Kukrak Va Uning Holatlarini Davolash (10 Usulli)

Кукрак давоси XALQ TABOBATI

Kukrak va uning holatlari

Kukrak — sut paydo qilish uchun yaratilgan a’zo bo‘lib, tug‘ilgan bola to (gavdasi) pishiqlanib, quvvatga kirguncha, qatgiq va tig‘iz ovqatni hazm qilishga qobiliyatli bo‘lgunicha undan oziqlanadi.

U vena, arteriya va nervlardan tarkib topib, oralig‘idagi bo‘shliqlarni bezsimon oq tusli sezgisiz et to‘lg‘azib turadi. Kukrakning qondan hosil bo‘ladigan nisbati jigarning kaymusdan hosil bo‘ladigan nisbati kabidir, chunki ularning har biri ham suyuqlikni tabiat va rang jihatidan o‘ziga moslaydi: jigar oq kaymusni qizil qonga aylantiradi, kukrak bezlari esa qizil qonni sugga aylantiradi.

Kukrak hujayrasi bo‘ylab tarqaltan vena, arteriya va nervlar mayda tolalarga shoxobchalanadi va ular o‘ralib bachadon oralarida to‘qilib turgan tomirlar orqali bo‘ladigan hamkor tomirlar anatomiyasida o‘rganiladi.

Сhaqaloq va Yosh Bolalarni Parvarishi (1 yoshgacha) va Emizishni

Sutni kamaytirish va uning ko‘p oqishini to‘xtatish

Sut haddan tashqari ko‘paysa, kukrakni og‘ritadi, shishiradi vaturli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Goho homiladorlik bo‘lmay turib unda sut yig‘iladi.

Ayniqsa, hayz qoni qamalib qolganda modsa kamligi sababli bachadondan haydalib chiqishga kuch topolmay, qaytib kukrakka borib, sutga aylanganda shunday bo‘ladi.

Bu o‘rinda sut degani asli sutsimon suyuqlik, ya’ni sutga aylanmagan qondir. Mavlono Jaloliddin Rumiy aytadilar:

Muhlat istar sutga aylanguncha qon…

YA’ni qonning haqiqiy sutga aylanishi uchun 9 oy vaqt kerak. Ba’zan erkaklar balog‘atga etib kukraklari katta lashganda, sutsimon suyuqlik yigiladi. 

Ayollar ko‘kragida sutning kamayishiga asosiy sabab shishirib yoki kuchli tarqalib yo bo‘lmasa kuchli qizdirib qurituvchi narsalardir; hamma sovituvchi narsalar balg‘am mijozli ayollarda qonni kamaytiradi.

Sovitaditan dorilarga yasmiq, gul yog‘i va sirka bilan qo‘shilgan boqila uni kiradi. Issiqlik dorilar esa gazak o‘ti, uning urug‘i, ayniqsa, tog‘ gazak o‘ti yoki tog‘ murchi va o‘ning urug‘i kabi narsalardan iborat.

  1. Tog‘ qora rayhoni, zira, ayniqsa, tog‘ zirasining 400 grammini 4 litr suvda 20 daqiqa past olovda qaynatib, 3 mahal och qoringa 50 grammdan ichilsa, ona sutini kamaytiradi.
  2. Ziraning 100 grammiga 300 gramm sirka qo‘shib, ,10 daqiqa past olovda qaynatib, 3 mahal (kukrakka) surtilsa, shunday ta’sir ko‘rsatadi.
  3. Issiqlik surtma dorilardan biri: uzum sirkasi qo‘shilgan kavrak elimining 50 grammiga 100 gramm sirka aralashtirib, 3 mahal kukrakka surtilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  4. Karam ildizini yanchib, 10 kun mobaynida 2 mahal kukrakka qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.
  5. YAsmiq uni, boqila uni, za’faron va tuzdan 3 grammdan olib, sovuq suv aralashtiryb, 10 kun 3 mahal surtilsa, sut quriydi.

Kukrakda sutning ivib qolishi

Sut qurituvchi issiqlik, qotiruvchi sovuqlik sababli ko‘kraqsa iviydi; shu ikkala holatning har. biridagi alomat yuqorida aytilgan narsalardan ma’lum.

  1. Zaytunniyg 30 gramm yog‘iga 10 gramm mumiyo aralashtirib, kukrakka 3 mahal surtilsa, sutning ivishiga yo‘l qo‘ymaydi. Issiqtan bo‘lgan ivishga qarshi sovuq shishlar va sovuq yog‘lardan mol yog‘ining 50 grammiga 10 gramm mumiyony aralashtirib, 3 mahal kukrakka surtilsa, sut ivishiga to‘sqinlik qiladi.
  1. Ituzum yaprog‘i suvini 3 mahal surtilsa, foyda qiladi.
  2. Ituzum bargi, karam bargini tuyib, aralashtirib, 3 mahal bog‘lansa ham, foyda qiladi.
  3. Doimo yssiq suv bilan yuvib turilsa, sovukdan bo‘lgan ivishlarni qoldiradi.
  4. Arpabodiyon talqonini 3 mahal bir osh qoshikdan kapalansa, sutning ivishiga to‘sqinlik qiladi.
  5. Moychechak, shivit, bo‘yimodaron, sariq yovvoyi yo‘ng‘ichqa qaynatmasini 3 mahal 50 grammdan ichilsa, sutni ko‘paytiradi. Hamma dorilar ham shunday (ta’sir ko‘rsatadi).
  6. Arab xurmo nonini suv bilan sirkaga qo‘shib, kukrakka 2 mahal bog‘lansa, foyda qiladi
  7. YAlpizni sirka va uzum sharobi bilan qo‘shib 2 mahal bog‘lansa, yaxshi foyda qiladi.
  8. Ko‘kraqka chuvalchanglarni yanchib bog‘lansa ham, yaxshi foyda qiladi.
  9. Ko‘lob zirasi, petrushka urug‘i, qizil tasma suvi birga qo‘shib surtilsa, sut tiqilmasiga foyda qiladi.
  10. Lavlagi suvi, bug‘doy va sedana aralashmasi qo‘yib bog‘lansa, sut ivishiga foyda qiladi.
  11. Karam suvini 3 mahal och qoringa 50 grammdan ho‘plab ichirilsa ham juda foydalidir.
  12. Asalari qora mumining tariq kattaligiday 10 donasini esa, bola emizayotgan ayollar ko‘kragidagi suT ivib qolmaydi.

Kukrakda sutning turib qolishi, achishi, tortilishi va uning lat eyishini davosi

Bu holatlar quyidagicha davolanadi.

  1. 50 gramm lavlagini olib, etilib pishgungacha qaynatiladi, keyin 100 gramm non ushog‘i baqila talqoni va kunjut yog‘i bilan aralashtirilib, bir kecha bog‘lab qo‘yiladi. Foyda qiladi. Davolash muddati 10 kun.
  1. Kunjut bilan asal yoki kunjut, sariyog‘ va asal aralashtirib , 1 kunda 2 marta qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.
  2. Agar shunga kerakli un yoki boqila uni aralashtirilib, bir kunda 3 marta qo‘yib bog‘lansa ,foydaliroq bo‘ladi.
  3. Kukrakni 10 kun issiq suv bilan kompress qilish; uni issiq suv bug‘iga, ayniqsa, zig‘ir, sariq yo‘ng‘ichqa, gulxayri yoki ularning urug‘i va moychechak qaynatilgan suv bug‘iga 30 daqiqa tutish hamda qo‘yib bog‘lanadigan dorilarning og‘irligini ko‘tarmaydigan ayollarning ko‘kragiga o‘sha suvlarni surtish yoki qo‘yib bog‘lysh foydalidir.
  4. Agar kukrak lat egan bo‘lsa, unga mana bu tarkibdagi qo‘yib bog‘lanadigan dori foyda qiladi: mosh urug‘ini yanchib, yulg‘un qaynatmasi suvi bilan qorib ishlatganda foyda qiladi. Davolash mudsati — 10 kun, 3 mahaldan.

Kukrakdagi issiq shishlar, kukrak uchi og‘riqlari

SHishning boshlanishida yuqorida eslab o‘tilgan qaytaruvchi dorilar ishlatiladi. Davolanish shundan iborat: qaytaruvchi dorilarga suyultiruvchidan biroz aralashtiriladi.

Masalan:

  1. Zaytun yog‘ini issiq shishga 2 mahal kompress qilinsa, foyda qiladi.
  2. 100 gramm qudratnorinni 300 gramm yomg‘ir yoki buloq suvida dokany to‘yintirib 2 mahal yopishtirib, ustini salafan va latta bilan bog‘lab qo‘yilsa, shishlar qaytadi.
  3. Dorilar tarkibi mana bunday: boqila uni 30 gramm va yanchilgan qashqarbeda 30 gramm, kunjut yog‘idan 100 gramm qo‘shib, shirin suv bilan aralashtdrib, 2 mahal qo‘yib bog‘lansa, shish qaytadi.
  1. SHuningdek, yanchilgan non 30 gramm, arpa uni 30 gramm va boqila uni 30 gramm, sariq yo‘ng‘ichqa 30 gramm, gulxayri 30 gramm, tuxum sarig‘i 30 gramm, za’faron 30 gramm — hammasini qo‘shib, buloq suvida atala qilib, 2 mahal surtilsa, shishlar ketadi.
  2. YAna yanchilgan 300 gramm zig‘irni 400 gramm uzum sirkasiga aralashtirib, 2 mahal bog‘lab qo‘yilsa, yaxshi foyda beradi.

Og‘riqning boshlanishida kompress qilinmaydi. Agar kompress qilinsa, latif ra sovuq moddani ketkazib, quyug‘ini qoldiradi. Bu esa xatodir.

Kukrakda balg‘amdan bo‘ladigan sovuq shishlar

  1. Bunday shishlarga 300 gramm yanchilgan petrushkani 300 gramm yomg‘ir yoki buloq suvida atala qilib, qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.
  2. Moychechak talqonini ham atala qilib, 2 mahal qo‘yib bog‘lansa, sovuq shishga foyda beradi.

Kukrakning qattiqlashuvi, balog‘atga etgan paytda ko‘tarilishi

  1. Kukrakdagi sirtqi shish qotishga moyil bo‘lsa, uning boshlanish paytida 300 gramm guruchni uzum sirkasida ivitib 10 kun 2 mahaldan qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.
  2. Eskirgan uzum sirkasi cho‘kmasini 10 kun 2 mahaldan surtilsa, yaxshi foyda qiladi.
  3. Kukrakda bo‘ladigan tugunchak va bezlarga kelsak, ularga shaftolining ho‘l bargini va gazak o‘tining ho‘l bargini birga yanchib qo‘yib, 10 kun 2 mahaldan bog‘lansa, eng yaxshi dori bo‘ladi.
  4. Agar u narsalar balog‘atga etishda (kukrakning) turtib chiqishida qolgan bo‘lsa yoki undan keyin paydo bo‘lib, dorilarning tarqalishiga bo‘ysunmasa, shifokorga murojaat etish lozim.

Kukrakdagi yiringli shish davosi

  1. Kukrakda yiringli shish paydo bo‘lsa, uni etiltiradigan yaxshi dorilardan biri ushbudir: zig‘ir, kunjut, gulsapsar ‘ildizi, qo‘y tezagi, kaptar tezagi va tabiiy soda, sho‘ralardan bo‘laklarini olib, bir xil mikdorda qora mol pochasining iligi bilan qo‘shib 2 mahal surtib, 10 kun bog‘lab yurilsa, yaxshi foyda qiladi. (Ba’zi hayvon va qush tezaklaridan tabibi hoziqning ruhsati bilangina foydalanish mumkin.)
  2. Yiringli shishlarga 10 kun tut shinnisini 2 mahal surtib bog‘lab yurilsa, foyda beradi.

Kukrak yaralari davosi

  1. Kukrak yarasiga qoramol boshining hammasini maydalab, kuydirib, kulini 15 kun 3 mahaldan yaralarga sepib, bog‘lab qo‘yilsa, tuzaladi.
  2. Kanakunjut yog‘ini 15 kun 3 mahaldan surtib gorilsa, foyda qiladi.

Kukrakni kichik va tig‘iz holatda sakdash, unyng osilib turishining oldini olish

  1. Kukrak, ayniqsa, bo‘shashganda 300 gramm mozini 3 litr suvda bir kecha qoldirib, 25 daqiqa past olovda qaynatib, 20 kun 2 mahal kanop lattani sovutilgan mozi suviga botirib bog‘lab qo‘yilsa, foyda qiladi.
  2. 300 gramm toza tuproq, 300 gramm asal va 300 gramm uzum sirkasi aralashtirilib, 20 kun 2 mahaldan surtib bog‘lab yurilsa ham, foyda qiladi.
  3. 200 gramm qora gov zira talqoni, 300 gramm gulsapsar — ildizi talqoni, 350 gr asalni 500 gramm qaynoq suv bilan qorib, sovigach, doka bilan kukrakka 5 kun 3 mahal surtib bog‘lansa yoki sassiq alaf va kavrak elimini o‘tda eritib, 9 kun 3 mahal surtib bog‘lansa, osilib turish tuzaladi.
  1. 200 gramm zaytun yog‘i va surmadek qilib yanchilgan achchiqtoshning 50 grammini aralashtirib, 5 kun qurg‘oshin hovonchaga solinsa, qo‘rg‘oshin o‘sha tarkibga biroz singadi. Ushbu aralaSHmani 10 kun 3 mahaldan kukrakka surtib bog‘lansa, kukrak osilib turishi o‘zgaradi.
  2. SHuningdek, 250 gramm toza tuproq, 350 gramm toza asal va 250 gramm etilgan mozi talqoni. Hammasini aralashtirib, 15 kun 3 mahaldan surtilsa, kukrak taranglashadi.

Kukrakni tig‘iz saqlashni istagan ayollarga quyida bayon qilingan dorilar yaxshi ta’sir qiladi.

  1. Kukrakka, ayniqsa, bo‘shashgan kukrakka, doimo kanop lattani sovitilgan mozining qaynatma suviga botirib qo‘yib, 10 kun 3 mahaldan bog‘lab qo‘yilsa, taranglashadi.
  2. Zira, gulsapsar ildizi, asal va suvdan tarkib topgan dorini kukrakka 3—4 kun 3 mahal qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.
  3. Kavrak va kavrak elimining qaynatmasiga latgani to‘yintirib, 10 kun 3 mahal bog‘lab qo‘yilsa, foyda qiladi.
  4. 200 gramm zaytun yog‘iga 30 gramm achchiqgosh talqoni aralashtirib qo‘rg‘oshiN hovonchaga solinsa, shu dorini 15 kun 3 mahaldan kukrakKa surtib yurilsa yaxshi foyda qylady.
  5. Toza tuproq va etilmagan toxi toshi talqoyini asal byyan ko‘SHib, 15 ko‘n 3 mahaldan surtilsa, kukrak Tuzalady.
Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика