Jinsiy Quvvat Nuqsonlari Va Uni Qayta Tiklash Tadbirlari Haqida

Jinsiy Quvvat Qayta Tiklash XALQ TABOBATI

Jinsiy Quvvat Nuqsonlari Va Uni Qayta Tiklash Tadbirlari Haqida

Jinsiy Quvvat Qayta Tiklash : Ma’lum bo‘lsinki, jimo’ tabiiy fe’l bo‘lib, odamlar va boshqa hayvonlarda jinsiy quvvatning yaratilishi nasl davom etishi uchundir. SHuning uchun olat, maniy idishlari bo‘lgan a’zolar, kemirchak, ya’ni yumshoq suyak, miyaga a’zoi raisa (boshliq a’zolar) deyiladi. A’zoi raisaning quvvatli bo‘lishi jinsiy aloqaning lazzatli va to‘liq bo‘lishiga kafolatdir. Agar bu a’zolardan birining quvvatiga nuqson etsa, jimo’ nuqsonli bo‘ladi. SHu bois yurak, jigar yoki miyaning kuchi yo zaifligi sabablari bu erda bayon etiladi. Toki har kim shahvatdan qolgan bo‘lsa va sababini bilmasa, bu risolaga qarab a’zolarning zaiflik nishonlari mavjudligini o‘zida topsa, quvvatli qilishga harakat qilsin.

Bu Qiziq: Jinsiy Zaiflik Yani Mizoj Sustligi Haqida

Agar jimo’ning nuqsonligiga miyaning zaifligi sabab bo‘lsa, belgisi shuki, olat sust va bujmaygan bo‘ladi, yaqinlik orzusi ko‘ngliga tushmaydi, garchi zo‘r-bazo‘r jimo’ qilsa ham, bundan lazzat topmaydi. YOki miyada sovuqlik bo‘lsa, bunday odam sovuq havoda yaqinlik qilolmaydi va sovuq narsalar unga ziyon keltiradi. Agar miyada ho‘llik bo‘lsa, mastlikda va hammomning issiq xonasida yaqinlik qilolmaydi. SHarob va suv kabi ho‘llikni ziyoda qiladigan narsalarning iste’moli unga zarar qiladi. Miya zaifligi harorat tufayli bo‘lsa, qish ayyomlarida yaqinlikka qodir bo‘ladi, biroq issiq mizojli narsalar zaiflikni oshiradi. Sabab miyaning quruqligidan bo‘lsa, mizoj quruqligi bois yuz beradigan kasalliklarning alomati paydo bo‘ladi, bunda ho‘llikni oshiradigan narsalar unga foyda beradi, yaqinlik esa zarar etkazadi, badan og‘irlashadi, sustlik paydo bo‘ladi, uyqusirash va esnash ko‘p bo‘ladi. Agar miya kuchli bo‘lsa, olat qattiq, shahvat serob bo‘lib, yaqinlikdan to‘liq lazzat oladi. MiyadaGy yomon xiltlarni iyoriji fiqro, habbi ko‘qoyo, Abu Jahl tarvuzining eti, Rum rayhoni kabi dorilar bilan chiqarib, g‘arg‘ara va xushbo‘y narsalar buyuriladi. Agar miya mizoji issiq bo‘lsa, kofur, sandal, gulob, binafsha, nilufar, yangi xiyor va shularga o‘xshash dorilar hidlanadi, sovuq mizojli narsalar boshga bog‘lanadi, masalan, xiyor, gulob, bodring, sandal. Agar miya mizoji sovuq bo‘lsa, davo ul-mushk, barsha’sho va shunga o‘xshash narsalar tanovul etiladi, lodan, mushk, ud va anbar hidlanadi, xom mushkdan burunga tomiziladi. Jinsiy Quvvat Qayta Tiklash YAna miyaga quvvat beriladigan dorilardan iste’mol qilib, miya mizojiga mos ovqatlar eyiladi. Toza sutni xurmo va pista, bodom mag‘zi bilan ichilsa, miya quvvatini ziyoda qiladi.

Tushda Jinsiy Aloqa Haqida Psixologning Fikri

Agar miya zaif bo‘lsa, belgisi shuki, tomir urishi sust bo‘ladi, rangi oq, jimo’ga rag‘bati oz bo‘lib, olati tez qotmaydi, yaqinlikdan lazzatni oz topadi, aloqa vaqtida yuragi qaltirab harakat qiladi. Olati noziklashib, moyaklar soviydi, qo‘rqish va uyalish bilan oxiri jimo’dan qoladi. Agar yuragi quvvatli bo‘lsa, shahvatga xaris, xotin bilan o‘ynashmoqqa va qo‘shilishga botir bo‘lib, xavf va uyat unga to‘sqinlik qilolmaydi.

YUrak zaifligi yurakning sovuqligi, ho‘lligi yoki quruqligidan bo‘lsa, uning davosi davo ul-mushk, mashiriditus, katta taryok, zar’avniy hazm dorisi (juvorishn), masihiy mufarrihi (shodlantiruvchi dori), zanjabil murabbosi, limon isli rayhon (boz-ranjbuya) va rayhon sharbati, toza sut, asal, gulob iste’mol qilish bilan bo‘ladi. YUrakka quvvat beruvchi ma’junlardan tanovul qilmoq, g‘aliz ovqatlardan qochmoq, ayshu xurramlik bilan kun o‘tkazib, yoqimli ovozlarni va shirin sozlarni eshitmoq, xushbo‘y narsalarni hidlamoq va badanga surtmoq kerakki, bular yurakni baquvvat qiladi.

Agar jigar zaif bo‘lsa, alomati shuki, maniy kam bo‘lib, shahvat istagi va taomga xohish kamayadi. Bu illatga giriftor bo‘lgan odam oqibatda o‘ng tarafida og‘riq sezadi, olati yaqinlik asnosida sustlashadi va harakatdan qoladi, jigar mizojining buzilishiga xos bo‘lgan illatlar yuz bera boshlaydi. Jigar baquvvat bo‘lsa, ko‘p yaqinlik qilishga qodir bo‘ladi. Me’da va buyrak baquvvat bo‘ladi. Ovqatni shunday narsalardan qilsinki, jigar uni qonga aylantirib, buyrak qonni suvdan ajratib, o‘zlariga shima olsinlar, bunday ovqatdan hosil bo‘lgan qon toza va quvvat ato qiluvchi bo‘ladi.

Jinsiy Quvvat Qayta Tiklash 111

Agar me’da va buyrak baquvvat bo‘lmasa, har biri yanada zaiflashaveradi, jigar quvvati ham o‘z holida qolmay, unda har xil illatlar paydo bo‘ladi. Bunday paytda jigar quvvatini ziyoda qilib, badanni semirtiradigan ovqatlardan, chunonchi, qo‘zining yoki uloqchaning go‘shtidan qilingan sho‘rvaga sabzi va piyozni ko‘p solib iste’mol qilsin.

Urug‘ni ziyoda qilib, badanni semirtiradigan dorilar, masalan, kokos yong‘og‘i, chalguza (sanavbar bujuri)ning qiyomi, toza sut va shularga o‘xshashlardan iste’mol qilsin. YAna «Zohirai Nizomshohiy» degan kitobning «Jigar mizojining buzilishi» degan bobida aytilgan dorilar ham foydalidir.

Jinsiy muomaladagi nuqson olatning sustlik sababidan bo‘lsa, bu holda qiyinchiliklar ko‘p. Olatning tabiati issiq bo‘lsa, alomati shuki, tuxumlar kattalashib, olatda yo‘g‘on tomirlar paydo bo‘ladi, maniy shiddatlanib, quvvatlanadi. Bu toifadagi odam balog‘atga etganida olat atrofidagi qillar qalinlashadi. Undan tez-tez farzand tavallud topadi va o‘zi jimo’ga xaris bo‘ladi. Agar olatning mizoji sovuq bo‘lsa, alomati shuki, maniysi oz, olat va tuxumlari kichik bo‘ladi, zaiflik va kamquvvatlik bilan yaqinlik qiladi. Agar olat mizoji ho‘l bo‘lsa, alomati shuki, olatning tomirlari yumshoq bo‘lib, qotishi zaiflashadi, maniysi esa suyuq keladi, jimo’da kuchsiz bo‘ladi. Agar olatning mizoji quruq bo‘lsa, alomati shuki, maniysi quyuq bo‘lib, olati qotsa ham, uzoqqa etmaydi. Agar olat mizoji quruq va issiq bo‘lsa, maniysi kamroq va g‘alizroq hamda sariq rangda bo‘ladi. Qattiq qillar olat atrofiga o‘sib chiqib, to songacha cho‘zilib boradi. Bu mizojdagi odam ha.m tezda balog‘atga etib, shahvatdan tez qoladi, o‘zi jimo’ ishiga xaris bo‘ladi. Agar mizoj olati ho‘l va issiq bo‘lsa, maniysi mo‘‘tadil bo‘lib, olat atrofiga yumshoq qillar o‘sib chiqadi, kam mo‘y bo‘ladi, shahfat quvvati ko‘p bo‘lib, uning uchun yaqinlikning zarari oz bo‘ladi. Agar mizoji sovuq va ho‘l bo‘lsa, maniy suyuq va ko‘k rangda, olat sust, olat atrofidagi qillar sariq raigda, shahvatning orzusi kam, olat ojiz bo‘ladi, ozgina harakat qilgach, olat qotmasdan maniy oqib ketadi.

Agar olat mizoji issiq va ho‘l, issiq va ho‘lligi esa mo‘‘tadil bo‘lsa, boshqa mizojlarga nisbatan shahvatda baquvvatroq bo‘ladi, agar mo‘‘tadillik chegarasidan chiqsa, zaif bo‘ladi. Jimo’dan saqlanadigan zohida va bokira qizlar kabi shahvatdan qoladi. Agar suhbat etishga qasdlansa, bundan ojiz qolib, zaiflik va ozg‘inlik ularga hokim bo‘ladi, jimo’ qilishga qodir bo‘lolmaydi. Rang-ro‘ylari sariqqa moyil bo‘lib, doridan naf topolmasliklari mumkin. Goho maniy idishlari, me’da, jigar va boshqa a’zoi raisa o‘z holiyu tabiatida bo‘lsa ham, shahvat xazinasiga suv kam borib, olat quvvatiga bundan nuqson etadi, to maniy chiqib ketmagunicha olat sust bo‘lib turaveradi. Bundan tashqari, g‘azo hazm bo‘lib, kaymusga aylanib, me’dadan jigarga, jigardan buyrakka, undan olat tomirlariga quyilib, bolalarning olati uyquda turgani kabi zakarni turg‘izsa ham, biroq jimo’ qilishga yaramaydi, chunki uning shahvatida harorat bo‘lmaydi. Jinsiy Quvvat Qayta Tiklash YAqinlik paytida olati yotib qoladigan kishiga qusish naf qiladi va g‘aliz moddalarni badandan, xotinak supurgi, Abu Jahl tarvuzining eti, yovvoyi bodring iste’moli bilan haydash kerak, issiq yog‘larni surtish ham foydalidir.

Olatning sustligi sababi sovuqlik bo‘lsa, uni davolashda farfiyun, kunduz qiri, murch va shularga o‘xshash dorilarni yog‘ bilan aralashtirib iste’mol qilish lozim. Agar sabab tabiatning ho‘lligidan bo‘lsa, uning davosi og‘ir, tuploq, uzunmurch va abhal bo‘ladi. Bordi-yu sabab suv va bodning nuqsonga uchrashi bo‘lsa, haroratli va mizojni ho‘llaydigan narsalardan eyish kerak, chunki ho‘llik taomlar haroratdan qaynab, uning bug‘idan bod paydo bo‘ladi. Qarorat katta kuchga ega bo‘lsa, bug‘ni so‘ndirib yuboradi. Kuchi kamroq bo‘lsa, ko‘proq bug‘ tug‘iladi, undan esa bod ziyoda hosil bo‘lib, maqsad yuzaga chiqadi. CHunki bod maniyni ziyoda qiladi. Olat me’da bo‘sh turgan paytda issiq va quvvatli bo‘lsa, bod va haroratga nuqson etganini bildiradi. Agar me’daning to‘q turganida olat tursa, bu rutubatdan nuqson bo‘lganini bildiradi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика