Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar XALQ TABOBATI

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: Bod va suv shunday ovqatlardan paydo bo‘ladiki, ulardan quvvatli qon yuzaga keladi, bu qon issiq va ho‘l hamda yopishqoqlik xislatiga ega, issig‘idan bug‘ va ho‘lidan bod hosil bo‘ladi.

Bod yopishqoq va quvvatli qondan hosil bo‘lsa, maniy idishlarga tez etib boradi, jinsiy quvvat va olat shiddati shu boddan paydo bo‘ladi. SHuning uchun jinsiy quvvatni oshirish maqsadida buyuriladigan ovqatlarda uchta holat mavjud bo‘lishi kerak: harorat, ho‘llik, nafx, ya’ni bod (ol) qo‘zg‘otuvchi. Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar:  Agar bu uch holat bitta narsada topilsa, shuni eyishdan, masalan, no‘xat, sholg‘om, sabzi va loviyadan boshqaga o‘tmaslik kerak. Agar bu uch holat bir parsada emas, ikki yoki uch narsada topilsa, ularni bir-biriga qo‘shsin va tarkib bersin.

Bu Qiziq: Jinsiy Quvvat Nuqsonlari Va Uni Qayta Tiklash Tadbirlari Haqida

Bu borada ishonchni davoga emas, balki ovqatga qo‘yish kerak, chunki shahvatning quvvati, olatning qotishi maniy va bod ko‘pligi sabablidir. Maniy va bod esa ovqatdan paydo bo‘ladi. Avvalo, kishiga maniy zarur. Mizojni isitadigan dorilar mizoji sovuq odamlarga kerak bo‘ladi, ularning maniysi yaramas bo‘lib qoladi, shahvat quvvatiga zaiflik yuzlangan bo‘ladi. Bu paytda modda tomirlar og‘zini ochib, maniy idishdan siydik yo‘liga o‘tadi va kaymusga aylanib, maniy bo‘lishi kerak bo‘lgan qon siydik yo‘lidan chiqa boshlaydi. Bu holda davolash mumkin bo‘lmay qoladi. Demak, mazkur sohada doriga ishonish xato.

Boqilaning shifobaxshligidan ko‘ra ovqatlik jihati ko‘proq va uning ho‘lligi haddan ortiq. Maniy mizojiga muvofiq bo‘lgan issiq mizojli dorilar, masalan, zanjabil, yovvoyi sabzi, uzunmurch va shunga o‘xshashlar boqilaga qo‘shilsa, undagi qo‘llik va bu dorilardagi harorat o‘zaro qo‘shilib, bod paydo bo‘ladi va shahvatni harakatga keltiradi. Piyozning mizoji issiq va tabiati ho‘l, oziqligi kam, agar uni qo‘zi go‘shti bilan pishirib eyilsa, maniyni ziyoda qiladi. YAna bodni oshiradi.

Tovuq tuxumi sarig‘ining chala pishirilgani, tovuq miyasi, qo‘zi go‘shti, chumchuq miyasi, ilikning oziqligi ko‘p bo‘ladi va ho‘llikni ko‘paytiradi. X,o‘l mizojli odam tuz va biroz zanjabilni ularga aralashtirib esa, xususan, yalpiz bilan iste’mol qilsa, olat jimo’dan sustlashmaydi. SHolg‘omning oziqligi ko‘proqdir. Ho‘l gandanoning ham oziqligi baland, tovuq tuxumining sarig‘i bilan sozroq bo‘ladi. Indovning oziqligi sabzidan kamroq va sholg‘omdan pastroq bo‘ladi. SHirin uzumning oziqligi, ho‘lligi va bod tug‘dirishi ko‘proq. SHolg‘om va sabzining quvvati endi zikr etiladigan dorilardan ortiqroqdir.

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: Bu sohada iste’moli to‘g‘riroq narsalar oq anjir, mayiz, yong‘oq, bodom, funduq, kokos yong‘og‘i, xabb ul-za’lam, xilyun, xardal urug‘i, tulki moyagi, kaptar bolasi, o‘rdak, chumchuq, tovuq tuxumlari va jigar, asal, mol yog‘i, toza sut, sariq yo‘ng‘ichqa va kabobdir. Issiqligi juda ko‘p bo‘lgan sa’tar kabi narsalar ziyon qiladi, chunki shahvatni harakatlantiradigan bodlarni tarqatib yuboradi. No‘xat jinsiy quvvatni oshirishda boshqa ovqatlardan kuchliroqdir, uning oziqligi ko‘p, ho‘lligi ortiqcha va harorati mo‘‘tadil bo‘ladi. No‘xatni suvga qaynatib, erta bilan bir hovuch iste’mol etilsa va xomidan ham bir hovuch tanovul qilinsa, xususan, sharobda qaynatilgan bo‘lsa, bakoratni zoyil qilishdan ojiz odamning maqsadini hosil qiladi.

YOlg‘iz o‘zini tanovul qilsa, quvvatini oshiradigan, olatni qattiq qiladigan, shahvatni qo‘zg‘otadigan narsalar govmish suti, baytal suti, qo‘y suti va yog‘i, kiyik go‘shti, kulon go‘shti, toza balto, tovuq tuxumining sarig‘i, g‘oz, o‘rdak, kaklik, chumchuq, kabutar, durroj, qo‘y go‘shti, bug‘doy noni, no‘xat, sholg‘om, piyoz, xilyun, tulki moyagidir. Oziqligi ko‘p bo‘lib, el qo‘zg‘otadigan, maniy hamda shahvat quvvatini oshiradigan murakkab ovqatlarga suzma, buzoq va tovuq go‘shti, gandano, no‘xat, boqila, tovuq tuxumining sarig‘i, zanjabil kiradi. Toza baliqni biryon qilib, piyoz bilan eyilsa, foydali bo‘ladi. Sovuq mizojli odam baliqni zanjabil, xavlinjon, uzunmurch va shularga o‘xshash dorilar bilan tanovul etsin.

Ovqatning yana biri shuki, xilyun urug‘ini sigir yog‘ida qovurib, tovuq tuxumining sarig‘i va dolchin ustiga sepib iste’mol qilinadi.

Semiz jo‘ja tovuqdan va kaptar bolasidan uch donadan olinadi. No‘xat, boqila, piyoz, loviya va jo‘jalarni qozonga solib pishirib, bir osor (bir osor to‘rt yarim misqol) sut bilan tanovul qilinsin. Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: YOki mazkur go‘shtlarni saqanqur tuzi va zanjabil bilan pishirib, mazkur sut bilan eyilsin.

Buyrak Tosh Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash

Kashak go‘shtidan ikki hissa, piyozdan bir hissa olib, no‘xatni maydalab, ichiga dolchindan solib, kechasi bilan pishirib, erta bilan obkomaga qo‘shib eyiladi.

Toza baliqning tuxumini qovurib, zanjabil, dolchin va uzunmurchdan ustiga solib eyiladi.

Kokos yong‘og‘ining po‘stini olib, mag‘zini maydalab, elakdan o‘tkazib, toza sut bilan qorilgan xamirga solib tandir ichiga qo‘yiladi. Semiz o‘rdak va tovuq uning ustiga osib qo‘yiladi. Tandir og‘zini mahkam berkitib pishirib eyiladi.

Kishini semirtirib, shahvatga quvvat beradi: shirin bodom mag‘zi, pista, funduq, kokos yong‘og‘i — bularning po‘sti olib tashlanadi, ko‘knor urug‘i, yovvoyi sabzi, oq anjir qoqisi — har biridap bir qism olinadi, hammasini maydalab tuyib, yanchilgan

kohu urug‘idan uch vazn olib aralashtiriladi. Kunda erta bilan o‘ttiz gramm toza sut bilan qaynatib ichsin. No‘xat bilan boqib semirtirilgan jo‘ja tovuq, kaptar bolasi, piyozni sigir yog‘ida qovurib, tovuq tuxumining x,am sarig‘ini solib, qo‘zi go‘shtini kabob qilib, piyoz bilan eyilsa, foydali bo‘ladi. YAna toza baliqni qovurib, bichoq go‘shtini kohu, ismaloq, yangi xiyor, dengiz qisqichbaqasi va piyoz bilan eyiladi. Qo‘zi va yosh molning, xonaki tovuqning miyasini yangi ho‘l piyoz bilan eyiladi. Toza sutni yantoqshakar va somizo‘t urug‘ining suvi bilan tanovul qilinsa, issiq va quruq mizojga naf qiladi. Doimo chumchuq go‘shtidan eb, suv o‘rniga sut iste’mol qilgan odamning olati mahkam bo‘lib, maniysi ziyoda bo‘ladi.

Qora no‘xatni indov suvida qaynatib, soyada quritiladi, uch marta shu ishni takrorlab, biroz foniz bilan maydalab, xabbat ul-xazro yoki pista, kokos yong‘og‘i, chigit yog‘ining birortasi bilan aralashtirib ma’jun qilib, o‘ttiz gramm shakar bilan bir katta yong‘oqning miqdorida eyiladi. Biroz dolchinga mastakidan ko‘proq solib, bir katta yong‘oqning miqdoricha ertayu kech eyiladi.

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: Toza oq zanjabildan yarim girvonka, tuyilgan xabbat ul-xazro mag‘zidan ham yarim girvonka olib, xavlinjonni maydalab tuyib, elakdan o‘tkazib, undan ham yarim girvonkasi toza sut bilan quyilguncha qaynatiladi, erta- kech o‘n diramdan tanovul etiladi.

Temirtikon donasini quritib, maydalab tuyib, suvda qaynatib, yana quritiladi, buni besh marta takrorlab, undan o‘n diram, fonizdan yigirma diram olib, sutda qaynatib, biroz zanjabil bilan ichiladi.

Qaynatilgan temirtikondan uch hissa, nazla o‘tidan va oq shakardan to‘rt hissa olib, bularni aralashtirib, har kuni ikki diram miqdorida sut bilan ichiladi.

Boqila, no‘xat, loviya — bularni suvga solib, shishib katta bo‘lguncha qaynatiladi. YAna semiz buzoq go‘shti, piyoz, tuz, saqanqur, qalampirmunchoq, chumchuq miyasi, kaptar bolasining miyasi, uzum suvi — bularni ham suvda qaynatib pishirib ichiladi. Oq shakar, toza sut, piyoz suvi — har bnridan bir qism quyulgunicha qaynatib, kunda ertalab o‘n diramdan tanovul qilinadi.

SHolg‘om, sabzi urug‘i, qovun urug‘ining mag‘zi — har biridan bir qismdan olib, maydalab, elakdan o‘tkazib, toza sut bilan har kuni uch diram ichiladi.

Issiq mizojli kishiga foyda: yosh sigirning suti ikki girvonka, toza yantoqshakardan ikki kaft to‘lgundek mikdorda olib qaynatib, qiyom holiga keltirib, har kuni ertalab tanovul qilinadi.

Zanjabil, uzunmurch, qizil va oq tudariy, yovvoyi sabzi — har biridan bir qismdan olib, maydalab tuyib, ikki vazn og‘irligida saqanqur tuzidan qo‘shib, chala pishirilgan tovuq tuxumining sarig‘i bilan tanovul qilinadi.

Sovuq mizojli odamga foyda: dolchin — o‘n diram, toza sut — o‘n girvonka, bularni qaynatib, erta bilan nonushtadan so‘ng ichimlik o‘rnida ichib, suvdan ehtiyot bo‘linadi. Ovqatni qo‘zi go‘shti kabobidan, suzmadan qiladi, to bir haftagacha shu tartibni saqlaydi, hafta ichida jinsiy aloqa qilinmaydi. Agar badanda yomon xilt va harorat oshib ketsa, bu tartibni to‘xtatadi. Agar badan pok turaversa, biroq tadbir davomida issiqlik paydo bo‘lsa, sovuq mizojli sharbatlardan, chunonchi, kashkob iste’mol qilinadi.

Semiz kaptar bolasi, o‘rdak tuxumi, sigir yog‘i — bularni qovurib, bir piyola suv olib, o‘n dirham no‘xatni po‘stidan tozalab, ohista qaynatiladi, dolchin, mastaki, gulobni uning ustiga sepib, a’lo navli undan qilingan non bilan eydi.

Semiz qo‘zi go‘shtini oq piyoz bilan yong‘oq yog‘ida qovurib, tuz solib, saqanqur tuzi, uzunmurch, qalampirmunchoq, dolchinlarni aralashtirib, a’lo navli undan qilingan non bilan eyiladi.

Erkak chumchuqni kokos yong‘og‘i yog‘i yoki sigir yog‘ida qovurib, piyoz, zira, saqanqur tuzini qo‘shib, pishgandan keyin qozondan oladigan vaqtda o‘n dona tovuq tuxumining sarig‘i, yarim diram kaboba, biroz mastakini uning ustiga sepib, chala pishgan vaqtida qozondan olib, a’lo navli undan qilingan non bilan eyiladi.

Semiz o‘rdakni sigir yog‘iga qovurib, piyoz, sarimsoq va saqanqur tuzidan solib pishirib, unga xilyun urug‘i, kokos yong‘og‘i va yong‘oqning mag‘zidan aralashtiriladi. Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: Etarli miqdorda suv solib, bir necha dona tuxumning sarig‘ini, dolchin, qalampirmunchoqni aralashtirib chala pishirib, a’lo navli undan qilingan nondan ustiga to‘g‘rab iste’mol qilinadi.

Go‘sht suvda qaynatiladi, no‘xat va ko‘knor donining shirasi, sarimsoq, za’faron, sholg‘om, saqanqur tuzi, lavlagining bargi, ismaloq, yalpiz, kashnich, dolchin, pishirilgan no‘xatning uni, bodom mag‘zi, novvot, shakar va novvot solingan limon suvi — bularning hammasini qaynatib, suvini ayol bilan birga ichsin.

Kaptar bolasi, o‘rdak yog‘i, g‘oz, qirg‘ovul yoki tovuqning qaysi biri bo‘lsa ham, mayli, biroz semiz bo‘lishi kerak, olinadi. Go‘shtidan suyagini ajratib tashlab, zira, kashnich, za’faron, kaboba, anor donalari, uzunmurch, xavlinjon, piyoz bilan toza yog‘da qovurib, biroz suv solib pishirib, a’lo navli undan qilingan non bilan iste’mol qilinsin.

Semiz tovuqning ichini yorib, mazkur dorilarni ichiga solib, yana nina bilan tikib, mar-mar qozonda qaynatiladi. Biroz qaynagandan so‘ng qozondan olib, za’faron va mastikadan solib, sigir yog‘iga qovurib, biroz zira, murch, qalampirmunchoq, uch diram za’faron, besh sir guruch solib, tovuq go‘shtining sho‘rvasini bir sir yog‘ bilan qo‘shib, bularni ham unga solinadi. Gulob va qandni sepib iste’mol qilinadi.

Semiz qo‘yning go‘shtidai yarim botmon, bug‘doydai o‘n sari olib maydalab, qozonga solib, suv bilan qaynatiladi, to pishguncha oz-ozdan suv solib turiladi. Kokos yong‘og‘ining, sanavbar mag‘izlarining x.ar biridan olti dirqam, havlinjon, xilyun urug‘ining har biridai bir diramdan olinadi, bularni tuyib, elakdan o‘tkazib aralashtiriladi va xalim ustiga solib, non bilan qo‘shib eyiladi.

Kaptar bolasi, semiz tovukdan ikki donadan, chumchuq o‘n dona, qo‘y go‘shti, po‘sti tushirilgan oq bug‘doyning har biridan qirq otri olib, dolchin bilan qozonga solib, quyulgunicha qaynatiladi. Bodom, kokos yong‘og‘i, sanavbar mag‘ziniig har biridan ikki diramdan olib, bularni tuyib, elakdan o‘tkazib, qozonga solib aralashtiriladi. Dolchin, zanjabil, qalampirmunchoq, aqoqiyo, murch, mastikaning har biridan ikki diram olib, chala tuyib, bularni ham qozonga solib aralashtirib, chinni idishga solib iste’mol qilinadi.

Semiz kaptar bolasidan besh dona olib, sigir yog‘ida biryona qilib, zira, kashnich va no‘xat solib, etarli suv bilan to pishguncha qaynatiladi. Piyozni mayda to‘g‘rab, uning ustiga solinadi. Po‘sti olingan o‘n diram no‘xatni va uch diram zanjabilni, za’faron, aqoqiy doni, kaboba, havlinjon, zira, kashnich, murch — bularning har biridan yarim diram olib, hammasini suv bilan ho‘llab yuqoridagilarning ustiga solinadi. Bodom mag‘zi, kokos va sanavbar yong‘og‘ini tuyib, qozonga solib, ohista pishirib, chinni tovoqqa solib, non bilan eyiladi.

Toza semiz baliqni namakob bilan yuvib, sariq yo‘ng‘ichqa va endi aytiladigan dorilarni maydalab, guruch uni, toza yog‘ bilan qovurib, tandirda yoki sopol tovada pishirib, iliq holda a’lo navli undan qilingan non bilan eyilsin. Quvvat beradigan dorilar: piyoz, murch, dolchin, za’faron, xilyun urug‘i, havlinjon, anor donalari — bularni maydalab tuyib, semiz tovuqning ichiga solib to‘ldirib, yana nina bilan tikib, o‘tning ustida aylantiriladi. Ustiga namakob sepib, yog‘ surtib turiladi.

Pishishga yaqinlashganda za’faron, kashnich, zira, murchdan olib tuyib, limon suvi bilan ular ustiga solinadi va yana o‘tning ustida aylantirib, a’lo navli undan qilingan non, toza xom piyoz bilan chinnn tovoqqa solib eyiladi. X,ali eyishga kirishmasdan avval biroz sutni qaynatib ichish kerak. Keyin jimo’ga kirishiladi.

YUrt bolasi va semiz tovuqning miley — har biridan to‘qqiz diramdan, ikki dona tuxumning sarig‘i, yarim sir mayda to‘g‘ralgan oq piyoz, bodom, kokos yong‘og‘ining mag‘izlarini maydalab tuyib, elab, har biridan uch dirhamdan saqanur tuzi, zira, kashnich, dolchin, murch, xilyun urug‘i, kaboba, uzunmurch, havlinjon, tuyilgan zanjabil — har biridan yarim diramdan olib, birozgina no‘xat qo‘shib, kaft orasiga olib ishqalanadi, toki dorilar yaxshi qo‘shilsin. Sariyog‘ bilan tovaga qo‘yib, tuxumning sarig‘ini boshqa mag‘izlar ustiga solib, sust olovda pishirilsin. Usti va osti pishgan vaqtda pishirilgan guruch a’lo navli undan qilingan non bilan tanovul qilinsin. Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar

Ellik dona chumchuq va kaptar bolasining miyasi, musichaning tuxumi yigirma dona, o‘n dona tuxumning sarig‘i, bir piyola yosh qo‘y go‘shtining qaynatilgan suvi, o‘ttiz diram indovning suvi va mol yog‘ining har biridan ellik diram, tuz ehtiyojga yarasha solib tanovul qilinadi. Qazm qilgandan keyin biroz sharobini qizdirib ichiladi.

Mazkur ovqatlarning yana bir turi quyidagicha tayyorlapadi: avvalo, bir necha dona kaptar bolalarining semizroqlaridan keltirib, ko‘p shoshmay so‘yiladi va go‘shtlari tozalab qo‘yiladi. So‘ngra bir qozonga o‘rdak yog‘idan kerakli miqdorda solib dog‘lab, yuqorida aytilgan go‘shtni yanchilgan oq nutsot bilan birga bir oz piyoz ham solib qovuriladi. So‘ng o‘lchov bilan suv quyib ohista qaynatiladi. Qozondagi go‘sht yaxshi pishgandan keyin bir oz zanjabil, bir oz turunch (sitron) suvi, bir oz guruch, bir oz shakar qo‘shiladi, so‘ngra patir nondan ozroq maydalab bir oz dam edirgandan so‘ng qozonning og‘zini ochib, bir pdishga solib, ishtaha tortgunicha go‘sht va suvdan iste’mol qilinadi. Bu taom urug‘ni ziyoda etadi, buyrakpi baquvvat qiladi. Uni egandan so‘ng o‘n marta yaqinlik qilsa ham, hech zarar ko‘rmaydi. Kaptar bolasi topilmasa yoki unga rahmlari kelsa, jo‘ja xo‘rozning go‘shti ham quvvatda undan kam emas.

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar 2222

Jinsiy Quvvatni Oshiruvchi Taomlar: Mayizdan va yong‘oq mag‘zidan teng miqdorda olib tuyib, xamir qilib, 2 mahal, 50 grammdan eyiladi.

Bodom mag‘zi bilan yong‘oq mag‘zini birga tuyib, asal bilan aralashtirib eyiladi. Funduk mag‘zi bilan yong‘oq mag‘zini birga tuyib, asal bilan aralashtirib eyiladi. Funduk mag‘zidan ham etarli miqdorda eyiladi. 30 rp yangi iashvati po‘stini qaynatib ichiladi.

100 gr yong‘oq mag‘ziga 30 gr qizil zirk qo‘shib, etarli miqdordagi guruch bilan qaynatib, shovla qilib eyiladi.

50 gr yong‘oq mag‘zi, 50 gr oqlangan kunjut, 20 gr sholg‘om urug‘i, 20 gr zanjabil, 20 gr beda urug‘i olib, ularga 400 gr asal qo‘shib, 2 mahal, 15-20 gr.dan eyiladi.

50 gr bodom mag‘zi, 50 gr pista, 30 gr piyoz urug‘i, 20 gr oq salat urug‘ini olib, bodom mag‘zi bilan pista mag‘zidan qolganlarini birga tuyib, 300 rp asalga aralashtirib, 2-3 mahal, 15 gr.dan eyiladi.

30 gr ho‘l zanjabilni yuvib, po‘stidan ajratib, 90 ml suvda pishirib, suzib, suvipi 90 gr asal bilan qaynatib, qiyomi tepglashganda suzilgan zanjabilni qiyomga solib, murabbo qilib, 3 mahal ovqatdan keyin 10 gr.dan eyiladi.

YOng‘oq mag‘zidan eb turiladi.

Uzum sharbati 50 ml.dan uch mahal ichiladi. Xurmoni yangi sutda qaynatib, dorchin qo‘shib ichiladi. Xurmoni guruch bilan qaynatib, suyuq osh qilib ichiladi.

Funduk mag‘zidan etarlicha eb turish kerak. Funduk mag‘zini suyuq osh qilib ichiladi. Funduk mag‘zini sut bilan esa ham, ma’qul.

Makkajo‘xorini yorma qilib, qo‘zi go‘shti va ko‘katlar bilan birga yorma osh qilib eyiladi.

1 kg yong‘oqning mag‘zini yanchib, 1 kg asalga aralashtirib, 1 oshqoshiqdan 1 mahaldan eyiladi.

60 gr havlinjon, 120 gr yong‘oq mag‘zi, 450 gr quritilgan qizil uzumni birga yanchib, 30 gr.dan, 2 mahal eyiladi.

Tut mevasidan etarlicha eb turiladi.

Bodom mag‘zidan kuniga 20 dona iste’mol qilinadi. Bodom mag‘zini asal bilan qo‘shib, murabbo qilib, qaynatib ichiladi.

6 gr havlinjonni mayda tuyib, elab, 250 ml qaynatilgan sut bilan 1 mahal ichiladi.

Piyoz bilan piyoz urug‘idan teng miqdorda olib, piyozni yanchib, olingan suviga piyoz urug‘i va shakar qo‘shib, sharbat bilan tayyorlab ichiladi.

Anjir qoqi bilan yong‘oq mag‘zini teng miqdorda olib tuyib, xamir qilib, har kuni 80 gr.dan eyiladi.

Har kuni 4 dona yangi yong‘oq chaqib, mag‘zini ezib, yong‘oq choy qilib ichiladi.

Piyozni go‘sht bilan pishirib, sariyog‘ qo‘shib eb tursa, jinsiy a’zoni qo‘zg‘aydi.

80 ml uzum sharbatini 200 ml yangi sut, 10 gr ezilgan bodom mag‘ziga aralashtirib, uzoq vaqt ichib yuriladi.

YOng‘oq murabbosiga asal qo‘shib eb turiladi.

Jusak urug‘ini mayda tuyib, erta-kech 10 gr.dan kap otiladi.

40 gr piyozni 100 ml yangi sutda pishirib, har kuni ertalab eyiladi.

100 gr yong‘oq shakar (taranjabin)ni qaynoq suvda eritgandan keyin tilpini suzib, yangi mol suti bilan engil olovda quyulguncha qaynatib, 30 ml.dan, 3 mahal ichiladi. CHumchuq go‘shtini kabob qilib, kunda 2-3 dona eyiladi.

3 ta nafis po‘sti olingan yong‘oq mag‘zini 100 ml qaynatilgan sutga aralashtirib nonushtada eyiladi.

200 ml mol suti, 50 gr toza shakar, 3 gr asalni birga xolvadek quyulguncha qaynatib, nonushtada 20 gr.dan eyiladi.

SHolg‘om urug‘idan 10 gr, zog‘un (indov) urug‘idan 10 gr, anjir qoqidan 10 gr, kishmishdan 30 gr, shakardan 6 gr olib, ularni ayrim-ayrim tuyib, 1 chinni qaynoq suvda qaynatib, suzib, shakar solib, sharbat tayyorlab, ertalabda 2 qoshiqdan ichiladi.

Bug‘i go‘shtiga shivit, bodiyon va zira sepib pishirib, oz-ozdan eb turiladi. Buni egandan keyin anjir murabbosi yoki novvotli choy ichish kerak. Bedana tuxumidan eb turish lozim.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика