv solinadi. 5 daqiqa qaynatiladi. 0,5 stakandan, kuniga 3 mahal, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

  1. Oq va qora xalila, za’faron, kardamon, yapon mushmulasi, ro‘yan tomiri, mumiyo.

Hammasidan 10 g.dan olinib, aralashtiriladi va 2,0 g.dan, kuniga 3 mahal, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

  1. Anor daraxtining po‘sti, dolchin, uzunmurch, kardamon, sano bargi, ro‘yan tomiri, yanon mushmulasi, archa g‘uddasi, qora xalila, temirtikan, gulxayri idizi, zirk mevasi, mumiyo. Har biridan 5,0 g olinib, aralashtiriladi va kuniga 2,0 g.dan iste’mol qilinadi, ketidan suv ichiladi.

Eslatma: Bu damlama, ko‘nincha, qonni tozalashda qo‘llaniladi.

  1. Anor daraxti, zanjabil, uzunmurch, za’faron.

Har biridan 5,0 g.dan olib, yaxshilab maydalaniladi va 2,0 g.dan, 3 mahal iste’mol qilipadi.

  1. Muskat yong‘og‘i, uzunmurch, marjon daraxti po‘sti, ildizi, dolchin, qora anjir ildizi, parpi ildizi, zira, kariandr, kardamon.

X,ar biridan 5,0 g.dan olinib, yaxshilab aralashtiriladi. 2,0 g.dan, kuniga 3 mahal, suv bilan birgalikda, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

  1. Za’faron, qora xalila, do‘lana mevasi guli, olmaning maydalangani, qora aijir ildizi, kariyan ildizi, arslonquyruq o‘ti, mo‘miyo, anor doraxti po‘sti, kardamon, behi mevasi.

Har biridan 5,0 g.dan olinib, yaxshilab arlashtiriladi, 2,0 g.dan, ovqatdan 0,5 soat oldin iste’mol qilinadi.

Eslatma: Immunitetni oshirishda ham qo‘llaniladi.

  1. Dalachoy o‘ti — 10 g; moychechak guli — 10 g; loviya qobig‘i — 10 g; qirqbo‘g‘in o‘ti — 10 g; chermika o‘ti — 10 g; na’matak mevasi — 10 g.

2 oshqoshiq yig‘maga 0,5 l suv qo‘shiladi. Qandli Diabet davolash

  1. Dalachoy o‘ti — 3 qis.m; do‘lana mevasi — 3 qism; marjon daraxti guli — 2 qism; dengiz karami — 2 qism; zig‘ir urug‘i — 1 qism; zubturum bargi — 3 qism; qorag‘at mevasi; loviya qobig‘i — 5 qism; chernika bargi — 2 qism; na’matak mevasi — 2 qism.

Aralashma tayyorlanadi. 12 soat dimlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqagdan oldin iste’mol qilinadi.

QAND KASALLIGIDA QO‘LLANILADIGAN YIG‘MALAR

Bu giyohlar jigarning glikogen ishlab chiqarish qobiliyatini yaxshilaydi, qandda qand miqdorining kamayishiga yordam qiladi, quvvatini kuchaytiradi.

  1. Dalachoy o‘ti — 10 g; araliya ildizi — 10 g; moychechak guli — 10 g; loviya qobig‘i — 10 g; qirqbo‘g‘in — 15 g; chermika mevasi — 10 g; na’matak mevasi — 20 g.

2 oshqoshiq yig‘mani 0,5 l qaynoq suv bilan birgalikda termosga solinada. 1 kecha damlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan oldin, 3-4 hafta davomida iste’mol qilinadi.

  1. Dalachoy o‘ti — 50 g; oqqayin o‘ti — 50 g; parmak bargi — 50 g; qoqi o‘ti, ildizi — 50 g; loviya qobig‘i — 50 g; chernika bargi — 50 g.

4 oshqoshiq yig‘mani 1 l qaynoq suv bilan birga termosga solinadi. 1 kecha damlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan 20 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

  1. Dalachoy o‘ti — 10 g; do‘lana mevasi — 15 g; marjon daraxt — 10 g; parmak bargi — 15 g; zig‘ir urug‘i — 15 g; qalampiryalpiz bargi —

15 g; zupturup bargi — 15 g; qoraqiz bargi — 15 g; loviya qobig‘i — 15 g; chernika bargi — 15 g; na’matak mevasi — 20 g.

Giyohlar yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra 3 oshqoshiq yig‘ma 0,5 l qaynoq suv bilan birgalikda termosga solinadi. 1 kecha damlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

  1. Dalachoy guli — 25 g; qoqi o‘ti — 25 g; loviya qobig‘i — 25 g; chernika bargi — 25 g.

3 oshqoshiq yig‘ma termosga solinib, ustidan 0,5 l qaynoq suv quyiladi. 1 kecha damlanadi. Issiq holatda 0,5 stakandan, 3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

  1. Dalachoy o‘ti — 2 qism; makkajo‘xori popugi — 4 qism; qariqiz ildizi — 4 qism; qalampiryalpiz bargi — 4 qism; yong‘oq bargi — 4 qism; chernika bargi — 4 qism; na’matak mevasi -4 qism.

3 oshqoshiq yig‘mani termosga solib, ustidan 0,5 l qaynoq suv quyiladi va bir kecha damlanadi. Ertasiga 0,5 stakandan ichiladi.

  1. Dalachoy o‘ti — 3 qism; do‘lana mevasi — 3 qism; marjon daraxt — 3 qism; narmanchaq bargi — 2 qism; laminariya — 2 qism; zig‘ir urug‘i — 1 qism’ qalampir.yalpiz bargi — 2

qism; zubturum bargi — 3 qism; qorag‘at bargi — 3 qism; qorag‘at mevasi — 3 qism; loviya qobig‘i — 3 qism; chermika bargi — 3 qism; na’matak mevasi — 2 qism.

Yig‘ma tayyorlanadi va iste’mol qilinadi. Qandli Diabet davolash

  1. Ignr ildizi — 2 oshqoshiq; shirinmiya ildizi — 4 oshqoshiq; araliya ildizi — 1 oshqoshiq; eleuterokok ildizi — 2 oshqoshiq; qora andiz ildizi — 3 oshqoshiq; oltiptomir ildizi — 1 oshqoshiq.
  2. oshqoshiq yig‘ma 1 l issiq suv bilan birgalikda termosga solinadi. 10 soat damlanadi. 0,5 stakandan, kunnga 6 mahal, ovqatdan 30 daqiqa avval iste’mol qilinadi.

TIBET XALQ TABOBATIDA QANDLI DIABETNI DAVOLLSHDA QO‘LLANILADIGAN GIYOHLAR

TIBET XALQ TABOBATIDA QANDLI DIABETNI

  1. Oq va qora xalila, za’faron, kardamon, mo‘miyo, yapon mushmulasi, ro‘yan ildizi.

Eslatma: Bu dorivor o‘simliklar Qandli diabetning barcha turlarida qo‘llaniladi.

  1. Aior daraxti po‘sti, dolchin, uzunmurch, kardamon, sano bargi, ruyan ildizi, yapon mushmulasi, archa gudldsi, oq va qora xalila, temirtikon o‘gi, gulxayri ildizi, zirk ildizi mo‘miyo, kurkuma.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshilab aralashtiriladi. 10 g yig‘ma 5 mahal, 2,0 g.dan issiq suv bilan birga ichiladi.

Bu damlama, ayniqsa, qonni tozalashda asqotadi.

  1. Anor daraxti po‘sti, dolchin, kardamon, qalampirmunchoq, za’faron.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshilab aralashtiriladi, 2,0 g yig‘ma issiq suv bilan birgali kda ich iladi.

Qandli diabetning barcha turlarida iste’mol qilinadi, qon tomirlarini tozalaydi, qon aylanish hamda oshqozop faoliyatini yaxshilaydi.

  1. Javz yong‘og‘i, anor daraxti po‘sti, uzunmurch, marjon daraxti po‘sti, seldar daraxti po‘sti, ichir ildiz poyasi, zanjabil, parpi tompri, qoraildiz ildizi, zira, kashnich ildizi, kardamon.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshilab aralashtiriladi. 2,0 g yig‘ma suv bilan, 0,5 stakapdan, 4 mahal iste’mol qilinadi.

  1. Kardamon, zanjabil, osh tuzi, uzunmurch.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshplab aralashtiriladi. Ovqatdan oldin 1,0 g.dan issiq suv bilan birga ichiladi. Qandli Diabet davolash

  1. Kardamon, mo‘miyo, oq va qora xalila, za’faron, archa g‘uddasi.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshilab aralashtiriladi. Ovqatdan 30 daqiqa avval 0,5 g.dan iste’mol qilinadi.

  1. Za’faron, oq va qora xalila, olma ildizi, parpi tomiri, qora anjir ildizi, arslonquyruq o‘ti, mo‘miyo, anor daraxti po‘sti, kardamon, behi.

Har biridan 10 g.dan olib, yaxshilab aralashtiriladi. 0,5 g yig‘ma issiq suv bilan birga ovqatdan avval iste’mol qilinadi.

  1. Oq va qora xalila, za’faron, kardamon, mo‘miyo, ro‘yan ildizi, archa g‘uddasi.

Har biridan 10 g.dan olib yaxshilab aralashtiriladi. 0,5 g.dan, kuniga 3 mahal, ovqatdan avval ichiladi hamda Qandli diabetda iste’mol qilinadi.

  1. Oq va qora xalila, qariqiz o‘ti, qalampirmunchoq, javzo yong‘og‘i.

Har biridan 10 g.dan olib yaxshilab aralashtiriladi. 0,5 g yig‘ma kuniga 3 mahal, ovqatdan avval, issiq suv bilan birga ichiladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика