Qabziyatni davolash Rediska

Qabziyatni davolash Sabzavotlar

Qabziyatni davolash (REDISKA)

Rediska sabzavot o‘simligi bo‘lib, uning ildizmevasi turli salatlar tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Xalq tabobatida uning ildizmevasi va bargi ishlatiladi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Rediska tarkibida natriy, kaliy, magniy, fosfor, temir, S, RR va V guruhi vitaminlari bor. SHuningdek, bu sabzavot tiamin, riboflavin, nikotin kislotasi, fitonsidlarga boy.

Fiziologik ta’sir

Rediska ichaklar peristaltikasini yaxshilab, ichni suradi, ishtahani ochadi, yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon tomirlari devorini mustahkamlaydi, organizmdan toksinlarni chiqaradi, qonda xolesterin va qandni kamaytiradi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Kullaniladi: qandli diabet, yo‘g‘on ichak saratoni, qabziyat, gripp, shamollash, stomatit, parodontoz.

Qarshi ko‘rsatma: oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, podagra.

DAVOLASH VA PROFILAKTIKA

Qandli diabetni davolash

1-retsept

200 g rediska qirg‘ichdan o‘tkaziladi, 1 choy qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Qonda qand miqdori oshganda 100 g dan kuniga ikki mahal eyiladi.

2-retsept

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan rediska va topinambur 2: 1 nisbatda olinib aralashtiriladi. Aralashma kuniga 3 mahal 100 g dan qonda qand miqdorini me’yorga keltirish maqsadida eyiladi.

Qabziyatni davolash

1-retsept

2 osh qoshiq rediska barglari ezilib, 0,5 l qaynoq suvga solinadi va yarim soat damlanadi, suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 3 kun.

2-retsept

Rediska va sabzi sharbatlari 2:1 nisbatda olinadi, ozroq tuyilgan shivit urug‘i qo‘shiladi va aralashtiriladi. Aralashma 150 ml dan kuniga 2-3 marta ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 3 oy.

Yo‘g‘on ichak saratonini davolash va uning oldini olish

1-retsept

30 g rediska po‘sti va 2 osh qoshiq bargi 0,5 l qaynoq suvda 2 soat damlanadi va suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga 3 mahal 14 kun davomida qabul qilinadi, keyin 1 osh qoshiqdan uch mahal 21 kun ichiladi. 10 kun dam olib davolanish kursi qaytariladi.

2-retsept

Rediska sharbati 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi. Profilaktika kursi 21 kun. Profilaktika yilda 2 marta o‘tkaziladi.

Nafas yo‘li kasalliklarini davolash

1-retsept

100 ml rediska sharbati 1 osh qoshiq asal va 2 osh qoshiq na’matak shinnisi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2-3 qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin yo‘tal va rinitda qabul qilinadi.

2-retsept

2 osh qoshiq rediska barglari, 1 choy qoshiq kalendula guli va 2 choy qoshiq moychechak guli 0,5 l qaynoq suvda yarim soat damlanadi, suzib olinadi. Tomoqni chayish uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 4 mahal qilinadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash

1-retsept

Rediska sharbati suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, stomatitda og‘iz chayiladi. Muolaja kuniga 3-4 mahal qilinadi.

2-retsept

Parodontozda milklar rediska sharbati bilan surtiladi. Muolajadan so‘ng bir soat davomida hech nima eyilmaydi va ichilmaydi. Muolaja kuniga 2 mahal 14 kun davomida qilinadi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика