Jigar va buyrak kasalliklari Haqida va Davolash usullari 7 usulli

Jigar va buyrak kasalliklari XALQ TABOBATI

Jigar va buyrak kasalliklari Haqida va Davolash usullari (7 usulli) Halq tabobati

Jigar va buyrak kasalliklari: Kasalliklarning belgilari

Jigar va buyrak kasalliklari: Jigarda mizoj kasalliklari, tarkib kasalliklari, shish va qavarchiqlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular jigar pardasi yaqinida paydo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘iga qarab yoriladi, yana ulardan boshqa kasalliklar ham paydo bo‘ladi. Yirtilishidan o‘lim xavfi tug‘ilmaydi, lekin katta tomirdan qon oqsa, yomon natijaga olib keladi.

Goho jigarda hamkorlik sababli, ayniqsa taloq, me’da, o‘t qopi, buyrak, ko‘krak – qorin to‘sigi, o‘pka, ichaklar, ayniqsa yuqori ichakning hamkorligi sababli ham kasalliklar paydo bo‘ladi. Me’da, tapoq, o‘t qopi va ichaklar bilan hamkorlikka kelsak, bunda dastlab ularga jigar chukurligiga yondoshib turgan tomirlar hamkorlik qidadi, keyin uning zarari jigarga borib etadi.

SHu bilan birga hazm buziladi, ya’ni iste’mol qilingan ovqat hazm bo‘lmay haydalib ketadi. Jigar do‘ngligidagi kasalliklarning moddalari ko‘pincha, peshob orqali, burun qonashi va ter bilan haydalib chiqadi. Jigar chuqurligidagi kasalliklarning moddalari esa ich surish, safro va qon kusish, shuningdek, ko‘pincha ter bilan haydalib chiqadi.

Suv ichish bilan bosilmaydigan qattiq tashnalik, ishtahaning kamligi, alangalanish, peshobning sariqligi va rangdorligi, tomir urishining tez va ketma-ketligi, isitmalar, et va qonning kuyganligi, issiq narsalardan aziyatlanish buzilgan issiq mizojga dalolat qiladi. Bundan keyin ich erib, oldin turli xiltlar, keyin jigar o‘ti, keyin ichaklar shilinib o‘tadi.

Goho bu xil mizojda qovurg‘alarda og‘riq bo‘lib, ba’zan ogriq bo‘lmasdan ich ketadi. Bemor sariq, qizil va ko‘kish rangda qayt qilish mumkin. O‘tsimon ich ketish ko‘payadi. Qon kamayadi, til qurishi sodir bo‘ladi va badan ozadi. Goho bunday mizojga kishining odatidan, yoshidan, hunaridan va qo‘llagan tadbiridan belgi olinadi.

Issiq buzuq mizojning o‘rtachasi safro tug‘diradi, haddan tashqarisi savdo va savdodan bo‘ladigan melanxoliya, jinnilik va shunga o‘xshash bemorliklarni keltirib chiqaradi. Ishtaha pasayishi bilan birga go‘sht yuvilgan suv kabi ich o‘ta boshlasa, ko‘pincha mizoj issiqligiga dalil bo‘ladi.

Bunday mizojda ko‘pincha axlat kuruq va quyindi bo‘lib o‘tadi, lekin mizoj issiqligi qon xiltlarini va jigar etini kuydirish va ularni surib yuborish darajasiga etsa, bunday holat to‘xtaydi. Issiqlik qonni kuydirsa, axlat sharob cho‘kmasiga o‘xshash bo‘ladi.

Agar jigarda kuyish yoki shish, yoki yiringli shish bo‘lib, so‘ngra axlat bilan birga qora quyuq narsa chiqsa, bu jigarning sasigan eti bo‘ladi. Biroq axlat bilan chiqqan har bir qora narsa yomon belgi bo‘lavermaydi. Ba’zan ich vabo tekkan kishilardagi singari go‘sht yuviladigan suv va yara zardobga o‘xshab suyuq o‘tadi, keyin axlat quyuladi va qorayib badbo‘y bo‘ladi.

Goho ich zardobsimon o‘tgandan keyin qonga aylanadi, so‘ngra suyuq savdo o‘tadi.

Jigarni davolash haqida

Jigarning sog‘lig‘ini mos narsa bilan saqlash, bemorligini zidnarsa bilan qaytarish, uning shishlari va yaralarini davolash, etgan zararlarni qaytarish, tiqilmalarni ochish va bulardan boshqa tadbirlar, boshqa a’zolarga ham zarur bo‘ladigan muolajalar bilan qilinishi kerak.

Jigar kasalliklarida, ayniqsa tiqilmalar va shunga o‘xshash sabablardan bo‘lgan kasalliklarda dori ichirishning eng yaxshi vaqti me’dadan jigarga o‘tib, undan paydo bo‘lgan narsa hazm bo‘ladi va jigardan ajralishi zarur narsalar ajraladi, deb taxmin qilinadigan vaqtdir. SHuholat bilan ovqat eyish o‘rtasida anchagina vaqt o‘tishi kerak.

Odatda, bu vaqt kechki uyqudan turgandan keyin va issiq suvda yuvinishdan oldingi vaqtdir. Bundan tashqari jigarni davolashda ishlatiladigan tarqatuvchi va ochuvchi dorilarning burishtiruvchi va kuchaytiruvchi narsalardan xoli bo‘lmasligi kerak, lekin haddan tashqari quritibyuborishi gumon qilinsa, ular ko‘shilmaydi.

Imkoniyati boricha jigarni juda ko‘p sovutish kerak emas, bu istisqo kasallikka olib keladi, juda isitish ham kerak emas, bu jigarning so‘lishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun davolanayotgan jigar tabiiy mizojning miqdorini bilish kerak.

Jigar tabiiy mizojiga qaytarilgach, davolash to‘xtatiladi. Agar jigarni davolashda xato qilinsa, kasallik avval tomirlarga, keyin badanga o‘tadi. Kasallik jigarning chuqurligida bo‘lib, surgi zarur bo‘lgan joyda peshobni haydash yoki kasallik jigar do‘ngida bo‘lib peshobni yurgizish kerak bo‘lgan joyda surgi berish ya’ni ichni surish katta xatodir.

Jigarga ishlatiladigan dorilarni mayin qilib yanchish kerak. Dorilar xoh issiq, xoh sovuq, xoh burishtiruvchi bo‘lsin, baribir ular jigarga borib etishi uchun javhari latif bo‘lishi zarur. Suyultiruvchi dorilar ichilsa, ular qonni o‘tkir qilib yuboradi, bu narsani ko‘zda tutish kerak. Ma’lum o‘simlik ildizlari suv ochuvchi va suyultiruvchi dorilar jumlasidan bo‘lib, ular goho jigarda turli xiltlarni tug‘diradi.

SHunday bo‘lgach, ularni ikki yoki uch kun ketma-ket ichgandan keyin ketidan ich yumshatuvchi dorilardan berish kerak.

Peshobni haydashga keladigan bo‘lsak, buni o‘simlik ildizlari qaynatmasining suvi bajaradi. Sachratqining hamma turi, ayniqsa, uning cho‘lda o‘sadigan achchiq xili va issiqlikka yaqin bo‘lgan jigar og‘riqlariga foyda beradi. Issiq mizojli kishilarga sachratqini iskanjubin bilan, sovuq mizojlarga esa asal suvi bilan beriladi.

Davosi:

  1. 500 gramm sachratqini 1 sutka 5 litr suvda ivitib, ertasi 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  2. Iskanjubin qaynatmasiga 4 litr sachratqi suvi, ko‘shib 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, sovuq mizojlarga foyda qiladi.
  3. 200 gramm isiriq talqonini 15 kun och holda 3 mahal yarim choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, sovuq mizojli kishilarga foyda qiladi.
  4. YArim siqim taratezak bargini och holda 20 kun 3 mahal choynakka tashlab, 10 minut damlab, choy qilib ichilsa, sovuq mizojli kishilarga yaxshi foyda qiladi.
  5. Aloe suviga teng baravar asal qo‘shib, 3 mahal och holda ichilsa, issiq va sovuq mizojlarga begumon foyda qiladi.
  6. Paq-paqni 20 kun 3 mahal quyuq choy qilib ichilsa, peshobni haydaydi, jigar faoliyatini yaxshilaydi.
  7. Dolchin qaynatmasini och holda 3 mahal 25 kun 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  8. G‘ubbak daraxti po‘stloq qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemorga foyda qiladi, asoratsiz tuzaladi.

Jigar kichikligini davolash

Ayrim kishilarning jigari kichik bo‘lib, ba’zan hajmi buyrakdek bo‘ladi. Jigari kichik bo‘lgan kishi o‘ziga kerakli ovqatni esa, jigar sig‘dirmaydi va me’da jigarga o‘zidan yuborgan narsaga, jigar torlik qiladi. Natijada, tiqilma va tortishuvchi og‘ir og‘riqlar paydo qiladi.

YAna bu hol jigar faoliyatini susaytiradi, chunki jigarning ishlovchi kuvvati o‘z ustiga kelib tushgan ishlovchi narsaning kuvvati tagida bosilib qoladi va hazm, tutish, ajratish va haydash ishlarining sog‘lom holatiga xalal etadi. Goho shulardan ich buzilish va ich ketishi davom etadi, chunki toza kaylusining ko‘p qismi jigarga tortilmaydi.

Belgilari:

Jigarning kichikligiga unda tiqilmalar paydo bo‘lishi va elning ko‘pligi, ovqatgaehtiyoj dalolat qiladi. Mo‘‘tadil miqdordagi ovqat ham og‘irlik qiladi, ovqatga ehtiyoj ko‘pligidan badan kuchsizlashadi. Hazm doimo kuchsiz bo‘ladi, tiqilmalar va shishlar ko‘payadi. Barmoqlarning qisqaligi ham jigarning kichikligini ko‘rsatuvchi belgilardandir. Badani ovqatdan tegishli hissani olmaydigan va gavdasi deyarli o‘sib ko‘tarilmaydigan bir kishi bor edi.

Jolinus u kishini jigarining ichi va yo‘llari tor yaratilganligini taxmin qilib, o‘shanday hollarda ishlatiladigan tadbirni qo‘lladi. Unday kishilar miqdori oz, oziqligi ko‘p va tez o‘tadigan ovqatlar bilan davolanadi. Ovqatlar bir necha marta bo‘lib iste’mol qilinadi. Peshob haydovchi, jigarni tozalovchi, suyultiruvchi va ochuvchi dorilar iste’mol qilinadi.

Davosi:

  1. Zarcho‘ba talqonini 15 kun 3 mahal och holda yarim choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, begumon foyda kiladi.
  2. Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichdagi dam va el 4-5 soatda? tuzaladi.
  3. Misvok qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

Jigar tiqilmalarini davolash

Tiqilmalargohojigarninggo‘shtidauni oziqlantiradigan qonning quyuqligi sababli yoki haydovchi quvvatning kuchsizligi yoki tortuvchi kuvvatning kuchliligi sababli paydo bo‘ladi. Ba’zan tiqilma jigardagi tomirda ularning torligi sababli yoki o‘sha tomirlarning bujmayishi va shunga o‘xshash holatidan yoki ularning yaratilishida buralib qolganidan yoki o‘sha tomirlarda yuradigan xiltdan paydo bo‘ladi.

SHu keyingi xil tiqilma ko‘pincha «Qopqa» tomirlarining shoxobchalarida bo‘ladi, chunki tiqilma paydo qiluvchi modda o‘sha shoxobchalarga, keyin ulardan suzilib va cho‘kmasini qoldirib, ko‘tariluvchi tomir shoxobchalarining og‘izlariga boradi. SHuning uchun tiqilmalar, ko‘pincha jigarning chuqurlik tomonida bo‘ladi.

Ba’zan ish jigar do‘ngligida tiqilmalar paydo bo‘lishigacha єtib boradi. Jigarda tiqilmalar ko‘payib, uzoq vaqtgacha cho‘zilsa, istma paydo qiladigan istisqo (sirroz)ga olib keladigan shishlarga va qattiq og‘riq paydo qiladigan ellarning tug‘ilishiga borib etadi. Go‘yo tiqilmalar jigar kasalliklarining «onalari»dir. Jigar va buyrak kasalliklari

Tiqilma paydo qiluvchi modda quyuqligi, yopishqoqligi yoki to‘liqligi sababli to‘suvchi xilt paydo bo‘ladi yoki tiqilmani shish yoki el yoki bujmaytiruvchi biron kayfiyat paydo qiladi. Jigarda et yoki so‘gal o‘sadi. Unda kuyuq xiltdan boshqa bir narsa to‘xtab qoladi, deyish aqldan uzoq, u juda kam bo‘ladi.

CHunki tomirlarning og‘izlari asabga boy bo‘lib, ulardan biron narsa o‘tmaydi. YAna ularning soni ko‘p, basharti birortasida et o‘ssa, bu narsa boshqalariga ta’sir qilmaydi.Tiqilma paydo qilishdagi ta’sir etuvchi omil buzilgan issiq yoki sovuq mizojyoki jigarning o‘zida tug‘ilgan yo unga sirtdan kirgan, masalan, havo va boshqa narsalar sababli hazm, ajratish va haydalishning kuchsizligidan iboratdir. 

Ta’sirga uchraydigan narsa, ya’ni tiqilma paydo qiladigan modda esa eyilgan g‘aliz go‘shtlar, ayniqsa, kesak, shuningdek ko‘mir, va ko‘ziqorin kabi buzuq ishtahada iste’mol qilinadigan narsalar, nokning ayrim xillari, do‘lana va shunga o‘xshash narsalardan iborat. Bu ba’zan issiq va g‘aliz bo‘ladi shunda u tiqilma paydo qiladi.

YUqorida biz yopishqoq bug‘doy kabi ayrim narsalar g‘aliz bo‘lib, jigarda hazm bo‘lgach, keyingi a’zolarga nisbatang‘aliz bo‘lmaydi, dedik. Ko‘pincha tabiatning o‘zi tiqilma paydo qiluvchi moddalarni haydashga kuchi etadi yoki unga yordam beradi. Agar tiqilma jigarning chuqurlik tomonida bo‘lsa, modda axlat bilan birga, uning do‘nglik tomonida bo‘lsa, peshob bilan birga chiqarib tashlanadi. SHunda turli g‘aliz xiltlar yuzaga chiqadi. Jigar va buyrak kasalliklari

Belgilari:

Tiqilmalar belgilarining xulosasi jigarning kaylusni tormasligidir kaylus jigarga tomon yo‘l topa olmaydi, yoki jigardagi tortuvchi kuvvatga zarar etib, ikki holatning yuz berishi lozim bo‘ladi. Ularning biri jigarga haydaydigan narsaga, ikkinchisi jigarda to‘xtalib qoladigan narsaga bog‘liq.

Usuyuqqilusga o‘xshash va ko‘p bo‘ladi, Suyuqligining sababi shuki, suvsimon va sof qismi jigarga tomon yo‘l topmaydi. Kaylusga o‘xshashligining sababi esa jigar hali uni ishlab kaylusdan qonga aylantirishga ulgura olmasligi bo‘ladi.

Ko‘pligining sababi cho‘kma bo‘lib, axlat tomoniga haydaladigan narsaga o‘tib, ko‘p qismi qonga aylanadigan, bir qismi suvga, ayrim qismi safroga va bir qismi savdoga ajraladigan modda ko‘shilishidir. SHularning hammasi axlatga aylanib, chiqadigan narsaga ko‘shiladi, natijada haydaladigan narsa ko‘payib qoladi.

Jigarda to‘xtalib qoladigan narsadagi holatga kelganda shuni aytish kerakki, jigar tomonidan og‘irlik sezilib turadi, chunki jigarga haydalayotgan kaylus boshka tomonga haydalishdan oldin kelsa, uni to‘ldiradi va boshqasini jigarga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, natijada jigar og‘irlashadi.

Agar kaylus axlat orqali bo‘lsa ham, haydalmasa, qanday og‘irlik sezilishini aytib o‘tish kerak emas. Og‘irlik jigar shishida ham bo‘ladi, lekin jigarda shish bo‘lsa, og‘irlik shishli tomondagina bo‘lib, ko‘p va juda kuchli bo‘lmaydi. Lekin shishning og‘irligi qattiqroq bo‘ladi.

Boshqa bir sabab bilan birlashadigan tiqilmalarda esa ko‘p og‘riq bo‘lmaydi, og‘riq bo‘lsa ham isitma bo‘lmaydi. Jigarda shish borligi, peshob va axlat tomonidan chiqadigan narsalar va shishlar haqida yuqorida aytib o‘tilgan. Jigarda tiqilmalar bo‘lgan kishining qoni kam va rangi buzuq bo‘ladi.

Jigarida el bo‘lsa, bunga og‘irlik bilan birga ko‘chib yuruvchi tortishish dalolat qiladi. Burishish sababli bo‘ladigan tiqilma juda burishtiruvchi bo‘ladi, bunga yana badanda ko‘rinib turgan kuruqlik ham belgi bo‘ladi. Goho jigar tiqilmalari sabab nafas olish ham qiyinlashadi, chunki nafas a’zolari jigarga hamkorlik qiladi. Jigar tiqilmalarini davolashda tozalovchi dorilarga va zaruriyatga qarab ichni mo‘‘tadil darajada yurgizadigan yoki peshob haydovchi dorilarga ehtiyoj seziladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Tiqilmalar jigarning chukurlik tomonida bo‘lganda, ichni yurgizuvchi dori ishlatiladi, do‘nglik tomonda bo‘lganda esa peshob haydovchi dori ishlatiladi. Bulardan oldin ochuvchi, parchalovchi va tozalovchi dorilardan iste’mol qilinadi.

Davosi:

  1. 500 gramm sachratqi ildizini 5 litr suvda 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, qorindagi ellarni haydaydi.
  2. Arpabodiyonning 30 grammini 4 litr suvda 20 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar shishiga foyda qiladi.
  3. Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni haydaydi.
  4. Paq-paq qaynatmasini och holda 3 mahal 100 grammdan 10 kun ichilsa, peshobni haydaydi.
  5. 1 litr aloe suviga 1 kilogramm toza asal qo‘shib, 1 soat ustini yopib, past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda ichilsa, jigar va taloq shishiga yaxshi ta’sir qiladi.
  6. Kungaboqar yogiga teng miqdorda sariyog aralashtirib ichilsa, peshobni yaxshi haydaydi.
  7. SHakarga teng suv ko‘shib eriguncha qaynatiladi, so‘ng jaydari xurmo qaynatma suviga teng aralashtirib yana 10 minut qaynatiladi. Buni 20 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq faoliyati yaxshilanadi.
  8. Qizil atirgulni 300 grammli talqoniga 2 kilogramm asal 4 litr yomg‘ir suvi qo‘shilib, 40 minut past olovda qaynatib, 15 kun 1 mahal och holda ertalab 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq shishlariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
  9. 500 gramm murch bargi va 500 gramm yosh novdasini 7 litr suvda 30 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq shishini qaytaradi.
  10. Gulsapsar ildizining 500 grammini 7 litr suvda bir kecha ivitib, ertasi 20 minut qaynatib, 13 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar, o‘t, ichaklar faoliyatini yaxshilashga ta’sir qiladi.
  11. Misr boqilasining 300 gramm talqonini 19 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, jigar shishi va tiqilmalarini ochadi, jigar so‘lishining oldini oladi. 12. Taratezakni 20 kun 3 mahal och holda choy qilib ichilsa, taloq va jigar kasalliklariga foyda qiladi.

 Jigar og‘rig‘ini davolash

Jigarda og‘riq uning parda qismida buzilgan mizoj sababli yoki tortishuvchi el sababli yoki tiqilmalar sababli yoki issiq yo qattiq shishlar sababli paydo bo‘ladi CHunki sovuq balg‘amdan bo‘lgan shishlar kamdan-kam holda og‘riq paydo qiladi. Goho jigarda xiltlarning qo‘zg‘alishi sababli ham og‘riq bo‘ladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Jigar kuchsizligi sababli ogriydi, chunki u o‘ziga kelayotgan oziqni ko‘tarolmaydi va uni o‘rab turgan parda aziyatlanadi. Goho jigar moddalarning harakatidan ham og‘riydi, ular jigarda chiqmasidan og‘irlik va og‘riq paydo qiladi. Jigarda bo‘ladigan juda qattiq og‘riq faqatgina kuchli issiq shishdan yoki eldan bo‘ladi.

SHuninguchun isitma og‘riq bo‘lsa, bunta el sabab bo‘ladi. Isitma paydo bo‘lsa, Buqrot aytganidek, u jigardagi elni tarqatadi. Jigarda og‘riq paydo bo‘lib, shu bilan birga boshning orqa qismidagi do‘nglik va oyoq bosh barmoqlari qattiq qichishsa, ensada boqilaga o‘xshash qora chiziq paydo bo‘lsa, bemor uchun bu xavflidir.

SHunday kasallikka uchragan kishilarda a’zoning zararlanishi sababli qiynalib siyish va tomchilab siyish paydo bo‘ladi. Agar zararli suv moddasi peshob orqali haydalib chiqmasa, o‘tish yo‘llarining boshqa birortasi orqali boshqa a’zoga o‘tib, o‘z achchiqligi va buroqsimonligi bilan qattiq qichishish paydo qiladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Davosi:

  1. CHukri (ravoch)ildizining 400 grammini 4 litr buloq yoki/yomg‘ir suvida 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut ustini yopib qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, jigar kuchsizligiga foyda qiladi.
  2. Gazak o‘tini 10 kun 3 mahal choy qilib ichilsa ham, jigar og‘rig‘iga foyda qiladi.
  3. Moyi qorazirani 300 grammi, 3 litr suvda 25 minut qaynatib, 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og‘rig‘iga yaxshi ta’sir qiladi.
  4. YAna foydali dorilardan sanobar yaprog‘i, 500 gramm iskanjubn 12 gramm chukri ildizi, 18 gramm za’faron, 10 gramm petrushka urug‘i va 20 gramm arpabodiyon qo‘shib, 5 litr buloq yoki yomg‘ir suvida 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og‘rig‘i tuzaladi.
  5. Atirguldan 200 gramm, sumbuldan 300 gramm, ro‘yan ildizidan 400 gramm, aloe suvidan 500 gramm ko‘shib, 7 litr suvda 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og‘rig‘i tuzaladi.
  6. Uzum sirka cho‘kmasidan 300 gramm, temir chirkidan 300 gramm, sumbul ildizidan 500 gramm, ko‘shib, 6 litr suvda 30 minut ustini yopib qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqqa 1 choy qoshiq kashnich suvi qo‘shib ichilsa, jigar og‘rig‘i tuzaladi.
  7. Qashqar bedaning 500 grammi 3 litr suvda 30 minut qaynatilib suviga 3 mahal dokani to‘yintirib, 10 kun qoringa yopishtirib salafan bilan o‘rab yotilsa, jigar ogrigi to‘xtaydi.
  8. Zaytun yog‘ini 10 kun 3 mahal qoringa surtib massaj qilinsa ham, og‘riq ketadi.
  9. Gazanda talqoniga zaytun yog‘ini teng baravar aralashtirib, 2 mahal surtib, salafan bilan o‘rab qo‘yilsa, qorin ogrigiga va jigar so‘lishini davolashga yaxshi foyda qiladi.

Jigardan bo‘ladigan ich ketishini davolash

Jigardan bo‘ladigan ich ketishning sabablari va davolarini aytdik. Endi o‘sha belgilarga murojaat qilib, jigar mizojining buzilishi, uning kuchsizligi, shishi, tiqilmalari to‘liqligiga qarshi har birining o‘z bobida aytilgan narsalar bilan chora ko‘rish kerak.

Bu to‘g‘rida yo‘l qo‘yiladigan xatolardan biri jigar ta’sirida buyrak yog‘i butkul yo‘qoladi. Buning belgilari jinsiy aloqa xohishining kamayib ketishi, peshobning oq va ko‘p bo‘lishi, belning zaif bo‘lishi va unda engil og‘riq bo‘lishi; ba’zan gavdaning ozishi ham sodir bo‘ladi.

Davosi:

  1. SHirin bodomning 400 grammiga 400 gramm shakar qo‘shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ozish va charvi yog‘i kamayishiga foyda qiladi.
  2. Xuddi shunday pista mag‘iziga teng baravar shakar qo‘shib, tu-yib, talqonini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshikdan iste’mol qilinsa, jinsiy aloqa xoxishining pasayib ketishiga foyda qiladi.
  3. Tovuk va g‘oz yog‘larini, echkining buyrak yogini charvi yog‘i solingan issiq nonni 15 kun 3 mahal to‘yib iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Bu narsalarga peshob haydovchi dorilar va kuvvat beruvchi dorilar aralashtiriladi. Peshob haydovchi dorilarni etkazuvchilik vazifasini ado etishi va tabiiy kuvvatni harakatga solishi uchun aralashtiriladi.
  4. Uzoq muddat sigir suti ichib yurilsa, buyrak ozishiga foyda qiladi.
  5. Buyraklari ogrigan kishilarga qo‘zi go‘shti, jo‘ja go‘shti va ko‘y kallalari sho‘rvasida maydalangan buyrakni pishirib, sho‘rvasi ichirilsa, foyda qiladi.
  6. Dumba solib tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilinsa, yanada foydaliroq bo‘ladi.
  7. Semiz qo‘zining kallasini qozonga solib, unga bir yarim litr suv kuyiladi. So‘ng qozonni berkitib loylab, bir kecha-kunduz et suyakdan ajralgunicha, hatto suyaklari bir-biridan ajralishga yaqinlashguncha tandirga qo‘yib pishiriladi. Unga sariyog‘ aralashtirib iste’mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.
  8. Sariq yo‘ng‘ichqa bargi, temirtikanni teng baravar olib, talqoniga ozroq piyoz aralashtirib, 10 kun 3 mahal iste’mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.

Buyrak kuchsizligini davolash

Buyrak kuchsizligini davolash

Buyrak kuchsizligi goho mizojning buzilishidan, goho buyrakningozishidan, goho buyraqdagi tomirlarning kengayishi va ochilishidan, shuningdek, buyrak moddasining zichligi bo‘shashib ketishidan bo‘ladi. So‘nggi sababdan bo‘lgan kuchsizlik buyrakka ko‘proq xosdir.

Buning natijasida buyrak o‘ziga keladigan qonni suvlikdan tozalashga ojiz bo‘ladi. Buyrak zaifligining sabablari jinsiy aloqaning ko‘pligi, peshob haydovchi narsalarni ko‘p iste’mol qilish, o‘rganmasdan va odatlanmasdan otda poyga qilish va uni minib yurishdir.

Buyrakka etadigan mashaqqat va har bir urilish ham shu kabi sabab bo‘la oladi. Ko‘p tikka turish va uzoq safar qilish, ayniqsa, piyoda safar qilish ham shular jumlasidandir.

Belgilari:

Mizoj sababli bo‘lgan buyrak kuchsizligini mizoj belgilari ko‘rsatadi. Ozishdan bo‘lgan buyrak bemorligini buyrak ozishining belgilagi ko‘rsatadi. Buyrakdagi yo‘llarning kengayishidan va go‘shtli qismining bo‘shashishi sababli sodir bo‘lgan buyrak kuchsizligida og‘riq vaqti-vaqti bilan bo‘ladi va jinsiy aloqa ishtahasi ozayib, peshob ko‘pincha, suvdek bo‘ladi.

Agar oziqli modda tomirlarga etgan bo‘lsa, ko‘pincha, peshob bilan qon va quyuq rutubatlar chiqinidisi kabi bo‘ladi. CHunki buyrak o‘ziga oqib keladigan narsadan oziqlanmaydi, uning suyug‘ini kuyug‘idan ajrata olmaydi. Bunda qonli cho‘kma paydo bo‘ladi va peshob ustida dengiz ko‘pigiga o‘xshash ko‘pik paydo bo‘ladi.

Buyrak kuchsizligi, uning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ozish, peshob ozayishi, jinsiy aloqaning kamayishi, ko‘zning xirala shishi bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Davosi:

  1. Buyrak kuchsizligi sababli yo‘llarining kengayishi sodir bo‘lsa, bu haqiqiy kuchsizlik bo‘lib, uning kengayish sabablarini yo‘qotish, buyrakning zichlashtirish va kuchaytirish lozim bo‘ladi. Kengayish sabablariga to‘sqinlik qilish, ortiqcha harakat va jinsiy aloqani vaqtincha tark qilish, hammomga ko‘p tushmaslik, osoyishta yotish va peshob haydovchi oziqalarni iste’mol qilmaslik zarur bo‘ladi.
  2. Buyrakni zichlashtirish oziqlar va dorilarni qo‘llash bilan bo‘ladi. Bularga oziqlardan: 15 kun 3 mahal kudrat norin qaynatmasini och holda 2 osh qoshiqdan ichish, etilmagan xurmo, do‘lana, behi, mayiz va echki charvisidan tayyorlangan anor oshi, anor donasi va xushbo‘y uzum sirkasi, kashnich va shunga o‘xshashlardan tayyorlangan taxir narsalarni 20 kun 3 mahal och holda oz-ozdan eb borilsa, tuzaladi.
  3. Gulsapsarni 400 grammini 4 litr yomg‘ir suvida 1 kecha ivitib, ertasi 40 minut kaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, 19 kunda foyda beradi.
  4. O‘lmas o‘t gulini 300 grammini, 4 litr suvda bir kecha ivitib, ertasi 10 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, tuzaladi.
  5. Qo‘y va tuya sutlarini och holda 18 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, buyrakni kuchli qiladi. 6. Qo‘y, echki, mol buyraklarini 15 kun 1 mahal qaynatib yoki qovurib och holda iste’mol qilinsa, yaxshi foyda qiladi.

 Buyrak yaralarini davolash Belgilari:

Peshobdan yiring chiqishi va rangining yovvoyi yasmiq va go‘sht yuvindisi kabi qizilligidir. Ko‘pincha, bemor buyragida og‘riq sezadi. Ba’zan yara paydo bo‘lishidan oldin qon siyish va buyrakda yiringli shish bo‘lishi va tosh ko‘chishi sababli og‘riq bo‘ladi. Ba’zan yara borligi buyrakka tekkan zarba yoki turtkiga qarab bilinadi.

Tomir og‘zining ochilishida esa, og‘riq bo‘lmaydi, buni doimiy ravishda oz-oz qon siyishdan bilinadi. Agar bu hol yiringli shishning oqishidan yoki yuqoridagi tomirning yorilishidan bo‘lsa, qon siyish faqat ikki yoki uch kun davom etishi mumkin.

Bundan cho‘zilsa va qon siyishning cho‘zilishi bilan birgalikda peshob rangida o‘zgarish yoki yiring aralashishi paydo bo‘lsa, buyrakda yoki qovuqda yara borligi ayon bo‘ladi. Bu yo‘sinda qon siyish zaiflashtiruvchidir. CHunki uning miqdori oz bo‘lsa ham ketma-ket bo‘lganidan ko‘p miqdorda qon yo‘qotiladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Buyrak yarasi bilan qovuq yarasi orasidagi farq shuki, buyrak yarasida peshob tarkibidagi «qobiqlar» qizil bo‘lib, qovuq yarasida oq bo‘ladi. YAra qovuqda bo‘lganida, u qobiqlar katta va qalin holda, yara peshob yo‘lida bo‘lganida, ular kichik va yupqa bo‘ladi.

Farqini og‘riqning o‘rnidan ham bilamiz, chunki og‘riq o‘rni har ikkovida turlicha bo‘ladi. Buyrak yaralarida og‘riq yuqorida seziladi, peshob yo‘liningyaralarida-o‘rtada, jinsiy a’zoyo‘lida hammasidan – quyida bo‘ladi. Ko‘pincha peshob yo‘li yaralarida og‘riq qattiqroq bo‘ladi va to‘lg‘oq og‘rigidek har daqiqada avj oladi.

Mazkur farq ogriqning kuchi bilan ham aniqlanadi: og‘riq qovuq yaralarida kuchliroq bo‘ladi, chunki qovuqda asab tomirlari ko‘p bo‘lib, sezishi kuchlidir. Ketma-ket qon siyish ikkala xil yaraga xos bo‘lsa-da, bu qovuq yaralarida ozroq bo‘lib, peshobga aralashgan qon ham ozroq bo‘ladi.

Avval yiring kelib, ketidan qon kelsa, bunda tomirlarning eyilishi borligi tushuniladi. Buyrakdagi yaraningog‘ir va yomon sifatli ekanligiga davolashni qay darajada qabul qilishi, kasallikning cho‘zilishi, peshobda cho‘kmaning ko‘pligi va yomon ko‘pik borligi va uning nihoyat darajada badbo‘yligi ham dalil bo‘ladi. Jigar va buyrak kasalliklari

Davosi:

  1. Siyishga bo‘lgan hojat hamda buyrakka oqib keladigan narsalar sababli harakat kamayishi uchun bemor suyuq ovqatlar va suv ichishni kamaytirishi lozim.
  2. Xiltlarni mo‘‘tadillashtiruvchi choralardan biri, ichni sekinlik bilan surishdir. 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ich suriladi.
  3. Gulli qoraqoshni 400 grammini, 4 litr yomg‘ir suvida bir sutka ivitib, ertasi 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan och holda ichilsa, bemor shifo topadi.
  4. Behi suviga teng miqdorda asal qo‘shib, 13 kun 3 mahal och holda ichilsa, foyda qiladi.
  5. Uzum sirkasini 17 kun och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
  6. Aloeni 50 gramm suviga, 50 gramm iliq suv ko‘shib, ovqatdan keyin ichilsa, kustiradi.
  7. Xiltlarni mo‘‘tadillashtiruvchi vositalar: tarvuz va paq-paq o‘ti suvlarini 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  8. YArani tozalash cho‘zilib ketmasligi uchun, masalan, gulxayri, arpabodiyon va yovvoyi gulsapsar ildizi qaynatmalarini 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  9. Kasallik yomon sifatli bo‘lsa, gazak o‘ti va bo‘ymodaron qaynatmalarini 27 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, og‘riq to‘xtaydi.
  10. Bunday bemorlar orom olishlari, badantarbiyada oyoqko‘llarini ishqalash bilan kifoyalanishlari lozim. Bemor tuzalgandan keyin sekinlik bilan engil harakatga qaytadi.
  11. Aloe suviga teng baravar asal qo‘shib, 50 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaralar bitib tuzaladi.
  12. Og‘riq zo‘raysa, chukri urug‘i talqonini 20 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, og‘riq to‘xtaydi.

Peshob tutolmaslikni davolash

Davosi:

  1. Kashnich bargi, qizilgulning har biridan besh dirham (1 dirham 3,975 g) kiyik o‘ti urug‘i va semizo‘t gulidan bir dirham, kofudan yarim dirham, adir tuprog‘idan besh dirham olib, achchiq anor suvi bilan qoriladi. Och holda 3 mahal 9 kun 1 choy qoshiqdan eb, orqasidan qaynagan suv ichilsa, tuzaladi.
  2. Kunjut talqonini tozalab, xo‘llab, ozroq namakob sepib qovurib, teng baravar shakar qo‘shib tuyib, och holda 13 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tuzaladi.
  3. Sovuqdan bo‘lgan peshob tutolmaslikka kelsak, igir, qora andiz talqonini 10 kun 3 mahal och holda 2 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, bemor tuzaladi.
  4. Temirtikanning 700 grammiga 8 litr suv ko‘shib bir sutka ivitib, ertasi 40 minut past olovda qaynatib, 7 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  5. Behining 1 kilosiga 1 litr suv ko‘shib, 1 soat qaynatib, 7 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  6. Bodringni 12 kun 3 mahal och holda 2-3 donadan iste’mol qilinsa, buyrak kasaliga foyda qiladi.

Parhezlari:

Achchiq, sho‘r, nordon, moshli, lavlagi, qovun va sovuq narsalar eyilmaydi.

 

2022 yilda Burjlarni nima kutyapti? Munajjimlar bashorati

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика