Hashoratlar ning Zararlari Va Davolashning Ayrim Usullari Xakida

хашоратлар Hashoratlar XALQ TABOBATI

Hashoratlar ning zararlari va davolashning ayrim usullari xakida

Hashoratlarni xaydash haqida

Hashoratlar yaqinlashmasligi uchun dorilarni dahliz va derazalarga surtish kerak.
Tutatiladigan dorilarga kelsak, o‘tning tutuni, hasharotlarni haydaydi.

Gulsapsar ildizi ham shunday. Anor novdalari bu sohada ajoyibdir. Toq tuyoqli va juft tuyoqli hayvon tuyoqlari, mo‘y sochlari, yalpiz tugatilsa va yoyilsa, foyda qiladi.

Sedana va mumdan bir bo‘lakdan, echki yungi va tuyog‘idan har biridan yarim bo‘lakdan olib maydalanadi va yotadigan xonaga tutatiladi. SHunda hamma xasharotlar qochadi.

Pashsha va chivinlar Hashoratlar ni haydash

Sedana kechasi tugatilsa, pashsha va chivinlar o‘ladi. SHuningdek, oltingugurt, sassiq tikan, qoramol tezagi,
isiriqlar qo‘shib tutatiladi hamda o‘rin va derazalarga qo‘yiladi.

Sedana qaynatmasi yoki isiriq qaynatmasi, gazak o‘ti qaynatmasi uylarga sepilsa, pashsha va chivinlar
o‘ladi.

Sichqonni Hashoratlar ni xaydash va o‘ldirish

Kuydirilgan qo‘rg‘shin, bangidevona urug‘i, karam ildizi, temir chirki, za’faronlarni qog‘ozga o‘rab, kerakli joylarga tashlansa, sichqonlar o‘ladi.

Erkak sichqonlarning terisini shilib olib, uyga qo‘yilsa yoki uni bichib yoxud dumini qirqib qo‘yilsa sichqonlarni haydaydi. Terisi shilib olingan kuchliroq sichqon o‘ligini osib qo‘yilsa ham qolganlari qochadi.

Hashoratlar bilan tishlangan joyni davolash

Tishlashning eng yomoni och maxluq tomonidan tishlanishdir. Tishlanganni davolamoqchi bo‘lgan kishi tishlangan joyga zaytun yog‘iga botirilgan latta qo‘yishi yoki o‘sha joyni zaytun yog‘ining o‘zi bilan ishqalashi kerak.

Agar bu bilan maqsadga erishilmasa, toza asal, piyoz va boshqalarni og‘izda chaynalgan holda qo‘yib bog‘lansa, foyda qiladi.

Kuydirilgan qo‘rg‘oshin surtmasi ham shunday. YOvvoyi yasmiq uni bog‘lansa ham, juda yaxshi bo‘ladi.

Agar tabib tishlagan joyda buzilish borligini kuzatsa, avvalo, qon olish yoki qortiq qo‘yish yoki tortuvchi
dori yordamida u joyni tozalaydi va to yiringlaguncha qo‘yib qo‘yadi.

Agar yiring sababli chirish mavjud bo‘lsa, tishlashdan etgan zarar tufayli qo‘llanilgan tortish va tozalaщ etarli darajada kuchli bo‘lmaganini bildiradi.

Agar buzilish bo‘lmasa, tabib shishga qarshi tadbir ko‘radi va yarani bitiradi.

Hayvonlar chaqqaniga qarshi yaxshi malhamlardan biri qora malham bo‘lib, zararli narsani tortib chiqargandan
hamda suv va namakob bilan yuvgandan keyin ishlatiladi.

Agar inson tomonidan qattiq tishlangan bo‘lsa, o‘sha joyga bir kecha-kunduz piyoz, tuz va asal qo‘yiladi, so‘ngra
yog‘, asalari mumi, zaytun yog‘lari qo‘shilgan malham tayyorlab, qo‘yib bog‘lanadi.

SHuningdek, sirka, piyoz va asal bilan qorishtirilgan anor ham yaxshi foyda beradi.

Ba’zan tishlangan kishi ro‘za tutgan yoki chirishga qobiliyatli dorilar, ayniqsa, yasmiq egan bo‘lsa, yomon holat
yuz beradi.

Bunda tishlangan joy, zaytun yog‘i bilan artib tashlanadi va asal bilan arpabodiyon ildizi yoki sirka
bilan boqila uni qo‘yib bog‘lanadi va bu yangilab turiladi.

SHuningdek, sirka yoki zaytun yog‘i to oqargunicha kuydirib, asal bilan tuz va saqich bog‘lab qo‘yiladi. Jarohat
ustiga shivit urug‘i va karam guli sepilsa, foyda qiladi.

Urgimchak Hashoratlar  chaqishini davolash

Urgimchak chaqqan kishining qornida ko‘k el paydo bo‘ladi, eti uvishib, tuki hurpayib, qo‘l-oyoqlari soviydi, erlik olati qo‘zg‘aladi.

Bu kishilarga 3 mahal och qoringa 1 choy qoshiqdan kun bo‘yi oz-ozdan sirka bilan sedana, quruq gazak o‘t talqoni sirka bilan ko‘shib ichiriladi.

Korakurt chaqishini davolash

Bularni davolashda ham Zaxarni tortish, so‘rib olish, hasharot chaqqan joyga tuzli issiq suv qo‘yish va vannalar
og‘riqni tez to‘xtatuvchidir.

CHunki qoraqurt chaqqan kishilar vannaga tushsalar, og‘riqlari pasayadi, vannadan chiqsalar qaytadan og‘riq boshlanadi. Demak, ularni har 2 soatda hammomga tushirib turish kerak.

Ushbu sifatli dorilar ichiriladi: oq murch, gulsapsar ildizi, nazla o‘ti, qora zira, yovvoyi jinjak, anor po‘sti, dolchin, miya elimi, kovul shiralarining hammasini qorib, 3 mahal och qoringa bir misqol (4,25 gramm)dan ichiriladi.

Koraqurt chakkanga qarshi tajriba qilib sinalgan qora zira, chinor daraxtining bargi va po‘stlog‘i, qoqigul urug‘i,
qora no‘xat, bo‘yimodaron urug‘i, shivit urug‘i, yulg‘un urug‘i, gulhamishabahor suvlaridan qaysi biridan bo‘lsa ham, 3 mahal 2 dirhamdan och qoringa ichirish kerak.

YAna yontoq, dolchin, sirka, g‘oz sho‘rvasi, zarcho‘ba ildizining qaynatmasi bunday kasallarga ichiriladigan yaxshi murakkab dori sanaladi.

Arpa, zira, dolchin, petrushka urug‘larining har biridan ikki dirhamdan olib, asal bilan qorishtirib, 3 mahaldan och qoringa yarim choy qoshiq miqdorida eski sirka bilan ichilsa, kasal shifo topib ketadi.

Zaxarlanish Turlari Belgilari Va Davolash Xaqida Maslahatlar

Jinsiy Aloqa Haqida 100 ta Eng Qiziqarli Faktlar

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика