Kartoshka haqida

Kartoshka Sabzavotlar

Kartoshka haqida

Kartoshka – eng ko‘p iste’mol qilinadigan sabzavot turidir. Undan ko‘plab mazali va foydali ovqatlar tayyorlanadi. Xalq tabobatida asosan uning yangi siqilgan sharbati ishlatiladi, unda кўплаб фойдали моддалар бор.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Kartoshka tarkibiga oqsil, deyarli barcha aminakislotalar (o‘rni bosilmaydiganlar shu jumladan) kiradi. Bu ildizmeva uglevod, kaliy, fosfor, magniy, kalsiy, foliy kislotasi, S, RR va V guruhi vitaminlari kiradi.

Fiziologik ta’sir

Kartoshka mavjud moddalar organizmdagi suv balansini me’yorga keltiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi, oshqozonning kislota-ishqorli muvozanatini tiklaydi, yarani bitishiga yordam qiladi va o‘tkir og‘riqlarni oladi. Kartoshka engil ich surgidir, to‘g‘ri ichakni yallig‘lantirmaydi. Kartoshkadan tayyorlangan dorivor niqoblar qichish, teri yallig‘lanishi da qo‘llaniladi.

QO‘LLANISHI VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Kullaniladi: gipertoniya, ateroskleroz, bronxit, angina, laringit, faringit, venalar varikoz kengayishi va tromboflebit, yuqori kislotali gastrit, oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi, gemorroy, qabziyat, kuyish, furunkulyoz, ekzema, artroz.

Kflpiuu ko‘rsatma: qandli diabet, siydiktosh kasalligi, meteorizm, uchinchi bosqichdagi semirish, enterokolit, enterit, teri qurishi, soch sinuvchanligi.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Nafas yo‘li kasalliklari profilaktikasi va davolanishi

1-retsept

Rinit, yo‘tal, bosh og‘rig‘ida 3-5 daqiqa davomida kartoshka qaynagan suvdan chiqayotgan bug‘da nafas olish kerak. Muolaja kuniga 2-4 marta o‘tkaziladi.

2-retsept

Angina, laringit, faringitda qizil karam sharbati iliq suv bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi bilan chayiladi.

3-retsept

100 ml kartoshka sharbati iliq sut bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasiga 2 choy qoshiq asal qo‘shiladi. Aralashma 50 ml dan kuniga 3-4 marta ovqatdan yarim soat oldin yo‘talni davolash maqsadida ichiladi. Gripp va shamollash profilaktikasi maqsadida 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal 7 kun davomida ichiladi.

Osteoxondroz va artrozni davolash

1-retsept

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka dokaga qo‘yilib, orqaga, og‘rigan joyga osteoxondrozni davolash maqsadida 1 soatga qo‘yiladi. Muolaja kuniga 2 mahal 7 kun davomida qilinadi.

2-retsept

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshkaga ozroq asal va oq bosh karam sharbati qo‘shiladi. Aralashma dokaga qo‘yilib, og‘rigan bo‘g‘imga 30 daqiqaga qo‘yiladi. Muolaja kuniga 2-3 mahal 14 kun davomida qilinadi.

Kuyoshdan kuyish va ekzemani davolash

1-retsept

Kartoshka po‘stlog‘ida pishiriladi, ozroq smetana bilan eziladi, quyoshda kuygan joyga 20 daqiqaga ko‘yiladi. Muolaja kuniga 2 mahal

2-3 kun qilinadi. Kuygandan so‘ngteri ko‘chishi- ning oldini olish uchun kartoshka sharbati zaytun yog‘iga (2:1) aralashtirib, surtiladi. Muolaja kuniga 1-2 marta 7 kun davomida qilinadi.

2-retsept

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshka ekzema bilan og‘rigan teriga 15 daqiqaga qo‘yiladi va iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Muolaja 5-7 kun davomida qilinadi.

Organizmni shlak va toksinlardan tozalash

Tozalash kursi – 28 kun. Tozalash vaqtida shakar, dudlangan mahsulotlar, shirinliklar, alkogol va gazli ichimliklar ta’qiqlanadi.

1-kun: kun davomida faqat qaynatib pishirilgan kartoshka eyiladi.

2-kundan 7-kungacha: hayvondan olinadigan mahsulotlar ta’qiqlanadi. 100 ml kartoshka sharbati kuniga uch mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.

8-kundan 14-kungacha: 1 kg kartoshka po‘stlog‘i 2 l suvda 1 soat past olovda qaynatiladi. Po‘stloq ezilib, qaynatmaga aralashtirib yuboriladi. Qaynatma 200 ml dan kuniga 3 mahal ovqatdan keyin ichiladi. Odatiy tarzda ovqatlanadi.

15-kundan 27-kungacha: kartoshka sharbati sabzi va selderey sharbatlari bilan 2: 1: 1 nisbatda aralashtiriladi. 100 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Odatdagidek ovqatlanadi.

 

28-kun: kun davomida 0,5 l kartoshka-sabzi sharbati ichiladi, po‘stlog‘ida pishgan kar- toshkadan 3-4 dona (po‘stlog‘ini qo‘shib) eyiladi. Bu kun boshqa narsa eyilmaydi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика