Jinsiy Ojizlik Va Bepushtlikda Tabiiy Davolar Uy sharoitida

Jinsiy Ojizlik Va Bepushtlikda Tabiiy Davolar Uy sharoitida XALQ TABOBATI

Olatni Kuchaytirish

Jinsiy Ojizlik Bepushtlikda Davolar: 6 gr piyoz, 4 gr sariyog‘, 3 gr asalni etarlicha qaynoq suv bilan shakar qo‘shib ichiladi.

No‘xatni qaynatib, suvini ichib, doni eyiladi.

Kaptar yoki musichani kabob qilib yoki suvda pishirib, go‘shti eyiladi. Mol yoki echki sutini qaynatib, 15 gr shakarni aralashtirib, 2-3 oy ichib turish lozim.

SHolg‘om urug‘ini tuyib, ko‘pigi olingan asal bilan aralashtirib, har kuni eb turiladi. Mol sutidan 120 gr, norjildan 30 gr, chilg‘o‘za mag‘zidan 60 gr, sariyog‘dan 10 gr, dolchindan 6 gr, asaldan 240 gr olib, chilg‘o‘za mag‘zini sutga chilab suzib olib, sariyog‘da qovurib, boshqa dorilar bilan tuyib, asal aralashtirib, x,ar gal 6 grammdan eb turiladi.

Kaptar bolasidan bir dona, qo‘zi go‘shtidan 200 gr, piyozdan 40 gr, sabzidan 150 gr olib, barini mayda to‘g‘rab, suvda qaynatib, ustiga 6 gr zanjabil bilan 6 gr dolchinni mayda tuyib aralashtirib, tuzini rostlab eyilaveradi.

Bichilgan qo‘chqorning jigaridan 750 gr, fulful, kaboba, dolchin, havlinjon, qoramurchlarning har biridan 15 grammdan, yong‘oq mag‘zi, kishmishdan 1,5 gr.dan, pishirilgan tuxum sarig‘i 30 dona, asaldan etarlicha olib, tuyilgan dorilarni asal bilan aralashtirib, har gal 10-15 gr.dan eyiladi.

Semiz qo‘y go‘shtidan etarlicha olib, qozonda umochdek eziltirib pishirib, suviga apelsin po‘stini va qizil uzum qo‘shib, araqi qilib, har kuni 150 gr.dan, 3 mahal ichiladi.

Pishirilgan tuxumning sarig‘idan 20 dona, fulful, zanjabil, dolchin, havlipjonlardan 30 gr.dan olib, mayda tuyib, 360 gr asal bilan qorib, 10 gr.dan 2 mahal eyiladi.

Qo‘chqor go‘shti 300 gr, 2 dona tuxum, piyoz 10 gr, qoramurch 2 gr, zira 1 gr olinadi. Go‘shtni parrak-parrak to‘g‘rab, yuqoridagi xurujlar bilan aralashtirib, suv qo‘shib, tuzini rostlab, 1 soat dimlab, duxobkaga solib, pishirib esa bo‘ladi. Kunda 1 mahaldan iste’mol etilsa, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

MAZIY BEZI YALLIG‘LANGANDA (PROSTATITNING DAVOSI)

Kunda bir-ikkita chumchuq kabob eyiladi.

4 dona yong‘oq mag‘ziga 10 gr kishmish aralashtirib ezib, 1 mahaldan 40 kun eyiladi.

Qora xo‘rozni so‘yib, issig‘icha ichipi yorib, ichaklari bilan qovuq ustiga bir soat qo‘yiladi. Go‘shtini pishirib, ikkiga bo‘lib eb, suvi ichiladi.

SHolg‘omning ko‘ki qaynatib eyiladi.

Bodringni makkajo‘xori popugi bilan birga qaynatib, suvi ichiladi.

Bir bosh piyozni sho‘rva, sut va boshqa ovqatlarga qo‘shib, kunda 3 mahal eyiladi.

Tarvuz suvini qaypatib, 100 ml.dan bir mahal ichiladi.

24 gr tarvuz urug‘ini tuyib elab, 10 gr novvot yoki shakar qo‘shib eyiladi.

6 gr havlinjon, yong‘oq mag‘zidan 10 gr olib, mayin tuyib, 2 mahal 8 gr.dan esa, siydik to‘xtamaslik, tomib turish kabi kasalliklarga shifo bo‘ladi.

Piyozni pishirib ezib, asalga aralashtirib esa, qon siyishga shifo bo‘ladi.

MAZIY BEZI YALLIG‘LANGANDA

ERKAKKA KUCH BERADIGAN TABIIY VOSITALAR

Xom ipak, o‘rdak miyasi, chumchuq kindigi, kiyik olati, piyoz, panirmoya, arab sheri, xardal urug‘i, yovvoyi sabzi, anis, kokos yong‘og‘i, shumtol, qichitqio‘t, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, sassiq kavrak, gandano, sabzi, indov, shivit, sholg‘om, qovun, bodring urug‘i, buzaydon, pista, funduq, yong‘oq mag‘zi, qizil va oq baxman, sarimsoq, mirta o‘simligining mevasi, semizo‘t, temirtikon, no‘xat, sariq yo‘ng‘ichqa, tulki moyagi, havlinjon, uzunmurch, dolchin, qora andiz, zanjabil, kunjut, savrinjon, nazla o‘ti, qalampirmunchoq, qust, kanop, mushk, anbar, shakar, za’faron, Eron kavragi, mahsar, oltin, kumush, marvarid, yoqut va marjon.

Jinsiy quvvatni ziyoda qilib, yurak, miya, buyrak va belga kuch berib, shodlik paydo qiladi: qizil va oq baxman, buzaydon, yovvoyi sabzi, qirfa, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, kaboba, havlinjon, yirik va mayda hil, sunbul, yalpiz, anor ipori, qalampirmunchoq, mastika, hind sozaji, shodana, qo‘ng‘irrang anbar, marvarid, shumtol — har biridan uch diramdan, xom ud, za’faron — har biridan ikki diramdan, suk, oltin, eritilgan kumush — har biridan yarim misqoldan, sariq yoqut — misqolning oltidan bir miqdorida, tuploq — bir yarim diram, tulki moyagi, ko‘knor urug‘i — har biridan o‘n diramdan, suv ho‘kizining olatini egovlab mayda qilinganidan yarim diram, saqanqur kindigi — o‘n besh diram, bularni tuyib, elab, o‘n diram bodom yog‘iga aralashtirib, qand bilan qiyom qilingan sutning ichiga solib, ma’jun tayyorlanadi va har kuni bir diramdan bir misqolgacha eyiladi.

Maniy quvvatini, yurak kuchini va miya quvvatini ziyoda qiladi, olatni qattiq qiladi, rang-ro‘yni tozalaydi va nuroniy qiladi: shumtol, tulki moyagi, yovvoyi sabzi, havlinjon, qizil va oq tudariy — har biridan uch diramdan, zanjabil, shirin qust, buzaydon — har biridan ikki diramdan, habb ul-za’lam urug‘i, chayonsimon darunaj — har biridan ikki diramdan, qalampirmunchoq, dolchin, tuyoqo‘t, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, kaboba, hind tuplog‘i, qirfa, muskat yong‘og‘i, ud, anor ipori, 

za’faron, qo‘ng‘irrang anbar — har biridan bir yarim diramdan, pista mag‘zi, sanavbar bujuri, habbat ul-xazro, chigit mag‘zi, po‘sti tushirilgan kunjut, kokos yong‘og‘i — har biridan etgi diramdan, saqanqur suvi — o‘n besh diram, katta miqdori olti diram, balzam daraxtining mevasi, oq murch, qovun urug‘ining mag‘zi, ikki xil rang urug‘larining mag‘zi, indov, gandano, piyoz, sholg‘om, shivit, oq ko‘knor, temirtikon, xilyun urug‘lari, qahrabo — har biridan o‘n diramdan, mushk — olti no‘xat miqdori, bularni guyib, elab, hammasini aralashtirib, jimo’dan so‘ng bir misqoldan uch diramgacha tanovul qilinadi.

YUrak, me’da, miya va belga quvvat berib, olatni shiddatlantiradigan va uni to‘liq tikkalantiradigan narsalar: bodom mag‘zi, pista, funduq, kokos yong‘og‘i, sanavbar bujuri, yovvoyi sano urug‘i, xabbat ul-xazro, qovun urug‘i va xabb ul-zalam urug‘ining mag‘zi, oq ko‘knor, po‘sti tushirilgan kunjut — har biridan o‘n diramdan, kaboba, qirfa, havlinjon, qalampirmunchoq, yovvoyn sabzi — har biridan yarim diramdan, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, shumtol, sunbul — har biridan uch diramdan, qizil va oq baxman, buzaydon, sholg‘om, piyoz, shivit urug‘lari — har biridan olti diramdan, xurmo, egovlanib maydalangan ho‘kiz olati — har biridan to‘rt diramdan, zanjabil, mushk, za’faron, uzupmurch — har biridan uch diramdan, chumchuq miyasi — o‘n diram, tulki moyagi — o‘n besh diram, bularnnng ikki barobar miqdorida asal bilan sharbat tayyorlab, har biri ikki misqoldan ichiladi. Qovurdoq no‘xat suvi, tovuq tuxumining chala pishirilgan sarig‘i, kabob va xom piyozdan ovqat eyiladi.

Ma’juni falsafa (faylasuflar ma’juni). Balg‘amni yo‘qotishda, buyrak va burunlar, orqa suyakning og‘riqlari, siydikning tomchilab kelishida, moddalarning turlanishi va bodllarning og‘rishini daf etishda tengi yo‘q foydali davodir. SHuningdek, shodlik, xursandlik va to‘liq ishtaha paydo qiladi, maniyni ziyodalashtiradi, olatni mustahkamlaydi. Hakimlarning aytishicha, faylasuflar ma’juni yigitlikni qaytaradi. Xususan, balg‘am mizojli kishiga shunday ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibi: murch, uzunmurch, dolchin, halilaning po‘sti, omila, shiytarj, yumaloq zirovand, bobuna, tulki moyagi, sanavbar mag‘zi, kokos yong‘og‘i — har biridan o‘n diramdan, mayiz — o‘ttiz diram, bularga nisbatan uch barobar oraliqdagi asalga qo‘shib aralashtirib, ma’jun qilinadi, har kuni uch diram miqdorida tanovul etiladi.

ZAR’AVIY MA’JUNI

YUrak, jigar, buyrakka quvvat berib, maniyni ziyoda qiladi. Olatni baquvvat qiladi. Tarkibi: sabzi, seldrey, shivit urug‘lari, oq zira, javdona, bodring urug‘ining mag‘zi, bolang, seldrey tomirining po‘sti — har biridan etti diramdan, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, qalampirmunchoq, murch ildizi, kaboba, nazla o‘ti — har biridan uch diramdan, qirfa, za’faron, kundur, mastika, ud — har biridan to‘rt diramdan, yovvoyi sabzi, xilyun urug‘i, buzaydon, oq va qizil baxman, shumtol, oq va qizil tudariy — har biridan yarim diramdan, zanjabil, qovun urug‘i, indov urug‘i, sariq zira, gandano, havlinjon, uzunmurch, muskat yong‘og‘i — har biridan uch diramdan, dengiz piyozi — bir yarim diram, habb ul-zalam urug‘i, yovvoyi sano urug‘i, sanavbar bujuri — har biridan etti diramdan, tulki moyagi, egovlab maydalangan suv ho‘kizining olati, xurmo, chumchuq miyasining quritilgani — har biridan uch diramdan, qo‘ng‘irrang anbar — ikki diram, mushk — yarim diram, shu dorilarning miqdoricha shakarga solib aralashtirib, yana hamma dori og‘irligida asal qo‘shib, issiq mizojli odamga har kuni o‘n diramini bir piyola musallas bilan ichirsinlar.

ZAR’AVIY MA’JUNI

Boshqa ma’jun. Miya va asablarga quvvat beradi, olatni mustahkamlaydi, jimo’ kuchini oshiradi, maniy idishlarini ochadi, qonni ham quvvatli qiladi, shu darajaga keltiradiki, maniy to‘la lazzat bilan chiqadi, ayolning erga nisbatan muhabbatini oshiradi. Tarkibi: Rum arpabodiyoni, qizil va oq baxman — har biridan bir diramdan, tuploq, bo‘za, yulg‘un bujuri — har biridan besh diramdan, dolchin, mastika, Seylon dolchini — har biridan olti no‘xat miqdoricha, arab elimi, za’faron — har biridan yarim diramdan, marvarid, marjon — har biridan bir diramdan va paq-paqdan olinadi, bularni tuyib, aralashtirib, har kuni bir yarim misqolini issiq suv bilan iste’mol qilinadi.

YAna bir ma’junning tarkibi: me’da, jigar, buyrakka quvvat beradi, qovuqdagi qurtlar va qumlarni tashqariga chiqaradi, ichdan qon ketishini to‘xtatadi, balg‘am va etilmagan ellarni daf qiladi, shahvatni ziyoda qiladi. Har yili bu doridan bir marta iste’mol qilinsa, boshliq a’zolarga nuqson etkazmaydi, jinsiy quvvat izida turadi, boshqa dorilarga ham ehtiyoj tushmaydi. Tayyorlash tartibi: javdona, sabzi urug‘i — har biridan besh dirhamdan, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, mastika, nazla o‘ti — har biridan bir diramdan, shoxdona — ikki diram, bularga nisbatan uch barobar og‘irlikdagi shakarni qiyom qoliga keltirib, dorilarni unga aralashtirib, har kuni uch diram tanovul qilinadi.

Boshqa ma’jun. Maniyni quvvatlantirib, shahvatni ziyoda qiladi va ziyoni yo‘q: temirtikon murabbosi — uch qism, nazla o‘ti — ikki qism, zanjabil — bir qism, oq shakarni qiyom qilib, mazkur dorilarni unga aralashtirib, har kuni uch diramdan ichiladi.

YAna bir ma’junning tarkibi: temirtikan murabbosi — o‘n diramdan, isiriq urug‘i — ikki diram. Bularni yigirma diram shakar bilan aralashtirib, har kuni to‘rt diramdan iste’mol qilinadi. Bu dori me’daga quvvat beradi, ran g- ro‘yni musaffo qiladi, bavosilni yo‘qotishda yaxshi foydasi bor. YAna omila, qora xalila, murch, uzunmurch, Qobil xalilasining po‘sti — har biridan uch diramdan, yovvoyi sabzi, buzaydon, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, shiytarj — har biridan ikki diramdan, kunjut, oq va qizil baxman, yovvoyi sano urug‘i, oqqand — har biridan bir diramdan, bularni sigir yog‘iga solib, ko‘pigi olingan asal bilan iste’mol qilinadi.

Boshqa ma’jun. Taomni hazm qiladi, buyrak va orqaga kuch beradi, ishtahana ochadi, jimo’da kuch berishda bag‘oyat foydali. Tayyorlash tartibi: za’faron — uch diram, qirfa, mastika, oq murch — har biridan to‘qqiz diram, qalampirmunchok,, yirik hil — har biridan o‘n diramdan, qo‘ng‘irrang anbar — bir diram, muskat yong‘og‘i — uch no‘xat miqdorida, oq shakar — yuz diram, asal — hojatga yarasha, hammasini qo‘shib, har kuni bir misqoldan ichiladi.

YAna bir ma’jun. Vasvasa, xafaqonni daf etadi, buyrak va yurakka quvvat beradi, ayshu shodlik va maniyni ziyoda qiladi. Tarkibi: qizil yoqut, sandal, qizil va oq baxman, muxr loyi, limon, Xitoy ravochi — har biridan ikki diramdan, sachratqi urug‘i, qo‘ng‘irrang anbar, aqiq, qahrabo, qizil gul urug‘i, quritilgan kashnich, javdona, ipak, ud, turunj po‘sti, govzabon guli, nilufar guli, zirk — har biridan bir misqoldan, taboshir, qizil gul va oq sandal — har biridan besh diramdan, mushk — yarim misqol, omila po‘sti, Qobil halilasi — yigirma diram, Misr novvoti — ikki girvonka, bularni gulob bilan aralashtirib, chinni idishga solib, qirq kun arpaning ichida saqlanadi. So‘ng har kuni bir misqoldan iste’mol qilinadi.

YAna bir ma’jun. Jinsiy zaiflikni daf etadi, yurak, jigar va maniyni kuchaytiradi, bod va savdodan kasalliklarni quvadi. Ayollarning homila olishiga yordam beradi. Tarkibi: marvarid, qahrabo, xom ipak, yovvoyi zanjabil, chayonsimon dorunak — har biridan yarim diram, oq va qizil baxman, sumbul, xil, 

qalampirmunchoq, hind sozaji, ushna, kunduz qiri — har biridan bir diramdan, murch, mushk — har biridan bir diramdan tuyib, elab, bularga nisbatan uch barobar ochiqlikdagi olov tegmagan asalga aralashtirib, bir diramdan bir misqolgacha har kuni iste’mol qilinadi.

YAna bir ma’jun. Savdo va balg‘amdan bo‘lgan bemorliklar, yurakdagi vasvasa, unutish, yomon xayol surish, eski yo‘tal, sil, tutqanoq, pes, baxaq, niqriz (podogra), me’da og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘rig‘i, dous-sa’lab, doul-fil, g‘ibb, rub’iy, isitmalar, sariq kasali, bosh og‘rig‘i, bavosil, jigar, taloq og‘riqlari, ko‘z xiraligi singari kasalliklarning hammasiga qarshi foydalidir. Bu ma’junning nomi mufarrish ul-mag‘zun, ya’ni g‘amgin kishilarni shodlantiruvchi deyiladi. Tarkibi: tukli rayhon, gentiana ildizi, yovvoyi zira, sariq zira, anor ifori, Dafna daraxtining doni, zarovand — har biridan bir diramdan, anis, kunduz qiri, balzam daraxtining doni, tuyoqo‘t, Seylon dolchini, mastika — har biridan bir yarim diramdan, yovvoyi zanjabil, igar, g‘obil barangi, chayonsimon dorunak, petrushka, indov, piyoz, gandano urug‘larining har biridan ikki diramdan, za’faron, muskat yong‘og‘i, Xitoy ravochi, yirik va mayda xil, ushna, sumbul, dolchin, qalampirmunchoq, zarano, dengiz piyozi, shiytarj — har biridan 30 diramdan, limono‘t, qizilgul, mayful guli — har biridan besh diramdan, sokatro aloyi — 10 diram, oqturbit — 25 diram, xom ud — 12 diram, po‘sti tushirilgan tuploq, kamxastak doni — har biridan 4 diram, qora xalila, omila, xalila — har biridan 6 diramdan olib, hammasini tuyib, bodom yog‘i bilan aralashtiriladi, barchasiga nisbatan uch barobar og‘irlikdagi ko‘pigi olingan asalga qo‘shib, har kuni ikki diramdan eyiladi.

YAna bir ma’jun. YUrak, miya, jigar, buyrak, belga quvvat beradi. Maniyni va ko‘zning nurini oshiradi. Badanni semirtiradi. Olatni mustahkam qiladi. Xafaqonni haydab, xursandlik paydo qiladi. Rang-ro‘yni tozalaydi. Ilikni to‘ldiradi va odamni baquvvat qiladi. Tarkibi: saqanqur kindigi, oq va qizil baxman, tulki moyagi, shumtol, havlinjon — har biridan uch diramdan, shabbo‘y, qovun, sabzi, rayhon, xilyun urug‘lari, temirtirnoq — har biridan 6 diramdan, qalampirmunchoq, dolchin, muskat yong‘og‘i, tuyoqo‘t, sumbul, kaboba, bistpoya, tuploq, uzunmurch, anor ipori, za’faron, zanjabil, xabb ul-za’lam, qust, buzaydon, chayonsimon darunak, indov — har biridan yarim diramdan, pista mag‘zi, bodom, sanavbar, kokos yong‘og‘i, oq kunjut — har biridan besh diramdan olib, bularning hammasini tuyib, elab, qiyom qilingan qand bilan aralashtirib, har kuni bir diramdan tanovul qilinadi.

YAna bir turi. Qizil tudari — ikki diram, nazla o‘ti — bir diram, bularni tuyib, shakardan qilingan asalga aralashtirib, har kuni ikki diramdan ichiladi.

YAna bir turi. Xilyun urug‘i, yovvoyi sabzi, indov, shumtol, zanjabil — har biridan yarim diramdan, qizil va oq tudari, dengiz piyozi, saqanqur kindigi, qizil va oq baxman, rol — har biridan uch diram, shivit, sholg‘om, sabzi, turp, indov, qichitqi o‘t urug‘lari — har biridan ikki diramdan, oq shakar — to‘rt diram asal qiyomiga qo‘shib ichiladi.

YAia bir turi. Oq piyoz urug‘i, yovvoyi sabzi, chumchuq miyasi, xurmo, kundur — har biridan bir qismdan olib, maydalab, issiq suv bilan bir no‘xat mikdorida yumaloqlab, aloqa vaqtida etti donadan yutiladi, bundan ko‘p ichsa, ayol toqat qilolmaydi. Jinsiy Ojizlik Bepushtlikda Davolar

YAna bir turi. Bodom mag‘zi, funduq, kokos yong‘og‘i, xabb ul-xazro — har biridan bir qismdan, anor ipori, uzunmurch, zanjabil — har biridan bir qismdan, hammasini tuyib, maydalab, kallaqand bilan qo‘shib, bir katta yong‘oq miqdorida eyiladi.

YAna bir turi. YOvvoyi sano urug‘ining mag‘zi, xabb ul-za’lam, indov urug‘i, po‘sti olingan kunjut — x,ar biridan besh diramdan, yalpiz, tulki moyagi, xilyun urug‘i, po‘sti olingai kunjut — har biridan besh diramdan, yalpiz, tulki moyagi, xilyun, sabzi, indov, turp, piyoz, gandano urug‘lari, shumtol, saqanqur tuzi — x,ar biridan ikki diramdan, anjir — olti diram, hind sozaji, qizil va oq baxman, tudariy — har biridan sakkiz diramdan, bularni maydalab, bodom yog‘iga qo‘shib, asalga aralashtiriladi, uxlashdan oldin bir misqol eb olinadi.

YAna bir turi. Qovun urug‘ining mag‘zi, bodring, oshqovoq urug‘lari — besh diramdan, po‘sti olingan shirin bodom mag‘zi, ko‘knor urug‘i — olti diramdan, katiro — ikki diram, zanjabil, havlinjon, yovvoyi sabzi — bir diramdan, qizil va oq tudariy, sabzi va xilyun urug‘lari, sanavbar mag‘zi — ikki diramdan, yarim botmon yantoqshakar (bu sakson misqolga teng) qo‘shib, har kuni ikki misqoldan ichiladi.

YUqorida eslatilgan foydali taomlar va yolg‘iz (sodda) dorilarning mashhurroqlari quyidagilar:

Birinchi — toza bug‘doy unidan qilingan patir non, ikkinchi — jo‘ja tovuqning go‘shti va sho‘rvasi, uchinchi — kaptar bolasining go‘shti, go‘rtinchi — toza baliq go‘shti, beshinchi — yangi pishirilgan qo‘yning kalla go‘shti, oltinchi — tovuq tuxumi, ettinchi — toza sut, sakkizinchi — pishgan sabzi, to‘qqizinchi — pishgan sholg‘om, o‘ninchi — oq no‘xat, o‘n birinchi — sarimsoq piyoz, o‘n ikkinchi — bug‘doy qo‘g‘irmochi, o‘n uchinchi — bog‘ yalpizi, o‘n to‘rtinchi — xom asal, o‘n beshinchi — mol yog‘i, o‘n oltinchi — dimoyand, o‘n ettinchi — chalg‘uza (kedr yong‘og‘i), o‘n sakkizinchi — xandon pista, o‘n to‘qqizinchi — funduq (o‘rmon yong‘og‘i), yigirmanchi — hind yong‘og‘i (kokos yong‘og‘i), yigirma birinchi — bodom, yigirma ikkinchi — oq kunjut, yigirma uchinchi — yangi xurmo, yigirma to‘rtinchi — xolvaytar, yigirma beshinchi — shiringuruch taomi, yigirma oltinchi — yangi x,o‘l anjir. Bu zikr qilingan narsalarning har biri quvvatni ziyoda qiladi va buyrakni baquvvat etadi.

Jinsiy Ojizlik Bepushtlikda Davolar Bilingki, shahvat quvvatini oshiradigan nodir ma’junlarning tarkibiy qismini tashkil etadigan mashhur dorilar quyidagilardir:

Birinchi — mushk, ikkinchi — za’faron, uchinchi — afyun, to‘rtinchi — murch, beshinchi — xandon pista, oltinchi — lola, ettinchi — hind udi, sakkizinchi — chumchuq tili giyohi, to‘qqizinchi — qalampirmunchoq, o‘ninchi — anorning po‘sti, o‘n birinchi — chalg‘uza (kedr yong‘og‘i), o‘n ikkinchi — havlinjon, o‘n uchinchi — dolchin, o‘n to‘rtinchi — tuya yog‘i, o‘n beshinchi — susmor (Gekkon kaltakesagi)ning yog‘i, o‘n oltinchi — basbosa (muskat yong‘og‘i qobig‘i)ning yog‘i, o‘n ettinchi — mu’asforning yog‘i, o‘n sakkizinchi — halila, o‘n to‘qqizinchi — balila, yigirmanchi — tabarzal (oq shakar).

Bu zikr etilgan dorilarni o‘z quvvatiga qarab, bir-biriga qo‘shib ma’jun qilib qo‘yiladi. Kerak paytda mazkur ma’jundan bir yong‘oq kattaligida iste’mol qilinadi.

Bilingki, shahvatga quvvat beradigan va quvvatni ziyoda qiladigan ovqatlarning bir xili quyidagi usulda tayyorlanadi: avvalo, o‘n sir oq piyoz, shunga etgudek mol yog‘i, shularga loyiq kaptar bolasining go‘shti, bir siqim loviya, bir siqim miqdorida po‘sti tushirilgan oq no‘xat, bir paysa dolchin, bir paysa havlinjon, bir oz zanjabil. Bularni hozirlab, qozonni osib, yog‘ni dog‘lab, piyozni solib bir oz qovurgach, kaptar bolasining go‘shti solinadi, buni ham bir oz qovurib, so‘ng bir oz suv quyib, no‘xat va loviya solinadi. Qozonning og‘zini yopib, ichidagi narsalar yaxshi pishgunicha ohista qaynatiladi. Keyin esa dolchin, havlinjon va zanjabil solinadi. Bular ham bir oz qaypagach, patir nondan maydalab solib yuboriladi. U ham pishguicha sabr etiladi. Mana bu ovqat kuchli quvvat beradi, urug‘ni ziyoda qiladi, buyrakka kuch beradi, yurakni bardam tutadi. Ko‘zni esa ravshan va munavvar etadi.

Mazkur ovqatlarning yana bir turi quyidagi nazmda bayon qilingan kabobdir:

Kelturub bir necha toza go‘shti xom, Zanjabil ila zam aylab anga tuz, Bir yangi kirpichni o‘t uzra qo‘yub, Gar tanovul bul kabi qilsang kabob, Begumon bo‘lg‘ung tavono, surx yuz.

Mazkur ovqatlarning yana bir turi halim ovqati bo‘lib, jinsiy olatni mustahkam va urug‘ni esa ziyoda qiladi. Ushbu taom quyidagicha tayyorlanadi: avvalo, besh man bug‘doy, besh man semiz qo‘yning go‘shti olinadi. Bularni bir qozonga solib, kerakli miqdorda suv quyib, ohista olovda pishiriladi. So‘ng o‘n dona kokos yong‘og‘ini tuyib, besh sir qo‘yning charvisi bilan birga mazkur qozonga solinadi va qaynatiladi. Qozonga qancha suv quyilgan bo‘lsa, shu suvga nisbatan ikki barobar mikdorda toza sutni keltirib, oz-ozdan quyib, kapgir bilan aylantirib turiladi. Suv tamom bo‘lgandan so‘ng yarim sir dolchin, yarim sir yanchilgan havlinjon va bir oz yong‘oq moyidan solib, bir oz dam berilgandan keyin suzib tanovul qilinadi. Bu taom katga kuch beradi, urug‘ni ko‘paytiradi, yurakni baquvvat qiladi, ko‘ngilga xursandlik ato etadi. Qovuqni qizdirib, savdo moddasini quvadi, rangni qizil, buyrakni kuchli qiladi. Alloh b ilgu v ch i r o q di r.

YAna bir taom quyidagicha tayyorlanadi: bir nocha dona tuxumning sarig‘ini olib, bir muncha toza baliq go‘shti bilan yong‘oq moyida qovuriladi, agar topilsa, saqanqur degan baliqning go‘shtidan ham qo‘shiladi. Bular yaxshi pishgandan so‘ng idishga solib, kamoli ishtaha bilan tanovul qilinadi. So‘ng ovqat ustidan besh sir anor suvi va olmaning suvidam iste’mol qilinadi. Bu ovqat juda foydalidir.

Boshqa tur ovqat quyidagicha tayyorlanadi: avvalo, toza sabzidan to‘rt man og‘irlikda olib, po‘stini tozalab, bir xumchaga solib, kuydirib yubormaydigan darajadagi tandirying qo‘riga ko‘mib qo‘yiladi. So‘ng olovdan olib, qozonga undan ikki man solib, usgidan zanjabil, qalampirmunchoq, javzi bavvo (muskat yong‘og‘i), dolchin, havlinjonning har biridan ikki misqoldan qo‘shiladi. Qiyom bo‘lib pishgandan keyin qozon olovdan olinadi. Sovigandan so‘ng bir ozoda idishga solib, har kuni undan o‘n besh misqol og‘irlikda iste’mol qilsa, etarlidir. Bu taom, ya’ni sabzi holvasi jinsiy ishratga ko‘p quvvat beradi.

Jimo’ga quvvat beradigan, haroratni oshiradigan, safro va balg‘am moddalarini yo‘qotadigan sharbat quyidagicha tayyorlanadi: olma, anor, behi va olxo‘rining sharbatlaridan o‘n sirdan olib, qozonga solinadi. Qaynatib, sharob tiniq bo‘lguncha ko‘pigi olib turiladi. So‘ng zanjabil, qalampirmunchoq, dolchin, javzi bavvo (muskat yong‘og‘i), murchlarning har biridan yarim sirdan olib, maydalab tuyib, qozondagi sharob ustiga solinadi. Bir oz qainagandan so‘ng qozon olovdan olib qo‘yiladi. Qozondagi narsa sovigandan keyii yarim misqol anbar, yarim misqol hind udi, bir misqol za’faron asalga qo‘shilib, mazkur sharobga aralashtiriladi va toza idishga olib qo‘iiladi. X,ar kuni ertalab va kechqurun bu sharobning besh sirini suv bilan qo‘shib ichiladi Bu sharobni tayyorlashda xatoga yo‘l quyilmasa, nihoyat darajada foydalidir. Me’daga ko‘n quvvat beradi, shahvatni kuchaytiradi, jinsiy quvvatni oshiradi, haroratni ko‘paytiradi.

YAqinlik ishiga foyda beradigan ma’junlardan yana biri quyidagicha tayyorlanadi: qalampirmunchoq, zanjabil, uzunmurch va uning tomiri, dolchin — har biridan to‘rt sirdan, mastaki va sumbul — har biridan besh sirdan, anbar va za’faron — har biridan ikki misqoldan olib, hammasini maydalab tuyib, bularning barchasiga barobar miqdorda oq anbardan qo‘shiladi. X,ammasiga teng miqdorda yana toza asaldan solib, bir-biriga aralashtirib, bir ndishga olib qo‘yiladi. Bu ma’jun juda foydali bo‘lib, har kuni undan ikki misqol eyilsa, kifoyadir. Jinsiy Ojizlik Bepushtlikda Davolar

Ma’junlardan yana biri shunday tayyorlanadi: havlinjon, yovvoyi sabzi, oq batman, shumtol — har biridan uch sirdan, qovun urug‘i, bodring urug‘i, piyoz urug‘i, arpabodiyoi urug‘i, ko‘knor urug‘i, halila urug‘i — bularning po‘stini ajratib tashlab, sof mag‘zidan bir sirdan olinadi. Dolchin, qalampirmunchoq, tuyoqo‘t, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, normushk, tuploq, kaboba, murch, semizo‘t, muskat yong‘og‘i, xom ud, za’faron — har biridan ikki misqoldan, biroq za’farondan bir misqol, kokos yong‘og‘i, kedr yong‘og‘i, pista, yong‘oq, funduq (o‘rmon yong‘og‘i), chigit, kunjut — bularning sof mag‘zidan besh misqoldan, zanjabil, dengiz piyozi, indov urug‘i, pitron — har biridap bir misqoldan olib, har birini alohida-alohida tuyib, so‘ng hammasini bir qozonga solib pishiriladi. Bularning hammasiga barobar miqdorda toza asal solib, ma’jun qilib qo‘yiladi, kerak paytda undan ikki misqol tanovul qilinadi. Bu orqaga va buyrakka ko‘p quvvat beradi va urug‘ni ziyoda qiladi. Alloh biluvchiroqdir.

Jinsiy olatni mahkam qiladigan dorilarning ba’zisi quyidagi usulda tayyorlanadi: nargis piyozi, qizil mayiz, nazla o‘ti — har biridan ikki diramdap olib, maydalab tuyib, molningo‘ti, safrosi bilan aralashtirib, olatga surtilsa, uni mahkam qiladi va ko‘p quvvat beradi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика