Ichak kasalliklari davolash halq tabobatlari

ichak kasalliklari XALQ TABOBATI

Ichak kasalliklari haqida

Ulug‘ yaratuvchi insonga ilgaridan e’tibor bergani va uning salohiyatini azaldan bilgani sababli, quruq chiqindilarni qaydash quroli bo‘lgan ichaklar ko‘p sonli, ko‘p o‘ramli va ko‘p aylanishli qilib yaratildi; me’dadan tushadigan ovqat o‘sha o‘ram va aylanishlarda anchagina to‘xtalib turishi uchun ularni shunday yaratdi.

Ichaklar bitta yoki qisqa qilib yaratilganda edi, ovqat qorindan tezda tushar, inson doimo va uzrliksiz ovqat eyishga, shu bilan birga tez-tez yozilishga va hojatga turaverishga muhtoj bo‘lar edi.

Birinchidan, inson tirikchiligining zarur ishlarini ishlashiga xalaqit berar, ikkinchidan esa doimiy aziyatda qolar, to‘rt oyoqli hayvonlar kabi ovqatga o‘ch bo‘lar edi.

SHuning uchun ulug‘ YAratuvchi o‘sha birinchi manfaat sababli ichaklarning sonini ko‘paytirib, ularning ko‘pini uzaytiradi va ikkinchi manfaat uchun ularning aylanishligini ko‘paytpradi.

Bundagi boshqa manfaat shuki, jigar va ovqat hazm qiluvchi a’zolar orasini tutashtirib turgan tomirlar me’da qavatlari bilan ichaklar qavatiga botib o‘tgan so‘rg‘ichlari orqali ozuqaning latif qismini shunda ham uning so‘rg‘ichlariga duch kelganlaridagina tortadilar.

Ammo u tomirlarning so‘rg‘ichi oldida bo‘lmay, so‘rg‘ichlarga duch kelishdan uzoq bo‘lgan va ovqatning chuquriga o‘ralib turgan latif ozuqalarga kelsak, ularni tortib olish yo mumkin emas yoki qiyin bo‘ladi.

SHunday bo‘lgach, oliy YAratuvchi mehribonchilik qilib ichaklarning o‘ramini ko‘paytirdi, shunda ichakning bir bo‘lagidan uzoqda qolgan oziq qaytadan boshqa bo‘lakdagi tomirlarning og‘ziga duch keladi, natijada birinchi guruh tomirlar so‘rolmagan toza ozuqani ikkinchi guruh tomirlarning so‘rishi mumkin bo‘ladi.

Ichaklarning soni oltita:

birinchisi — o‘n ikki barmoqli deb mashhur bo‘lgan ichak; ikkinchisi ro‘zador deb ataladigan — och ichak; uchinchisi — ingichka va o‘ralgan deb ataladigan uzun ichak; to‘rtinchi ko‘richak deb mashhur bo‘lgan ichak; beshinchi qulun deb shuhratlangan — yo‘g‘on ichak; oltinchisi — to‘g‘ri ichak, ya’ni sursh deb nomlangan.

SHu ichaklarning hammasi kerakli vaziyatda umurtqa suyagiga boyloqlar bilan mahkam qilib biriktirilgan.

YUqori ingichka ichaklarningjavhari nozik qilib yaratilgan, chunki ulardagi moddani etiltirishga va unga jigar quvvatini o‘tkazishga ehtiyoj quyi ichaklardan ko‘ra ko‘proqyana yuqori ichaklarning o‘zida olib turadigan oziq latif bo‘lib, uning ichak javhariga singib o‘tishi va tirnab uni buzish xavfi tug‘ilmaydi.

Quyi yo‘g‘on ichaklar esa ko‘richakdan boshlanib, yo‘g‘on pishiq tuzilgan va shu erda qotib zichlashadigan axlatga chidab berish uchun ko‘pchiligining ichki devorlari yog‘likdir, shuningdek axlat, shu erda chiriydi.

YUqori ichaklarda esa yog‘ yo‘q, lekin devorlarining ichki yuzi yaratilishidayoq yog‘ o‘rniga o‘tadigan yopishqoq shilliqsimon ho‘llikdan xoli qilinmagan.

O‘n ikki barmoqli ichak me’daning tagiga tutashgan, uning me’daga tutashib turgan og‘zi bor, uni «darvozabon» deb ataladi.

Qizilo‘ngach yuqori tomonidan me’daga ovqatni tortish uchun xizmat qilsa, o‘n ikki barmoqli ichak narsalarni me’daning quyidan haydab chiqarish uchundir.

U qizilo‘ngachdan torroq bo‘lib, ikki narsa sababli qizilo‘ngachdek keng yaratilmagan; birinchisi, qizilo‘ngachdan o‘tadigan narsa dag‘alroq, qattiqroq va hajmi kattaroqbo‘ladi: o‘n ikki barmoqli ichakdan o‘tadigan narsa me’dada hazm bo‘lganligi va suvli rutubat aralashganligi sababli yaxshiroq, silliqroq va hajmi kichikroq bo‘ladi.

Ikkinchi sabab shuki, qizilo‘ngachdan o‘tuvchi narsaga tabiiy quvvatlarning bittaginasi, ya’ni tortuvchi quvvat ta’sir ko‘rsatadi; agar bunga ixtiyoriy quvvat yordam bermasa, birgina jihatdan, ya’ni yo‘lni ochish va kengaytirish bilan yordam beradi.

O‘n ikki barmoqli ichakdan o‘tuvchi narsa esa ikki quvvatdan ta’sirlanadi, ularning biri me’dadan haydovchi quvvat, ikkinchisi ichakdagi tortuvchi quvvatdan; bu ikki quvvatga eyilgan ovqat to‘plamidagi og‘irlik xam yordam berib, natijada u narsa mo‘‘tadil kenglikdagi yo‘ldan ham osonlik bilan o‘tadi.

Bunday qizilo‘ngachdan shu bilan farq qiladiki, qizilo‘ngach me’daning bir bo‘lagi kabi bo‘lib, qatlamlardan tuzilishi bilan me’daga o‘xshaydi.

Bu esa me’daga yopishtirilgan yog‘ga o‘xshash bo‘lib, qatlamlarining javhari me’daning ikkala qatlaminikidan boshqacha bo‘ladi; chunki me’daning kuchli tortishiga ehtiyoj yo‘q.

SHuning uchun bu ichakning ikkala qatlamida eniga ketgan mushak tola ko‘p, lekin to‘g‘ri ichakda esa uzunasiga ketgan mushak tolalari ko‘p ko‘rinadi, chunki to‘g‘ri ichak katta kuch bilan ta’sir qilib, boshqa ichaklarni tozalaydi va u tepadagi narsani tortishi kerak.

Uzunasiga joylashgan mushak tolalari axlatni yaxshilab qisishga va haydab chiqarishga yordam beradi; agar axlat oz bo‘lsa, qismiga bo‘ysunmaydi.

SHuning sababli to‘g‘ri ichak keng va katta qavatli qilib yaratilgan.

Bu o‘n ikki barmokdi ichak eng arzimas zarar etishi bilanoqtez buzilmasligi va sasishga qobiliyatli bo‘lgan bu ichak tezda sasimasligi uchun hamda ikkala qatlamda turlicha bo‘lganligi uchun ikki qavatli qilib yaratildi.

Ovqatning dastlabki haydashi oson bo‘lishi uchun bu nay to‘g‘ri me’dadan quyiga cho‘zilgan shaklda yaratildi, chunki og‘ir narsaning cho‘zilgan va quyisigacha to‘g‘ri bo‘lgan yo‘ldan o‘tishi, egri yoki ko‘ndalang joylashgan yo‘ldan o‘tishidan ko‘ra tezroqbo‘ladi.

Bunday shaklda boshqa manfaat ham bor, u shundan iboratki, bu ichak tikka o‘tganda uning o‘ng va so‘lida yo me’daning ikkala tomonida joylashgan a’zolari uchun ham bo‘sh joy qoladi, masalan, jigarning bir tomoni uning o‘zagida, taloq chap tomonida turadi.

Ingichka ichakning o‘n ikki barmoqli ichakka yondashib turuvchi bo‘lagi ro‘zador, ya’ni och ichak deb ataladi.

Dastlabki o‘ralish, egilish va burilish shu ichakda bo‘ladi va bunda anchagina yo‘llar bor.

Bu ichakning ro‘zador, ya’ni och ichak deb atalishiga sabab shuki, u ko‘pincha bo‘sh turadi. Bunga bir-biriga yordamlashuvchi ikki narsa sabab bo‘ladi; biri bu ichakka tortiladigan kaylus tezda undan ajralib, uning bir qismi jigarga

tomon tortiladi. CHunki mosoriqo tomirining ko‘pi shuoch ichakka tutashgan, chunki bu ichaklarning jigarga-eng yaqini bo‘lib, hech bir ichakda bundagi kabi mosoriqo shoxobchalari yo‘q.

Mosoriqo shoxobchalari tarqalishida bundan keyingi ichak o‘n ikki barmoqli ichakdir.

SHu och ichak kasalligida torayib, ozib juda kichiklashadi.

Kaylusning qolgan qismi ro‘zador ichakdan tagidagi ichaklarga tortiladi, chunki sariq o‘t qopidan xolis va hyoch narsa aralashmagan holda ro‘zador ichakka sog‘ilib keladi.

O‘t kuchli yuvuvchi bo‘lib, o‘zining achishtirishi sababli haydash quvvatini juda qo‘zg‘atadi, yuvish sababli kilusni quyiga haydashga yordam beradi.

Haydovchi quvvatni qo‘zg‘atishi sababli kilusni har ikki tomoniga, ya’ni jigarga va quyiga qarab haydashga yordam beradi.

Natijada ichaklarning shu qismi bo‘sh qoladi, shuning uchun uni ro‘zador, ya’ni och deb ataladi.

Ro‘zador ichakka uzun va o‘ralib birin-ketin aylanishlik bo‘lishidagi foydani biz shu faslning oldingi qismida bayon qildik.

Foydasi shuki, bu ichakda oziq uzoq turadi va natijada tortib suruvchi tomirlarning og‘izlari bilan uzluksiz uchrashib turadi.

SHu ichak «ingichka» deb ataladigan yuqori ichaklarning keyingisidir.

Bularda hazm yo‘g‘on ichak deb ataladigan ko‘p ichaklardan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi, chunki quyi ichaklarning asosiy ishi axlatni chiqarishga tayyorlashdir.

Biroq bu tomirlar jigardan keluvchi va ozuqali moddalarni tortib so‘ruvchi tomirlardan xoli bo‘lmaganidek, hazm ishidan ham xoli emas.

Ingichka ichaklarning quyqasiga «bir ko‘zli» deb ataladigan kurichakka tutashadi, buning birgina og‘zi bo‘lganidan shunday ataladi, yuqoridan o‘ziga keladigan narsani shu og‘izdan qabul qiladi va o‘zidan haydaydigan narsani ham shunday haydaydi.

Bu ichak biroz orqaga yaqin va o‘ngtomonga moyil vaziyatda turddi.

Ko‘richak bir muncha foydalar uchun yaratilgan; foydalarning biri shu; bu ichak axlatning qamalib turadigan joyi bo‘lib, kishining har soat turib tashqariga chiqishiga ehtiyoji qolmaydi va axlat oz-ozdan doimo quyi ichaklarga kelib turmaydi, balki bu ichak hamma axlat

to‘planadigan joy bo‘ladi, so‘ngra u tugal axlatga aylangach, osonlik bilan haydalib chiqadi.

YAna bir foydasi shuki, bu ichak ovqatning axlatga aylanadigan dastlabki joy bo‘lib, u mosoriqo tomonidan yangidan so‘rilishga tayyorlanadi, lekin ovqat qo‘zg‘alib, joyjoydan ko‘chib va sochilib turganida so‘rilish bo‘lmaydi;

aksincha ovqat jigarga chiqsa, lekin unga yaqin joyda turganida me’da hazm qilganidan keyin bo‘ladigan ikkinchi hazmning ta’siri qo‘shimcha sababli unga etib tursa, shuningdek, ovqat moddasi bir joyda to‘planib, uzoq vaqt qamalib tinch turganidagina so‘rilish tugal bo‘ladi.

Bu ichakning yo‘g‘on ichakka munosabati me’daning ingichka ichaklarga bo‘lgan munosabati kabidir.

SHuning uchun ovqat jigarga yaqin turishi kerak, shunda u jigar tomonidan tugal hazm bo‘ladi.

Hazm bo‘lmay qolib, jigarning so‘rishiga yaqin bo‘lmagani o‘zi aylanishi mumkin bo‘ladigan narsalarning zararsizrog‘iga aylanadi.

SHu qism o‘z moddasining ko‘pligi va oson bo‘ysunadigan qismining oldinroq ta’sirlanib, hazm bo‘lganligi sababdan me’dadan ta’sirlanmagan va tugal hazm qilmagan bo‘ladi.

CHunki ovqatning oson bo‘ysunadigan qismi bo‘ysunmaydigan qismini bekitib qoplab turadi.

Ko‘richakda esa bo‘ysunmovchi ovqat moddasi ochilmagan va ta’sir qiluvchi biror quvvat duch kelsa, uni boshqa narsalardan ajralgan va ta’sirlanishga qobiliyatli holda uchratadi. 

Bo‘ysunmaydigan qism ikkala holatda ham mavjud bo‘ladi, biroqboshqa bir o‘rab turuvchi narsa bilan birga bo‘ladi, ko‘richakda esa uning o‘zi o‘rab turuvchi narsa bo‘ladi.

O‘rab turuvchi narsa bilan aralashgan narsa, ayniqsa me’dada ekaniga qadar ta’sirlanib va yolg‘iz o‘zi ta’sir ko‘rsatuvchi quvvatga duch kelib, tugal ta’sirlanishi va hazm bo‘lishiga tayyorlangan narsa ko‘richakda tez ta’sirlanishi kerak.

Demak, ko‘richak me’daga bo‘ysunmaydigan, shuningdek, bo‘ysunib hazm qiladigan ichakdir.

Bu chiqindini o‘rab turuvchi va u bilan shimiluvchi rutubatli kaylus o‘rtasida to‘siq bo‘luvchi narsaning miqdori ozgina bo‘ladi, u shu darajaga etgan bo‘ladiki, agar ko‘richakda tugal hazm bo‘larli muddat tursa, ozgina quvvat ham uni ishlay oladi.

Keyin u narsa ko‘richakdan yo‘g‘on ichakka o‘tadi va uni orqa teshik tomirlari so‘radi.

Bir guruh tabiblar bu ichak kaylusining to‘xtab turishi va jigar ovqatning qoldig‘ini tugal tozalab olishi uchun bir ko‘zli qilib yaratilgan,

deydilar; ular mosoriqo faqat bir ko‘zli ichakkacha keladi deb, gumon qiladilar.

Bu ichakka birgina og‘iz kifoya qiladi, chunki u me’da singari badanning uzunasiga qo‘yilgan emas.

Bu ichakning bir ko‘zli qilib yaratilishidagi foydalaridan yana biri shuki, u chiqindilarning yig‘iladigan joyidir, agar u chiqindilarning hammasi boshqa ichaklarga borganida qulanj paydo bo‘lish xavfi yuz berar edi.

CHiqindilar ko‘richakda yig‘ilganda, yo‘llardan sidirilib kelib to‘planadi va ular tabiatan birdaniga haydalib chiqadi, chunki to‘ladigan narsaning haydalib chiqishi sochilganlikdan osonroq bo‘ladi.

Ko‘richakning foydalaridan yana biri shuki, u zaruriy suratda ichaklarda tug‘iladigan qurt va gijjalar uchun turadigan joydir; inson badani u narsalardan kamdan-kam xoli bo‘ladi.

Agar ularning soni oz va hajmi kichik bo‘lsa, ularning tug‘ilishlarida ham bir muncha foydasi bor.

Bu ichak son boshida bo‘ladigan dabbalikda boshqa ichaklarga qaraganda tezroq solinib tushadi, chunki u bo‘sh ko‘yilgan, biror iarsa bilan biriktirilmagan va unga keladigan mosoriqoga pishiq qilib bog‘lanmagan. Hatto ba’zilar, unga hsch qanday mosoriqo tomiri kelib tutashmaydi deydi.

Ko‘richakning tagiga qulun deb ataladigan ichak kelib tutashadi. Bu ichak yo‘g‘on va pishiqbir ichak bo‘lib, bir ko‘zli ichakdan uzoqlashuvi bilanoq jigarga yaqinlashish uchun o‘ng tomoniga anchagina buriladi, so‘ngra chapga burilib, pastga tushadi.

SHuning uchun taloq shishida uni bosilmasa, shish el chiqishiga to‘sqinlik qiladi.

Bu ichakning foydasi shuki, u axlatni yig‘ib qamab turadi va unda ozuqaning qoldig‘i bo‘lsa, uni so‘rib olgandan keyin sekin-asta haydab chiqaradi.

Qulanj kasalligi, ko‘pincha, shu ichakda paydo bo‘ladi.

Ichaklarning oxirgisi bo‘lgan to‘g‘ri ichak qulunning

quyisiga tutashadi, so‘ngra undan to‘g‘ri tushib, dumg‘aza quyi umurtqasiga suyangan holda, orqa teshik burmachasiga kelib tutashadi.

SHunda u shu qadar kengayadiki, hatto u, ayniqsa, uning quyi qismi, me’daga o‘xshab ketadi. Bu ichakning foydasi axlatni sirtiga chiqarib tashlashidir.

Bu ichak uchun to‘rtta mushak dan yaralgan. Axlatning haydalib chiqishi juda oson bo‘lishi uchun ichak to‘g‘ri qilib yaratilgan.

Axlatni haydashda unga yordam beruvchi mushaklar ichakning o‘zida emas, balki qorin devorida bo‘lib, ular sakkiztadir.

Oziq yo‘li bo‘lgan shu a’zolarning birortasi ham mushak bilan harakat qilmaydi, bundan ikki chekka, ya’ni yuqoridan qizilgo‘ngach va halqum, pastidan orqa teshik mustasnodir. Ichaklarning hammasi venalar, arteriyalar va jigar asablaridan ko‘ra ko‘proq asablarga keladi, chunki ichaklarning ko‘proq sezishga ehtiyoji bor.

ICHAK OG‘RIG‘I

Ichak og‘rig‘iga qamalib qolgan el, o‘tkir yoki sho‘r achituvchi, haydalib chiqmaydigan quyuq yopishqoq chiqindilar, yara, shish, ilonsimon yoki qovoq urug‘isimon gijjalar sabab bo‘ladi. Har bir kuchli ichak og‘rig‘i qulanjga o‘xshash bo‘lib, ichakdan o‘t xilti o‘tishi sababli yuz berayotgan ichak og‘rig‘i bundan mustasnodir.

Ich ketmasdan ichak og‘rig‘i kuchaysa, qulanj ilovusga aylanadi.

Belgilar: Eldan bo‘ladigan ichak og‘rig‘ida qorin quldirashi va qorin tortilishi bo‘lib, og‘irlik bo‘lmaydi va el chiqishi bilan og‘riq to‘xtaydi.

O‘t xiltidan bo‘ladigan ichak og‘rig‘iga qorinnyng ozgina og‘irligi, achishib qo‘yishi, tashnalik va o‘t xiltining axlatga qo‘shilib chiqishidan dalolat qiladi.

Buraqli xiltdan bo‘ladigan ichak og‘rig‘iga achishish, ortiqcha og‘irlik va axlatga shilliq qo‘shilib chiqishi belgi bo‘ladi.

Quyuq yopishqoq xiltdan bo‘ladigan ichak og‘rig‘iga og‘irlik og‘riqning doimo bir joyda bo‘lishi va shu xiltlardan axlatga qo‘shilib chiqishidan dalolat qiladi.

YAralardan bo‘ladigan ichak shilinishining ma’lum belgilari dalil bo‘ladi. SHishda  bo‘ladiganiga esa, ichaklarda yallig‘lanish yoki yara dalil bo‘ladi.

  1. Ichak shamollasa, qorinda el bo‘lsa, 1500 gramm aloeni mayda qiymalab to‘g‘rab, ezib dokadan suzib ustiga 2 litr suv qo‘shib, past olovda 50 minut qaynatib, suviga baravar toza asal qo‘shib, 20 minut ikkinchi marta qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, aniq yaxshi foyda qiladi.
  2. Ichaklar yallig‘lansa, yara bo‘lsa, 15 kun 3 mahal och holda I choy qoshiqdan muskat yong‘og‘i talqoni kapalansa tuzaladi.
  3. Ich qotib qolsa, 700 gramm gulsapsar ildizini tuyib, 6 litr suvda past olovda 1 soat qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, kasallik daf bo‘ladi.
  4. Eldan bo‘ladigan ichak og‘rig‘iga, el va shilliqdan bo‘ladigan ichak og‘rig‘iga xotinak — yovvoyi supurgi talqonini 15 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan issiqsuv bilan ichilsa, foyda qiladi.
  5. Ovqatlari: eziltirib pishirib, ichiga ko‘pgina ukrop, xushbo‘yliklar va dorivorlar qo‘shilgan keksa xo‘roz go‘shtining sho‘rvasi beriladi va shu sho‘rva bilan cheklanib turiladi. Xamirni sho‘rroq qilib yaxshi pishirilgan non beriladi, shu xil ichak og‘rig‘iga kepakli non va eski quyuq sirkadan 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqsan ichilsa, yaxshi foyda bo‘ladi. Ovqatdan oldin engil badantarbiya qilish kerak.
  6. YOpishqoq shilliqdan bo‘ladigan ichak og‘rig‘ini davolashda ko‘proq indov talqoni mayizning yanchilganini teng olib, ko‘p aralashtirib, och holda 10 kun 3 mahal I choy qoshiqdan eb, orqasidan issiq suv ichilsa, kasallik tuzaladi.
  7. Sovuqdan bo‘lgan ichak og‘rig‘iga 8 kun 3 mahal indov, arpabodiyon, qamish ildizi va yovvoyi xotinak supurgi baravar olinib, hammasini birgalikda qo‘shib, 900 grammini 9 litr suvda 40 minut qaynatib, 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

Kasalning ovqati esa yasmiq, tatim, ismaloq, zirk va shunga o‘xshashlar bilan tayyorlangan suyuq oshlardan iborat bo‘ladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика