Qalampir KIMYOVIY TARKIB

Qalampir Sabzavotlar

Qalampir

Qalampir ikki katta guruhga bo‘linadi – chuchuk qalampir va achchiq qalampir. Ikkala turi ham kulinariya va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

CHuchuk qalampir (bulg‘or qalampir) tarkibiga R, RR, V guruhi va S vitaminlari kiradi. Aytib o‘tish lozimki, bu sabzavot S vitaminiga boyligi bilan limon va qora smorodinadan ham o‘tadi.

Bulg‘or qalampirida shuningdek, kaliy, kalsiy, magniy, ftor, marganets, sink, fosfor va boshqa mineral moddalar ko‘p miqdorda bor. Achchiq qalampir qayd etilgan moddalarga qo‘shimcha tarzda kuydiruvchi achchiq modda – kapsaitsinga ega.

Fiziologik ta’sir

Bulg‘or qalampiri oshqozon-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtirib, kaloriylar yo‘q bo‘lishiga yoram beradi.

Achchiq qalampir qizituvchi va chalg‘ituvchi vosita sifatida qo‘llaniladi, soch ildizini mustahkamlaydi, soch to‘kilishining oldini oladi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: disbakterioz, vena varikoz kengayishi va tromboflebit, surunkali pankreatit, ichaklar sustligi, anemiya, osteoporoz, soch to‘kilishi, avitaminoz, ko‘p terlash, miozit, revmatizm, poliartrit, gripp, bronxit, laringit, radikulit, ishtahasizlik.

Kflpuiu ko‘rsatma: gipertoniya, aritmiya, yurak ishemik kasalliklari, yuqori kislotali gastrit, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, gemorroy, buyrak va jigar kasalliklari, epilepsiya.

DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

Avitaminoz va anemiyani davolash

1 -retsept

0,5 kg bulg‘or qalampiri urug‘idan tozalanadi, 200 g sabzi bilan go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi. Aralashma 100 g dan kuniga 3-4 mahal, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 21 kun, profilaktika kursi – 7 kun.

2-retsept

Qizil bulg‘or qalampiri sharbati qora smorodina, sabzi va limon sharbatlari bilan 2:1: 1: 1 nisbatda aralashtiriladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Davolanish kursi – 28 kun, profilaktika kursi – 7 kun.

Miozit, radikulit, poliartrit va revmatizmni davolash

1-retsept

  • ta achchiq qalampiri urug‘i bilan maydalaniladi, ustidan 200 ml aroq quyiladi, 7 kun damlanadi, suzib olinadi. Damlama 1 kunda bir marta (kechasiga) og‘rigan joyga qo‘yiladi. Muolaja 5 daqiqa davomida qilinadi. Keyin teri iliq sovunli suvga botirilgan doka bilan artiladi, so‘ngra oziqlantiruvchi krem surtiladi.

2-retsept

  • ta achchiq qalampir go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi, 0,5 l o‘simlik yog‘i quyiladi, 3 kun damlanadi. Hosil bo‘lgan surtma malham kuniga 2 marta surtiladi, 10 daqiqaga qoldiradi, keyin teri quruq latta bilan artiladi, so‘ng suvga chayiladi va yana quruq bo‘lguncha artiladi.

 

Nafas yuli kasalliklarini davolash

1-retsept

Bir parcha doka achchiq qalampir damlamasiga botirilib, yo‘talda ko‘krak va kuraklar sohasiga 5 daqiqaga qo‘yiladi. Keyin o‘sha joy iliq sovunli suvga botirilgan doka bilan artiladi. So‘ngra oziqlantiruvchi krem surtiladi.

2-retsept

1 choy qoshiq achchiq qalampir sharbati 30 g bolalar kremi bilan aralashtiriladi, nafas yo‘li kasalliklarida ko‘krak va orqa ushbu surtma malham bilan surtiladi. Muolaja kuniga 2 mahal 5-10 daqiqa davomida qilinadi. So‘ngra malham surtilgan joy quruq mato bilan artiladi, iliq suv bilan chayilib, yana quruq bo‘lguncha artiladi.

Soch to‘kilishini davolash

1 -retsept

1 ta achchiq qalampir urug‘i bilan 100 ml o‘simlik yog‘i bilan aralashtiriladi, bosh terisiga surtiladi, 10 daqiqaga qoldiriladi. Iliq suvda chayilib, shampun bilan yuviladi. Muolaja haftada bir marta o‘tkaziladi, davolanish kursi – 3 ta muolaja.

2-retsept

Achchiq qalampir damlamasi bosh terisiga surtiladi, 5 daqiqadan so‘ng chakamug‘ yog‘i surkaladi va yana 5 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra iliq suvda shampun bilan yuvib tashlanadi. Muolaja haftada ikki marta o‘tkaziladi, davolanish kursi olti muolajadan iborat.

3-retsept

1/2 ta achchiq qalampir urug‘i bilan maydalanib, 50 ml o‘simlik yog‘i va 20 ml zig‘ir yog‘i bilan aralashtiriladi. 1 ta sarimsoq piyoz tishchasi ezilib, qo‘shiladi. Aralashma bosh terisiga surtilib, 10 daqiqaga qoldirila- di. Keyin iliq suvda shampun bilan yuviladi. Muolaja haftada 1-2 marta o‘tkaziladi, davolanish kursi 6 muolaja.

 

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика