- Erqalampir (xren) haqida
- Kimyoviy tarkibi va fiziologik ta’siri
- Kimyoviy tarkibi
- Fiziologik ta’siri
- Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar
- Davolash va profilaktika
- Isitma tushiruvchi preparatlar
- Radikulit, artroz va revmatizmni davolash
- Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash
- Avitaminoz profilaktikasi va immunitetni ko‘tarish
Erqalampir (xren) haqida
Erqalampir (xren)—eng foydali sabzavot ekinlaridan biridir. Xalq tabobatida 50 dan ziyod kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Pazandachilikda achchiq sous va ziravorlarni tayyorlash hamda konservalash uchun qo‘llaniladi.
Kimyoviy tarkibi va fiziologik ta’siri
Kimyoviy tarkibi
Erqalampir tarkibida efir moylari, fitonsidlar, qand, kletchatka, lizotsim, aminokislotalar, kaliy, kalsiy, natriy, temir, marganets va mis mavjuddir. Erqalampir ildizi tarkibidagi S vitamini miqdori jihatidan limondan ustunlik qiladi. SHuningdek, erqalampir tarkibida foliy kislotasi, E va V guruh vitaminlari ham bor.
Fiziologik ta’siri
Erqalampir tarkibida foydali moddalar juda serobdir, lekin bu ildizmevani taomga juda oz miqdorda, oshqozon ichak bezlaridan shirani ajralishini kuchaytirish va ishtahani ochish uchun ishlatiladi. Io‘talga qarshi, isitmani tushiruvchi xususiyatlarga egadir.
Qo‘llanishi va qarshi ko‘rsatmalar
Kullanishi: infeksiyali kasalliklar, saraton, podagra, revmatizm, artroz, radikulit, miozit, tumov, bronxit, pnevmoniya, laringit, angina, faringit, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, immunitetning tushib ketishi.
Kjapuiu ko‘rsatmalar: gipertoniya, gastrit, kolit, xoletsistit, gepatit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, gemorroy.
Davolash va profilaktika
Isitma tushiruvchi preparatlar
1-retsept
- osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan erqalampirga 1choy qoshiqda turp sharbati va 1 osh qoshiqda asal qo‘shiladi. Isitmani tushiruvchi vosita sifatida kuniga 3-4 marta 1 choy qoshiqdan ichiladi.
2-retsept
- osh qoshiq erqalampir sharbatiga 2 osh qoshiq ezib maydalangan malina aralashtiriladi. Isitmani tushiruvchi vosita sifatida kuniga 3-4 marta 1 choy qoshiqdan ichiladi
Bronxit va pnevmoniyani davolash
1-retsept
- osh qoshiq erqalampir sharbati 1 osh qoshiq qizdirilgan asal va 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i bilan aralashtiriladi, so‘ngra bir necha tomchi kedr yoki evkalipt yog‘i qo‘shiladi. Aralashma bronxit va pnevmoniyada ko‘krak qafasi va orqaga surtiladi.
2-retsept
2 osh qoshiq erqalampir sharbatiga 100 ml sabzi sharbati, Vi limon sharbati, ozgina asal yoki malina siropi qo‘shiladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 4-5 mahal
qabul qilinadi. Davolash kursi—7-14 kun.
Radikulit, artroz va revmatizmni davolash
1-retsept
2 osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan erqalampir ustidan 300 ml aroq quyib, 5 kun davomida ushlanadi va doka bilan suzib olinadi. Radikulitda ushbu damlama bilan bel ishqalab surtiladi. Muolaja bir kunda 1-2 marta qilinadi.
2-retsept
Erqalampir sharbati suv bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi, tirnoqgul (kalendula) damlamasidan va yasmin efir moyidan bir necha tomchi qo‘shiladi. Artroz va revmatizmda zararlangan bo‘g‘imlarga kuniga 2-3 marta surtish kerak.
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash
1-retsept
10-15 ta erqalampir barglari ustiga 1 l qaynoq suv quyiladi, 2 soat ushlanadi, doka bilan suzib olinadi va unga 10 ml asalari elimi (propolis) qo‘shiladi. Stomatitda og‘iz bo‘shlig‘i kuniga 3-4 marta chayiladi. Davolash kursi—4-5 kun.
2-retsept
Erqalampir sharbati suv bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi. Milklar shamollashida kuniga 3 mahal og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi. Tish og‘rig‘ida bir bo‘lak erqalampir tishga 20-30 daqiqaga qo‘yiladi.
Avitaminoz profilaktikasi va immunitetni ko‘tarish
1 -retsept
Erqalampir, limon va qoraqat (smorodina chernaya) sharbatlari 2:1:1 nisbatda aralashtiriladi. Ozgina asal qo‘shib, kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan ichish lozim. Avitaminozni profilaktikasi kursi—14 kun.
2-retsept
1 osh qoshiq erqalampirga 100 g qirg‘ichdan chiqarilgan qora turp va 100 gr ezib olingan pomidor qo‘shiladi. Immunitetni ko‘tarish uchun 2 osh qoshiqdan kuniga 2 mahaldan ichish lozim. Profilaktika kursi—1 oy.