Jigar Kasalliklarida Qullaniladigan Dorivor Usimliklar

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar XALQ TABOBATI

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar : Jigar kasalliklari xilma-xil bo‘lib, ular orasida jigar va o‘t yo‘llarining yallig‘lanishi (gepatit, xoletsistit, xolangit) ko‘proq uchraydi.

Bu Qiziq: Jigar Xastaliklariga Oid Tavsiyalar va Davolash usullari

Ma’lumki, jigar odam tanasida ancha mas’uliyatli vazifani bajaradi. U birinchidan, deyarli hamma moddalar almashinuvida (oqsil, karbon suv, yog‘ va hokazo) qatnashsa, ikkinchidan, ichakdan qonga so‘rilgan turli zaharli kimyoviy moddalar, jumladan, dori vositalarining ham kuchini sindiradi (metabolizm, neytrallash), uchinchidan, jigar hujayralari (gepatotsitlar) o‘t kislotalari va boshqalarni (safro) ishlab chiqaradi. Safro tarkibida o‘t kislotalardan tashqari xolesterin va pigment — bilirubin bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda jigar 0,5-1 litr safro ishlab chiqaradi. U o‘t yo‘llari orqali o‘t pufagida yig‘ilib, zarurat bo‘lganda, vaqt- vaqti bilan o‘n ikki barmoq ichakka tushib turadi. Bu fiziologik jarayon kislotali muhit bo‘lgan ovqat massasining me’dadan 12 barmoq ichakka o‘tishiga bog‘liq.

Safroning asosiy vazifasi shundaki, u ovqat tarkibidagi yog‘larni parchalaydi (emulgator sifatida), ularga nisbatan lipaza fermenti ta’sirini ta’minlaydi va yog‘ kislotalarining qonga so‘rilishida qatnashadi. Bundan tashqari, jigarda turli biokimyoviy jarayonlar sodir bo‘lib turadi, tapa uchun zarur moddalar ishlab chiqaradi.

Demak, jigar faoliyati ancha murakkab bo‘lib, u tananing bir me’yorda ishlashi uchun o‘ta zarur a’zo hisoblanadi. Olimlar uni «tananing kimyoviy laboratoriyasi» deb bejiz ta’riflamaganlar. Balki shu boisdandir, jigar tashqi ta’sirotlarga sezgir bo‘ladi.

Jigar kasalliklariga sababchi omillar orasida qishloq xo‘jaligida nazoratsiz ishlatiladigan kimyoviy moddalar (pestitsidlar va boshqalar), spirtli ichimliklar, yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilish asosiy o‘rinni egallaydi.

Bulardan tashqari, qator mikro- organizmlar, parazitlar va ayrim viruslar borki, ular jigar hujayralari va o‘t yo‘llarini yallig‘lantiradi va har xil kasalliklarga duchor qiladi (toksik gepatit, virusli gepatit — sariq kasalligi, xolangit va hokazo). Ushbu kasalliklarda jigarning butun faoliyati, jumladan, safro ishlab chiqarish ham izdan chiqadi. O‘t pufagi, o‘t yo‘llarining‘ yallig‘lanishi va buning natijasida ularda tosh hosil bo‘lishi safroning ichakka tushishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada safro yig‘ilib, u qonga so‘riladi va tanani zaharlaydi.

Xitoy haqida Toliq va Qiziqarli malumotlar

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: Tibbiyotda jigar kasalliklarida foydalaniladigan dorilarning ko‘pchiligi sintez io‘li bilan yoki hayvonlar safrosidan tayyorlangan dori-darmon vositalaridi r Mazkur dori vositalari umumiy jigar faoliyatini yaxshilaydi (geptaprotektorlar), o‘t ishlab chiqarishini ko‘paytiradi, yallig‘lanish sababchilariga (mikroblar, viruslar) qarshi ta’sir ko‘rsatadi va safro haydaydi. SHular bilan bir qatorda, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida, jumladan, yallig‘lanishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Mahalliy o‘simliklardan tayyorlanadigan dori turlari ham bor. SHifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangai dorilar jigar hujayralarini qattiq ta’sirlamaydi, ko‘ngilsiz asoratlarga olib kelmaydi. O‘simliklardan tayyorlangan ko‘pchilik dori turlari tana uchui zararsiz, shu sababli ularni surunkali jigar kasalliklarida uzoq vaqt qo‘llash mumkin.

SHifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan dorilar tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘ladi, shu sababli davo ta’siri qar tomonlamadir. Masalan, bir dori turida ham yallig‘lanishga qarshi, ham o‘t ishlab chiqarishni zo‘raytiradigan, ham o‘t haydaydigan ta’sir mujassam bo‘lishi mumkin. SHunday dori turlaridan biri «Liv-52″dir. Hindistondan sotib olinadigan mazkur dori ko‘pchilik o‘simliklar shirasidan va qaynatmasidan tayyorlangan bo‘lib, ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi va yaxshigina shifo bo‘ladi.

Jigar va o‘t yo‘llari xastaligida qo‘llaniladigan mavjud o‘t haydovchi dori vositalari ishlatilishi va ta’siri bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: o‘t kislota ishlab chiqarilishini oshiradigan va safroni ichakka tushiradigan dorilar. Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar

Birinchi guruh dorilar bevosita jigar hujayralarini ta’sirlab, o‘t ishlab chiqarishni zo‘raytirsa, ikkinchi guruh dorilar esa o‘t yo‘li sfinkterini bo‘shashtirib, o‘tning o‘n ikki barmoq ichakka tushi shi11i ta’mi nlaydi.

Hozirgi paytda sintez yo‘li bilan va chet el davlatlardan olinadigan dori-darmonlar ko‘payib ketdi. Lekin ulardan foydalanishga ko‘pchilikning imkoniyati yo‘q. SHuning uchun ularning o‘rnini bosa oladigan shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan arzon dori turlarini to‘g‘ri va o‘rinli ishlatishni vaqt taqozo etmoqda.

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: SHu maqsadd,a, biz, quyida ko‘proq uchraydigan jigar va o‘t yo‘llari xastaliklarida ishlatiladigan o‘simliklar va ulardan tayyorlangan dori-darmon turlariga to‘xtalib o‘tamiz.

BO‘ZNOCH (HELICHRYSUM GAERTH) – BESSMERTNIK

BO‘ZNOCH (HELICHRYSUM GAERTH) - BESSMERTNIK

Tibbiyotda bo‘znochning gullaridan foydalaniladi. Gullari tarkibida flavonoidlar, efir moyi va boshqa shifobaxsh faol moddalar bo‘lgani uchun qadimdan xalq tabobatida jigar kasalliklarida o‘t haydovchi vosita sifatida hamda me’da-ichak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.

Tibbiyotda bo‘znochning dorivor jamlamalari (damlama, qaynatma, xapdori holidagi flamin) jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklarini (o‘t qopining yallig‘lanishi — xoletsistit, o‘t yo‘llarining yallig‘lanishi — xolangit, o‘t-tosh kasalligi, gepatit) davolash uchun tavsiya etiladi.

Bo‘znochlar gulidan tayyorlangan qaynatma (10 g o‘t — 250 ml suvda) ovqatdan 15 daqiqa oldin, kuniga 2-3 marta, yarim stakandan ilitib ichiladi.

Flamin tabletka (0,05 g) shaklida ishlab chiqariladi va ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3 marta, 1 donadan ichiladi.

Bo‘znoch gullari o‘t haydovchi yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

ZAYTUN (OLEA L.) – MASLINA

ZAYTUN (OLEA L.) - MASLINA

Tibbiyotda zaytun mevasidan olinadigan moy — zaytun moyi ishlatiladi. U o‘t haydovchi ta’sirga ega.

Zaytun moyi jigar va o‘t pufagi kasalliklarida (xoletsistit va boshqalar) va o‘t pufagida tosh bo‘lganda uni haydash uchun qo‘llaniladi.

O‘t pufagida tosh bo‘lganda uni tushirish uchun ertalab nahorga birdaniga yoki bir necha soat davomida 50-100 va 200 ml yoki bir kunda 50-100 ml.dan bir necha marta zaytun moyi iste’mol qilinadi. Ba’zan moyni quyidagicha qabul qilish mumkin: 6 kun davomida ertalab nahorga: birinchi kuni bir oshqoshiq moy limon suvi bilan ichiladi. Zaytun moyini ichishdan oldin va ichgandan so‘ng og‘iz yalpiz suvi bilan chayiladi. So‘ngra bir stakan iliq karlovar suvi (1 litr suvda 2 choy qoshiq karlovar tuzi eritilgan) ichib, yarim soat o‘ng tomonga yonboshlab yotiladi. Keyin nonushta qilpnadi.

O‘t pufagidan toshlarni tushirish maqsadida zaytun moyi o‘rnida shaftoli moyini ham ishlatish mumkin.

ZIRK (BERBERIS L.) – BARBARIS

ZIRK (BERBERIS L.) - BARBARIS

Tibbiyotda dorivor vosita sifatida zirkning bargi va ildizidan foydalaniladi.

Xalq tabobatida zirk mevasining damlamasi va shirasi jigar va o‘t pufagi kasalliklarida o‘t haydovchi hamda ishtaha ochuvchi, chanqoqni bosuvchi (isitma kasalliklarida) vosita sifatida qo‘llaniladi. Bargidan tayyorlangan damlama jigar va o‘t pufagi kasalliklari (sariq kasalligi, xoletsistit, o‘t-tosh kasalligi va boshqalar)ni davolashda hamda bachadondan qon oqishini to‘xtatish, bod, podagra, me’da kasalliklarida ishlatiladi.

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: Tajribalarda zirk bargidan tayyorlangan dori- darmonlar (damlama) jigardan o‘t ishlab chiqarishni ko‘paytirishi, o‘t pufagiga spazmalitik ta’sir etishi, 12 barmoq ichakka tushayotgan o‘t suyuq va ko‘p mikdorda bo‘lishi aniqlangan.

Zirk bargidan damlama tayyorlash uchun qopqoqli sirli idishga bir oshqoshiqda maydalangan bargdan olib, ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi va qopqog‘ini yopib, bir soat davomida damlab qo‘yiladi. Dokada suzilgan damlama o‘t haydovchi sifatida kuniga 4-5 mahal, ovqatdan oldin, 1 oshqoshikdan ichiladi.

Tibbiyotda zirk bargi damlamasi (30-40 tomchidan, kuniga 2-3 mahal ichiladi) surunkali gepatit, gepatoxoletsistit, xoletsistit va o‘t- tosh kasalliklarida o‘t haydovchi hamda bachadon muskullarini mustahkamlash hamda bachadondan qon oqishini to‘xtatishda qo‘llaniladi.

Zirk ildizidan olingan berberin alkaloidining tabletkalari (5-10 mg) o‘t haydovchi vosita sifatida yuqorida ko‘rsatilgan jigar va o‘t pufagi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Dorixonalarda sotiladi.

IGIR (ACORUS L.) – AIR

Ibn Sino igir ildizpoyasini jigar, qorataloq, me’da-ichak, ko‘krak va nafas a’zolari kasalliklarini davolashda hamda siydik haydovchi dori sifatida qo‘llagan.

Xalq tabobatida igir ildizpoyasidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma jigar hamda o‘t qopi kasalligida o‘t haydovchi hamda ishtaha ochuvchi, isitma tushiruvchi, el haydovchi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

O‘tkazilgan tajriba natijasida igirdan tayyorlangan dori-darmonlarda qisman spazmolitik (spazmaga qarshi), bakteriyalarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi ta’siri borligi aniqlangan. Bundan tashqari, ular o‘t pufagiga ta’sir etib, o‘t chiqishini ko‘paytiradi. SHu sababdan, tibbiyotda igir ildizpoyasining qaynatmasi (1:10) jigar va o‘t pufagi (xoletsistit, sariq kasalligi) hamda buyrak tosh kasalliklarida o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. O‘simlik ildizining kukuni me’da-ichak kasalliklarida (gastrit, yara kasalligi) ishlatiladigan «Vikalin» va «Vikair» xapdorilari tarkibiga kiradi. Efir moyi esa spazmalitik, o‘t va siydik haydovchi hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan olimetin jamlamasi tarkibiga kiradi. U kapsulada (0,5 g) ishlab chiqariladi va kuniga 3-5 marta qabul qilinadi.

Igir ildizpoyasi o‘t va siydik haydovchi hamda ishtahani ochuvchi sifatida har xil kasalliklarda qo‘llaniladigan yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

KASHNICH (CORIANDRUM L.) – KISHNETS

Kashnich xalq tabobatida qadimdan turli kasalliklarni davolash uchun ishlatib kelinadigan dorivor o‘simliklardap hisoblanadi. Ibn Sino kashnich mevasini me’da-ichak, qon tupurish, bosh og‘rig‘i xastaliklaridan forig‘ bo‘lish uchun el haydovchi vosita sifatida ishlatgan.

Xalq tabobatida kashnich mevasidan tayyorlangan dorivorlar (kukuni, damlamasi, aralashmasi) jigar va o‘t pufagi kasalliklarida o‘t haydovchi, yaralar bitishini tezlatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida qo‘llanilgan. SHuningdek, undan me’da-ichak kasalliklarini davolashda hamda tanadan gijjalarni tushirishda foydalaniladi.

Kashnich mevasi kukuni, damlamasi, efir moyi va uning spirtli suvi o‘t haydovchi, ishtahani ochuvchi, og‘riq qoldiruvchi va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi ta’sirga ega. SHuning uchun tibbiyotda bu dori-darmonlar jigar va o‘t qopi (xoletsistit) me’da-ichak gipatsid holatida, bavosil kasalliklarini hamda yaralarni davolashda qo‘llaniladi.

Mevadan tayyorlangan damlamasi (1:30) kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin, 2 oshqoshiqdan ichiladi.

Kashnich mevasi o‘t haydaydigan yig‘malar tarkibiga kiradi.

KUNGABOQAR (HELIANTHUS L.) – PODSOLNECHNIK

Tibbiyotda dorivor vosita sifatida kungaboqar gullari (sariq rangli tilsimon gullari)dan, bargi va moyidan foydalaniladi.

Xalq tabobatida kungaboqar gulidan va bargidan tayyorlangan damlama, qaynatma va nastoyka sariq (gepatit) va o‘t pufagi kasalliklarini (o‘t haydovchi vosita sifatida) hamda ishtaha ochish, siydik haydash, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Bu dorivorlar yana bezgak, isitma, bod, yurak kasalliklarida ham beriladi.

Kungaboqarning Galen dori-darmon vositalari spazmolitik (spazmga qarshi) ta’sir etgani uchun o‘t pufagidan o‘tni ichakka tushishini oshiradi.

Damlama (1:10) 2-3 oshqoshiqdan, kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.

Kungaboqar moyidan dorishunoslik amaliyotida surtma va suyuq surtma dorilar, mingdevona surtmasi, tibbiyot sovuni tayyorlash hamda ba’zi dori-moddalaridan eritma tayyorlashda erituvchi sifatida foydalaniladi.

MAKKAJO‘XORI (ZEA L.) – KUKURUZA

Makkajo‘xori urug‘chi guli (onali guli) ustunchasining damlamasi xalq tabobatida jigar va o‘t pufagi kasalliklarida (sariq kasalligi, xoletsistit, xolangit) o‘t haydovchi, buyrak va qovuq kasalliklarida siydik haydovchi hamda qon to‘xtatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi.

Tibbiyotda urug‘chi guli ustunchasidan tayyorlangan dorivorlar (damlama, suyuq ekstrakt) jigar va o‘t pufagi kasalliklarida (gepatit, xoletsistit, xolangitda va o‘g ajralish susaygan hollarda) o‘t va siydik (buyrak va qovuq-tosh hamda istisqo kasalligida) haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, jigar o‘tining yig‘ilib qolish hollarida bu dori-darmon vositalar yaxshi samara beradi. Qolaversa, mazkur damlama va suyuq ekstraktdan qon oqishini to‘xtatishda ham foydalaniladi. Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar

Makkajo‘xori meva murtagidan olingan moyi ateroskleroz kasalligini davolash va uning oldini olish uchun tibbiyotda qo‘llaniladi.

Makkajo‘xori urug‘chi guli ustunchasi o‘t va siydik haydovchi hamda qon oqishini to‘xtatuvchi yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

Damlama (1:10) ovqatdan 3-4 soat oldin, kupiga 2-3 marta, chorak stakandan ichiladi. Suyuq ekstrakti kuniga 2-3 marta, 30-40 tomchpdan iste’mol qiliiadi.

NA’MATAK (ROSAL.) – SHIPOVNIK

Xalq tabobatida na’matak mevasining qaynatmasi yoki damlamasi o‘t haydovchi, qon oqishini to‘xtatuvchi, isitmani tushiruvchi dori sifatida jigar, o‘t ggufagi, me’da-ichak (ich ketish, qon aralash ich ketish) xastaliklarini davolashda qo‘llaniladi. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida (milk yaralanganda va undan qon oqqanda) og‘iz qaynatma yoki damlama bilan chayiladi.

Tibbiyotda na’matak mevasining kukuni, damlamasi, suyuq ekstrakti va ho‘l mevasidan tayyorlangan sharbati turli avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini olishda qo‘llaniladi.

Na’matak mevasidan farmatsevtika zavodida ekstrakt — xolasas tayyorlanadi. Xolasas bilan jigar va o‘t pufagi kasalliklari (gepatit, xoletsistit) davolanadi. Flakonda (300 ml) chiqariladi. 1 choy qoshiqdan, kuniga 2-3 marta qabul qilinadi.

Na’matak mevasi vitaminli, o‘t haydovchi va boshqa yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

OLAO‘T (SILYBUM ADANS.) – OSTROPESTRO (RASTOROPSHA)

Xalq tabobatida meva qaynatmasi va nastoykasi jigar va o‘t pufagi (gepatit, o‘t- tosh kasalligi), taloq (qorajigar), surunkali yo‘tal, qon tupurish, buyrak-tosh va boshqa xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Meva flavonoidlari yig‘indisidan silibor va legalon dorivorlari tayyorlanadi. Mazkur dorivorlar tibbiyotda surunkali gepatit, o‘tkir gepatit, jigar sirrozi va boshqa surunkali jigar kasalliklarini davolash uchun beriladi.

Silibor kuniga 3-4 marta, ovqatdan oldin bir tabletkadan ichiladi.

Legalon tarkibida silibanin saqlaydi. 1-2 tadan, kuniga 3 marta, ovqatdan keyin ichiladi.

BUYRAKCHOY, (ORTHOSIPHON BENTH.) ORTOSIFON

Ortosifon, asosan, siydik haydovchi vosita sifatida buyrakda, qovuqda va siydik yo‘llarida tosh bo‘lgan hollarda, istisqoda va buyrakning boshqa xastaliklarida foydalaniladi. Tibbiyotda ortosifon damlamasi yana xoletsistit kasalligini davolashda ham qo‘llaniladi.

Damlamadan kuniga 2 marta, ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan iliq holida ichiladi. Damlamani kuniga yangidan tayyorlash lozim.

Ortosifon bargi dorixonalarda briket holida aholiga sotiladi. Briket o‘n bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, har bir bo‘lagi 6 g.ga teng. Damlama tayyorlash uchun bir bo‘lak ortosifonni sirli idishga solib, ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi va 5 daqiqa

 

qaynatib, 4 soat damlab qo‘yiladi. So‘ngra dokada suziladi va iliq holida, kuniga 2 marta, ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan iste’mol qilinadi.

SACHRATQI (CICHORIUM L.) – SIKORIY

SACHRATQI (CICHORIUM L.) - SIKORIY

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: Tibbiyotda sachratqining er ustki qismidan foydalaniladi. Ularning tarkibida achchiq glikozidlar va boshqa moddalar bor.

Xalq tabobatida sachratqi qadimdan turli xastaliklarga shifo tariqasida qo‘llanib kelinadi. Ibn Sino sachratqini isitma, ich ketish, ko‘ngil aynish, ko‘z yallig‘lanishi va boshqa kasalliklarda tavsiya qilgan.

Xalq tabobatida sachratqining er ustki qismi va ildizidan tayyorlangan damlama hamda qaynatmadan jigar va o‘t pufagi, taloq, buyrak, me’da va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. SHuningdek, undan tayyorlangan dorivorlar siydik haydovchi, ishtahani ochuvchi va ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi.

Tibbiyotda sachratqining Galen dori-darmon vositalari o‘t haydovchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga egaligi aniqlangan va keng qo‘llaniladi.

Damlama tayyorlash uchun qopqoqli sirli idishga maydalangan er ustki qismidan (yoki iddizidan) ikki choy qoshiq solinadi, ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyib, ikki soat damlab qo‘yiladi. So‘ngra dokadan suziladi. Damlamadan kuniga 3 mahal, ovqatdan oldin, 1/3 yoki 1/2 stakandan ichiladi.

SHUVOQ (ARTEMISIA L.) – POLЫN

Tibbiyotda shuvoqning er ustki qismidan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi.

SHuvoq qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanib kelinadigan o‘simliklardan biri. Ibn Sino o‘simlikning er ustki qismidan tayyorlangan qaynatma bilan sariq kasalligi, ko‘z yallig‘lanishi, istisqo va boshqa kasalliklarni davolagan. SHuvoq qaynatmasini esa o‘t, siydik va gijja haydovchi, ishtahani ochuvchi hamda hayzni keltiruvchi dori sifatida qo‘llagan.

Xalq tabobatida SHuvoq damlamasi jigar, o‘t pufagi va ichak yarasini davolashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari bezgak, bavosil, ich ketish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, yaralar va boshqa kasalliklarga ham davo bo‘ladi. SHupingdek, damlamasi o‘t, gijja va el haydovchi, ishtahani ochuvchi hamda terlatuvchi va engil uxlatuvchi dori sifatida qo‘llapiladi.

Tibbiyotda shuvoqdap tayyorlangan dorivorlar (damlama, pastoyka, suyuq ekstrakti) jigar va o‘t pufagi kasalliklarida (gepatit, xoletsistit) o‘t haydovchi hamda ishtahani ochuvchi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi dori sifatida, xlorid kislota kamayishi bilan boradigan gastrit kasalligini davolashda foydalaniladi.

SHuvoq er ustki qismi o‘t haydovchi va ishtaha ochuvchi yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

YALPIZ (MENTHA L.) – MYATA

Tibbiyotda qalampiryalpizning bargi (ba’zan er ustki qismi)dan hamda undan olingan efir moyidan dorivor vosita sifatida foydalaniladi.

Ibn Sinoning ma’lumotlariga qaraganda yalpiz ishtahani yaxshilaydi, sariq kasalligiga shifo bo‘ladi.

Xalq tabobatida yalpiz bargining damlamasi jigar va o‘t pufagi kasalliklarida o‘t haydovchi, og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida hamda ko‘ngil aynish va qusishni to‘xtatish, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilashda qo‘llaniladi.

O‘simlik dori-darmon vositalari ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ular tinchlantiruvchi, spazmolitik (silliq mushaklar qisqarishini bo‘shashtirish), o‘t haydaydigan, antiseptik va og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega.

YAlpizdan tayyorlangan dorivor vositalarning o‘tni haydash ta’siri xoletsistitda, xolangitda va o‘t-tosh kasalliklarini davolashda yaxshi namoyon bo‘ladi.

Damlama (1:20) ovqatdan 15 daqiqa oldin, kuniga 2-3 marta, bir yarim stakandan, nastoykasi 10-15 tomchidan ichiladi.

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: Tibbiyotda qalampiryalpiz damlamasi, nastoykasi, efir moyining suvi ko‘ngil aynish va qusishga qarshi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilovchi dori sifatida hamda og‘iz chayish uchun ishlatiladi.

QOQIO‘T (TARAXACUM L.) – ODUVANCHIK

Ibn Sino qoqio‘t ildizini jigar kasalliklarida va istisqoda qo‘llagan.

Xalq tabobatida qoqio‘tning er ustki qismidan va ildizidan tayyorlangan dori vositalari o‘t haydovchi, ishtaha ochuvchi sifatida va boshqa ayrim kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Tibbiyotda esa qoqio‘t ildizining qaynatmasi va quyuq ekstrakti ishtahani ochish, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash va jigar o‘tini haydash maqsadida ishlatiladi.

Qoqio‘tning ildizidan qaynatma tayyorlash uchun 10 g maydalangan ildiz 1 stakan qaynab turgan suvga solinadi va 15 daqiqa davomida qaynab turgan suvda ushlab turiladi, sovutiladi, dokadai suziladi, chorak stakandan, kuniga 3-4 marta, iliq holda, ovqatdan oldin ichiladi.

Qoqio‘t ildizi o‘t haydovchi, ishtaha ochuvchi va me’da kasalliklarida qo‘llaniladigan yig‘ma choylar tarkibiga kiradi.

QUSHQO‘NMAS, SARIQGUL (CNICUS L.) – VOLCHETS

Tabobatda qushqo‘nmasning er ustki qismidan foydalaniladi. O‘simlik gullagan vaqtida er ustki qismi o‘rib olinadi va soyada quritiladi. Qurigan mahsulot qog‘oz yoki ip qoplarda quruq, toza, salqin va havo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

YIGMALAR

  1. Zirk — qoraqand (mevasi, bargi, tomir po‘sti)dan tayyorlanadigan yig‘malar:
  1. A) SHarbat zirk mevalaridan tayyorlanadi. 1 oshqoshiqdan 0,5 stakan suvga aralashtirib ichiladi. Kuniga 2 mahal, ovqatdan yarim soat oldin iste’mol qilinadi.
  2. B) 1 stakan zirk qaynatmasiga 1 oshqoshiq qushqo‘nmas barglari solinib, 5 daqiqa qaynatiladi. 1 soat tindiriladi. 1 oshqoshiqdan, kuniga 4-5 mahal barcha turdagi jigar kasalliklarida iste’mol qilinadi..
  1. Zirk mevasi — 10, 0 g., oq qayin bargi — 10,0 g., yong‘oq bargi — 10,0 g., qushqo‘nmas bargi — 10,0 g., dalachoy bargi va guli — 10,0 g., bo‘ymadoron bargi va guli — 10,0 g.

200 ml qaynatilgan suvga 1 oshqoshiq yig‘ma, 1 soat damlanadi. 2-3 oshqoshiq, kuniga 3 mahal gepatit kasalligida ichiladi.

  1. Bo‘znoch guli, qaynatma, 200 ml qaynoq suvga 1 oshqoshiq gulidan solinadi. 40 daqiqa davomida damlanadi. 0,5 stakan qaynatilgan suv va 3 choy qoshiq asal bilan aralashtirib, ovqatdan oldin xoleistititda, gepatitda qo‘llaniladi. 2 oy davomida ichiladi.
  2. Bo‘znoch guli — 2 qism, makka popugi — 3 qism, bo‘ymodaron guli va bargi — 3 qism, qoqi o‘ti ildizi — 4 qism.

1,2 litr qaynoq suvga 1 oshqoshiq yig‘ma solinadi. Termosga damlanadi. Kuniga 50 ml.dan 5 marta ichiladi. O‘t pufagida tosh paydo bo‘lganda iste’mol qilinadi.

  1. Bo‘znoch guli — 40,0 gr., sachratqi ildizi 40,0 gr.

300 ml qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 1 soat damlanadi. 3 oshqoshiqdap, ovqatdan avval o‘t pufagi yaxshi faoliyat ko‘rsatma ganda qo‘lla 11 i ladi.

  1. Dalachoy o‘ti va guli — 40 gr., tirnoqgul guli — 40,0 gr., bo‘znoch guli -40,0 gr., sachratqi ildizi — 30,0 gr., qushtasma guli — 20,0 gr., moychechak guli — 20,0 gr., itjumrut po‘sti — 30,0 gr.

2 oshqoshiq yig‘maga kechqurun 1 stakan sovuq suv solinadi. Ertalab 10 daqiqa qaynatiladi. Kun bo‘yi gepatit kasalligida iste’mol qilinadi.

  1. Anjir mevasi — 1,2 kg., limon — 0,5 kg., glyukoza — 0,5 kg.

Akatsiyaning asali 6 oshqoshiq solinadi. Anjir va limon go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi. Asal bilan glyukoza qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.

O‘t pufagi, o‘t yo‘llari kasalliklarida o‘tkir xoletsistitda 4 oshqoshiqdan ovqatdan oldin qo‘llaniladi.

  1. Tirnoqgul o‘ti va guli — 10,0 gr., dorixona ukropi — 10,0 gr., oq qayin bargi — 10,0 gr., archa g‘uddasi — 10,0 gr., moychechak guli — 20,0 gr., atirgul guli — 20,0 gr., qirqbo‘g‘im o‘ti — 20,0 gr., makka popugi — 20,0 gr., na’matak mevasi — 30,0 gr., qoqi o‘ti — 30,0 gr., bo‘znoch guli — 30,0.

100 gr yig‘ma 0,5 litr qaynoq suvga bir soat damlanadi. 150 ml.dan, kuniga 3 mahal jigar va o‘t pufagi kasalliklarida iste’mol qilinadi. O‘t pufagi toshlari harakat qilib bezovta qilsa, qaynoq holda ichiladi va 10 gr qalampiryalpiz qo‘shiladi. Og‘riq kuchayib ketsa, bor vazelini surkab, o‘ng tomonga issiq gorelka qo‘yish lozim.

  1. Karam sharbati, limon mevasi, moychechak guli, kashnich mevasi.

1 sutka ovqat eyilmaydi.

1 litr karam sharbati, 400 ml zaytun yog‘i va 4 ta limon soki bilan aralashtiriladi va har 25 daqiqada YUOgr.dan qabul qilish lozim. 10 kun davomida moychechak va kashnich qaynatmasini muntazam ichish kerak.

  1. Kashnich urug‘i solingan 200 ml qaynoq suvga 1 oshqoshiq maydalangan mevalar solinadi. 1 soat tindiriladi. X,ar safar 0,5 stakandan ichiladi. Mazkur damlama jigar va o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi.
  2. Gazanda o‘ti ildizi — 5,0., archa g‘uddasi — 5, 0., na’matak mevasi — 5,0., jo‘ka gullari — 5,0., tillabosh o‘ti — 5,0.

Yig‘maga 1 litr qaynoq suv solinadi. 5 daqiqa qaynatiladi. 10 daqiqa damlab qo‘yiladi. Xoletsistit xastaligida suv o‘rniga iste’mol qilinadi.

  1. Gazanda o‘ti bargi — 2 oshqoshiq, qoraqiz o‘ti — 2 oshqoshiq, shirinmiya ildizi — 2 oshqoshiq, zirk urug‘i — 2 oshqoshiq.
  2. litr qaynoq suvga 3 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 50 ml.dan, kuniga 5 mahal surunkali gepatit va xoletsistit xastaligida iste’mol qilinadi.
  1. Zirk mevasi — 2 oshqoshiq, qariqiz ildizi — 2 oshqoshpq, na’matak mevasi — 2 oshqoshiq, marjondaraxt mevasi — 2 oshqoshiq, ig‘ir ildizi — 2 oshqoshiq.

Yig‘ma yaxshilab ezib maydalanadi. 1,2 litr qaynoq suvga 6 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 10 daqiqa davomida qaynatiladi, 30 daqiqa damlanadi. 50 ml.dan, kuniga 6 max,al gepatitning og‘ir holatlarida — jigar shishganda, assitda iste’mol qilinadi.

  1. Sabzi urug‘i — 50,0., selder tomiri — 50,0., petrushka o‘ti va tomiri — 50,0.

1 litr qaynagap suvga 3 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 5 daqiqa davomida qaynatiladi. 200 ml.dap, 6 mahal surunkali gepatit va jigar serrozining boshlang‘ich assitida ichiladi.

  1. Qalamppryalpiz bargi — 10,0., ermon o‘gi — 10,0., bo‘znoch guli — 10,0., itjumrut po‘sti — 10,0., qoqio‘t ildizi — 10,0., ro‘yon ildizi — 10,0

I stakan qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinib, 10 daqiqa qaynatiladi. Ertalab va kechqurun 1 stakapdan, ovqatdan avval ichiladi. Asosan, o‘t pufagi faoliyati susayganda qabul qilinadi.

  1. Qalampiryalpiz bargi — 20,0., ermon bargi — 20,0., valeriana ildizi — 20,0., dalachoy o‘ti va guli — 30,0., qulmoq g‘uddasi — 10,0.

1 stakan qaynatilgan suvga 3 oshqoshiq yig‘ma solinadi. Ertalab va kechqurun, ovqatdan avval, I stakandan xoletsistit xastaligida iste’mol qilinadi.

  1. Qalampiryalpiz bargi — 50,0., sachratqi ildizi — 50,0.

1 stakan qaynoq suvga 1 oshqoshiq yig‘ma solinadi va 1 soat damlanadi. 1,2 stakandan o‘t pufagi va yo‘llari yaxshi faoliyat ko‘rsatmayotgaiida ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.

  1. Bo‘ymodaron guli va o‘gi; qushqo‘nmas bargi — 100,0; qalampiryalpiz o‘ti — 50,0; tirnoqgul guli — 50,0; moychechak guli — 50,0; qoqi o‘ti — 50,0; kashnich urug‘i — 50,0.

1 stakan qaynoq suvga 1 oshqoshiq yig‘ma solinadi. Ovqat eyishdan oldin 2-3 mahal surunkali gepatitda iste’mol qilinadi.

  1. Bo‘ymodaron o‘ti va guli — 20,0; qoncho‘p o‘ti — 20,0; bo‘znoch o‘ti — 20,0; qalampiryalpiz o‘ti — 20,0; sano bargi — 20,0.

1 stakan qaynoq suvga 1 oshqoshiq yig‘ma solinadi. 2 soat damlanadi. 1 stakandan, 3 mahal, ovqatdan avval o‘t yo‘llari toshida iste’mol qilinadi.

  1. Tuya daraxt bargi — 10,0; dalachoy o‘ti — 10,0; sachratqi o‘ti — 10,0; bo‘znoch guli — 10,0; qo‘shqo‘nmas o‘ti — 10,0; itjumrut o‘ti — 10,0.

0,5 qaynoq suvga 2 oshqoshiq yig‘ma solinadi.

30 daqiqa suv hammomida qaynatiladi. Och qoringa

I stakandan ichiladi. Qolgan kunlari 4 mahal, 1 soatdan oralatib, jigarda va o‘t yo‘llarida tosh paydo bo‘lganda ovqatdan oldin ichiladi.

GEPATIT KASALLIGIDA ISHLLTILADIGAN YIG‘MALAR

Gepatit kasalligida ishlatiladigan dorivor o‘simliklar: bo‘znoch guli; moychechak guli; qalampiryalpiz bargi; ermon o‘ti; qoqi o‘ti; sachratqi o‘ti; tirnoqgul guli; zirk mevasi, bargi va tomiri; oqqayin bargi; dalachoy o‘ti; na’matak mevasi.

  1. 1 oshqoshiq asalii olma sharbati bilan birgalikda iste’mol qilinadi.
  1. Asal va qorag‘at mevasini maydalagichdan o‘tkazilganini aralashtirib, 1 oshqoshiqdan, 4 mahal, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.
  2. Surupkali gepatitda gepatit D va V.da iste’mol qilinadigan yig‘ma:

Qoqi o‘t ildizi — 2 qism; oq qayin — 4 qism; na’matak mevasi — 5 qism; kashpich mevasi — 2 qism; makka popugi — 2 qism; dalachoy o‘ti — 3 qism; qoncho‘p o‘ti — 2 qism; tirnoqgul o‘ti — 2 qism.

2 oshqoshiq aralashmani termosga solib, 0,5 litr qaynatilgan suvga 8 soat tindiriladi, suzgichdan o‘tkaziladi, issiq holatda 0,5 stakandan, kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat avval 2-3 oy davomida jigar serrozi xastalngida iste’mol qilinadi.

  1. Sachratqi ildizi — 20,0; qirqbo‘g‘in — 20,0; bo‘ymodaron o‘ti; dalachoy o‘ti — 20,0 va guli 20,0.

1 oshqoshiq yig‘ma l stakan qaynatilgan suvga solinadi. I soat damlanadi. So‘ngra kuniga 2- 3 marta iste’mol qilinadi.

  1. Na’matak mevasi — 40,0; ajriq ildizi — 40,0; gazapda o‘ti — 20,0.

1 oshqoshiq yig‘maga 1 stakan issiq suv solinib, 1 soat tipdiriladi. Kuniga 3 mahal iste’mol qili nadi.

  1. Qoqi o‘ti tomiripi maydalab qozoichada yaxshilab qovuriladi va suv solinadi O‘t yo‘llarida tosh ttaydo bo‘lganda qabul qilinadi.
  2. 100 g potrushka ildizini yaxshilab qaynatiladi. 1 oshqoshiqdan, 3 mahal, ovqatdan oldin iste’mol qilinadi.
  3. I i’ asal 1 litr suvga eritiladi. Kuniga 200 ml.dap 5 mahal iste’mol qilinadi.
  4. Jigar va o‘t pufagi yo‘llarida kuchli og‘riq paydo bo‘lganda ichiladigan yig‘ma:

Limon o‘t — 10,0; itjumrut po‘sti — 10,0; qalampiryalpiz o‘ti — 10,0; na’matak mevasi — 30,0; qoncho‘p o‘ti — 20,0; bo‘znoch guli — 20,0.

1 choy qoshiqdai 300 ml suvda qaynatilady.

15 daqiqa damlanadi, birdaniga asal bilan birga iste’mol qilinadi. Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar

 

  1. Itjumrut po‘sti — 3 qism; gazanda o‘ti — 5 qism, sachratqi o‘ti — 4 qism; qalampiryalpiz o‘ti — 4 qism; zig‘ir urug‘i — 2 qism; qushtasma o‘ti — 4 qism; kiyik o‘ti — 2 qism; qoncho‘p o‘ti — 2 qism; dastarbosh guli — 4 qism.

2 oshqoshiq 0,5 litr qaynoq suvga termosga solinadi. 8 soat tindiriladi. Kuniga 2 stakadan qabul qilinadi.

XOLETSISTIT XASTALIGIDA QO‘LLANILADIGAN YIG‘MALAR

Xoletsistit kasalligida ishlatiladigan dorivor giyohlar: qoqi o‘ti, bo‘znoch guli, tilla bosh o‘simligi, qalampiryalpiz bargi va o‘ti, ermon o‘ti, archa g‘uddasi, sachratqi o‘ti va tomiri, moychechak guli, dalachoy, bo‘ymodaron o‘ti.

  1. Bo‘znoch guli — 20,0; dalachoy o‘ti — 20,0; qalampiryalpiz o‘ti — 20,0; arslonquyruq o‘ti – 20,0.

1 oshqoshiq yig‘maga 1 litr qaynoq suv solinib, 12 soat damlanadi. 0,5 stakandan, kuniga 3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

  1. Qushtasma o‘ti; shivit urug‘i — 20,0; qalampiryalpiz o‘ti — 20,0; qoraandiz tomiri — 20,0; valerian ildizi — 20,0;

1 oshqoshiq yig‘maga 3 stakan qaynoq suv solinadi. 6 soat damlanadi. 0,5 stakandan ovqatdan so‘ng 3 mahal iste’mol qilinadi.

  1. SHivit urug‘i — 20,0; qalampiryalpiz o‘ti — 30,0; moychechak guli — 10,0; do‘lana mevasi — 30,0; bo‘znoch guli — 10,0.

1 oshqoshiq yig‘maga 3 stakan qaynoq suv solinadi. 12 soat damlanadi. 0,5 stakandan, 3 mahal, har kuni, ovqatdan 1 soat keyin iste’mol qilinadi.

  1. 3 oshqoshiq bo‘znoch gulini maydalab, 2 stakai sovuq suv solinadi. 8 soat damlanadi va kun bo‘yi ichiladi.
  2. 2 oshqoshiq sachratqi ildizining tomiri maydalanganini 2 stakan suvda qaynatiladi. 1 soat tindiriladi. 2 oshqoshiqdan 2 kun ichiladi.
  3. 2 oshqoshiq zirk mevasini maydalanganini 1 stakan qaynoq suvda 1 soat tindiriladi. 2 oshqoshiqdan, 3-4 mahal, har kuni iste’mol qilinadi.

O‘T YO‘LLARI XASTALIGIDA FOYDALANILADIGAN YIG‘MALAR

Jigar Kasalliklarida Dorivor Usimliklar: O‘t yo‘llarida tosh paydo bo‘lganida foydalaniladigan giyohlar: qalampiryalpiz o‘ti; bo‘znochgul; qoqi o‘ti; moychechak o‘ti; ermon o‘ti; sachratqi o‘ti; qoncho‘p o‘ti; makka popugi; bo‘ymodaron o‘ti; dalachoy o‘ti; qushqo‘nmas o‘ti; kashnich urug‘i va o‘ti.

  1. Na’matak mevasi — 3 qism; qoqi o‘ti ildizi — 3 qism; makkajo‘xori popugi — 3 qism; qirq bo‘g‘in o‘ti — 3 qism; bo‘znoch guli — 4 qism; oq atirgul guli — 2 qism; parmanchak mevasi o‘ti — 2 qism; moychechak guli — 2 qism; archa g‘uddasi — 2 qism; oq qayin bargi — 2 qism; shivit urug‘i — 2 qism.

YAxshilab maydalanadi va 1 oshqoshiq yig‘madan 0,5 litr qaynoq suvga solinadi. 150 ml.dan, kuniga 3 mahal, ovqatdan 10-i 5 daqiqa oldin iste’mol qilinadi.

  1. Har kuni bir bo‘lak sarimsoq iste’mol qilish kerak.
  2. X,ar kuni zirk tomiri po‘stini va mevasini damlama sifatida iste’mol qilish lozim.
  3. Ora-orada 1-2 kun kefir kunlari tashkil qilish maqsadga muvofiq.
  4. Dalachoy choylari ichish kerak. Salatga qoqi o‘ti, parmanchak o‘ti solib, har kuni iste’mol qilish foydali.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика