- KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
- Kimyoviy tarkib
- Fiziologik ta’sir
- QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
- DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
- Nafas yo‘li kasalliklari
- YAra, kuyish, jarohat, bo‘g‘im kasalliklarini davolash
- Oshqozon ichak trakti kasalliklarining profilaktikasi
- Ortiqcha vaznda moddalar almashinuvi ni me’yorga keltirish
- Parhez vaqtida tushlikda choy o‘rniga karam sharbati suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib ichiladi.
Ortiqcha vazn davolash (OQ BOSH KARAM)
Oq bosh karam – mazzali va foydali sabzavot bo‘lib, xalq tabobatida 50 dan ortiq kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.
KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR
Kimyoviy tarkib
Karam S vitaminiga boyligi bilan mashhur: katta yoshli odamga S vitaminga sutkalik ehtiyojini qoplash uchun 200 g yangi yoki 100 g tuzlangan karamni eyishining o‘zi etarli bo‘ladi.
Sabzavot tarkibiga R, K, E va V guruhi vitaminlari, shuningdek, temir, sink, oltingugurt, kalsiy, magniy, fosfor, kaliy, yod, xlor, kobalt, mis kabi mineral moddalar, hamda aminokislotalar va kletchatkalar kiradi.
Fiziologik ta’sir
Oq bosh karam muntazam tanavul qilinishi ovqat hazm qilishni me’yorga keltiradi, yaralarning bitishiga yordam qiladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Bu sabzavot organizmdan xolesterinni chiqaradi, tomirlarni mustahkamlaydi.
Karam yaralarni bitishiga yordam beradi, og‘riq qoldiruvchi, siydik haydovchi xususiyatga ega.
Karamdan yo‘tal va nafas yo‘li kasalliklarini davolashda samarali shifobahsh vositalar qilinadi.
QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR
Ko‘llaniladi: gripp, shamollash, bronxit, o‘pka shamollashi, yaralar, shikastlar, gematomalar, kuyish, artroz, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yaralari, remissiya vaqtida yarali kolit, past kislotali gastrit, ateroskleroz, yurak ishemik kasalliklari, stenokardiya, ortiqcha vazn, ichaklar sustligi, qabziyat, podagra, o‘ttosh kasalliklari.
Qarshi ko‘rsatmalar: enterit, diareya, miokard infarkti, kolit va gastrit o‘tkir davri, meteorizm.
DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA
Nafas yo‘li kasalliklari
1-retsept
Karamning yangi siqib olingan sharbati 100 ml dan kuniga 3 mahal, yo‘talni davolash maqsadida ichiladi. Rinitda karam sharbati bilan burun bo‘shlig‘i kuniga uch marta yuviladi. Angina davolash uchun esa sharbatga suv 1:1 nisbatda qo‘shilib, tomoq chayiladi.
2-retsept
200 ml karam sharbati 1 osh qoshiq asal va ½ choy qoshiq sarimsoqpiyoz sharbati bilan aralashtiriladi. Aralashma 50 ml dan kuniga to‘rt mahal gripp, shamollash, bronxit va boshqa nafas yo‘llari, hamda infeksiyali kasal- liklarni davolash maqsadida ichiladi.
3-retsept
100 ml karam sharbatiga 1/2 limon sharbati qo‘shiladi. Harorat yuqori bo‘lganda ichish lozim.
YAra, kuyish, jarohat, bo‘g‘im kasalliklarini davolash
1-retsept
Karam bargi qaynoq suvga bitta botirib olinib, yallig‘langan bo‘g‘imlarga 30 daqiqaga bog‘lab qo‘yish kerak. Muolaja kuniga 2 marta 28 kun davomida qilinadi.
2-retsept
Jarohat va gematomalarda kuniga 3-4 mahal 20 daqiqaga lat egan joyga biroz g‘ijimlab olingan karam bargini qo‘yish kerak.
3-retsept
Karam bargini maydalab, xom tuxum sarig‘i bilan aralashtirish lozim. Hosil bo‘lgan aralashma 15 daqiqaga yiringli yaraga yoki kuygan joyga qo‘yiladi. Muolaja kuniga 3 mahal qilinadi.
Oshqozon ichak trakti kasalliklarining profilaktikasi
1-retsept
100 ml karam sharbati kuni 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi – 14 kun. Profilaktika yilda uch marta o‘tkaziladi.
2-retsept
300 g mayda to‘g‘ralib, ustidan 1 L qaynoq suv quyiladi, 10 g kalendula guli damlamasi qo‘shiladi, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. 200 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Profilaktika kursi – 21 kun. Profilaktika yilda ikki marta o‘tkaziladi.
Ortiqcha vaznda moddalar almashinuvi ni me’yorga keltirish
1-retsept
Parhez vaqtida tushlikda choy o‘rniga karam sharbati suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib ichiladi.
2-retsept
Parhezni boshlashdan oldin karamli engil ovqatlanish kunini o‘tkazing: kun davomida 500 g yangi uzilgan oq bosh karamni eying. SHu kuni boshqa hech nima tanavul qilmang. Faqat suv yoki ko‘k choy iching. Parhezni boshlaganin- gizdan so‘ng, har kuni 50 ml dan kuniga 3 mahal karam sharbatini qabul qiling. Har kuni 100 g tuzlangan yoki 200 g yangi karamni (kechki taomda egan ma’qul) tanavul qiling.
3-retsept
2 ta katta bo‘lmagan karamni barglarga ajrating, 5 L suvda past olovda 1 soat qaynating. Qaynatmani vannadagi suvga qo‘shib yuborasiz. Vanna 20 daqiqa davomida haftasiga 3 marta qabul qilinadi.