Jigar Haqida Yukumli Gepatit Jigarning Tuzilishi Va Vazifasi

Jigar Haqida Yukumli gepatit 2022 yil XALQ TABOBATI

Jigarning Tuzilishi Va Vazifasi

Jigar Haqida YUkumli Gepatit: Jigar qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida, ko‘proq o‘ng qovurg‘alar va kamroq chap qovurg‘alar ostida joylashgan. U bir necha bo‘lakchalardan tashkil topgan. Bo‘lakchalar jigar epitelial hujayralaridan hosil bo‘lib, to‘sinlar ko‘rinishida qator tartiblangan. Bu to‘sinlarning bir tomonida o‘t suyuqligi naychalari joylashgan bo‘lib, ularning devori jigar hujay ralarida n tuzilgan. To‘sinlarning boshqa tomonidan qon tomirlar o‘tadi. Jigar arteriyasi jigarni odatda kislorodga boy qon bilan ta’minlaydi.

Bu kizik: Davolash Uy Sharoitida Turli Kasalliklar Va Ularning Davosi

Jigar bo‘lakchalaridagi jigar hujayralari o‘rtasida ingichka yoriq — o‘t qiltomirlari bor. Jigar hujayralari bu yo‘llarga o‘zining o‘t suyuqligini ajratadi. O‘t suyuqligi bu erdan yirik o‘t kanalchalariga tushadi, ular birikib, ikkita o‘t yo‘li orqali jigardan chiqadi. O‘t oqimlari o‘zaro birikib, yagona jigar yo‘lini hosil qiladi. U o‘t pufagi oqimi bilan qo‘shiladi va jigarning umumiy oqimini hosil qiladi va o‘n ikki barmoq ichakka ochiladi.

O‘t pufagi shakli nokka o‘xshaydi, uzunligi 8-10 sm, hajmi 30-40 ml keladi. O‘t pufagi jigar ishlab chiqaradigan o‘t suyuqligi uchun zaxira hisoblanadi. O‘t pufagining yuqori qismi jigarga tegib turadi, pastki qismi esa jigardan chiqib turadi, tanasi yo‘g‘on ichak ustida, qisman o‘n ikki barmoq ichak ustida yotadi.

Jigar tanada uglevodlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Tanaga ovqat bilan qand va kraxmal sifatida tushadigan uglevodlar ichakda hazm shiralari ta’sirida glyukozaga aylanadi.

Glyukoza qon tomirlarda qonga so‘riladi va jigarga tushib, unda yaxshi erimaydigan modda — hayvon kraxmali — glikogenga aylanadi. Glikogen jigar hujayralarida, shuningdek, muskullarda zaxira oziq modda sifatida

yig‘iladi. U tanaga zarur bo‘lib qolganda muskullar, yurak, asab sistemasi va boshqalarni oziqlantirish uchun yana eriydigan glyukozaga aylanadi.

Bundan tashqari, jigarda uglevodlarga kirmaydigan qand (glikogen) hosil bo‘ladi. Jigardagi glikogen miqdori ma’lum darajadan past bo‘lmasligi juda muhim — chunki jigarda glikogei etishmasa, uiingturli zararli ta’sirlarga chidamini pasaytiradi. Jigarda glikogenning kamayib ketishi uning kasallanganidan darak beradi. SHuning uchun jigar kasalliklarida tanada glyukoza va vitamin S etarli bo‘lishi kerak (vitamin S jigarda glikogen yig‘ilishiga yordam beradi). Bu ndan tashqari, jigar qondagi qand darajasini doimo yuqori tutib turadi.

Me’da Mizoj Kasalliklari va Belgilarini Davolash 7ta usuli

Jigar oqsil almashinuvida ham sezilarli vazifani bajaradi. Ichakdan qon bilan etkazib beriladigan oqsil jigarda murakkab qayta ishlovdan o‘tadi. Ovqatdagi oqsil ichakda va jigarda bir qator kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, ulardan tana o‘zining ancha murakkab oqsil moddasini hosil qilish uchun «qurilish» materiali sifatida foydalanadi.

Ovqat hazm bo‘lishi natijasida ichakda oqsillarning parchalangan mahsulotlaridan ham tanaga zararlovchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bunday zaharli moddalar esa jigarda

zararsizlanadi va karbamidga aylanib, tanadan siydik bilan birga chiqib ketadi. Jigar, shuningdek, protrombin va fibrinogen kabi moddalarning hosil bo‘lishida qatnashadi, bu moddalar qon ketishida qon ivishi jarayonida muhim vazifani bajaradi. SHu bilan birga jigarda qon ivishini susaytiradigan modda — geparin hosil bo‘ladi.

Jigar Haqida YUkumli Gepatit: Jigar o‘t (safro) ishlab chiqaradi, o‘t. suyuqligi ichakka quyiladi, bu bilan jigar almashinuvida qatnashadi. O‘t suyuqligi ichakda yog‘ning hazm bo‘lishiga yordam beradi va uning singishini osonlashtiradi.

Bundan tashqari, jigar to‘qimalarining o‘zida yog‘ almashinuviga aloqador ba’zi jarayonlar sodir bo‘ladi. Jumladan, letsitin va xolesterin hosil bo‘lishida qatnashadi, xolesterin o‘t bilan ajraladi.

Nihoyat, jigar qondagi mineral tuzlarning miqdoriga va ularning almashinuviga ta’sir qiladi, shu bilan birga jigarda ba’zi mineral tuzlar (temir, mis va boshqalar) zaxirasi yig‘iladi.

Jigar moddalar almashinuvida qatnashuvidan tashqari, tanada almashinuv paytida paydo bo‘luvchi zaharli moddalarni zararsizlantirish qobiliyatiga ham ega. Jigar tanada parchalanish tufayli hosil bo‘lgan

zararli moddalar va unga tushgan zaharli moddalar uchun ham to‘siq vazifasini o‘taydi. Masalan, ba’zi zaharli metallar (simob, qo‘rg‘oshin, mis) tuzining bir qismi zararsiz birikmaga aylanadi, yana bir qismi esa parchalanib ketadi; shuningdek, ba’zi dori moddalar zararsizlanadi va qisman parchalanadi. Jigarda ba’zi mikro- organizmlarning bir qismi tutilib qoladi va halok bo‘ladi.

Jigar vitaminlar almashinuvin i boshqarishda qatnashadi.

Vitamin A jigarda provitamin karotindan hosil bo‘ladi. Karotin tana: sabzi, o‘rik, pomidor kabilar bilan tushadi. Vitamin A ning 95 foizga yaqini jigarda zaxira bo‘lib turadi. Jigar kasalliklarida karotindan vitamin A hosil bo‘lish jarayoni buziladi. Vitamin V guruhi, jumladan, V12 VS> etishmaganda jigarni yog‘ bosishi mumkin. Vitamin S jigarda glikogen hosil bo‘lishiga yordam beradi. Jigarda bu vitamin qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda glikogen zaxirasi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Vitamin K jigarning qon ivishi jarayonida qatnashishiga yordam beradi

O‘t ovqat hazm qilishda, ayniqsa, yog‘larnin! qayta ishlanishi va singishida muhim ahamiyatga ega. U yog‘larni mayda bo‘laklarga parchalaydi, shu tufayli yog‘lar erpydpgan

birikmalarga aylanadi, mazkur birikmalar esa ichak shilliq pardasi orqali limfa va qon tizimiga tushadi.

YUqorida aytib o‘tganimizdek, o‘t yo‘llari va o‘t pufagidan o‘t ichakka tushadi. Ichakka ajraladigan o‘t miqdorini asab tizimi boshqarib turadi. Hazm qilish yo‘llarida ovqat bo‘lmagan paytda bu erga o‘t oz miqdorda tushadi. Biroq odam ovqat iste’mol qilishi bilanoq taom me’da-ichak yo‘li asablariga ta’sir qilib, suyuqlik o‘t qopidan tezda reflektor tarzda ajrala boshlaydi. Bir kecha- kunduzda bir litrga yaqin o‘t ajraladi. O‘t suyuqligi ichak harakatini (peris- taltikasini) kuchaytiradi, bu esa ovqat miqdorining va hazm bo‘lmagan ovqat mahsulotlari qoldiqlarining me’yoriy so‘rilishiga yordam beradi.

O‘t suyuqligi ichakda bijg‘ish va chirish jarayonining kamayishiga imkon beradi, shu tufayli uning ichakka muntazam ravishda va o‘z vaqtida tushib turishi juda muhim.

Jigarda ro‘y beradigan o‘t ajralishini va boshka jarayonlarni markaziy asab tizimi endokrin bezlar ishtirokida boshqarib turadi.

Me’da osti bezi gormoni — insulin uglevodlar va yog‘lar almashinuvini boshqarishda qatnashadi, buyrak usti qobig‘i

gormonlari xolesterin almashinuvida, shuningdek, uglevodlar va yog‘lar, natriy va kaliy tuzlari hazm bo‘lishida ishtirok etadi. Oqsillar almashinuvi qalqonsimon bez gormonlari yordamida sodir bo‘ladi, kalsiy tuzlari esa qalqonsimon bez oldi gormonisiz hazm bo‘lmaydi. Jigar Haqida YUkumli Gepatit

YUqorida aytib o‘tilgan gormonlarning hosil bo‘lishida atrof-muhit va oziq-ovqat moddalarining o‘rni beqiyos. Gipofiz, me’da osti bezi gormonlari uchun aminokislotalar oqsillari tarkibiga kiruvchi moddalar zarur bo‘ladi. Tiroksin (qalqonsimon bez gormoni)ping hosil bo‘lishi uchun oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladigan yod zarur bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarida va suvda yod bo‘lmasa, endemik buqoq kasalligi paydo bo‘ladi.

SHunday qilib, tananing tashqi muhit bilan birligi sog‘liq kafolatidir; bunday birlikning amalga oshuvida to‘la sifatli va to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.

JIGAR, O‘T PUFAGI VA O‘T YO‘LLARI XASTALIKLARI

Tibbiy amaliyotda jigar kasalligi va o‘t yo‘llari kasalliklari, deb shartli ravishda bo‘lingan. Bu tizimlar o‘zaro shunday

boglanganki, jigar kasalligida o‘t yo‘li va o‘t pufagi biror darajada zararlanmay qolmaydi. SHuningdek, o‘t pufagi yoki o‘t yo‘li kasalligidan keyin, albatta, jigarda o‘zgarishlar paydo qiladi. SHu tufayli jigar yoki o‘t yo‘li hamda o‘t pufagi kasalliklarida biz jigarda va o‘t yo‘llarida yallig‘lanish jarayoii borligini nazarda tutamiz.

Jigar, o‘t pufagi, shuningdek, o‘t yo‘llari kasalliklari o‘tkir va surunkali bo‘ladi.

O‘tkir gepatit. O‘tkir gepatit (gepar — lotincha «jigar» degani)da jigar hujayralari zararlanib, ularda distrofik (almashinuv va pekrotik) o‘zgarishlar rivojlanadi hamda hujayralar parchalanib, nobud bo‘ladi.

O‘tkir gepatit jigar faoliyatining ro‘yi rost zararlanishi bilan kechadi. Bu kasallikka infeksiya va intoksikatsiyalar (leptospiroz, sariq isitma, brutsellyoz, mononukleoz, kuli isitmasi, skarlatina, sepsis va hokazo), gepatrop zaharlar (uglerod (IV) xlorid, mishyak birikmalari, trinitrotoluol, xloroform, zaharli qo‘ziqorinlar), toksik- allergik xossalarga ega bo‘lgan ba’zi dorilar (salvarsan, uyqu dorilar, atofan, metiltestosteron, aminazin, antibiotiklar va boshqalar) sabab bo‘ladi.

Botkin kasalligi yoki yuqumli gepatit o‘tkir gepatitning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Bunda ko‘z oqi va teri sarg‘ayadi, Bu kasallik ilgari kataral sariqlik nomi bilan ma’lum edi.

Mashhur klinitsist-shifokor S.P.Botkin XIX asrning oxiridayoq bu kasallikning yuqumli ekanini birinchi bo‘lib taxmin qildi. Hozirgi paytda shu narsa ravshan aniqlanganki, Botkin kasalligini juda mayda spetsifik mikrob — viruslar qo‘zg‘atadi. Uni oddiy mikroskopda juda kattalashtirib qaralganda ham ko‘rinmaydi. Bu virusni o‘n va yuz minglarcha katta qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskop ostidagina ko‘rish mumkin.

Virus, ko‘pincha, pokiza bo‘lmagan ovqat, suv yoki kir qo‘l orqali og‘izdan yuqadi. SHuningdek, virusni pashsha ham tashiydi. Kasallik yuqqandan to uning dastlabki alomatlari paydo bo‘lgunga qadar (yashirin davr) 3-5 kun. Biroq ayrim hollarda yashirin davr bir necha haftaga cho‘ziladi.

Kasallikning dastlabki davrida bemorning harorati 2-3 kun mobaynida 37,5-38°S ga chiqib turadn. Bemor lohas bo‘ladi, boshi og‘riydi. Kasallik ba’zan gripp alomatlari bilan kechadi, bemorning ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi, o‘ng qovurg‘asi ostida noxush sezgilar yoki og‘riq sezadi. Biroq bemor odatda dastlabki paytlarda sarg‘aymaydi.

Kasallikning ikkinchi davrida, taxminan ikkinchi hafta oxiriga kelib, teri, ko‘z oqi ko‘rinib turadigan shilliq pardalar sarg‘aya boshlaydi, siydik rangi qorayadi, axlat esa oqaradi. Bemorning holi quriydi, terisi qichishishi mumkin, ishtahasi pasayadi.

Sariqlik o‘rta hisobda ikki hafta davom etadi. Bu paytda odatda jigar faoliyati ancha ishdan chiqadi. Bemor vaqtida to‘g‘ri davolansa, sog‘aya boshlaydi. Teri va ko‘z oqidagi sariqlik kamaya boradi, siydik rangi asta-sekin oqaradi, axlat rangi asli holiga keladi. Bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi, ishtaha paydo bo‘ladi. Kasallik umuman uch haftadan to besh haftagacha davom etadi.

O‘tkir gepatit bilan og‘rib qolganda odam o‘rin-ko‘rpa qilib yotishi va shifokor buyurganlarini puxta bajarishi kerak. Bunday bemorlarni atrofdagilarga gepatit tarqatmasligi uchun kasalxonaga yotqizish lozim. Ular kasalxonada tegishlicha davolanadilar, tibbiyot xodimlari parvarishida bo‘ladilar.

Jigar Haqida YUkumli Gepatit: Gepatit bilan og‘rib qolgan bemorning faqat kasallik davrida emas, balki uzoq vaqtgacha, hatto sog‘aygandan. keyin ham parhez tutishi juda muhim. CHunki kasallikdan so‘ng jigar faoliyati asli holiga juda sekin kela boshlaydi. Botkin kasalligini boshidan kechirgan odamlarga 4-6 oygacha parhez tutish va faqat shifokor maslahati bilan parhez taomlar xilini ko‘paytirish tavsiya etiladi.

Kasallikning sarg‘aymasdan kechadigan turlari nisbatan kam uchraydi va ko‘pincha engil kechadi. SHu tufayli ular surunkali gepatitning turli formalariga o‘tib ketadi. Kasallikning turi apiqlanmagan bemorlar sog‘ odamlarga infeksiya tarqatadigan manba bo‘lib qoladilar.

O‘tkir gepatitning sarg‘aymasdan kechadigan turlarida bemorlar ko‘pincha bosh og‘rishidan, biroz behollikdan, ishtaha yo‘qligidan, ko‘ngil aypishidan va o‘ng qovurg‘a osti yoki to‘sh osti sohasining simillab og‘rishidan shikoyat qiladilar.

Suruikali gepatit — o‘tkir yuqumli gepatit (Botkin kasalligi) oqibatida, shuningdek, surunkali alkogol intoksikatsiyasi, xlor- fosfororganik birikmalar bilan surunkali zaharlanish (ishlab chiqarishda), bundan tashqari uzoqqa cho‘ziladigan boshqa surunkali infeksiyalar (zaxm, bezgak, tuberkulyoz, ich terlama), shuningdek, ingichka ichakning katta qismini kesib olib tashlash, o‘t-tosh kasalligi, semirib ketish, qandli diabet va sifatsiz ovqatlanish zaminida rivojlanadi.

Boshdan o‘tkazilgan Botkin kasalligi oqibatida rivojlanadigan surunkali gepatit,

ko‘pincha, ikki yo‘nalishda kechadi. Aksar hollarda ksallik yaxshi kechadi va vaqti-vaqti bilan zo‘rayib turadi. Kasallik shunday kechganda jigarning asosiy vazifasi unchalik buzilmaydi. Surunkali gepatit tez-tez zo‘rayib turmaydi, bunda mehnat qobiliyatining pasayishi, jigarda turli- tuman almashinuv va to‘siq faoliyatlarining buzilishi kam uchraydi.

Endokrin- almashinuv buzilishlarida (qandli diabetda, surunkali alkogolizmda, doim haddan tashqari to‘yib ovqatlanganda) tanada surunkali zaharlanish boshlanib, asoratlar paydo bo‘lganda jigarni yog‘ bosishi rivojlanadi — uning faoliyati buziladi. Bunda bemorning tinka-madori quriydi, sal og‘riq paydo bo‘ladi, jigar kattalashadi (gepatomegaliya). Keyinchalik surunkali gepatit yoki jigar sirrozi rivojlanishi mumkin.

Kasallikning ilk davrida jigarning yog‘ bosganini aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Hozirgi paytda jigarning ana shunday zararlanishini vaqtida aniqlashga imkon beradigan deyarli yagona usul bor, bu jigarni punksiya usulida biopsiya qilib, uning to‘qimasini tekshirishdir. Bu usul so‘nggi paytlarda jigardagi zararlanish darajasi va tabiatini aniqlash uchun tibbiyot amaliyotida keng miqyosda foydalanilmoqda. Bunday tekshiruv davolash xarakterlovchi umumiy terminni — angioxoletsistitni ko‘p ishlatadilar.

O‘t pufagi va o‘t yo‘llarining yallig‘lanishiga, ko‘pincha, me’dada xlorid kislota etishmasligidan kelib chiqqan surunkali gastrit sabab bo‘ladi. Bu kasallikda mikroblarning me’da-ichak yo‘llariga, so‘ngra o‘t yo‘llari va o‘t pufagiga o‘tib olishi uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa o‘z navbatida ko‘pincha o‘t-tosh kasalligiga olib keladi.

Ko‘pincha surunkali angioxoletsistit surunkali gepatit bilan birga kechadi yoki o‘tkir gepatitdan so‘ng rivojlanadi. CHamasi, jigar faoliyati susayganda bu erga tushgan mikroblar zararsizlanmay qoladi. Natijada mikroblar o‘t pufagi va o‘t yo‘llari shilliq pardasini zararlab, yallig‘lantiradi. Ba’zan surunkali xoletsistit angina, gripp, appenditsitdan so‘ng rivojlanadi. O‘t pufagi va o‘t yo‘llaridagi yallig‘lanish jarayoniga aloqador kasalliklar ham o‘tkir va surunkali bo‘ladi.

O‘tkir xoletsistit — bunda o‘ng qovurg‘a ostida to‘satdan qattiq og‘riq turadi. Ba’zan og‘riq butun belni o‘rab olib, elkaga, kurakka va ko‘krak qafasining o‘ng tomoniga beriladi. Bemorning isitmasi ko‘pincha 38-40° S gacha ko‘tariladi, uning ko‘ngli ayniydi, ba’zan qayt qiladi, ishtahasi pasayib ketadi. O‘tkir xoletsistit xuruji bir necha soatgacha cho‘zilishi mumkin.

O‘tkir xoletsistit paydo bo‘lganda bemorni zudlik bilai shifokorga ko‘rsatish kerak. SHifokor tegishlicha yordam beradi va parhez buyuradi.

Surunkali xoletsistit — bu o‘tkir xoletsistitning surunkali turga o‘tishi yoki umumiy infeksion surunkali kasalliklar (xronik appenditsit, angina, zaxm, tuberkulyoz, brutsellyoz, yallig‘lanish jarayoni bilan kechadigan ginekologik kasalliklar) oqibatida rivojlanadi.

Surunkali xoletsistitning paydo bo‘lishiga — semirib ketish, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, me’daning surunkali katari, surunkali kolit sabab bo‘ladi. Surunkali xoletsistitda o‘ng qovurg‘a osti simillab, tiqilib og‘riydi, og‘riq vaqti-vaqti bilan tutib turadi yoki u doimiy bo‘ladi. Bemorlar og‘riqning orqaga, o‘ng kurakka, o‘ng elkaga, bo‘yinga, shuningdek belga tarqalayotganini sezadilar.

Jigar Haqida YUkumli Gepatit: Surunkali xoletsistitda ba’zan og‘riq uncha bilinmaydi, faqat o‘ng qovurg‘a osti sohasi g‘alatiroq seziladi. Bemorning shikoyatlari va shifokor ko‘rganda olgan ma’lumotlardan gashqari, o‘t pufagi yoki o‘t yo‘llari

kasallanganini zond yordamida olingan o‘tda rangi xira parchalar va anchagina cho‘kma borligidan bilish mumkin. Bundan tashqari, o‘t mikroskopda tekshirilganda o‘t, shilliq, kristallarning turli porsiyalarida leykotsitlar miqdori ortib ketgani ma’lum bo‘ladi. Bu esa o‘t pufagi yoki o‘t yo‘llarining yallig‘langani haqidagi taxminni tasdiqlaydi. Kasallik ko‘pincha zo‘rayib turadi, shunda yuqorpda aytib o‘tilgan barcha alomatlar ancha keskin namoyon bo‘ladi va qisqa muddatga isitma chiqadi. Surunkali xoletsistitda shifokor buyurgan dori-darmonlar bilan davolanishdan tashqari, bemorlar 5-parhez stoliga tegishli taomlarni eyishlari kerak. Bu parhez ovqatlar to‘g‘risida quyiroqda mufassal bayon etamiz. O‘tkir va xronik gepatit, xoletsistitni davolashda davo parhezi muhim ahamiyatga ega.

BEMOR QANDAY OVQATLAR ISTE’MOL QILISHI LOZIM

Odamzod iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, suv va mineral tuzlardan iborat bo‘ladi. Odam tanasida u avval me’da, ichakda, so‘ngra to‘qimalarda bir qator murakkab kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Natijada muskul ishi va ichki a’zolar faoliyati uchun sarflanadigan issiqlik energiyasi ajraladi. Bu energiya gavda temperaturasini tutib turish, shuningdek, tanada ro‘y beradigan boshqa jarayonlar uchun zarur bo‘ladi.

Tana sarflagan barcha energiya yigindisini issiqlik birligida — katta quvvatlarda olish qabul qilingan. Bu bir litr suv haroratini bir darajaga ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan issiqlik miqdoridir. Odam bir sutkada qancha quvvat sarflasa, ovqat bilan shuncha quvvat olishi kerak. Jigar Haqida YUkumli Gepatit

Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, odamning ma’lum miqdordagi quvvatga ehtiyoji u bajaradigan mehnatning turiga, yoshiga va oriq-semizligiga bog‘liq bo‘ladi.

Surunkali kasalligi bor bemorlar uchun zarur bo‘lgan quvvat mikdori ularning umumiy holatiga va asosiy kasallik jarayoniga qarab belgilanadi.

Odam muskul kuchini qanchalik ko‘p ishlatsa, tananing barcha sarfini qoplash uchun unga shunchalik ko‘p quvvat talab qilinadi. Bizning har kuni eydigan ovqatimiz mineral tuzlarga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirishi kerak. Taom turli-tuman bo‘lganda va odam etarlicha ovqatlanganda odatda mazkur talab to‘la qondiriladi. Tanaga ovqat mahsulotlari bilan quyidagi noorganik moddalar: kaliy, xlor,

natriy, temir, mis, kalsiy, magniy, marganets, yod, fosfor, rux tushishi zarur. Mineral moddalar qaysi mahsulot tarkibida ekaniga qarab, uning so‘rilishi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, o‘simlik mahsulotlari (salat, shovul, ismaloq)da bo‘ladigan kalsiy tuzlari tanaga yaxshi singmaydi, sut va sut-qatiq mahsulotlaridagi ana shu tuzlar yaxshi hazm bo‘ladi.

Sog‘lom odamlar ham, bemorlar ham har kuni ovqat bilan 0,8 gramm kalsiy, 16 gramm fosfor, 0,5 gramm magniy va 15-20 milligramm temir olishlari lozim. Gepatit va xoletsistitda yallig‘lanish jarayonini ka- maytirish uchun ba’zi hollarda osh tuzi iste’molini 5-6 grammgacha kamaytirish tavsiya etiladi (odatda sog‘lom odam sutkada 15-20 grammgacha tuz iste’mol qiladi). Buning uchun ovqatga tuz solmay pishiriladi.

Odam tanasining muhim qismlaridan biri suv hisoblanadi. Katta yoshli odam vaznining taxminan 70 foizini suv tashkil etadi. Tanadagi barcha jarayonlar suv ishtirokida amalga oshadi. SHuning uchun taomnomada suv ham bo‘lishi darkor. Odatda sog‘lom odam bir kecha-kunduzda o‘rta hisobda, 1,2-1,5 litr suyuqliq ichadi.

Jigar, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklarida suyuqlik miqdorini kamaytirmaslik kerak, chunki bu o‘t konsentratsiyasining ortib ketishiga, tanada azotli chiqindilar ko‘payishiga hamda qonda va to‘qimalarda almashinuvning zararli mahsulotlari yig‘ilib qolishiga olib keladi.

Suyuqlikni kam ichish faqat jigar sirrozi bor bemorlargagina tavsiya etiladi. Bunda, ba’zan qorin bo‘shlig‘ida suv yig‘iladi (istisqo), agar bemor ko‘p suyuqlik ichsa, qorin bo‘shlig‘idagi suv ko‘payib ketadi.

JIGAR, O‘T PUFAGI VA O‘T YO‘LLARI KASALLIKLARIDA OVQATLANISHNING ASOSIY TARTIBLARI

Jigar kasalligining oldini olish va kasallik zo‘rayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. Jigar va o‘t yo‘llarining barcha kasalliklarida ovqatlanish rejimiga amal qilish katta ahamiyatga ega. Ovqatni sekin, yaxshilab chaynab eyish tavsiya etiladi; maydalangan ovqat hazm shiralariga yaxshi aralashadi, shunda ovqat yaxshi singadi. Kuniga 4-6 mahal, oz-ozdan ovqatlanish lozim. SHunda har safar ovqat eganda o‘t pufagidan zo‘r berib o‘t ajraladi va ichakka tushadi. Oz-ozdan tez- tez ovqatlanib turganda o‘t dimlanib qolmaydi (o‘t dimlanganda yallig‘lanish jarayoni zo‘rayadi), bundan tashqari, o‘t yaxshi ajralib turganda jigardan ba’zi zararli almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.

 

 

Uzoq vaqtgacha ovqat emay yurganda o‘t pufagi va o‘t yo‘llarida o‘t dimlanib qoladi. Och yurgan odam birdaniga ko‘p ovqat eydi-da, bu hazm a’zolari, jumladan, jigarga og‘irlik qiladi.

Ovqatni qat’iy belgilangap vaqtda eyishning ahamiyati katta, shunda hazm shiralari vaqtida ajraladn va ovqat yaxshi singadi. Kechqurun uxlashga yotishdan, kamida 2-2,5 soat avval ovqatlanish lozim. CHunki uyqu paytida hazm qilish jarayoni tanadagi boshqa ichki jarayonlar kabi sekinlashadi, natijada ovqat, ayniqsa, oqsilli taom yaxshi singmaydi. Ovqatlanishni (kaloriya bo‘yicha) kun mobaynida quyidagicha taqsimlash mumkin: ertalabki birinchi nonushta soat 8.00 da — 20 foiz, ikkinchi nonushta soat 11.00 da — 15 foiz, tushlik soat 14.00 da — 35 foiz, kechki choy soat 17.00 da — 10 foiz, kechki ovqat soat 19.00 da — 20 foiz bo‘lishi lozim. Kechqurun uxlash oldidan bir stakan qatiq, sharbat yoki kisel ichish mumkin. Jigar Haqida YUkumli Gepatit

Ovqatni qanday pishirib eyishni bilish kerak?

Bemorlarga qovurilgan go‘sht, baliq, qovurilgan sabzavotlar, qovurma yormalar va makaronlar eyish tavsiya etilmaydi.

SHuningdek, sovuq ichimliklar, muzqaymoq ham mumkin emas. SHifokor parhez buyurganda bemorda birga kechayotgan me’da-ichak yo‘li kasalliklarini, masalan, kolit, gastritni nazarda tutadi (bular jigar kasalligida ko‘p uchraydi). Parhez taomlar qatoridan ekstrativ moddalar (go‘shtli qaynatmalar, qo‘ziqorinli, baliqli sardaklar), o‘tkir ziravorlar, tuzlamalar chiqariladi, chunki ular jigarga ta’sir qiladi. Ovqat o‘simlik kletchatkasiga boy (sabzavotlar, mevalar) bo‘lishi lozim. CHunki kletchatka o‘tning ichakka ko‘p tushishiga yordam beradi, xolesterinning yo‘g‘on ichak orqali chiqib ketishini kuchaytiradi va ichni yaxshi yurishtiradi. Tarkibida xolesterin va efir moyi bo‘ladigan oziq-ovqat moddalari — chesnok, piyozni juda kam eyiladi, spirtli ichimlik ichish aslo mumkin emas, ichkilik ko‘pincha gepatitning, so‘ngra jigar sirrozining paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ladi.

Bemorlar sut oshi, go‘shtsiz sabzavot sho‘rva, go‘sht (mol go‘shti, tovuq go‘shti), qaynatib pishirilgan baliq eyishlari mumkin. Bulardan tashqari, sabzavotli garnirlar, yormalar, makaron mahsulotlari, tuxumli ovqatlar — tuxum oqidan quymoq va sufle tavsiya qilinadi.

Jigar Haqida YUkumli Gepatit: Sut-qatiq mahsulotlari — tvorog kuniga 400 grammgacha, sut (agar bemor sutni yaxshi ko‘tarsa), qatiq, kefir, sirning chuchuk navlari, qaymoq tavsiya etiladi. Slivka, sariyog‘ va barcha turdagi xamir, ovqatlar ko‘p oyilmaydi (sut, tuxum, yog‘ solib qorilgai xamir mahsulotlaridan tashqari). Bemorlarga oshko‘klar va barcha turdagi sabzavotlar (dukkaklilardan tashqari), lavlagi shovul, ismaloq, yaxshi pishgan mevalar (antonovka olmasi, klyukva bundan istisno); choy, sutli choy, suyuqroq kofe, shirin meva sharbatlari, pomidor suvi va hokazolar tavsiya etiladi.

YUQUMLI GEPATIT VA O‘TKIR XOLETSISTITDA PARHEZ

YUqumli yoki virusli gepatitning o‘tkir davrida, o‘tkir xoletsistitda yoki surunkali xoletsistit zo‘raygan davrda, shuningdek, me’da- ichak yo‘lida yallig‘lanish jarayonlari (me’da katari, kolit va enterit) birga kechayotganda bemorlarga 5-parhez stoli tavsiya etiladi. Bunday parhezni Sobiq ittifoq Tibbiyot Fanlari akademiyasi Ovqatlanish institutining parhez kliiikasi ishlab chiqqan.

Bunday parhez jigar va o‘t yo‘llarining me’yoriy faoliyatini tiklashga imkon yaratadi, o‘t ajralishini rag‘batlantiradi, jigar hujayralarida yog‘ to‘planishini kamaytiradi,

shuningdek, jigarda glikogen yig‘ilishiga yordam beradi. Jigar Haqida YUkumli Gepatit

ЮҚУМЛИ ГЕПАТИТ ВА ЎТКИР ХОЛЕЦИСТИТДА ПАРҲЕЗ

Ovqat me’da va ichak shilliq qavatiga mexanik ta’sir qilmasligi uchun (bu a’zolarda yallig‘lanish alomatlari bo‘lganda) karam, qora non eyish tavsiya etilmaydi, ovqat eziltirib pishiriladi, boshqacha aytganda, ovqat ozor bermaydigdn, muloyim bo‘lishi kerak. Ovqatni yaxshilab qaynatib pishirish, sabzavotlarni qirg‘ichdan o‘tkazib eyish lozim.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика