Jinsiy Zaiflik Yani Mizoj Sustligi Haqida

Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi XALQ TABOBATI

Jinsiy Zaiflik, Ya’ni Mizoj Sustligi

Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi: Erkak kishi mo‘‘tadil jinsiy aloqa qila olishi markaziy asab tizimining faoliyatiga aloqador murakkab jarayond  ir. Markaziy asab tizimining ishlashi, hayot faoliyati ichki va tashqi ta’sirlarga bog‘liq. Ichki ta’sirlar jumlasiga ichki sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqib, qonda aylanib yuradigan moddalar (gormonlar) kiradi. Moyaklar, buyrak usti bezlari va boshqa ichki sekretsiya bezlarining gormonlari ana shunday gormonlardandir. Odam qovushishdan o‘zini uzoq vaqt tiyib yurganida ichki jinsiy a’zolarning sekret bilan to‘lib ketishidan paydo bo‘ladigan ta’sirlar tufayli ham jinsiy mayli qo‘zg‘olishi mumkin.

Bu Qiziq: Tushda Jinsiy Aloqa Haqida Psixologning Fikri

Tashqi ta’sirlar jumlasiga erogen hududlar deb ataladigan joylarga mexanik ta’sir ko‘rsatish kiradi. Jinsiy olat boshi, ko‘krak bezlarining uchi, yuzda va boshqa joylarda ana shunday erogen yuzalar bor. Ko‘z oldiga keltirish yoki eshituv ta’sirotlari tufayli ham mayl qo‘zishi mumkin. Qovushmoqlikka odatdagicha istak turib, mayl qo‘zg‘olishi uchun yaxshi ovqatlanish, xususan, tananing vitamii A va E bilan ta’minlanishi katta ahamiyatga ega. Mizojni baquvvat qiladigan masallig‘ xar jumlasiga qovurilgan go‘sht, achchiq choy, qanl- kakao, tuxum, qovurilgan baliq, tuzlangan bodring, xren, sarimsoq piyoz, sirka kabilar kiradi.

Sog‘lom erkakda jinsiy aloqa urug‘ tashlash va xush yoqish hissini sezish (orgazm) bishn tugallanadi. Urug‘ tashlash jinsiy aloqaning eng yuksak nuqtasidir. Mana shu vaqtda urug‘ pufakchalari, prostata bezi muskullari tortishib qisqaradi hamda urug‘ni otib chiqaruvchi yo‘l peristaltik ravishda qisqarib turadi. Urug‘ning otilib chiqish kuchi hozir aytib o‘tilgan a’zolar, asab-muskul apparatining ahvoliga ko‘p darajada bog‘liqdir. Ular atoniyaga uchragan bo‘lsa, urug‘ otilayotgai paytda orgazm yoki xush yoqish hissiii sezmaydi. Uzoq vaqt onaiizm bilan shug‘ullanib yurgani tufayli o‘sha asab-mus kul apparati holdan toyib qolgan odamlar urug‘ to‘kilishi vaqtida xush yoqish hissini bilmaslikdan noliydilar.

Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi 111

25-40 yashar sog‘lom erkak uchun hafgasiga 2- 3 marta aloqa qilish jinsiy hayot me’yori

hisoblanadi. Biroq ba’zi odamlar uchun bunday jinsiy hayot rejimi malol -keladigandek, ortiqchadek bo‘lib ko‘rinadi. SHu bilan bir vaqtda ba’zi erkaklar har kuni jinsiy aloqa qilsa ham, bu ularga malollik keltirmaydi. Bemorlar ko‘pincha, jinsiy aloqa qilishning muddati bilan qiziqadi. Ammo har bir odamning individual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina bunga javob berish mumkin. YAna kishi jinsiy aloqadan keyin o‘zini qanday his qilishini, bunday aloqaga nechog‘li ko‘p ehtiyoj sezishini hamisha hisobga olish kerak. Jinsiy aloqaning muhim tomoni uning qancha davom etishidir. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi: Ikki daqiqadan besh daqiqagacha davom etadigan jinsiy aloqa me’yoriy hisoblanadi. Aloqa vaqtida qanchadan keyin urug‘ to‘kilishiga (eyakulyasiya tezligiga) asab tizimining qo‘zg‘oluvchanlik darajasi, quruv va taktil ta’sirotlar darajasi, eyakulyasiya markazlarining qo‘zg‘otuvchanlik darajasini beradigan bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda ayol kishining faolligi ham kattagina ahamiyatga ega.

Buyrak Tosh Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash

Urug‘ to‘kilishidan oldin littre va kuper bezlarining yopishqoq va tiniq sekreti siydik chiqarish kanaliga ajralib chiqadi. Mana shu bezlarning sekreti o‘sha kanaldagi asab tolalari oxirlarini ta’sirlantirib, xush yoqish hissini kuchaytiradi.

YUqorida aytib o‘tilganidek, jinsiy zaiflik erkak kishi me’yoriy jinsiy aloqa qila olmay qoladigan bir qancha kasalliklarning belgisidir. Jinsiy zaiflikda bemorlar xilma-xil narsalardan noliydilar, ularning shikoyatlari ko‘pincha quyidagilarga taalluqli bo‘ladi: jinsiy olatning tarang bo‘lmasligi (ereksiyaning izdan chiqishi, buzilishi), jinsiy aloqa qilishga mayl yo‘qligi (libidoning buzilishi), xush yoqish hissining buzilishi (orgazmning izdan chiqishi) va urug‘ to‘kilishining buzilishi (eyakulyasiyaning buzilishi — urug‘ning vaqtidan ilgari to‘kilishi).

Jinsiy zaiflik sabablari. Jinsiy zaiflik xilma-xil sabablarga bog‘liq. Ba’zi hollarda erkak tanasidagi biror a’zoning kasalligi yoki bir-birini mushkul- lashtiradigan bir qancha omillar bunga sabab bo‘ladi. Bunday qaraganda, bularning jinsiy faoliyatning izdan chiqishiga hech qanday aloqasi yo‘qdek ko‘rinadi. Mana shuning uchun ham tajribasi kam bo‘lgan mutaxassislar, ko‘pincha, yanglish muolaja olib boradilar, natijada naf bermaydi va bemorda shifokorga, hatto tibbiyotga ishonchsizlik tuyg‘usi uyg‘onadi.

Bemorlar ustida uzoq vaqt olib borilgan kuzatishlar, olimlarning o‘tkazgan ilmiy tekshirishlari jinsiy zaiflikka sabab bo‘ladigan kasalliklarni quyidagi guruhlarga bo‘lishga imkon beradi:

  • markaziy asab tizimi kasalliklari;
  • orqa miya kasalliklari;
  • ichki sekretsiya bezlari kasalliklari;
  • jinsiy a’zolarning kasalliklari.

Orqa miya kasalliklaridan uning shikastlanishi jinsiy zaiflikka ko‘proq sabab bo‘ladi. Orqa miya shikastlanishi nozik kasalliklardan biri bo‘lib, darrov tuzalavermaydi yoki davo qilinganida arang epga keladi. Bunda jinsiy faoliyatning buzilishidan tashqari, badanning boshqa qismlarida ham sezuvchanlikning barcha turlari va a’zolarning faoliyati buziladi. Jumladan, odam ichini va siydigini tuta olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Bunday hollarda jinsiy zaiflikka dori-darmonlar bilan davolash kamdan-kam hollardagina ko‘ngildagidek natija beradi. Ko‘pincha kasallar maxsus protezlardan foydalanishga yoki plastik operatsiya qildirishga majbur bo‘ladilar.

Qandli diabet, evnuxoidizm va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan boshqa kasalliklarda jinsiy mayl bir qadar kamayib qoladi. Diabetning og‘ir hollarida jinsiy mayl hamisha ancha susayadi yoki aloqa qilishdan odamning butunlay ko‘ngli qoladi. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi: Bu hol kasallikning ilk belgisi bo‘lib, odam o‘zida diabet borligini xayoliga ham keltirmaydi. Semirish endigina boshlanganda ham bu erkaklar mizojiga kam ta’sir qiladi. Ancha semirib ketilganda esa jinsiy mayl kamayadi va ereksiya susayadi. Odam birdan semirib ketganida esa mizoji tamom susayib ketishi mumkin. Bundan tashqari, Bazedov va Addison kasalligida, shuningdek, gipofizar semizlikda ham jinsiy zaiflik kuzatiladi.

Prostata bezining kasalliklari, jumladan, surunkali prostatit jinsiy zaiflikning avj olishida salmoqli ahamiyat kasb etadi. Surunkali prostatitda bemorlarda orgazm sezgisi yo‘qoladi. Urug‘ vaqtidan ilgari to‘kiladigan bo‘lib qoladi, ereksiya etishmaydi va hatto jinsiy mayl to‘xtab qoladi. Surunkali prostatit kasalligining tez-tez uchrab turishi hisobga olinadigan bo‘lsa, jinsiy zaiflikning oldini olishda bu kasallikni vaqtida aniqlash va davolashning nechog‘lik muhimligi oydinlashadi.

YUqorida aytilganlardan jinsiy zaiflikka olib keladigan sabablar xilma-xil bo‘lib, erkak tanasidagi turli a’zo va tizimlarning holatiga bog‘liq ekani ko‘rinib turibdi. Sabablari ustida gapirilar ekan, turli omillarning (nikotin, alkogolizm, jinsiy aloqadan o‘zni tiyib yurish, masturbatsiya yoki onanizm, jinsiy aloqaga juda berilish, jinsiy aloqani oxiriga etkazmasdan bo‘lib qo‘yish) jinsiy zaiflik avj olishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qisqacha yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi

Avvalo, chekishning erkaklar mijoziga yoqmasligini, juda yomon ta’sir qilishini aytib o‘tish kerak. Nikotin mizojni susaytirib yuborishidan tashqari, moyak to‘qimasiga halokatli darajada ta’sir qiladi ham. SHu munosabat bilan jinsiy zaiflikni davolashda bemorlar oldiga qo‘yiladigan birinchi shart — chekishni tashlashdir.

Ichkilik ham jinsiy faoliyatga yomon ta’sir qiladi. Ichkilikbozlik ko‘pincha jinsiy maylning ancha susayib ketishiga olib boradi. Ba’zi odamlar bir oz ichib olganlaridan keyin vaqtincha mayli sal kuchayishi ham mumkin, chunki ichkilik odamni dadil va o‘ziga ishonadigan qilib qo‘yadi. Biroq keyinchalik xuddi o‘sha miqdordagi spirtli ichimliklar jinsiy faoliyatning yanada ko‘proq susayishiga olib keladi.

Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi 2222

Jinsiy aloqadan o‘zni tiyib yurish zararlidir, degan fikr o‘smirlar va hatto katta yoshli odamlar orasida ham hanuz keng tarqalgan. Mana shundan hadiksirash, ko‘pincha

nikohdan oldin va nikohdan tashqari jinsiy aloqa qilishga va onanizm bilan shug‘ullanishga olib keladi. Holbuki, o‘zni tiyib yurish mumkingina emas, balki butunlay beziyondir. Olimlarning deyarli hammasi o‘smirlar sog‘ligiga hech bir ziyon etkazmagani holda, jinsiy aloqadan o‘zlarini tiyib yurishlari mumkin va lozim, deb hisoblaydilar. Odam o‘zini tiyib yuradigan bo‘lsa, kuch-quvvati ko‘payib, sog‘ligi va iffati saqlanib qoladi. O‘qish, o‘zi sevgan ish bilan qiziqib astoydil shug‘ullanish jinsiy aloqadan o‘zni tiyib yurishni osonlashtiradi. Mehnat, sport, ish o‘smirni jinsiy hayotga vaqtidan ilgari qiziqishdan chalg‘itadi, iffati bilan muhabbatini o‘z yoriga saqlab qolishiga imkon beradi.

Jinsiy hayotni barvaqt boshlash jinsiy a’zolar kuchini yo‘q qilishga, jinsiy faollikning susayib ketishiga olib keladi. YOshligida surishtirib-netmay jinsiy hayotga kirishib ketgan odam ko‘pincha tanosil kasalliklariga mubtalo bo‘lib qolishi mumkinligini ham unutmasligi lozim. Holbuki, tanosil kasalliklari o‘zidan keyin ko‘pincha o‘chmas iz qoldirib, qanchadan-qancha og‘ir oqibatlarga olib keladi, odamning jinsiy jihatdan zaif va bepusht bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

SHuncha yillardan beri bizga murojaat qilib kelayotgan erkaklar orasida o‘zini tiyib yurgani uchun jinsiy zaiflikka uchragan bironta odamni ko‘rganimiz yo‘q. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi  Bir maromdagi jinsiy hayotga kirgan va qandaydir sabablar bilan undan endi o‘zini tiyib yurishga majbur bo‘lgan odamlar dastlabki kunlarda biroz asabiylashib, jinsiy mayli qo‘zib turadi. Ammo engilgina va arzimas darajadagi mana shu o‘zgarishlar tez orada benomu nishon yo‘qolib ketadi.

Modomiki, jinsiy aloqadan o‘zni tiyib yurish jinsiy zaiflikka hech qachon sabab bo‘lmaydi. Onanizm, aksincha, jinsiy faoliyatning buzilishiga, ereksiyaning bemavrid va sust bo‘lishiga, vaqtidan ilgari urug‘ to‘kilishiga, ayolga maylning susayishiga, o‘ziga ishonmay qo‘yishga sabab bo‘ladi. Jinsiy zaiflikka olib keladigan juda zararli omil jinsiy aloqaga haddan tashqari berilishdir. Odam hadeb jinsiy aloqa qilaveradigan bo‘lsa, kuch-quvvatini to‘plashga ulgurolmay qoladi, bu esa natijada asab tizimining ortiq darajada qo‘zg‘olishiga, uning holdan toyishiga olib keladi va mizojning susayib ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, aloqa vaqtida seziladigan xush yoqish hissining susayib ketishiga, orgazm yo‘qolib ketishiga olib keladi. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi: Orgazm bo‘lmasligi esa, o‘z navbatida, ko‘pincha jinsiy buzuqliklarga sabab bo‘ladi. Jinsiy aloqaga zo‘r berish asab va yurak-qon tomirlar tizimiga, ayniqsa, yomon ta’sir qiladi. Buning oqibatida miokard infarkt avj olib, miyaga qon quyilib odam o‘lib qolgan hollar x,am ma’lum.

Jinsiy aloqa ko‘nayib ketganidagina emas, balki uni qilish yo‘llari, texnikasi, sharoiti nobop bo‘lganida ham zarar keltiradi. Tik turgan, o‘tirgan holda, vannada, qorin juda to‘yib ketgan paytda va nahorga jinsiy aloqa qilish mumkin emas. Ulug‘ Ibn Sinoning xotinni erkak kishining ustiga chiqarib, jinsiy aloqa qilish yaramaydi, deb bergan maslahatlari diqqatga sazovordir. Bu usulda aloqa qilinadigan bo‘lsa, odamning churrasi tushishi, urug‘ kanalchasida yara paydo bo‘lishi mumkin. Ibn Sino odamni peshob tang qilib turganida yoki ichi qistab turganida ham aloqa qilish yaramasligini aytgan. Huzurni cho‘zish uchun jinsiy aloqani qayta-qayta qilish, ayniqsa, zararlidir. Bunda prostata bezi va urug‘ do‘mboqchasi yallig‘lanishi mumkin.

Jinsiy aloqaga zo‘r berish orqasida kelib chiqqan jinsiy zaiflikni davolashning juda qiyinligini, davolagan bilan jinsiy zaiflikning bu xili osonlikcha qaytavermasligini yodda saqlash kerak. Mizojning susayib ketishida jinsiy aloqani oxiriga olib bormaslik jinsiy aloqaga zo‘r berishdagidan ko‘ra ahamiyatlidir. Aloqani pirovardiga etkazmaslik shundan iboratki, erkakka endigina xush yoqib kelayotganida u zakarni ayol qinidan chiqarib oladi, shuning natijasida urug‘i qindan tashqariga to‘kiladi. Bu xotin kishining bo‘yida bo‘lib qolmasligi maqsadida qilinadi. Lekin hadeb shunday qilinaveradigan bo‘lsa, bu prostata bezi muskul apparati tonusining pasayib ketishiga, so‘ngra uning surunkali yallig‘lanishiga olib boradi. SHuningdek, mizojning susayib qolishiga ham sabab bo‘ladi.

Ayol kishi homilador bo‘lib qolmasligi uchun prezervativlardan foydalanish ham fiziologik nuqtai nazardan noto‘g‘ridir. Bu matoh ishlatiladigan bo‘lsa, erkak va ayol kishining jinsiy a’zolari bir-biriga taqalmay qolib, yaxshi ta’sirlanmaydi, bir- birining haroratini sezmaydi, orgazm vaqtida seziladigan huzurlanish va xush yoqish susayadi. Tez-tez va uzoq muddat prezervativdan foydalanish erkakning ayolga mayli pasayishiga va mizoji susayib qolishiga olib kelishi mumkin.

Juda mayl qo‘zib tursa-yu, shundan keyin eyakulyasiya bo‘lmasa, ya’ni yosh yigitlar ayol kishining ko‘nglini olmoqchi bo‘lib, unga xushomad qilib yuradigan vaqtlarida

ko‘riladigan holat pirovardiga etkazilmaydigan jinsiy aloqaga bir qadar o‘xshab ketadi. Bu ahvol uzoq davom etmaydigan va uncha tez-tez takrorlanib turmaydigan bo‘lsa, qoida o‘laroq, qandaydir biror xil asoratlarga olib bormaydi.

Jinsiy zaiflikning oldini olishda mehnat va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etishga, jinsiy hayot gigienasiga katta ahamiyat beriladi. SHaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish va me’yoriy jinsiy aloqa qilish uchun tegishli shart-sharoitlar bo‘lishining katta ahamiyati borligi shak-shubha tug‘dirmaydi. Qanday vaqtlarda qovushmoqlikning ham ma’lum ahamiyati bor. Jinsiy Zaiflik Mizoj Sustligi: Bu xususda yagona bir fikr yo‘q. Ba’zi olimlarning fikriga qaraganda, uyqudan oldingi vaqt jinsiy aloqa qilish uchun yaxshi fursatdir. Boshqa olimlarning fikriga qaraganda esa, uxlab olgandan keyin jinsiy aloqa qilish hammasidan ma’qul. Ko‘ngilsiz gap-so‘zlar, janjallar, har xil xafagarchiliklardan keyin jinsiy aloqa qilish hech qachon yaramaydi. Juda to‘yib ovqatlangandan keyin, nahorga, og‘ir jismoniy mehnatdan so‘ng ham jinsiy aloqa qilish tavsiya etilmaydi. Mastlikda esa mutlaqo mumkin emas.

Teri, og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘ylak-ishton, o‘rin- ko‘rpani toza saqlash zarur. Boshqa odamlar ko‘z oldida, xususan, bolalar oldida jinsiy aloqa qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика