Me’da Mizoj Kasalliklari va Belgilarini Davolash 7ta usuli

Me’da XALQ TABOBATI

Me’da Kasalliklari va Mizoj Belgilari Davolash 7 ta usuli Xalk tabobati

Me’dadagi issiq shish belgilari

Me’da da issiq shish borligiga qattiq isitma, kuchli achishish, tashnalik, sanchib ogrish va me’daning ko‘pchishi dalodat beradi. Issiq shish ko‘pincha, aql chalkashligiga va melapxolnyaga olib keladi. Badan ozib, kuvvat kuchsizlansa, tabiat yumshab, ich ketish va kusish ko‘paysa, isitma tushib, peshob kamaysa va me’da barmoq bilan ushlab bo‘lmaydigan darajada og‘risa, shish chiqiqqa aylangan bo‘ladi. Me’da og‘rig‘i bilan birga qo‘l-oyoq sovisa, bu yomon oqibatga olib keladi.

Davosi:

  1. Etmakni 2 kun 1 mahal hidlatilsa, kuchli kustiradi.
  2. Makkai sanoni 3 kup 1 osh qoshiqdan 1 mahal kapalab, orqasidan qaypagan suv ichilsa, ichni suradi.
  3. Aloega asal ko‘shib tayyorlangan dorini 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, shish va yallig‘lanishni tuzatadi.
  4. Kasallik tuzalguncha, parhez ovqatlar iste’mol qilinadi.
  5. Qora yovvoyi zirani 3 kun 3 mahal choynakka 2 osh qoshiq tashlab, 15 minut damlab, hammasi birdan ichilsa, isitma tushadi.
  6. Me’da shishiga anor guli, zig‘ir, qashqarbeda va gulxayrilardan teng baravar qo‘shib, 10 kun 2 mahal kuyuq surtma qilib bog‘lansa, yaxshi foyda qiladi.
  7. 12 kun 3 mahal 125 gramm ituzum suvi, 125 gramm sachratqi suvi va ozgina arpabodiyon suvini qo‘shib, och holda 1 osh qoshiqdan ichilsa, shish qaytadi.
  8. Achchiq bodom yog‘ini ham 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa, me’da shishiga yaxshi ta’sir qiladi.

 Me’dadagi yiringli shishni davolash

Tabiblarning bilimsizliklari sababli ko‘pincha me’dadagi shish ko‘pincha chiqiqqa aylanadi.

  1. 1. Issiq shishli me’dani sirtdan va ichdan mumkin bo‘ladigan narsalar bilan sovutish kerak, toki u yiringli shishga aylanib ketmasin. Agar u yiringli shishga aylansa va etilish yo‘liga tushib olsa, yoki shishning yakinda etilishi taxmin qilinsa, yangi sog‘ilgan sutni 17 kun 3 mahal 100 grammdan suv qo‘shib, ketma-ket ichilsa foyda qiladi.
  2. 2. SHishning katta va kichikligini barmoq botishiga qarab, tekshirib turiladi, bemordagi betoqatlik, et uvishishi va og‘riq kuchayishi ham kuzatib boriladi. Bemorga 15 kun 3 mahal yo‘ng‘ichqa va temirtikan talqonlaridan kuyuq qilib choy ichish, foyda qiladi.
  3. 3. Bemorga quruq qoqiguldan 1,5 dirham, kanop urug‘i va sariq yo‘ng‘ichqaning har biridan bir dirham (3,975 grammdan) 14 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan 100 -200 grammdan sut ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  4. 4. Bemorni issiq suvda cho‘miltirilib, anjirning suyuq qaynatma suviga yoki sariq yo‘ng‘ichqaning quyuq qaynatma suviga dokani to‘yintirib, qorniga yopishtirib, 11 kun 3 mahal bog‘lansa, yaxshi foyda qiladi.
  5. 5. SHishning teshilib oqayotganini qayt qilinayotgan va ichdan o‘tayotgan yiring va qondan bilinadi. Ana shu paytda aloe va sachratqi qaynatmasini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichirilsa, foyda qiladi.

Me’da yarasini davolash Belgilari:

Me’da yaralari, halsirashga, ko‘pterlashga, behushlikka va qo‘l-oyoqning sovishiga olib keladi. Me’dada yara borligiga ko‘pincha, kekirikning sassiqligi va tilni kuritadigan bug‘ning ko‘tarilishi ham dalil qilinadi. Qizilo‘ngachdagi yaraning me’da og‘zidagi yaradan farqi shuki, yara qizilo‘ngachda bo‘lsa, kekirish juda ko‘payadi.

Og‘riq orqa tomonda ikki kurak o‘rtasida va bo‘yinda – ko‘krak boshida seziladi. Bu yaraning holini yutilgan narsaning tomoqdan o‘tishi aniqlaydi, chunki narsa o‘tayotganda qaerda og‘riq borligi bilinadi. O‘tib ketgach, og‘riq biroz bosiladi.

Agar yara me’daning tagida bo‘lsa, og‘riq engil bo‘ladi. YAra me’dada ekaniga ogriqning ichaklar tomonidan emas balki yuqoridaligi ham belgi bo‘ladi.

Davolash:

  • 1. Qudrat norin qaynatmasini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaralarga foyda qiladi.
  • 2. Aloe suviga toza asalni teng baravar ko‘shib, 20 minut qaynatib, parhezi bilan 15 kun 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaralar tuzaladi.
  • 3. 18 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan uzum sirkasi ichilsa, foyda qiladi.
  • 4. 13 kun 3 mahal o‘sma choy qilib ichilsa, me’da va buyrak bemorlariga foyda qiladi.
  • 5. Isiriq qaynatmasini 21 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, me’da va ichak yaralari tuzaladi.

Behuzurlik va me’da tinchsizligini davolash

Goho me’dada bexuzurlik paydo bo‘lib, natijada bemor beqaror, bo‘ladi bir holatdan boshqa holatga o‘tishga majbur bo‘ladi. Ba’zan bexuzurlik bilan xafaqon ham bo‘ladi bemor uning nimadan kelganligini bilmaydi.

Ba’zan undan keyin ko‘z oldining qorong‘ilashishi va bosh aylanishi paydo bo‘ladi va rang o‘zgaradi. Buholat haqiqatda ko‘ngil aynishning boshlanishi bo‘lib, unda ko‘pincha ko‘ngil ayniydi. Bunga ko‘ngil aynituvchi modda ayniqsa me’daga shimilgan modda sabab bo‘ladi.

U modda shimilib turar ekan, bexuzur qiladi, agar u me’da og‘ziga to‘plansa, ko‘ngilni aynitadi. Bundan keyin me’da uchun moddani haydash qiyinlashadi.

Goho kustiruvchi va ichni suruvchi dorilar tarkibiga kirgan narsalardan qolgan hidlar ham behuzur qiladi. SHu vaqtda 4 kun 3 mahal behi va uzum g‘o‘rasini teng baravar ezib, 20 minut qaynatib, 50 grammdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.

Me’dada achib qaynaydigan har bir meva masalan, shirin olma behuzur qiladi. Buko‘pincha isitma tutgan paytda isitmaning ko‘payishiga ham sabab bo‘ladi, isitmada faqat issiq suv ichish lozim.

  • 1. Behuzurlik qattiq bo‘lsa, ko‘ngil ayniydigan doridan, sedana talqonini 3 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, behuzurlik va ko‘ngil aynishi tuzaladi.
  • 2. Agar bexuzurlik haroratdan yoki issiq xiltdan bo‘lsa, uni sovituvchi ho‘l narsalar, shu xo‘l narsalardan tayyorlangan surtmalar hamda achchiq tarvuz ildizidan 20 gramm va qizil atirguldan 35 gramm aralashtirib, 2 kun 3 mahal tanaga surtilsa, tana harorati tushadi.
  • 3. Qovoq po‘chog‘i 20 gramm, semizo‘t suvi 45 gramm, arpa uni 40 gramm va sirkadan 35 gramm olib hammasini aralashtirib, 5 kun 3 mahal me’da ustiga surtib, bog‘lab yurilsa, ko‘ngil aynishi va bexuzurlik tuzaladi.
  • 4. Bexuzurlik ko‘payib ketsa, 7 kun 2 mahal achchiq tarvuz 30 gramm ildizini, qizil gulning 100 grammi suviga aralashtirib, 2 mahal me’da va jigar ustiga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.
  • 5. Arpaning yirik talqonini ayniqsa, uni anor doni 300 gramm talqoniga aralashtirib, suvda atala qilib, 7 kun 3 mahal 2 osh koshiqdan ichilsa, bemorga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

 Me’da ichida to‘xtalib qolgan qonni Haydash to‘g‘risida

  1. Bunga qarshi oq indovdan 3 dirham (1 dirham 3,975 g) issiq suv bilan ichilsa, foyda qiladi.
  2. 2. Agar qon ivib qolgan bo‘lsa, bemorga tog‘ jambil talqonini quyon panirmoyasi bilan aralashtirib, 5 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichirilsa, me’da ichida qotib qolgan qon yurishadi.

Me’dada Sutning Ivib Qolishi

  1. Uni davolash uchun kuyon panirmoyasini 5 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichirilsa, foyda qiladi.
  2. 2. 3 kun 3 mahal yirik tuz eritilganini yalpiz suviga teng baravar qo‘shib, aralashtirib, 1 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi. me’da buzilishi va holsizlanishning belgilari Bu belgilar yuzning salqishi, nafas qisishi, bosh og‘irligi, me’da og‘rishi, hiqichoq, lanjlik, harakatlarning sustlashishi, rang sarg‘ayishi, qorin, ichaklarning zararlanishi nordon yoki o‘tkir mazali tutunsimon sassiq kekirish, ko‘ngil aynish, qusish, ichning kuchli ketishi yoki qattiq qabziyatdan iborat.

Me’da Buzilishini Davolash

  1. Og‘ziga qo‘l tiqib, qusib tashlab, 2 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni kuchli suradi. Ro‘za tutish, mumkin qadar ovqat emaslik, chiday olmasa, ozgina ovqat bilan chegaralanish, badantarbiya qilish, hammomga tushib turish zarur. Harakat qilinganda ko‘zg‘alishidan qo‘rqiladigan to‘liqlik bo‘lmasa, terlash, agar shunday bo‘lishidan qo‘rqilsa, urinmay tinch turish va uzoq uxlash buyuriladi. So‘ngra asta-sekin ovqat va hammomga o‘tiladi, bunda ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi belgilari kuzatib turiladi.
  2. 2. Ba’zan ko‘p uxlash va ko‘p yotishdan me’da buziladi. CHunki uyku hazm qildirishi jihatidan foydali bo‘lsa, harakat chiqindilarni haydashi jihatdan ham foydalidir. Ko‘pincha me’da buzilishi va haqiqatan qorin ochmay turib, ovqat eyish natijasida me’dada kuyib achishish paydo bo‘ladi. Unday kishilarga me’da buzilishini davolash tadbiri foyda qiladi.
  3. 3. Ularga etmakqaynatmasidan 2 kun 2 mahal 1 oshqoshiqdan ichirilsa, qayt qilib tashlaydi, me’dani tuzatadi.
  4. 4. Me’da buzilishini tuzatish uchun 1 kilogramm aloeni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazib, uni 2 litr suvda sekin og‘zini yopib, 1 soatdan ortikroq qaynatib, qolgan suvini dokadan suzib, teng barabar toza asal qo‘shib 20 minut qaynatib, och holda 9 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemor begumon tuzaladi.
  5. 5. Ivan o‘simlik bargi talqonini 3 mahal och holda choy qilib ichilsa, me’da kasaliga yaxshi foyda qiladi. Parxezlari: 1. 100% tuzalguncha, hamma qovurma ovqatlar, palov, achchiq, sho‘r, nordon, qovun va sovuq narsalariste’mol qilinmaydi. 2. Hamma ovqatlarning faqat o‘simlik yog‘ida tayyorlangan qaynatmasi iste’mol qilinadi.

Me’da og‘rig‘ini davolash

Me’da og‘rig‘i yo moddasiz mizoj buzilishi sababli yoki moddali mizoj buzilishi, ayniqsa achishtiruvchi issiqmizoj sababli paydo bo‘ladi. YAna bu og‘riqlar tortishtiradigan yoki kuydirib achishtiradigan eldan yoki issiq shishlarda bo‘lganidek, shu ikkala ta’sirning birlashuvi sababli ham yuz beradi.

Uzluksizlikning buzilishi natijasida paydo bo‘ladi; uzluksizlikning buzilishi goho o‘yib eyuvchi yaralardan paydo bo‘ladi. Ayrim kishilarda me’da og‘rishi ovqat egan paytda bo‘lib, usingiganidan keyin bosiladi. Bunday kishilarning ko‘pchiligida savdo xilti ko‘payganda bo‘ladi.

Ayrim kishilarda og‘riq me’daga ovqat kirishi muddatining oxirida o‘ninchi yoki shunga yaqin soatda naydo bo‘ladi. Ayrim kisilarda esa ogriq sirka singari nordon va tushgan erini vijillatib-qaynatadigan bir narsa qusmaguncha bosilmaydi; qusgandan keyin og‘rik to‘xtaydi.

Ba’zilarda ovqat me’dadan tushishi bilan og‘riq to‘xtaydi va ular kusmaydi. Birinchi xil bemorlikka taloqdan me’daga savdo kuyilishi, ikkinchisida esa jigardan me’daga safro kuyilishi sabab bo‘ladi. Ikkala xilt ham og‘rimaydi, chunki ular me’daningtagiga tushadi. Keyin ular ovqatga aralashgach, birgalashib ko‘tarilib, me’da og‘ziga chiqadi.

Ba’zi kishilarning me’dasida ko‘p eyish va haqiqatda qorni ochmay turib ovqatlanish sababli, shuningdek, me’da buzilishidan keladigan to‘liqlik sababli toqat qilib bo‘lmaydigan kuyib achishish paydo bo‘ladi. Eldan bo‘ladigan me’da og‘riqlari ba’zan kuchli bo‘ladi. Ba’zi kishilarning me’dasida og‘riq yoki qattiq kuyib achishish paydo bo‘ladi va ovqat egach, to‘xtaydi.

Bunga me’da bo‘p qolganda unga keluvchi achishtiruvchi moddalarning kuyishi sabab bo‘ladi. U moddalar yo nordon mazali savdo bo‘ladi, yoki o‘tkir mazali safro bo‘ladi. Ayrim kishilarda me’da sezgirligi shu bilan birga me’daga, biz bayon qilgandek, o‘t xiltlarining kuyilishi chidab bo‘lmaydigan zo‘r og‘riq paydo qiladi, bu xil og‘riq ba’zan xushdan ketkazadi.

Goho sovuq suv ichishdan ham me’dada betoqat qiladigan va kishini chiniqtiradigan og‘riq paydo bo‘ladi. Ba’zan yurakka og‘riq borib etishi sababli kishi to‘satdan vafot etishi mumkin, ba’zan ogrik kuyiga tushib kulanj kasalligini paydo qiladi.

Kishida me’da ogrig‘i uzoq cho‘zilsa, shish paydo bo‘lishdan ko‘rqish kerak. Me’da og‘rig‘i homilador ayollarda «bachadon bo‘g‘ilishdan» darak beradi, buning ustiga homilador ayollarda me’da og‘zining ogrishi ham ko‘p bo‘ladi.

Kishida qorin og‘rig‘i bilan birga uning qoshida qora dog‘lar va boqiladek qora toshmalar paydo bo‘lib, keyin ular yaraga aylansa va ular ikkinchi kungacha yoki undan keyinroqqacha turib qolsa, yomon oqibatga olib keladi. U kishida qattiq uyqu paydo bo‘ladi.

Belgilari;

Me’daning alangalanib achishuvi kayfiyati o‘tkir, issik, achchiq va sho‘r modda borligiga dalolat qiladi. Achishish doimiy bo‘lmay, vaqt-vaqti bilan bo‘lib tursa, jigardan safro moddasi kuyilayotgan bo‘ladi. Bu xil achishish esa kunora tutib turadigan isitma va shu bilan birga o‘ng tomonda ogriq paydo qiladi.

Bu me’da og‘rig‘ida jigarni qoplab turuvchi pardaning hamkorligiga dalolat qiladi. Agar isitma bosilib, me’da achishishi davom etsa, bunda jigar chiqindilaridan biror moddaning me’daga kuyilishi yoki buzuq issiq mizoj yoki me’daga yopishgan xilt sabab bo‘ladi. Me’da achishuvi alangasiz bo‘lsa, nordon moddaga belgi bo‘ladi.

Ovqat egandan keyin bir necha soat o‘tgach, paydo bo‘ladigan og‘riqning savdo sababli bo‘lishiga sirkasimon nordon qusuq kelishi, keyin og‘riqningto‘xtashi yoki taloqning zararlanib, hazmning yomonlashishi belgi bo‘ladi.

Safro sababli bo‘ladigan og‘riqqa sirkasimon kusuqning bo‘lmasligi, hazmning tugal emasligi, safro belgilarining namoyon bo‘lishi, jigarning issiq holati dalil bo‘ladi. Eldan bo‘ladigan og‘riqda esa kekirik, hiqichoq, qorin kuldirashi, qovurg‘a tog‘aylari va qorinningtortishuvi belgi bo‘ladi.

OITS va OIV Haqida. Buni hamma bilishi SHart!

  • 1. Buzilgan issiq mizojdan bo‘lgan me’da og‘rig‘ida 7 kun 3 mahal och holda sigir qatig‘i, achigan ayron ichilsa, tuzaladi. Bemorga semiz tovuqgo‘shtlari, jo‘ja, mosh, qovoq va semizo‘t, sirka bilan mayda baliqlar tavsiya etiladi.
  • 2. Agar bemorda ozish, so‘lish alomatlari bo‘lsa, ko‘proq issiq suv ko‘shilgan suyuq uzum sirkasini ichirish va suyuq ovqatlar berish kerak, (10 kun 3 mahal) yaxshi ta’sir qiladi.
  • 3. Agar sovuq va eldan bo‘ladigan me’da og‘riqlari bo‘lsa, 7 kun 3 mahal tariq qizdirib qoringa bog‘lansa, tuzaladi.
  • 4. El ko‘p bo‘lsa 10 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan eski uzum sirkasi ichirilsa, begumon tuzaladi.
  • 5. Me’da yonida qamalib qolgan eldan bo‘lsa, 9 kun 3 mahal yovvoyi qora zirani qovurib, 1 osh qoshiqdan kapalansa, foyda qiladi.
  • 6. Qorinda qotish va ellar ko‘p bo‘lsa, 2 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni qattiq suradi.
  • 7. Qorinda shish bo‘lsa, 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan zaytun yog‘i yoki 50 grammdan ukrop suvi ichilsa, foyda qiladi.
  • 8. Ovqatdan so‘ng qo‘zg‘alib sirkasimon modda kusib tashlashga majbur qiladigan og‘riqni davolash uchun 12 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan eski uzum sirkasi ichirilsa, foyda qiladi. Ovqatlari: tovada qovurib pishirilgan ovqatlar, qaynatilgan tuxum va asal kabi issiq ovqatlar bilan me’dani isitib kuchaytirish lozim.
  • 9. Ovqat egandan keyin boshlanib, kusib tashlash bilan to‘xtamaydigan og‘riq bo‘lsa, 13 kun 3 mahal ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan asal iste’mol qilinsa, bemor tuzaladi.
  • 10. YAna qusishga qarshi, sedana va arpabodiyonni teng baravar aralashtirib, 5 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, tuzaladi.
  • 11. Me’dada ogriq va qorinda el bo‘lsa, ko‘k pista po‘sti 30 gramm va qudrat norin talqonidan 300 grammini aralashtirib, 8 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan kapalab. orqasidan qaynagap suv ichilsa, foyda qiladi.
  • 12. Jolinusning aytishicha, 3 kun 3 mahal tovuq me’dasi ichki terisini quritib, talqonini 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan kaynagan suv ichilsa, me’da og‘rig‘i kasali tuzaladi. Ko‘pincha me’da achishuvini qatiq va shunga o‘xshash narsalar to‘xtatadi.

Me’dani qurtlardan davolash

  • 1.Oshqovoqning quritilgan po‘sti talqonini 2 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, qon okishini qoldiradi.
  • 2. Semizo‘tning 60 grammini maydalab, 7 kun 3 mahal och holda qaynagan suvga solib ichilsa, me’da kurtlarini tushiradi.
  • 3. Petrushka urug‘ining 500 grammini, 4 litr suvda 30 minut qaynatib, 13 kun 3 mahal 100 gramdan ichilsa, me’dadagi yara tuzaladi qurtlar o‘ladi.
  • 4. Moychechak gulini choy kabi 15 kun 3 mahal 10 minut damlab, issiq-issiq ichilsa, me’da yarasini tuzatadi.
  • 5. Me’dada dard bo‘lsa, tovuq sho‘rvasini va yuvilayotgan guruch suvidan 10 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  • 6. 10,5 gramm tikanli tog‘ archasining urug‘ini yanchib, 5 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, me’dadagi kurtlarni tushiradi. Parhezi: 5 kun faqat suv va ho‘l mevalar iste’mol qilinadi, xolos.
  • 7. Tut tomirining 300 grammini 600 gramm suvda 20 minut past olovda qaynatib, 3 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, qorindagi qurtlar tushadi.

 

Korin dam bo‘lishi Belgilari:

Agar el va qorinning damligi ovqat moddasi sababli bo‘lsa, eyilgan moddani aniqlash orqali bilinadi; bunda damlik uncha ko‘p bo‘lmaydi; shu bilan birga ikki yoki uch marta kekirilsa, undan kutulish mumkin. Agar damlikning sababi ovqat ustiga suv ichish yoki uni chayqaltiradigan darajada harakat qilish kabi xato tadbir bo‘lsa, damlik shundan kelib chiqadi. qusishnidavolash Qusish ovqat iste’molining buzuqligidan paydo bo‘ladi.

  • 1. Omila talqonini 6 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, yurak sanchishi, yurak urish va ko‘ngil aynishlari tuzaladi.
  • 2. Sedanani 9 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, zarda va qusish tuzaladi.
  • 3. 12 kun 3 mahal achchiq bodom talqonini qaynoq suvda 1 sutka ivitib, dokadan suzib, och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, tuzaladi.
  • 4. 11 kun 3 mahal boqila talqonini ham sirkani suvida 1 sutka ivitib, dokadan suzib, 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemor begumon o‘zgaradi.
  • 5. Qalampirmunchoqva omilatalqonlarini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiq talqoniga 2 osh qoshiq olma suvi qo‘shib ichilsa, foyda qiladi.
  • 6. Imkoniyat boricha bemorni uxlatishga harakat qilish kerak, chunki uxlatish davolanishning asosidir. Bemor istasaistamasa unga go‘sht suvini ko‘p dorivor qo‘shib ichirish foydali tadbirdir. Go‘sht suviga ko‘proq nonni maydalab ko‘p eyish tavsiya qilinadi. Bemorning ko‘ngli aynishi qolmasa, etmak talqonini hidlatib qustirish kerak. Ko‘ngil yana qaytadan aynimasligi uchun ovqatni oz-ozdan berish kerak.
  • 7. Zanjabil, qalampirmunchoq va dolchin talqonlaridan teng baravar ko‘shib, 13 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalsa, kusish to‘xtaydi.
  • 8. Egan ovqatni kusa beradigan kishi ovqatiga ko‘p kashnich ko‘shib esa va omila bilan aralashtirilgan asalni 14 kun 3 mahal yalab tursa, davo bo‘ladi.
  • 9. Anor, tatish, jiyda va behi qaynatma sharbatlarini 8 kun 3 mahal och holda 100 grammdan ichilsa, yaxshi yordam beradi.
  • 10. Gazak o‘tidan 16 kun 3 mahal choy qilib ichilsa ham, foyda qiladi.
  • 11. Behi sharbatidan 5 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan ichilsa, qusishidan hamda kekirishdan kutilishga foyda qiladi.
  • 12. 200 gramm pistani tuyib, 400 gramm suvda 1 sutka qaynoq suvda ivitib, 5 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan ichilsa, kusish to‘xtaydi…
  • 13. Xandon pistani 7 kun 3 mahal 50 grammdan iste’mol qilinsa, qayt qilish va ko‘ngil aynishi to‘xtaydi.
  • 14. Agar qayt qilgingiz kelsa, 3 kun 3 mahal qovun tomiridan 2 dirham eng (bir dirham 2,975 g) foyda qiladi. 15. YAlpizning qaysi qismi bo‘lishidan qat’iy nazar, 5 kun 3 mahal talqonini 1 choy qoshiqdan kapalansa, a’zolardan qon kelishini to‘xtatadi.

Xikichokni davolash

Belgilari:

Xikichok murakkab harakat bo‘lib, me’da og‘zida, yoki me’daning hamma qismida yoki qizilo‘ngachda yuz beradi. Agar biror aziyat beruvchi sabab mavjud bo‘lsa, me’dada aziyat beruvchidan qochib va uning haydaydigan kuchli harakatga qobiliyat paydo qilish uchun yig‘ilib, tirishadi. Masalan, sakramoqchi bo‘lgan kishi shunday qiladi: uoldin ketiga tashlanib, keyin sakraydi. Xikichok bir jihatdan o‘pka va qorin to‘sig‘ida bo‘ladigan yomon xiltni haydashga qaratilgan yo‘tal harakatiga o‘xshaydi. Xikichok me’daning haddan tashqari quruqligi sababli paydo bo‘ladi, chunki quruqlik bir qadar tirishishga qarab, kishining talabi esa yoyilishiga qarab harakat qiladi. Tabiat tirishish bilan kelisha olmaydi va unga qarshi turadi. Biror aziyat beruvchi sababdan me’da og‘zida uchish paydo bo‘lgani kabi xikichok ham ko‘pincha aziyat beruvchi sabab tufayli me’da og‘zida paydo bo‘ladi, ayniqsa me’da kuruq bo‘lib, uning ogzi eng oz achishishni ham ko‘tarmaydigan bo‘lsa, shu hol yuz beradi.

  • 1. Etmaktalqonini 4 kun 1 mahal burungatiqib hidlansa, qustiradi. Xikichokqa qustirish eng foydali choradir; har bir qattiq harakat, silkinish, baland ovoz bilan qichqirish, g‘azablanish, shodlik, to‘satdan bo‘ladigan qo‘rqish, haddan tashqari g‘amginlik, seskantirish uchun yuzga to‘satdan suv sepish, kuchli badantarbiya, otda yursh, ko‘zg‘algan yo‘talni og‘zini yopib, to‘xtatib turish va tashnalikka chidash ham eng foydali choradir.
  • 2. Xikichok paydo qilib turgan moddani qo‘porishda 10 kun 3 mahal nazlani hidlatib, aksartirish zo‘r ta’sir qiladi.
  • 3. Uzoq vaqt nafasini ichga qamab turib ham xikichokni bosadigan choralardan hisoblanadi, chunki bu haroratni harakatga keltiradi. Uni teri teshiklariga tomon borib havo olish uchun harakat qildiradi hamda yopishqoq xiltlarni ko‘zg‘atadi va tarqatadi.
  • 4. Ermonning 200 grammini, 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 10 minut past olovda qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh temir qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  • 5. Paq-paqning 300 grammini, 4 litr suvda past olovda 25 minut qaynatib, och holda 9 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, peshov orqali xchltlarni haydaydi, yaxshi foyda qiladi.
  • 6. Aloedan tayyorlangan dorini 7 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, xiltlarni axlat yo‘liga haydab, chiqarib yuboradi. Kuchli xikichok va ko‘ngil ag‘darilishida foyda beradi.
  • 7. Zanjabilni 300 grammini, 3 litr yomg‘ir yoki buloq suvida 1 sutka ivitib, ertasi past olovda 30 minut qaynatib, 7 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, xikichokqa yaxshi ta’sir qiladi.
  • 8. Bo‘yimodaron va tog‘ yalpizidan 200 grammdan olib, 5 litr suvda past olovda 25 minut qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  • 9. Andiz talqonini, 11 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, juda yaxshi foyda qiladi.
  • 10. Achchiq bodom yog‘ini 5 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  • 11. Bemortuzalguncha, suyuqovqatlarvajo‘jago‘shtlarining qaynatma sho‘rvasiga xushbo‘y kashnich barglarini ko‘p qo‘shib ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  • 12. Ayniqsa, olxo‘rini 400 grammini, 3 litr suvda 30 minut past olovda qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  • 13. Ayniqsa, olxo‘rini 500 gramm tomirini maydalab, 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, xikichok kasali tuzaladi.

 

Me’daning tabiiy mizojlari

  • Tabiiy issiq mizojning belgilari: qoramol, g‘oz go‘shti va boshqa shu xil boshqa ovqatlarni yaxshi hazm qilishi hamda jo‘ja go‘shti va sut kabi latif va engil ovqatlarning buzilishi, engissiq mizojli ovqatlarni yaxshi qabul qilishi va hazmning ishtahadan ustunligidir.
  • 2. Tabiiy sovuq mizojning belgisi: unda ishtahadan kamchilik bo‘lmaydi, biroq hazmda kamchilik bo‘ladi, bunday me’dada latif va engil ovqatlar hazm bo‘lmaydi va u eng sovuq mizojli ovqatlarni yaxshiroq qabul qiladi.
  • 3. Tabiiy kuruq mizojning belgisi: tashnalik ko‘p bo‘ladi, lekin biror narsa ichish bilan uni qondirish mumkin. Ko‘p miqdorda ichilsa, og‘irlik qiladi; unday me’da eng quruq ovqatni yaxshiroq qabul qiladi.
  • 4. Tabiiy xo‘l mizojning belgisi; tashnalikning kamchiligi, ko‘p ichishni engil ko‘tara olish va undan me’daning og‘ir bo‘lmasligidir. Bunda me’da eng suyuq ovqatlarni yaxshiroq qabul qiladi.

Me’daning buzilgan mizojini Davolash

  • 1.Hululni 500 grammini 3 litr suvda past olovda 40 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, sovuq mizojli me’da shamollashiga foyda qiladi.
  • 2. Ivan o‘simligi daryolar yoki tog‘lardan tushadigan suvlarni ikki qirg‘oqlarida o‘sadi. SHuni 1 kg ni 6 litr suvda 30 minut qaynatib ichilsa, me’daning sovuq xo‘l mizojidan kelib chiqadigan yaralariga foyda qiladi.
  • 3. Tog‘ archasi urug‘i (300 gramm:), sunbula ildizi (350 gramm), petrushka urug‘i (250 gramm) va sassiq kavrak ildizi (250 gramm) talqonlariga 1,5 kilogramm toza asal aralashtirib, 15 kun 3 mahal 50 grammdan iste’mol qilinsa, sovuq va xo‘l mizojdan kelib chiqadigan kasalliklarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

 

Parhezlari:

Tuzalguncha achchiq, sho‘r, nordon va qovurma ovqatlar, qovun va sovuq narsalar iste’mol qilinmaydi.

Me’daning buzilgan issiq mizojini davolash

  1. Me’daning qattiq alangalanishiga 11 kun 3 mahal kashnichning 500 gramm suviga 50 gramm uzum sirkasini aralashtirib, och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa foyda qiladi.
  2. 2. Sigir qatig‘i suzmasini ham 12 kun 3 mahal 200 grammdan ichilsa, me’da alangalanishi to‘xtaydi. Sovuq suv, xo‘l mevalar, shaftoli, guruchli ovqatlar, sirka bilan xo‘l kashnich, osh-qovoqdan tayyorlangan ovqatlar beriladi.
  3. 3. Me’daning issiqligini kamaytirish uchun bemorga sovuqg‘aliz ovqatlarni, masalan: yangi baliqdan tayyorlangan qaynatma berilsa, juda foyda qiladi.

Me’daning buzilgan sovuq mizojini davolash

  • Agar mizoj buzilishi engil bo‘lsa, shisha kolba idishda 50 gramm dolchin, 50 gramm qora zira aralashmasini 1 litr suvda sekin og‘zini yopib, 20 minut qaynatib, suzib 7 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladӣ. Ovqatlariga doimo murch solib iste’mol qilinadi.
  • 2. Sarimsoqni tuyib, 5 kun 2 mahal qoriniga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi. 3. Sariq yo‘ng‘ichqa, petrushka va gulxayri uruglaridan teng baravar olib, tuyib, suvda 30 minut qaynatib, och holda 13 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi. Qo‘l-oyoqlarni isitish tezda me’dani ham isitadi.

Me’daning buzilgan xo‘l mizojini davolash

  • 1.Bu kasalni shishuvchi, parchalovchi, achchiq va o‘tkir mazali dorilar bilan ularga taxir narsalarni aralashtirib ishlatish orqali davolanadi. YAna orqasidan ozgina uzum sirkasini iste’mol qilish ham kerak. Ovqatlari esa qurituvchi qovurilgan va kaboblardan iborat bo‘ladi.
  • 2. Me’da xo‘lligini ketkazish uchun 400 gramm arpabodiyonni 3 litr suvda 30 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilish lozim.
  • 3. 1700 gramm shakarni usti yopilguncha suv solib, eriguncha qaynatiladi, so‘ng ustiga qizilgul talqonidan 500 gramm qo‘shib, 30 minut qaynatiladi. Bu gulqandni och holda 3 mahal 50 grammdan iste’mol qilinsa, me’da xo‘lligini ketkazadi.

Me’daning buzilgan quruq mizojini davolash

  • 1. Bemorni hammomga ko‘proqtushirish, issiq suvda vanna qildirish shart. Vanna suvi 40 daraja issiq bo‘lishi lozim, shunda suv teri teshiklarini kamaytiradi.
  • 2. Hammomdan chiqqandan keyin 20 hafta latif sutlarni, 3 mahal issiq holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  • 3. 2 kg aloeni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, 3 litr suvda 1,5 soat past olovda qaynatib, so‘ng dokadan suzib, qolgan suviga teng baravar toza asal qo‘shib, 20 minut qaynatib 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

 

SOVUQMIZOJHAQIDA

Belgilari:

Lab va tilning oqarishi, qon kamayishi, qon harakatining qiyinligi, shilliqning ko‘payishi, kam tashna bo‘lish, rangning buzilishi, ich ketishi. Rang ba’zan ko‘kimtir qora va ba’zan pista rangga yaqin sariq bo‘ladi. YAna peshobning oqligi, qotish sababli quyulib shilliqsimon bo‘lishi, tomir urishining susayishi, ochiqishning kuchayishi ham bunga dalil bo‘ladi, chunki ochiqish faqatgina me’daga bog‘liq bo‘lavermaydi. Hazmning kamligi ham unga dalil bo‘ladi. Jigar mizoji kuchli darajada sovisa, ishtaha yo‘qoladi. Axlat bunda goho quruq va hidsiz bo‘ladi, goho tortish kuvvatining kuchsizligi sababli xo‘l va suyuq bo‘ladi. Biroq bunday ahvolning boshlanishi va paydo bo‘lishi uzoqqa cho‘zilmaydi va ich ketish ko‘paymaydi. Oxirida qonga o‘xshash bir narsa chiqadi. Goho jigar sovuq mizoj bo‘lganda, bir muncha muddatdan keyin isitma paydo bo‘ladi. CHunki unday mizojdagi suyuq qon o‘zida paydo bo‘ladigan sasishga uchraydi. Bu holatni davolash qiyin, ba’zan ichdan yiring o‘tadi, keyin quyuladi va qorayadi. Go‘sht yuvindisiga o‘xshash ich o‘tish boshlanishida ishtaha joyida bo‘lsa, bu hol mizoj sovuqligiga dalolat qiladi. Keyinchalik ishtaha pasaysa, bu holga hiltlarning buzilishi yoki isitma va shunga o‘xshash boshqa narsa sabab bo‘ladi. Ko‘pincha ishtaha haddan tashqari kuchli bo‘ladi. SHu bilan birga qorin devori ham tirishadi. Goho bu xil mizojga kishining odati, egan ovqati, nahorga, yoki hammomdan so‘ng, yoki jinsiy aloqadan so‘ng sovuq suv ichishi kabi dalil qilinadi, chunki alangalangan jigar shu paytda suvni tez va ko‘p shimadi. Og‘izda nordonlik seziladi. Axlat ho‘l bo‘lib, ba’zan qoramtir ko‘k bo‘ladi, sariq va qizil bo‘lmaydi. Goho jigarning sovuq mizojig‘a bir oz muddatdan keyin isitma ergashib keladi, chunki bu mizojdagi suyuq qon sasishga uchraydi.

Buzilgan kuruq mizoj

Belgilari:

Og‘iz va tilning quruqligi, tashnalik, tomir urishining qattiqligi va peshobning suyuqligi. Bunda ba’zan yuz rangi qorayadi. Agar savdo yoki safro bo‘lsa, ularni haqida ham oldin aytib o‘tilgan belgilar dalili bo‘ladi. Bumizojga ko‘p tashna bo‘lish hamda tilning haddan tashqari quruqligi, badanning ozishi va tabiiy qotmalikdan ko‘ra ko‘proq ozginligi, rutubatli ovqatlarning va rutubatli havoning yoqishi belgi bo‘ladi.

Buzilgan ho‘l mizoj

Belgilari: Bumizojga yuzva ko‘zning salqishi, qovurg‘a tog‘aylarining bo‘shashuvi, tashnalikning kamligi, lekin ho‘llikni qaynatadigan darajada issiqlik bo‘lsa, tashnalik kam bo‘lmaydi. Tilning ho‘lligi va rangining oqligi belgi bo‘ladi. Ba’zan bu mizojda rang biroz sariq bo‘ladi, ammo sovuqlikoshsa, rutubat ko‘paysa, rang ko‘kimtir bo‘ladi. Goho rutubatning bo‘shashtirishi sababli butun tana kuchsizlanadi.

Buzilgan issiq mizoj belgilari

Agar buzilish haddan tashqari bo‘lmasa va kuvvat tupmasa, tashnalik belgi bo‘ladi, yana unga tutunsimon kekirik, so‘lakning sassikligi, tanada sovituvchi moddalarni paydo qilishi, tabiiy holatdagi me’dada kuymaydigan latif ovqatlarning kuyishi va bugta aylanishi, g‘aliz ovqatning odatdagidan ko‘ra yaxshiroq hazm bo‘lishi belgi bo‘ladi, biroq haddan tashqari buzilgan bo‘lsa, quvvat tushadi.

Bunga yana ko‘p tashna bo‘lish ko‘pincha ishtahasizlik, ayniqsa safro moddasidan bo‘lgan mizoj buzilishi belgi bo‘ladi. Mizoj buzilishi quvvatlarni tushirsa, hazm kuchli bo‘lmaydi. Ba’zan shu mizojga og‘riqli isitma ham qo‘shiladi, kuvvat tushuvidan oldin kuchli ochiqishni ko‘zg‘atadi, bunga sabab ovqat moddalarining tarqatilishi, me’dadagi achishish va moddalarning so‘rilish yo‘li bilan singishidir.

Goho shu ochiqish behushlikka olib keladi, agar shu ochlikning muddati ozroq uzoqqa cho‘zilsa, ishtaha butunlay yo‘qoladi. SHupaytda so‘lak oqish ham ko‘payadi va bug‘latib tarqatuvchi issiq sababli so‘lak oqishi to‘xtaydi. Agar me’dada rutubat bo‘lsa so‘lak ko‘payadi, uni g‘aliz ovqatlar bosadi.

Bilingki, me’dasi «olovlik» kishining qoni oz, yomon hidli va o‘tkir bo‘ladi. Bu qonga qarshi bo‘lgan organlar uni isitmaydi va u bilan ovqatlanmaydi, natijada ozg‘in, tomirlari serqon bo‘ladi. CHunki qon tomirlarda yig‘ilib qolib, tabiat uni ishlatmaydi. Tomirdan qon olinsa, yomon qon chiqadi.

Buzilgan sovuq mizoj belgilari.

Me’daning sovuqligiga eyilgan ovqatning sust o‘zgarishi dalolat qiladi; hatto ovqat quyiga tushmaydi, yoki bir muddat keyin deyarli o‘zgarmagan holda qusib tashlanadi. Mizoj haddan tashqari sovuq bo‘lsa, yoyilgan ovqat aslo o‘zgarmaydi va hazm bo‘lmaydi.

Goho buzuq sovuq mizojga ishtahaning kuchliligi, tashnalikning kamligi va bayon qilingandek ilgari hazm bo‘lib yurgan g‘aliz ovqatlarning singmasligi ham dalil bo‘ladi.

Ba’zan me’daning buzuq sovuq mizoji ovqat eyilgandan bir necha soat o‘tgach, tortishish va zo‘r og‘riq paydo qilish darajasiga etadi, bu belgilar har kuni sirkasimon suyuqlikni kusib tashlash bilangina bosiladi, bu ko‘pincha istisqoga va hazm bo‘lish natijasida paydo bo‘ladigan ich ketishga olib keladi.

Me’daning mizoji sovuq bo‘lgan kishining rangida tajribali kishidan yashirinmaydigan sariqlik va oqliqlik yuz beradi, juvona buning eng yaxshi dorilaridandir. Goho mizojning zararlariga miya hamkorlik qilib eldan bo‘ladigan bosh og‘rig‘i, quloq shang‘illash va shunga o‘xshash holatlar paydo bo‘ladi.

Me’dadagi buzuq sovuq mizoj issiq tub mizoj bilan duch kelib qolsa, qorin kuldirashi, damlanish, kuruqlik va tashnalik ko‘payadi. Buning davosi: ovqatdan oldin tilchani ho‘llaydigan miqdorda oz-ozdan 20 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan uzum sirkasi ichiladi.

Buzilgan xo‘l mizojning belgilari.

Bu mizojda kam tashna bo‘lish, rutubatli ovqatlardan nafratlanish, ularning zarar qilishi, oz va kuruq ovqatning foyda qilishi belgi bo‘ladi. YAna bunga so‘lak va og‘iz suvining ko‘pligi ham dalolat qiladi, agar bu hol ochlikda yuz bersa, ko‘pincha me’dadagi harorat va rutubatga dalil bo‘ladi, goho haroratning o‘zidan ham shunday bo‘ladi.

Ayrim kishilarda me’daning og‘zida ho‘llab turuvchi rutubat bo‘ladi. U kishi har vaqt biror narsa eganidan so‘ng o‘rnidan qo‘zg‘alsa, qusib tashlagunday bo‘ladi. SHu hol me’da kuchsizligining belgisi bo‘ladi. Bu narsa me’da bo‘shligida va ovqat eganda ham bo‘laveradi. Oldingi hol esa faqatgina ovqat eganda paydo bo‘ladi.

Moddali mizoj buzilishi belgilari

Moddali mizoj buzilishiga kusish, kekirish va axlat, ayniqsa uning rangi va unga aralashgan narsa hamda peshob va unga aralashgan narsalar belgi bo‘ladi. Suyuq, issiq va yiringsimon moddaga ko‘ngil aynish, tashnalik, me’dadagi achishish va alangalanish dalil bo‘ladi.

G‘aliz ovqatiste’mol qilinsa, ko‘ngilayniydi. SHuningdek, modda me’daga shimilmagan bo‘lsa, lekin me’daning eng chukuriga joylanib tursa, ko‘ngilni aynitmaydi, agar u ovqatga aralashsa, me’da yuzasiga chiqib tarqaladi va me’da og‘ziga kelib ko‘ngilni aynitadi.

Me’da bo‘shlig‘iga kuyilib hali shimilmagan moddaga kuyidagi narsa dalil bo‘ladi: kishi asal yoki shirin suv kabi tozalovchi narsani ichsa, moddani chiqarib ko‘rsatadi; shimilgan modda chiqariladigan narsalardan tanilmaydi, balki yuqorida aytib o‘tilgan boshqa dalillardan bilinadi.

Dalillarning asosiysi ko‘ngil aynishidir, chunki u moddaga dalil bo‘ladi. Agar faqatgina o‘qchiq bo‘lsa, modda me’daga yopishgan va shimilgan bo‘ladi. Moddaning jinsiga tashnalik dalolat qiladi, tashnalik moddaning issiqligiga yoki sho‘r va buroqligiga ham dalil bo‘ladi.

Agar tashnalik issiq suv ichish bilan bosilsa, umodda sho‘r balg‘am, bosilmasa, safro bo‘ladi. Buni yana og‘izdagi maza va qusib tashlanadigan narsadan ham bilish mumkin. Ko‘ngil aynish bilan birga tashnalik ham bo‘lsa, bu ham o‘sha moddalarga belgi bo‘ladi.

Tashnalikning bo‘lmasligi, moddaning sovuq ekaniga belgi bo‘ladi. Ishtahaning tushib ketishi, mazasi o‘tkir narsalarni tusashi yopishqoq shillik modda to‘planganligini bildiruvchi dalildir. Bemor shunday ovqatni esa qorni dam bo‘ladi, tortishadi va ko‘ngli ayniydi.

U faqat kekirish bilan tinchiydi. Qorin devorlarining uchishi me’dada va uning yonverida yomon modda to‘planganiga dalil bo‘ladi. Bu ko‘pincha tutqanoq va melanxoliyaga olib keladi. Hazm kuchsiz, damlanish ko‘p, vasvasa va odamdan qochish bo‘lib turib, ishtahaning kuchli bo‘lishi me’daga kuyilayotgan moddaning savdo ekanidan dalolat beradi.

Vaqti-vaqti bilan ich, kusuq va axlatdan burun suviga o‘xshash xilt chiqishi moddaning nazla ekaniga dalil bo‘ladi.

Og‘izda achchiqlik yoki sho‘rlik sezilmasdan tashna bo‘lish, go‘yo bir narsaning me’dadan ko‘tarilayotgan yo tushayotgandek tuyulishi va shu bilan birga og‘izda va me’dada, boshda haddan tashqari rutubat va alangalanish bo‘lishi moddaning xo‘lligiga va uning qaynab zarar etkazuvchi ekaniga dalil bo‘ladi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика