PIYOZ

piyoz Sabzavotlar

PIYOZ

Bosh piyoz – eng foydali sabzavotlardan biri. Uni turli taomlarni tayyorlashda va 100 dan ortiq kasalliklarni davolash uchun ishlatishar ekan.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Boshpiyoz qand, azotik moddalar, inulin, flavonoid, fitin, kalsiy, fosfor, limon va olma kislotasi va fitonsidlarga ega. Bu sabzavot tarkibi A, RR, S, Bt va V2 vitaminlariga, shuningdek, shilliq qavatni qo‘zg‘atuvchi hidli efir moyiga boy.

Fiziologik ta’sir

Boshpiyoz asosan tarkibidagi fitonsidlar yuzaga keltiradigan bakteritsid va antiseptik xususiyatlari tufayli qadrlanadi. Bu sabzavot ovqat hazm qilish organlari fao- liyatini yaxshilaydi, undagi iruvchi va yal- lig‘lanuvchi jarayonlarga qarshi samarali kurashadi. Piyozni tanavul qilish siydik ajralishini ko‘paytiradi, tomirlarni mustahkamlaydi, parazitlarni yo‘qotishda yor- dam beradi. Piyoz isitmani tushirish va bal- g‘am ko‘chirish xususiyatiga ega, immunitetni oshiradi, bakteriya va viruslarni qiradi, infeksiyali kasalliklar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: gijjali invaziya, oshqozon sekretsiya va harakat funksiyasi sustligi, ateroskleroz, oshqozonichak infeksiyalari, soch to‘kilishi, seboreya, husnbuzar toshishi, gripp, shamollash, bronxit, angina, laringit, traxeit, o‘pka shamollashi, immunitet tushishi, tuberkulyoz.

Kflpuiu ko‘rsatma: gipertoniya, yurak etishmasligi, miokard infarkti, gepatit, gastrit zo‘rayishi va oshqozon yarasi.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Grippni davolash va uning profilaktikasi

1-retsept

2 osh qoshiq piyoz suvi 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Endi gripp belgilari yuzaga chiqa boshlaganda 1 choy qoshiqdan kuniga 4 mahal ichish kerak.

2-retsept

2 osh qoshiq piyoz suvi. limon sharbati va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiriladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal harorat oshganda, tomoq og‘riganda, rinit va yo‘talda ichiladi.

3-retsept

3 osh qoshiq piyoz suvi iliq qaynagan suv bilan 1:2 nisbatda aralashtirib, kuniga 4-5 mahal grippda tomoq chayiladi.

4-retsept

Gripp oldini olish maqsadida xonaning har joyiga to‘g‘ralgan piyozlarni qo‘yib chiqish kerak.

5-retsept

5-6 ta piyoz po‘stlog‘i 250 ml suvda past olovda 5 daqiqa qaynatiladi, 10 daqiqa dam- lanib, suzib olinadi. Damlamaga 1 choy qoshiqdan piyoz suvi, qizilmiya qiyomi va limon sharbati qo‘shiladi. Yo‘tal va rinitda 100 ml dan kuniga 3-4 mahal ichiladi.

Gijjani yo‘qotish

1 -retsept

Ertalab ochqoringa 2-3 dona piyoz eyiladi. Kechasiga, yotishdan oldin piyoz po‘stlog‘i va sarimsoq piyoz qaynatmasidan hukna qilib yuboriladi. Qaynatma tayyorlash uchun 5-6 ta piyoz po‘stlog‘i va 4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi 2 l suvda qaynatiladi. Davolanish kursi – 2-3 kun.

2-retsept

3 osh qoshiq piyoz suvi oddiy pijma damlamasi bilan aralashtiriladi (10 g pijma guli 200 ml qaynoq suvda damlanadi). Ertalab och qoringa va kechqurun yotishdan oldin ichiladi. Davolanish kursi – 4-5 kun.

Xusnbuzar, seboreya va soch to‘kilishini davolash

1-retsept

Xusnbuzar toshganda, muammoli teri ikki bo‘lingan piyoz bilan kuniga 2-3 marta artiladi. 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Davolanish kursi – 3-5 kun.

2-retsept

3-4 ta piyoz mayda to‘g‘ralib, seboreyada teri- ga surtiladi va boshga paxtalik ro‘mol bilan o‘rab, 20 daqiqaga qoldiriladi. Keyin boshni piyoz po‘stlog‘i qaynatmasi bilan chayish kerak. Bu chora haftada ikki marta bir oy davomida qilinadi.

3-retsept

10 piyoz po‘stlog‘i olinib, maydalanadi, ozroq qaynoq suv solinib, soch to‘kila boshlaganda bosh terisiga surtiladi. 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Muolaja haftada uch marta 3 oy davomida qilinadi.

4-retsept

3 osh qoshiq piyoz suvi 2 osh qoshiq rafinad- lanmagan makka jo‘xori yog‘i bilan aralashtiriladi, soch to‘kilganda bosh terisiga surtiladi. 30 daqiqadan keyin iliq suvda yuvilib, piyoz po‘stlog‘i qaynatmasi bilan chayiladi.

Muolaja haftada bir marta 3-4 oy davomida qilinadi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика