Saraton kasalligi profilaktikasi

KO‘K NO‘XOT Sabzavotlar

Saraton kasalligi profilaktikasi

Ko‘k no‘xot (rus no‘xoti) – bir yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, oqsil, vitaminlar va almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar manbaidir. Undan ajoyib va xushta’mli niladi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

No‘xot qo‘zog‘i tarkibida S, RR, V, A, karotin vitaminlari, shuningdek, kletchatka, oqsil, qand (7 %), kraxmal(1-3 %) bor. Bu sabzavot kaliy, kalsiya, temir va fosforga boy. Bundan tashqari, no‘xot qo‘zog‘ida mis sink, magniy, marganets va kobalt mavjud.

Fiziologik ta’sir

Ko‘k no‘xotda ko‘plab dorivor moddalar mavjud bo‘lib, organizmdan toksin, shlak va xolesterinlarni chiqaradi, hazm qilish va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Ko‘k no‘xot kosmetologiyada husnbuzarni davolash va ajinlarni tekislash maqsadida ishlatiladi.

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMA

Kullaniladi: ateroskleroz, onkologik kasalliklar, husnbuzar toshmasi, teri yog‘lanishi oshishi, jigar zaharlanishi, surunkali gepatit, jigar yog‘ bosishi, avitaminoz.

Kjapuiu ko‘rsatma: meteorizm, ichak sanchiqlari.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Aterosklerozni davolash

1-retsept

200 g ko‘k no‘xot qo‘zog‘i bilan go‘sht qiyma- lagichdan o‘tkaziladi, 30 g maydalangan yong‘oq mag‘zi, 2 osh qoshiq asal qo‘shiladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 21 kun. Zarur bo‘lganda davolanish kursini ikki kunlik tanaffusdan so‘ng qaytarish mumkin.

2-retsept

100 g ko‘k no‘xot quritilgan qo‘zog‘i 1 l suvda past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Unga 10 g boyarishnik mevasini solib, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Davolanish kursi – 28 kun.

Xusnbuzarni davolash

1-retsept

Ko‘k no‘xot qo‘zog‘i mayda to‘g‘raladi, qaynoq suvga solib olinadi, 15 daqiqaga muammoli teriga qo‘yiladi, so‘ngra esa iliq suvda chayib yuboriladi. Muolaja kuniga bir marta (kecha- siga) qilinadi. Davolanish kursi – 10-14 kun.

2-retsept

100 g ko‘k no‘xot qo‘zog‘i 300 ml aroqda 7 kun damlanadi, vaqti-vaqti bilan chayqatib turishni unutmang. Damlama suzib olinib, hus- nbuzar toshgan teriga kuniga bir mahal yotish- dan oldin surtiladi. Davolanish kursi – 7-14 kun.

3-retsept

Ko‘k no‘xot qo‘zog‘i bilan qaynatiladi, eziladi, unga 1 osh qoshiq bodring sharbati va 1 choy qoshiq bosh piyoz suvi qo‘shiladi. Husnbu- zar toshgan teriga 15 daqiqaga surtib qo‘yila- di, keyin iliq suv bilan niqob yuvib tashla- nadi. Davolanish kursi 7-10 kun.

Saraton kasalligi profilaktikasi

1-retsept

100 g ko‘k no‘xot qo‘zog‘i 2 ta katta bo‘lmagan aloe bargi bilan go‘shtqiymalagichdan o‘tka- ziladi, 10 ta ezilgan sarimsoq piyoz tishchasi va 50 ml rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i qo‘shiladi. Aralashma 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilina- di. Profilaktika kursi – 21 kun. Profilak- tik davolanish yilda ikki marta o‘tkaziladi.

2-retsept

50 g ko‘k no‘xot quritilgan qo‘zog‘i va 30 g ka- lendula guli 300 ml aroqda 14 kun davomida

damlanadi, vaqti-vaqti bilan damlama chayqa- tilib turiladi, so‘ngra suzib olinadi. Damlama 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davolanish kursi – 2 oy.

Organizmni shlak(organizmda yig‘iladigan moddalar almashinuvi qoldiqlari va zaharli moddalar)lardan tozalash

Tozalanish kursi 28 kun davom etadi. Bu vaqtda go‘sht, dudlangan mahsulotlar, gazli va spirtli ichimliklar, shirinliklar, konditer mahsulotlari iste’mol qilinmaydi. YOg‘li va sho‘r ovqatlar kamroq eyiladi. Tozalanish bahor boshida o‘tkaziladi.

1-kun: kun davomida 300 g ko‘k no‘xot eyiladi (qisman qo‘zog‘i bilan) va 100 ml rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i ichiladi. Bu kuni boshqa hech nima eyilmaydi. Sabzavot va mevalardan tayyorlangan sharbatlar ichiladi. Kechasiga yotishdan oldin sarimsoq damlamasi qo‘shilgan suv bilan hukna qilinadi.

2-kundan 14-kungacha: har kuni 100 g ko‘k no‘xot tanavul qilinadi, haftada bir marta 50 ml kunjut moyi ichiladi.

15-kundan 21-kungacha: 50 g ko‘k no‘xot qo‘zog‘iga 0,5 l zaytun moyi quyilib, suv hammomida 10 daqiqa qizitiladi, 1 soat damlanadi va suzib olinadi. 1 osh qoshiqdan uch mahal ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi.

22-kundan 28-kungacha: 50 g ko‘k no‘xot qo‘zog‘i va 20 g kalendula guli 0,5 l qaynoq suvda 1 soat damlanadi, suzib olinadi. Damlama 100 ml dan kuniga 3 mahal ovqatdan, 1 soat oldin ichiladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика