Gul karam

Gul karam Sabzavotlar

GUL KARAM

Gul karam parhez ovqatlanish va xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Uning noyob kimyoviy tarkibi tufayli ko‘plab dorivor vositalar tayyorlash mumkin.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Tarkibiga oqsil, uglevod, sellyuza, S, RR, N, Vr V2, V6 vitaminlari kiradi. Bu sabzavotda mineral moddalardan eng ko‘p kaliy, kalsiy, natriy, temir, magniy va fosfor bor. SHuningdek, gul karam olma kislotasi, limon kislotasi, foliy kislotasi, pantoten kislotasi va pektin moddalariga boy.

Fiziologik ta’sir

Gul karamni iste’mol qilish oshqozonichak traktiga, endokrin tizimiga va siydik chiqaruv yo‘llariga ijobiy ta’sir qiladi. Bu sabzavot oshqozon shilliq qavatini yallig‘lamaydi, ichaklar faoliyatiga yaxshi ta’sir qiladi, o‘t-tosh kasalliklarida o‘t qopiga og‘irlik qilmay hazm qiladi. Gul karamdan tayyorlangan niqoblar soch va teri holatini yaxshilaydi.

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: o‘t-tosh kasalliklari, disbakterioz, gastrit, gemorroy, buyrak kasalliklari, gipertoniya, venalar varikoz kengayishi, tromboflebit, seboreya, teri sho‘ralashi.

Qarish ko‘rsatma: podagra, artrit kuyishi.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Gastrit va disbakteriozni davolash

1-retsept

200 g suvda pishgan gul karamdan pyure qilinadi, 50 ml kalendula qaynatmasi qo‘shiladi. Aralashma 3 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin surunkali gastritda ichiladi. Davolanish kursi 28 kun. 14 kun dam olib, davolanish kursi qaytariladi.

2-retsept

100 ml gul karam sharbatiga 200 g shakar qo‘shilmagan yogurt qo‘shiladi. Disbakteriozda 100 g dan kuniga 3 mahal ovqatdan keyin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 7-10 kun.

3-retsept

Disbakteriozda har kuni 200 g dan bug‘da pishgan gul karam ezilib, ozroq qatiq yoki yogurt qo‘shilgan holda eyiladi. Davolanish kursi 7 kundan kam emas. Zaruriyat bo‘lsa, davolanishni 14 kungacha cho‘zish mumkin.

O‘t-tosh kasalliklarini davolash va pro- filaktikasi

1-retsept

1 kg gul karam mayda to‘g‘raladi, 2 l suvga solinadi, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi, 20 g qizilpoycha o‘ti qo‘shiladi, 20 daqiqa damlanadi va dokadan o‘tkazib siqib olinadi. Damlama 200 ml dan kuniga ikki mahal o‘t-tosh kasalliklarini davolash maqsadida qabul qilinadi. Davolanish kursi -28 kun.

2-retsept

100 ml gul karam sharbatiga 200 ml qumli bo‘znoch o‘ti damlamasi (10 g o‘t 250 ml qaynoq suvda damlanadi). Damlama 2 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi -14 kun. Yilda 2-3 marta profilaktika o‘tkaziladi.

Venalar varikoz kengayishi va trombo- flebitni davolash

1 -retsept

500 g gul karam 1,5 l suvda 20 daqiqa past olovda qaynatiladi, suzib olinadi. Gul karam ezilib elakdan o‘tkaziladi, 2 osh qoshiq asal qo‘shiladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal venalar varikoz kengayishida qabul qilinadi. Davolanish kursi – 14 kun. Qaynatmaga doka botirib olinib, chiqib qolgan venalarga 20 daqiqa qo‘yiladi. Bu muolaja buto‘n kurs davomida kechasiga, yotishdan oldin qilinadi.

2-retsept

YAngi uzilgan gul karam go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi, unga ozroq qaynagan suv qo‘shiladi. Aralashma dokaga surtilib, tromboflebitda oyoqning og‘rigan joylariga bosib qo‘yiladi. Muolaja kuniga ikki mahal 7 kun davomida qilinadi.

Seborey va teri quruqligini davolash

1-retsept

200 g yangi gul karam mayda to‘g‘ralib, 4 ta sarimsoq piyoz tishchasi ezilib qo‘shiladi, 100 ml rafinadlanmagan pista yog‘i solinadi. Aralashma seboreyni davolashda boshga surtiladi, ustidan paxtalik matodan qalpoq kiyiladi, polietilen bilan o‘raladi. Niqob 20 daqiqa turgach, bosh shampun va iliq suvda yax- shilab yuvib tashlanadi. Muolaja haftasiga 1-2 marta o‘tkaziladi. Davolanish kursi – 4 hafta.

 

2-retsept

100 g suvda pishgan gul karam ezilib, bo‘tqa holiga keltiriladi, 1 osh qoshiq zaytun yog‘i va 1 osh qoshiq bodring suvi qo‘shiladi. Qorishma sho‘ralangan teriga 10-15 daqiqaga surtiladi, keyin iliq suvda sovun bilan yuvib tashlanadi. Muolaja 1 kunda bir marta 14 kun davomida o‘tkaziladi.

 

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика