Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar va Davolash usullari

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar XALQ TABOBATI

JIGAR XASTALIKLARIGA OID TAVSIYALAR

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar

  1. Parhez taomlar: non, baliqli taomlar, sabzavot maqsulotlari, sut mahsulotlari, chuchuk qaymoq, zaytun, kungaboqar, jo‘xori, mosh, parranda go‘shti jigar kasalligini davolashda ishlatiladi. Semizo‘t va boshqa ko‘katlar bargini pishirib yoki xom eyish meda-jigar yallig‘lanishi hamda shishining oldini oladi.
  2. Otquloqning yangi unib chiqqan bargi qiyma qilingach, ko‘kat qo‘shib manti, chuchvara, somsa qilinadi. Ularni iste’mol qilish bemorning sog‘ayishiga yordam beradi.
  3. YAlpiz, ko‘kpiyozni suyuq ovqatga solib yoki ko‘katlar bilan aralashtirib, chuchvara, manti, somsaga tugib pishirib iste’mol qilinsa, jigar shishining oldini oladi.
  4. Asal bilan sirkani qaynatma qilib ichilsa, jigar kasalligiga davodir.
  5. Tovuq, baliq, quyon sho‘rvasi (go‘shti emas) jigar kasalligiga davodir.
  6. Jigari og‘riydigan bomorga ko‘proq anor eyish tavsiya qilinadi.
  7. Mayiz emoq jigar kasalligiga davodir.
  8. No‘xatning har xil turidan eb turgan, limon suvini ichib badaniga surtib yurgan bemor jigar kasalidan xalos bo‘ladi.
  9. Qatiq ichib yurgan kishi jigar kasaliga giriftor bo‘lmaydi.
  10. Oshqovoq iste’mol qilish jigar faoliyatini yaxshilaydi.
  11. Bemor sedanani maydalab, suvda 1 soat ivitib, keyin shu dorini kechqurun burniga 2 tomchi tomizib yotsa, engil tortadi.
  12. Makkajo‘xorining popuklaridan 6 oygacha choy ichib yurgan bemor sariq kasalligidan qutiladi.
  13. 100-150 gramm zig‘irni yanchib eyilsa, jigarning shishi va illatlari ketadi.
  14. Ravoch ildizini maydalab, quritib, talqon qilib eyish jigarga quvvat bag‘ishlaydi.
  15. Jigari xasta bemorga zira shifodir.
  16. Atirgulning gullaridan qiyom qilib ichilsa, jigar faoliyati yaxshilanadi.
  17. Kavrak mevasi qaynatilib sharbati ichilsa, jigar kasaliga davodir.
  18. Zirk qiyomidan ichilsa, jigar kasalligiga shifo bo‘ladi.
  19. Tol bargi qaynatilgan suvda yuvingan bomor sariq kasalidan qutiladi.
  20. Sabur gullaridan egan bemor jigar kasaldan forig‘ bo‘ladi.
  21. X,ar xil ko‘katlar, jumladan, shovul eb turgan bemorning jigari sog‘lom bo‘ladi.
  22. Jigari xasta bemor lavr yaprog‘ini iste’mol qilib turishi lozim.
  23. Semizo‘t va jag‘jag‘ urug‘i tanovul qilinsa, jigar dardidan xalos bo‘ladi.
  24. Qovun urug‘i jigar xastaligiga shifo. Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar
  25. SHirin olma sariq kasalligiga davodir.
  26. Sirkaga sabzi qo‘shib eyilsa, jigar kasaliga davo bo‘ladi.
  27. YAxshi iishgan qovun eb yurgan bemorning jigaridagi toshlar maydalanib chiqib ketadi.
  28. Na’matak mevalarini maydalab, ustidan issiq suv quyib, 8-10 soat damlab qo‘yiladi, keyin kuniga yarim piyoladan, to‘rt mahal ichilsa, jigar kasaliga davo bo‘ladi.
  29. Tikan qaynatib ichilsa, jigarning qotishi va qurishining oldi olinadi.
  30. Tut mevasi eb yurilsa va uning qaynatilgan sharbati ichib turilsa, jigar xastaligiga shifo bo‘ladi.
  31. Gultojixo‘roz gulining qaynatmasini ichib yurgan bemorning jigari orom topadi.
  32. SHuningdek, qattiq shamollash tufayli paydo bo‘lgan bod va yo‘talga foyda qiladi.
  33. Jigar kasalligi bemorni behuzur qilsa, tirnoqguli (kalendula) eb tursin, shifodir.
  34. Och qoringa o‘n kun mobaynida 10 donadan isiriq urug‘idan eb turgan bemor jigar xastaligiga davo topadi.
  35. YAlpiz bargi shakar bilan qo‘shib eyilsa, jigar kasaliga davo bo‘ladi.
  36. Qulupnay sharbatini ichib yurgan kishining o‘t xaltasi sog‘lom bo‘ladi.
  37. Limonni choydek damlab iching, po‘stini shakar bilan iste’mol qiling, jigar kasaliga davo bo‘ladi.
  38. Jigar qattiq og‘risa, bemorga shotutning mevasidan bo‘lgan sharbatni sut bilan qo‘shgan holda ichish tavsiya qilinadi.
  39. CHilopjiyda tuyilib, eyilsa jigar va o‘t xalta shishlari ketadi, og‘riq qoladi.

Bu kizik Omikron Haqida Bolalarda Belgilari va Tasiri

SHuningdek, jigar xastaligida kasallikning vujudga kelishiga to‘sqinlik qilish maqsadida xamda shifo tariqasida asal iste’mol qilish juda foydali.

  1. Ertalab bir-ikki oshqoshiq asalga asalari sutidan pichoq uchida qo‘shib, iste’mol qiling. Tushlikdan so‘ng esa 1 oshqoshiq asal qabul qiling.
  2. 300 gramm piyozni mayda qirg‘ichdan chiqarib, unga 2 oshqoshiq achchiq shuvoq o‘ti va 100 gramm asal solib aralashtiring.

Aralashmaga 700 ml oq musallas quyib, 20 kun davomida qorong‘u va salqin joyda saqlang. Idishni tez-tez chayqatib turing. Suzib olib, har kuni uch mahal, ovqatdan oldin 50 ml.dan qabul qiling.

Jigar faoliyatiga insonlardagi his- hayajonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Agar siz hayotni sevuvchi quvnoq inson bo‘lsangiz, jigar kasalliklari sizga aslo yaqinlashmaydi. Hech qachon birovga nisbatan kek saqlamang, kechirimli bo‘ling.

Jigar kasalliklari juda ko‘p va xilma-xil. Ularning asosida yallig‘lanish, distrofik, disregenerator va o‘sma jarayonlari yotadi. Eng muhim jigar kasalliklari jumlasiga virusli o‘tkir gepatitlar, alkogol gepatiti, har xil etiologiyali surunkali gepatitlar, jigar sirrozlari, yog‘li va pigmentli gepatozlar, jigarning toksik distrofiyasi kiradi.

Jigar faoliyatining ayrim buzilishlari tashqi belgilarsiz kechishi ham mumkin, bular faqat sinchiklab laboratoriya tekshirishlari o‘tkazilgandan keyingina aniqlanadi. Jigar faoliyatining kuchliroq darajada buzilishlari esa badanning sarg‘ayib ketishi bilan namoyon bo‘ladi.

Jigar faoliyatining ayrim buzilishlari boshqa a’zo xastaliklarida ham kuzatilishi mumkin. SHuni ham ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, jigar tiklanish va muvozatlanish xususiyatlariga ega, shuning uchun uning bir qismi ishlab tursa, asosiy vazifalarni ado etishi mumkin.

Jigar faoliyatining buzilish belgilariga qon ketishi kiradi. Qon ivishiga sabab bo‘luvchi moddalar ishlab chiqishi kamayib ketganida tish milkidan, ichakdan, og‘iz- burundan qon ketishi kuzatiladi.

Jigar faoliyatining og‘ir darajada buzilishlari hushdan ketib qolishgacha olib keladi. Buning asosiy sababi jigarda zararsizlanishi lozim bo‘lgan zaharli moddalar qonda ko‘payib, markaziy asab tizimiga ta’sir ko‘rsatishidir. Bunday ahvolda bemorning barcha a’zolar faoliyati keskin yomonlashib, hushdan ketishi, hatto o‘lishi mumkin.

SHu erda xalq orasida qo‘llanadigan usul — sariq kasaliga chalingan bemorni tabibga olib borib, tanglayini kestirish, bemorga bit, er chuvalchanglari kabilarni edirish kabi illatlar haqida to‘xtalmoqchimiz. X,aqiqatan ham uni qo‘llagandan keyin bemor ahvoli yaxshilansa-da, tibbiyotda bu ma’qul ko‘rilmaydi.

Virusli gepatitning qo‘zg‘atuvchisi L, V, S, E viruslar hisoblanadi. Gepatitning L turi ifloslangan qo‘l, yuvilmagan meva-cheva va

pashsha orqali ko‘proq yuqsa, V turi yaxshi sterillanmagan shprits, qon quyish, tibbiyot asbob-uskunalari orqali yuqadi.

Kasallikning qaysi turi bo‘lishidan qat’i nazar, yuqqanidan keyin bemorning o‘ng biqinida og‘irlik, o‘tmas og‘riq, ishtaha bo‘g‘ilishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratining ko‘tarilishi, najasning rangsizlanib, peshobning qizg‘ish qo‘ng‘ir tusga kirishi, ko‘z oqlarining, asta-sekin butun teri qoplamining sarg‘ayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi. Kasallik shunchalik shafqatsizki, hatto yangi tug‘ilgan chaqaloqni ham ayab o‘tirmaydi. Asta-sekin jigar, ayrim hollarda esa taloq ham kattalashadi. Og‘ir hollarda miya zaharlanishidan o‘lim yuzaga kelishi mumkin.

A shaklining yashirin davri 20-40 kun, V shakliniki esa 60-180 kunni tashkil qiladi. Agar jigardagi yallig‘lanish jarayonlari 6 oygacha tuzalmasa, xastalik surunkali (davomiy) tusga kirganidan dalolat beradi. Surunkali sariq kasali ko‘pincha:

  • yuqumli sariq kasalining asoratidan;
  • dori-darmon, poliz mahsulotlariga sepilgan miieral o‘g‘it, og‘ir metall tuzlari, qoramug‘ (o‘simlik)dan;
  • ichkilikbozlikdan paydo bo‘ladi.

Xastalikning surunkalanib ketishiga qurtlagan tishlar va yallig‘langan tanglay

murtaklari yoki quloqning shamollashi, yiringlashi, bemorning kasalxonaga kech yotqizilishi va etarlicha parvarishlanmasligi, parqez va ovqatlanish tartibi saqlanmasligi, xastalikning o‘tkir davrida og‘ir mehnat qilish va ruhiy zo‘riqishlar sabab bo‘ladi.

Xastalikning surunkali turida sarg‘ayish, ishtahasizlik va ko‘ngil aynishi, darmon qurishi, jigar va taloqning kattalashib qattiqlashishi kuzatilsa, nofaol turida faqat jigarning kattalashib qattiqlashuvi kuzatiladi, xolos. Ular vaqtida davolanmasa, eng og‘ir va deyarli davolab bo‘lmaydigan jigarning qurishi (sirroz)ga aylanib ketadi.

Jigar sirrozlari kasalliklarning kattagina bir guruhini tashkil etadi, ularning asosida har xil etiologik va patogenetik omillar yotadi.

Jigar to‘qimasining surunkali yallig‘lanishi va bir qismining biriktiruvchi to‘qnma bilan almashinishi jigar sirrozidir. Jigarning o‘tkir yallig‘lanishi gepatitdan, bezgak, sil, zaxm, brutselyoz kabi infeksion kasalliklardan, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining surunkali yallig‘lanishidan, turli kimyoviy moddalardan surunkasiga zaharlanishdan, shuningdek, ichkilikbozlikdan va boshqa sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jigar sirrozi sekin rivojl.anadigan, lekin surunkali kasallikdir. Bemor darmonsizlanib ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, ko‘ngli ayniydi, ba’zan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik paydo bo‘ladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi, ba’zan sargayadi, kamqonlik avjiga chiqadi.

Bemorda kamqonlik rivojlanadi, terisining rangi zaxillashib boraveradi, terisi qattiq qichishadi. Kasallikda jigar kattalashib og‘riy boshlasa, keyinchalik u kichrayib bujmayganidan so‘ng og‘riq sezish yo‘qoladi. Bu xastalikning eng oxirgi, orqaga qaytarib bo‘lmas bosqichiga o‘tganidan darak beradi.

Bemorning badanida, ayniqsa, qo‘l-oyoqlari, burun yonida «yulduzcha»lar shaklidagi qizg‘ish dog‘larni ko‘rish mumkin. Bu dog‘lar qiltomirlarning zaharli mahsulotlardan zararlanib, shishib falajlanishidan yuzaga keladi. Tanadagi gormonlar faollashib badandez tuklarping o‘sib ketishiga sabab bo‘ladi. Qo‘l- oyoq barmoqlarining uchlari nog‘ora tayoqchalariga o‘xshab yo‘g‘onlashadi, tirnoqlar soat oynasidek yassilanib qoladi. Og‘ir hollarda tana sarg‘ayish bilan birga ko‘karadi. Kindik atrofida ilonsimon shakllar hosil bo‘ladi.

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar. Bunday kasallikda parhezga qat’iy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga asosan

engil hazm bo‘ladigan, qand, oqsil va vitaminlarga boy sutli hamda o‘simlik ovqatlar beriladi. Tvorog oson hazm bo‘ladigan oqsillarga ega, yog‘siz go‘sht va baliq buyuriladi. Qaymoq va sariyog‘ni oz miqdorda iste’mol qilish foyda beradi. Spirtli ichimliklar ichish qat’iyan taqiqlanadi. Ovqat tarkibidagi osh tuzi miqdoriii kamaytirish katta ahamiyatga ega. Non, kolbasa, pishloq ko‘p miqdorda osh tuziga ega bo‘lgani uchun ularni kam miqdorda iste’mol qilish lozim. Kasallik kuchayganda uch kunga guruch, sabzavotli narhez tavsiya etiladi (qaynatilgan guruch, meva sharbati yoki kompot va sabzavotli salat bilan). So‘igra odatdagi ratsionga o‘tiladi, unga kartoshka va yog‘siz tvorog ham qo‘shiladi. Koiservalar, shokolad, mayonez, ketchup, sun’iy xamirturushlar iste’mol qilish mai qilinadi.

OITS va OIV Haqida. Buni hamma bilishi SHart!

Ovqatlanish sonini ko‘paytirib, miqdorini kamaytirish muhim o‘rin egallaydi. SHifokor belgilagan dori-darmonlarii o‘z vaqtida qabul qilish va qat’iy tartibga amal qilish zarur.

Birlamchi jigar saratoni jahonning turli mamlakatlarida har xil tarqalgani bilan ajralib turadi. Bu o‘sma erkaklarda uch baravar ko‘proq kuzatiladi. Kasallik ko‘p tarqagan mamlakatlarda jigar raki asosai yoshlar orasida, kam bo‘ladigan mintaqalarda esa 60- 70 yashar kishilarda ko‘proq uchraydi.

Birlamchi jigar saratonining asosiy uch turi tafovut qilinadi:

  • gopatotsellyulyar rak (80 foiz hollarda)
  • xolangiotsellyulyar rak (20 foiz hollarda)
  • nihoyat darajada kam uchraydigan aralash rak.

Gopatotsellyulyar rak paydo bo‘lishiga uchta asosiy omil yo‘l ochadi: 1) surunkali virusli B va S gepatitlar, 2) jigar sirrozi, 3) ovqatda gepatotrop kanierogen moddalar borligi. Alkogolga aloqador sirrozda birlamchi jigar raki boshlanishi kuzatiladi va birlamchi saraton ancha yosh odamlarda uchrashi mumkin. Jigarning ikkilamchi saratoni me’da, ichak, qizilo‘ngach, tuxumdon va o‘pka xavfli o‘smalarining tarqalishi hisobiga bo‘ladi.

Jigar saratoni juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuning uchun har qanday kishi o‘zida yuqoridagi belgilarning birortasi paydo bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilib, to‘liq tekshirishdan o‘tishi, zarur bo‘lganda esa davolanishi shart. Zero, har qanday kasallikning ham oldini olish yoki ilk bosqichlarida davolanish ancha oson kechadi.

Jigar kasalliklariga chalingan bemorlar shifokor tavsiya qilgan davolanish bilan birga dorivor giyohlar yordamidan ham foydalanishi mumkin:

— bir siqim na’matak mevasini yaxshilab yuvib, termosga solinadi. Ustidan qaynab turgan suvdan bir litr quyib, bir soatga yopib qo‘yiladi. Damlamani choy o‘rniga kun davomida ichish foydali;

  • yarim piyola qovun urug‘i yanchib eyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi;
  • makkajo‘xori popugini maydalab, uning 2- 3 osh qoshig‘iga 1,5 piyola qaynoq suv quyiladi. Ustini yopib 1 soat tindiriladi. Damlama har 2- 3 soat davomida, 3 oshqoshiqdan qabul qilinadi. Bu damlama xoletsestit, sariq kasalida foydali;
  • 5 oshqoshiq sariqchoy o‘tiga 2 piyola qaynoq suv quyib, 15 daqiqa usti yopib qo‘yiladi. Ovqatdan oldin bir piyoladan kuniga 3-4 marta ichiladi;
  • istisqo (sariq suv kasalligi)da bir bosh sarimsoqni ozgina asal bilan pishirib esa, bir necha haftadan keyin bu darddan qutuladi;
  • har kuni bir chimdimdan zira chaynab yurilsa, jigarni mustahqamlaydi;
  • baliq Olovda kabob qilib eyilsa, zaiflashgan jigarga foydali;
  • qurutni suvda ezib (qurtob holida) ichilsa, jigarga davo bo‘ladi.

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar. Bir oshqoshiqdan tog‘rayhon (dushitsa) va dalachoy (zveroboy) o‘tiga 2 piyola qaynoq suv quyib, 2 soatga tindirib qo‘yiladi. Bu damlama ham choy o‘rniga kun davomida ichiladi. Damlamalarni kasallikdan keyingi 6 oy davomida ichish zarur.

YUqorida aytib o‘tilgai barcha o‘tlar dorixonalarda bo‘lib, nihoyatda arzonlshi bilan ko‘pchilikka qo‘l keladi.

Nahorda, hammom, jinsiy aloqa va badantarbiyadan keyin birdaniga sovuq suv ichish ko‘pincha jigarning juda sovib ketishiga olib keladi. SHirin sharob jigarda tiqilmalar paydo qiladi. SHirinliklar jigarga yoqadi, uni semirtiradi, ulg‘aytiradi va kuchli qiladi, lekin ular jigarda tezda tiqilmalar paydo qiladi, chunki jigar ularni boshqa xiltlarga qo‘shib qattiq tortadi. SHuning uchun jigarida shish bor kishi shirinliklardan saqlanishi kerak, chunki shirinliklar tezda o‘tga aylanadi hamda tiqilmalar paydo qiladi. Tanada zararli moddalar me’yoridan ortiq bo‘lganida turli xil jigar kasalliklari (gepatit, jigar sirrozi) kelib chiqishi mumkin.

Jigar va o‘t-tosh kasalliklariga chalingai bemorlar qat’iy ravishda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishlari shart:

  • shifokor belgilagan parhez va yotish rejimiga amal qilish;
  • kasalxonadan chiqqandan keyin ham uy sharoitida tozalikka rioya qilish (bemorning choyshabi, kiyimlari, ovqatlanadigan idishlari, xonasi maxsus eritmali suvda yuvilib, qaynatilgan suvda chayilishi shart),
  • spirtli va gazli (fanta, kola, sprayt kabi) ichimliklardan tiyilishlari lozim;
  • tamaki chekish, yog‘li, achchiq, dudlangan (konserva), tuzlamalar iste’mol qilishdan voz kechishlari kerak.

Sariq kasalga chalingan bemorlarga yog‘siz tovuq sho‘rva, shirguruch, ugra oshi, sariyog‘da pishirilgan parhezli palov, sabzavotli dimlamalar, bug‘da pishirilgan qiymali do‘lma, kartoshkali maiti kabi taomlar tavsiya etiladi. Ular bilan birga quyidagi salatlar yordam beradi: suvda pishirilgan 2 dona lavlagini qirg‘ichdan o‘tkazib, 2 dona to‘g‘ralgap bodring, bitga piyoz va kashnich ko‘kati, yarim kosa qatiq bilan aralashtiriladi.

2 dona xom sabzini qirib, mayda tuyilgan 3-4 dona yong‘oq mag‘izi, ozgina o‘simlik yog‘i bilan aralashtiriladi. Ta’bga qarab tuz qo‘shiladi.

Bir dona qizil sabzini tozalab yuvib, qirg‘ichdai o‘tkaziladi va bir piyola suzma yoki tvorog, bir oshqoshiq qaymoq, bir choy qoshiq shakar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu salat sariq kasalidan keyingi davolanish paytida qo‘l keladi.

2 dona lavlagini suvda pishirib, somoncha qilib to‘g‘raladi, ustiga to‘g‘ralgan 2 dona bodring, yarim bosh mayda to‘g‘ralgan karam, 2 oshqoshiq o‘simlik yog‘i solib aralashtiriladi.

Likopchaga solib, suvda pishirib to‘g‘ralgan tuxum bilan bezatiladi. Bu salat o‘t pufagi yallig‘lanishida yordam beradi.

2-3 dona lavlagini suvda pishirib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi, yaxshi pishgan olxo‘rini danagidan tozalab, mayonez, shakar bilan aralashtiriladi. Bu salat o‘t-tosh kasalligida juda foydali.

O‘rtacha oshqovoqni olib ichi o‘yiladi, 2 piyola asal bilan to‘ldiriladi. Usti xamir bilan yopishtiriladi. Oshqovoq salqin va qorong‘u joyda 10 kun saqlanadi. Tayyor bo‘lgandan keyin ichidagi aralashma kuniga 3 mahaldan, ovqatdan 40 daqiqa oldin, bir oshqoshikdan, 20 kun qabul qilinadi. Bu shifobaxsh malham yaqinda sariq kasal bo‘lgan, har xil dorilar qabul qilib jigarni urintirib qo‘ygan bemorlar uchun nihoyatda foydali.

Ravoch ildizi mayda to‘g‘rab quritiladi, yaxshilab tuyib, shisha idishga solib qo‘yiladi. Har kuni nahorga bir choyqoshiqdan eyiladi.

Sabzini suvda qaynatib, asalga qo‘shib eyilsa, qonni tozalab, jigarga yordam beradi.

Jigar yallig‘lanishi va sirrozda oshqovoq, pomidor, bodring, salat, ukrop bargi foydali. Ular o‘t ajralishini kuchaytirib, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Mevalardan anor, olcha, banan, olma, nok, anjir, uzum kabilar har kuni eb turilsa, jigar faoliyati tiklanadi. Ichimliklardan shirin anor suvi, xom oshqovoq suvi, natsmatak sharbati, o‘riq qoqi, olcha sharbati, limonli shirin choy kabilardan birortasini tanlab, kuniga 2-3 mahaldan, 6 oy davomida ichib yurilsa, jigar tozalanib, quvvati ortadi.

O‘t pufagida tosh yig‘ilganda kashnich o‘tini va uning ildizini qaynatib ichish lozim. Ushbu qaynatma o‘t haydaydi hamda o‘t pufagidagi toshni tushirishga yordam beradi. Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar

Ibn Sino o‘t pufagidagi turli kasalliklarni davolashda behi mevasidan foydalangan. U mevadan tayyorlangan qaynatmadan och qoringa kuniga 2 oshqoshiqdan ichishni buyurgan. Bu kasallikni davolashda makkajo‘xorining doni, popugi, yosh poyasining suvi g‘oyat foydalidir. Makkajo‘xori doni tarkibida kraxmal, yog‘, pentozan, zeaksantin va boshqa turli xil moddalar bor, shuniigdek, V1, V2, Vb vitaminlari mavjud. SHu sababli makkajo‘xori jigar tarkibidagi xolesterinni yo‘qotadi, qondagi gemoglabinni mutanosiblashtiradi. Makkajo‘xori popugidan tayyorlangan qaynatma jigar xastaligida o‘ga foydalidir.

Qaynatma quyidagicha tayyorlanadi: 2-4 oshqoshiq popuk uni olinib, 1,5 stakan mikdordagi qaynoq suvda 30 daqiqa qaynatiladi, undan har kuni 3-4 soatda bir marta 1-2 qoshiqdan iste’mol etish tavsiya qilinadi.

Ibn Sino bu xastalikni davolashda behi mevasidan tayyorlangan sharbatdan muvaffaqiyatli foydalangan. Qariqiz o‘simligi ildizi va ildizpoyasi tarkibida efir moylari, laktondlar, insulin, turli alkaloidlar, saponin birikmalari bor. SHu sababli mazkur o‘simlik g‘oyatda shifobaxsh hisoblanadi. Ibn Sino bu o‘simliknp jigar, buyrak kasalliklarpni davolashda qo‘llagan. Qariqiz urug‘idan bir nechtasini olib, sut bilan qaynatib, har kuni ovqatlanishdan avval bir piyoladan ichiladi.

Ibn Sino sharob bilan aralashtirilgan semizo‘t bo‘tqasini bir oshqoshiqdan pahorga ovqatlanishdan bir soat oldin iste’mol etishni tavsiya qilgan. Bu usul bilan jigar xastaligini bir oy mobaynida butkul davolashga erishgan.

Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida yovvoyi murchnpng bargidap tayyorlangan qaynatma jigar va taloq kasalliklarini davolashda foydali ekanini bayon etgan. Qaynatma tayyorlash uchun uning bargi va yosh novdasini maydalab, suvda qaynatiladi, qaynatish suv sariq rapgga kirgunicha davom ettiriladi. Mazkur qaynatmadan kuniga bir oshqoshiqdan nahorga ichiladi. Bundan tashqari, bu eritmadan bet-qo‘lpi yuvishda va husnni ochishda ham foydalanish mumkin.

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar: Karam, piyoz, qovoq, ko‘k no‘xat, loviya, ko‘katlar, tuxumning oqi ham jigar xastaliklarida samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Jigar xastaligida ermon o‘simligi ham yaxshi samara beradi. U to‘qaylarda, ariq bo‘ylarida, yo‘l yoqalarida, tog‘ va tepaliklarning yon bag‘irlarida o‘sadi. Ermon gullaganda poyaning uchidan 25-30 sm uzunlikda o‘rib olinadi va soya erda quritiladi. Uning tarkibida efnr moyi, achchiq glyukozpdlar, organik kislotalar, S, K vitaminlar va boshqa moddalar bor.

Ibn Sino ermon o‘simligining er ustki qismidan tayyorlangan damlamani jigar, o‘t pufagi, ichak yarasini davolashda ishlatgan. O‘simlik shirasini sariq kasallikni davolashda dori sifatida ishlatgan. Ermon o‘simligini yanchib, atirgul va xina moylaridan qo‘shib, jpgar va qorin og‘riganda og‘rigan erga bog‘latgan. O‘simlikdan damlama tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan idishga 2 stakan qaynab turgan suv quyib, ustiga maydalangan o‘simlikdan bir choyqoshiq solinadp va damlanadi. So‘ngra dokadap suzib, kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar: Xalq tabobatida chaqamiq o‘simligidan tayyorlangan damlama jigar kasalliklarini davolashda pshlatiladi. Updan damlama tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan idishga 1 stakan qaynab turgan suv quyib, o‘simlikning maydalangan er ustki qismidan bir oshqoshiq solinadi va 3-4 soat damlab qo‘yiladi, so‘ngra dokadan suzib, kuniga 3-4 mahal chorak stakandan oz-ozdan ho‘plab ichiladi.

Jigar kasalligida quyidagi shifobaxsh o‘simliklardan damlamalar tavsiya etiladi: ro‘yan, sano, zubturum, qizil tasma, qo‘y pechak va sovuno‘t.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика