Davolash Uy Sharoitida Turli Kasalliklar Va Ularning Davosi

XALQ TABOBATI
Mundarija
  1. Davolash Uy Sharoitida Turli Kasalliklar Va Ularning Davosi Xalq tabobati
  2. Davolash Uy Sharoitida (Yotalni davolash)
  3. Davolash Uy Sharoitida (Falajni davolash)
  4. Davolash Uy Sharoitida (Opkani davolash)
  5. Parxezlari:
  6. Davolash Uy Sharoitida (Qattiq shish va saratonni davolash)
  7. Davosi:
  8. Parxezi:
  9. Davolash Uy Sharoitida (Qattiq va qalin shishni davolash)
  10. Davolash Uy Sharoitida (Taloqni davolash)
  11. Davosi:
  12. Davolash Uy Sharoitida (Kekirishni davolash)
  13. Davolash Uy Sharoitida (Shilliqdan va sovuqdan bo‘lgan shishlarni davolash)
  14. Belgilari
  15. Davolash Uy Sharoitida (Ichak kasalligini davolash)
  16. Belgilari:
  17. Davosi:
  18. Davolash Uy Sharoitida (Qorin quldirashini davolash)
  19. Davosi:
  20. Davolash Uy Sharoitida (UYQUSIZLIKNI DAVOLASH)
  21. Belgilari:
  22. Davosi:
  23. Davolash Uy Sharoitida (Tirishish kasalligini davolash)
  24. Davosi:
  25. Davolash Uy Sharoitida (Yuz Falajini Davolash)
  26. Belgilari:
  27. Davolash:
  28. Davolash Uy Sharoitida (Biror azoning uchishini davolash)
  29. Davolash Uy Sharoitida (Hid bilishga etadigan zararlarni davolash)
  30. Davolash Uy Sharoitida (Quloq kasalligini davolash)
  31. Davolash Uy Sharoitida (Anginani davolash)
  32. Davolash Uy Sharoitida (Behushlikni davolash)
  33. Davolash Uy Sharoitida (ToSatdan Quvvatning Tushishini Davolash)
  34. Belgilari:
  35. Davolash:
  36. Davolash Uy Sharoitida (Ochiqishni davolash)
  37. Davolash:
  38. Davolash Uy Sharoitida (Tomir kengayishini Davolash)
  39. Belgilari:
  40. Davolash Uy Sharoitida (Bel ogrigini davolash)
  41. Belgilari:
  42. Davolash:
  43. Davolash Uy Sharoitida (Teri kasalliklarini davolash)
  44. Davolash Uy Sharoitida (Sogalni davolash)
  45. Davolash Uy Sharoitida (Isitmani tushirish usullari)
  46. Davolash Uy Sharoitida (Sepkilni Yoqotish)
  47. Davolash Uy Sharoitida (Qon kasalligini davolash)
  48. Parhezlari:
  49. Davolash Uy Sharoitida (Bavosilni davolash)
  50. Bavosilni davolash ( Asabni davolash)
  51. Bavosilni davolash ( Kuyganni davolash)
  52. Bavosilni davolash ( Qol-oyoq terlashini davolash)
  53. Bavosilni davolash (S OVUQ URGANNI DAVOLASH)
  54. Bavosilni davolash ( Soch parvarishi haqida)

Davolash Uy Sharoitida Turli Kasalliklar Va Ularning Davosi Xalq tabobati

Davolash Uy Sharoitida (Yotalni davolash)

Davolash Uy Sharoitida (Yotalni davolash)

Davolash Uy Sharoitida: Yotal kishining shamollashi, allergiyaga moyilligi, shuningdek, shilliq pardalarga uyoki buko‘rinishdagi ta’sirchan moddalar tushishidan paydo bo‘ladi.

  1. 1. Behining ichini keng qilib o‘yib, sariyog‘ yoki dumba ko‘yilib, cho‘g‘da pishirib 7 kun 3 mahal 20 grammdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  2. 2. SHivit (ukrop) urug‘laridan yarim siqim choynakka tashlab, 10 minut damlab 3 mahal och holda ichilsa, balg‘amni engilgina ko‘chirishga yordam beradi. Iztirobli yotalni qoldiradi.
  3. 3. YOg‘i olinmagan sutni 2 litriga 500 gramm sariyog‘ ko‘shib, 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 100 grammdan ichilsa ham, yotaldan holi bo‘lishiga yordam beradi.
  4. 4. 10 kun 3 mahal och holda indov talqonini 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa ham, yotal tuzaladi.
  5. 5. SHuningdek, anjirning 500 gramm suviga, asaldan qilingan gulqand, mayiz, chuchukmiya ildiz talqonlaridan teng baravar olib, 1 kilosiga 500 gramm achchiq bodom yog‘ini aralashtirib, 12 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan eyish kerak.
  6. 6. 1 kilogramm anjir mevasiga 4 litr sut qo‘shib, 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichish lozim.
  7. 7. 1 kilogramm aloega 2 litr suv qo‘shib, 1 soatdan ortikroq qaynatib, qolgan suviga teng baravar asal qo‘shib, 10 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yotal tuzaladi. (14 kun).
  8. 8. 3 dona yangi tuxum, shu tuxumga 2 baravar asal, yarim baravar sariyog‘ olinadi, qirq dona murch olib yanchiladi, shu aralashmani 12 kun och holda 3 mahal, 1 osh qoshiqdan iste’mol qilish kerak.
  9. 9. 150 gramm yalpiz, 150 gramm sanabar doni va gazandao‘t urug‘laridan 100 gramm zig‘ir va murchning har biridan: uzun va oq murchlardan 100 gramm olinadi. Hammasini qo‘shib 500 gramm asal bilan qorib, 12 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan ichilsa, yotal tuzaladi.
  10. 10. Xantalning 500 grammini 300. gramm achchiq bodom yog‘iga aralashtirib, och holda 9-11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tuzaladi.
  11. 11. Bangidevona urug‘idan olti qirot, sanavbar urug‘idan uch qirot, za’farondan 4 gramm (3,975) olib, 400 gramm uzum shinnisi bilan qorib, 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tuzaladi.
  12. 12. Qo‘y dumbasining 500 grammini, 3 litr sigir sutida past olovda 25 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, yaxshigina foyda qiladi.
  13. 13 Kishini qiynaydigan, iztirobli yotalga barham beradigan tabiiy, bir vaqtning o‘zida mutloq bezarar bo‘lgan bargizub (zubturum)ni 15 kun 3 mahal choynakka yarim siqim tashlab, 20 minut damlab issiq-issiq hammasini birdan ichilsa, beshubha foyda qiladi.
  14. 14. Karamning 2 kilosini, 500 gramm toza asal bilan 25 minut past olovda qaynatib, 13 kun 3 mahal och holda 100 grammdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Nafas yo‘li xastaliklarida ijobiy natija beradi.
  15. 15. O‘tloq yo‘ng‘ichqasi (qizil boshchalar)ning gullaridan 1 osh qoshiq olib, 200 gramm qaynoq suvga solinadi, o‘rab 1 soat davomida 4 mahal, ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin 2 osh koshiqdan 12 kun ichilsa, foyda qiladi, Mazkur muolaja shamollaganda, ko‘k yotalda, bronxial. astmada yaxshi foyda beradi.

Davolash Uy Sharoitida (Falajni davolash)

Falajni davolash 11

  1. YOng‘oq mag‘zining 500 grammiga, 450 gramm qora zira talqoni va 500 gramm toza asal, qatiq aralashtirib, falaj kasaliga yo‘liqqan kishilarni bosh-oyoqlariga surtib ‘2 marta hammomda 1 soatdan o‘tirilsa, xastaga ajoyib natija beradi.
  2. 2. Falaj bo‘lgan kishi 8 kun suv va mevalardan eb, ro‘za tutishi lozim.
  3. 3. 8 kun ro‘zadan keyin to tuzalguncha non, xamirli va shakarli ovqatlarni emasligi kerak.

Davolash Uy Sharoitida (Opkani davolash)

Opkani davolash 11

1. Sigirquyruq o‘tini 500 grammini 5 litr suvda I sutka davomida ivitib, ertasi 30 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.

2. Bo‘ymodaronning 300 grammini 3 litr suvda 25 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

3. Aloening 500 gramm suviga 500 gramm toza asal qo‘shib, past olovda 40 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemor tuzaladi. (30 kun)

4. Maydalangan qora andizning 2 kilosini 7 litr suvda 1 sutka ivitib, 45 minut past olovda qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

5. Kavrak elimini bug‘doy miqdordagisini och holda 3 mahal 2 osh qoshiq sutga aralashtirib ichilsa, 30 kunda tuzaladi.

 

Parxezlari:

Kasal tuzalguncha qovun, achchiq, nordon, sho‘r va sovuq narsalarni emay turishi lozim.

OITS va OIV Haqida. Buni hamma bilishi SHart!

Davolash Uy Sharoitida (Qattiq shish va saratonni davolash)

Qattiq shish va saratonni davolash 11

Ko‘pincha oldin paydo bo‘lgan boshqa xil shishdan kelib chiqadi, ba’zan boshlanishidanoqqattiq bo‘ladi. Goho zarbdan paydo bo‘lib, tezda qattiqlashadi. SHishni ushlab ko‘rib bilinadi.

Bunda qorin devori ozib bo‘shashadi va qattiq og‘riq bo‘lmay, shish yarim oy shaklida ko‘rinib turadi. Goho bemor ovqat eganda qiynaladi. Och bo‘lsa, og‘riq engil tortadi. Bu shish istisqo tomon yo‘ldir.

Goho bu shishta isitma bo‘lmay, og‘riqning juda kuchli bo‘lishi, badanning ozishi, kuvvatning kamayishi, rangning xiralashishi va peshobning ozayishi dalolat qiladi. Ba’zan issiq shish belgilari paydo bo‘lib, qiyin nafas olish ko‘paysa, bu hol issiq shishning qattiqlashganligidan dalolat beradi.

Nafas olishning qiyinlashishi va isitmasiz og‘irlik qattiq shishda ham, tiqilmalarda ham bo‘ladi. Ular yuqorida aytib o‘tilgan boshqa belgilar bilan ajratiladi. Qattiq shish bilan istisqo (serroz) paydo bo‘ladi.

CHunki suv qismining kaylusdan ajratilishi qiyinlashadi. Faqatgina uning eng suyug‘i sizilib o‘tadi. SHunda suv qismi qon bilan birga a’zolarga kirib, «go‘sht istisqo»ni keltirib chiqaradi va badan salqiydi.

Rutubatning quyuq qismi bayon etilganidek, qorin bo‘shligiga borib yig‘iladi va meshsimon istisqo paydo bo‘ladi. CHunki jigar tomonga bo‘lgan yo‘llar to‘siladi va kuvvatlar tugaydi. Buni davolab bo‘lmaydi, faqatgina kasallikning boshlanishida davolash mumkin:

Qattiq shish saraton shishi bo‘lib jigarda og‘riq kuchaysa, rang, ishtaha va boshqa narsalarga etadigan zarar kuchliroq bo‘ladi. Ba’zan bunda hiqichoq va isitmasiz ko‘ngil aynish paydo bo‘ladi. Agar og‘riq sezilmasa, saraton a’zoni o‘ldirayotgan bo‘ladi.

Bilginki, jigarda tezlikda tiqilma paydo bo‘ladi va u qotadi, ayniqsa issiq shishda quyultiruvchi va burishtiruvchi dorilar haddan tashqari ko‘p ishlatilganda shunday bo‘ladi. Saraton kasalliklarini tahlil qilib, o‘tib ketmagan hali vaqti bor deyilsa, davolash mumkin.

Davosi:

  1. 1. To‘tiyo bargini 500 grammiga 5 litr yomg‘ir yoki buloq suvida bir sutka ivitib, ertasi 10 minut qaynatib, 30 kun 2 mahal badanga surtib masaj qilinsa, foyda beradi. (takrortakror).
  2. 2. Tak-tak donini 1 kilosini 5 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi past olovda 40 minut qaynatib, 30 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
  3. 3. Devpechakni 700 grammini 7 litr yomg‘ir yoki buloq suvida bir sutka ivitib, 30 minut past olovda qaynatib, 2 oy 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
  4. 4. Bargizubni 400 grammini, 5 litr buloq yoki yomg‘ir suvida bir sutka ivitib, ertasi 20 minut past olovda qaynatib, 2 oy 3 mahal 2 qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

Parxezi:

100 foiz tuzalguncha, arpa unidan non, o‘simtik yogidan qilingan harxilovqatlar, toshloqbaliqlariningqaynatmasi, tuxum sarig‘ini ilitmasdan eyish tavsiya etiladi.

 

Davolash Uy Sharoitida (Qattiq va qalin shishni davolash)

Qattiq va qalin shishni davolash 11
Tincture bottles, mortar of dried marigold flowers and healing herbs on wooden board. Herbal medicine.

Qattiq shishlar asosan issiq shishdan paydo bo‘ladi. Qattiq shishni ushlab ko‘rib bilish mumkin.

  1. 1. 20 kun 3 mahal 50 grammdan tuya suti ichilsa, qattiq shishlarga foyda qiladi.
  2. 2. So‘ng 15 kun 1 mahal zaytun yog‘ini surtib, massaj qilib, salafan va doka bilan o‘rab, 1 sutka bog‘lab yurilsa, shishlar qaytadi.
  3. 3. SHu qattiq shishlarga bug‘u iligi 50 gramm, tuya iligi 70 gramm va qoramol iligi 40 grammdan olib, hammasini ko‘shib, 15 kun 1 mahaldan surtib bog‘lab yurilsa, yaxshi foyda qiladi.
  4. 4. Tut shinnisini 17 kun 2 mahal shishlarga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi. Bu xil bemorlarning ovqatlari zarcho‘ba, qo‘ypechak, shirin bodom yog‘i kabilardan iborat bo‘ladi. Ayniqsa issiq shish qattiq shishga o‘tganda shunday ovqatlar iste’mol qilinadi.

Davolash Uy Sharoitida (Taloqni davolash)

Taloqni davolash 11

Taloq mizojining issiq ekani tashnalik, chap tomonning alangalashi, kusish, taloqning savdoni tortishda kuchsizligidan bilinadi. Taloq mizojining sovuq ekaniga taloqdagi tortuvchi kuvvatning kuchsizligi, ishtahaning kamligi, ko‘z rangining xiraligi, qorin kuldirashi va kekirishning ko‘payishi dalolat qiladi.

Mizojning quruq ekanligiga taloqning qattiqligi, badanning bo‘shligi, rangning qo‘rg‘oshinga o‘xshashligi belgi bo‘ladi. Buni davolash jigarni davolash tadbiriga yaqin turadi, biroq dorilar kuchliroq va singuvchanroq bo‘lishi zarur.

Dorilarni badanga singdirish uchun ularni o‘tkazuvchi va ular o‘z ta’sirini ko‘rsatguncha quvvatlarni saqlovchi tadbir qollaniladi. Taloqqa qollaniladigan davo usuli bilan jigarga ko‘llangani o‘rtasida ayirma kuchli-kuchsizlik, ko‘pollik va mayinlikdadir.

Jigarni sekin-asta davolash bunga ishlatiladigan dorilarni haddan tashqari kuchaytirmaslik va unga zaruratdan boshqa vaqtda o‘tkir sirka kabi dorilarni bermaslik kerak. Taloq esa buning aksichadir. Taloq dorilariga ularning kuvvatini saqlaydigan va ularni taloqqa o‘tkazadigan oziqa bilan yordam berish zarur.

Davosi:

1. Kovul ildizi po‘stlog‘ini 1 kilogrammiga 5 litr yomg‘ir yoki buloq suvida bir sutka ivitib, ertasi 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, taloq shishi va og‘irligi tuzaladi.

2. Kavrak elimining mosh kattaligidagisini 2 osh qoshiq sutda 3 soat ivitib, 20 kun 3 mahal ichilsa, taloq og‘rigi va shishi daf bo‘ladi.

3. YOvvoyi murch daraxti novdasi va barglaridan teng baravar qo‘shib, 8 litr suvda bir sutka ivitib, ertasi 25 minut ustini yopib qaynatib, 12 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, bemor tuzaladi.

Davolash Uy Sharoitida (Kekirishni davolash)

Davolash Uy Sharoitida (Kekirishni davolash)

Me’dada el paydo bo‘lib, u me’da og‘zida to‘xtalib turib aziyat bersa, me’da yuzasiga chiqqan ortiqcha narsalarni kusib bo‘shatilganidek, ularni ham kekirib bo‘shatish kerak bo‘ladi. U hazmni buzadi va me’da ovqatni yuzaga chiqaradi.

Lekin me’dada elga aylanishga qobiliyatli rutubat va shilliqlarning ko‘p bo‘lsa, bu paytda kekirishni haddan tashqari ko‘zgatadi va bu hol kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

  1. 1.   5 kun 3 mahal 1 donadan behi iste’mol qilinsa, kekirish tuzaladi.
  2. 2.  7 kun 3 mahal och holda, quruq kashnich bargi talqonini 1 choy qoshikdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, tuzaladi.
  3. 3. Mevalarni qaynatib, kuyultirilgan shiralarini och holda 5 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi. (sovuq holda ichish kerak).

Davolash Uy Sharoitida (Shilliqdan va sovuqdan bo‘lgan shishlarni davolash)

Belgilari

Buxil shishlar hazmning yomonligidan, badantarbiyani oz qilishdan, rutubatli moddalarni tug‘dirib ularni ichaklar va pardalarda to‘xtalib turishdan tug‘iladi.

O‘rnashib olgan hamma holatda ham davom etadigan og‘riq va turtib chiqishdan iborat shish belgisi mavjud bo‘lsa, so‘lak ko‘payib rangi gungurt bo‘lsa, tashnalik bo‘lib, hazm yomon va ishtaha oz bo‘lsa, bu hol shilliqdan bo‘lgan shishga dalolat qiladi.

Me’dadagi xo‘l mizojning aytib o‘tilgan boshqa belgilarini ham e’tiborga olish kerak.

  1. 1. 500 gramm pilla g‘anagini maydalab, tozalab, uni 3 litr yomg‘ir yoki buloq suvida 1 sutka ivitib, 1 soatcha past olovda qaynatib, och holda 3 mahal 100 grammdan ichilsa, me’da shishiga foyda qiladi.
  2. 2. Aloega teng baravar toza asal ko‘shib, 1 soatdan ortiq qaynatib, 12 kun och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  3. 3. Petrushka va arpabodiyonni teng miqdorda qo‘shib, qaynatib, 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichib, orqasidan 1 choy qoshiq achchiq bodom yog‘i ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  4. 4. 12 kun 3 mahal qashqarbedaning yarim siqimini choynakka tashlab, 10 minut damlab, hammasini issiq-issiq ichib, orqasidan 1 choy qoshiq achchiq bodom yog‘i ichilsa ham foyda qiladi.
  5. 5. 3 gramm kavrak elimi, 10 gramm o‘rdak yog‘i va 10 gramm g‘oz yog‘ini aralashtirib, 8 kun 2 mahal qoringa surtib, massaj qilinsa, tuzaladi. 6. 10 kun 3 mahal 100 grammdan lavlagi va 100 grammdan xom karam iste’mol qilinsa, ham foyda qiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Ichak kasalligini davolash)

Davolash Uy Sharoitida (Ichak kasalligini davolash)

Ichak ogrig‘iga qamalib yotgan el yoki achituvchi o‘tkir sho‘r narsa yoki haydalib chiqmaydigan kuyuq yopishqoq chiqindilar yoki yara, shish va ilonsimon yoki qovoq urug‘simon gijjalar sabab bo‘ladi. Ichak ogrig‘i qattiqlashsa, qulanjga aylanadi.

Agar ichak ogrigi qusish, hiqichoq va alahsirashga etsa, bu hol bemor uchun xavfli.

Belgilari:

Eldan bo‘ladigan ichak ogrigidan qorin quldirashi va ko‘pchishi, qorin tortilishi bo‘lib, og‘irlik bo‘lmaydi va el chiqish bilan og‘riq to‘xtaydi. O‘t xiltidan bo‘ladigan ichak ogrigiga qorinning ozgina og‘irligi, achishib kuyishi, tashnalik va o‘t xiltini axlatga ko‘shilib chiqishi dalolat qiladi.

Bu xil ichak ogrigi, kulanjga o‘xshash, biroq u xavfliroq bo‘ladi. Buroqli xiltdan bo‘ladigan ichak ogrigiga achishish, ortiqcha og‘irlik va axlatga shilliq qo‘shilib chiqishi belgi bo‘ladi.

Kuyuq yopishqoq xiltdan bo‘ladigan ichak ogrigiga og‘irlik, og‘riqni doimo bir joyda bo‘lishi va shuxiltlarning axlatga qo‘shilib chiqishi dalolat qiladi. YAralardan bo‘ladigan ichak ogrigiga esa ichaklar yallig‘langan, qorinda dam borligi dalolat beradi. Gijjalardan bo‘ladigan ichak ogrigining belgilari gijjalar bobida bayon etilgan belgilardan iborat bo‘ladi. Ko‘payib ketgan moddadan bo‘lgan har bir ichak ogrigida kasalni kustirish, keyin ichini surdirish kerak.

Davosi:

1. Etmak talqonini yarim choy qoshiq kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, qayt qildiradi. (3 kun 1 mahal yarim choy qoshiqdan kapalash lozim).

2. Makkia sano talqonini 5 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni yaxshi suradi.

3. Zira, xotanak supurgi, ukrop bargi, gazandao‘t, sariq yo‘ng‘ichqa va petrushka urug‘laridan teng baravar olib, bir sutka ivitib, ertasi 30 minut qaynatib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.

4. Aloe suviga teng baravar asal qo‘shib, 12 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, ichak, ichakdagi har xil yaralar va ellar daf bo‘ladi.

5. Uzum sirkasini 12 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

6. Gulsapsar ildizining 300 grammini 4 litr yomg‘ir yoki buloq suvida ivitib, ertasi 1 soat ustini yopib qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, ichaklar o‘ralib qolsa, ichak og‘riqlarini tuzatadi.

7. 12 kun 3 mahal qari xo‘roz go‘shtining sho‘rvasi ichiladi.

8. 12 kun 3 mahal kepakli non eb, orqasidan uzum sirkasidan 1 choy qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

9. Ovqatdan oldin engil badantarbiya qilish kerak.

10. Unga indov talkoni, mayiz ko‘shib tayyorlangan kulchalar pishirib, 15 kun 3 mahal esa, foyda qiladi.

11. So‘ngra emadigan ko‘zichoq, tovuq va semiz jo‘ja go‘shti kabi yaxshi mazali va yog‘liq ovqatlar iste’mol qilinadi; ovqatning sifatini yaxshilash bilan birga kam miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

12. Tuzalguncha bemorning ovqati, yasmik, tatish, ismaloq, zirk mevasi va shunga o‘xshashlar bilan tayyorlangan suyuq ovqatlardan iborat bo‘ladi.

13. Bo‘tako‘z bargini 15 kun 3 mahal choynakka yarim siqim tashlab, 10 minut damlab, choy qilib ichilsa, qon ketish, ichak ogrigi va qorin eliga yaxshi foyda qiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Qorin quldirashini davolash)

Qorin quldirashini davolash 111

Qorin kuldirashi el ko‘payishidan bo‘ladi, el esa qorinda dam qiladigan ovqatlardan yoki hazm bo‘lmaslikdan vujudga keladi. Sabablar a’zolarda yoki ovqatning o‘zida bo‘ladi.

A’zolardan bo‘ladigan sabab, ko‘pincha sovuq sababli yoki sil kasalligining oxiridagi kabi kuvvat tushishi sababli hazm buzilishidan iborat. Bu xil qorin quldirashida ko‘pincha ich yumshab hojatga borilaveriladi.

Qorin kuldirashi goho yuqori, ingichka ichaklarda bo‘lib, uning tovushi qattiqroq eshitiladi, u yo‘g‘on ichaklarda bo‘lganida, tovush pastroq chiqadi. Agar elga rutubat aralashsa, baqillagan tovush eshitiladi.

Goho qorin kuldirashi ich buzilishi belgisi bo‘lib, ich surishdan darak beradi. Goho utaloqning hamkorligi bilan sodir bo‘ladi. Sariq kasalligiga uchragan kishilarda ichaklarning sovushi sababli tiqilma paydo bo‘lib ko‘pincha qorin kuldirashi yuz beradi.

Goho jigar kuchsizlanganda ham qorin kuldiraydi. Ixtiyorsiz el chiqishiga kelsak, bugoho to‘g‘ri ichakning va goho ro‘zador deb ataladigan ichakning bo‘shashuvidan bo‘ladi. Ikkalasining farkini orqa teshik sezgisining kamayishidan yoki ko‘tanning chiqib turishidan bilinadi.

Qorinni dam qiluvchi ovqatlardan va ko‘p ovqat eyishdan saqlanish hamda ochlikka chidash orqali tadbirlar qilinadi.

Davosi:

  1. 1. Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiq kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni suradi.
  2. 2. Kungaboqar yogiga teng baravar sariyog‘ qo‘shib, 1 mahal ichilsa, ichni surib, ellarni haydaydi.
  3. 3. Igir talqoniga shakar qo‘shib qaynatib, murabbosini 7 kun och holda 3 mahal iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  4. 4. Aloening 50 gramm suviga teng baravar iliq suv aralashtirib, 1 mahal ichilsa, ichni, elni suradi.
  5. 5. Ich kuldirashiga, 200 gramm qora zira, 200 gramm kavrak ildizi, 200 gramm arpabodiyonni ko‘shib tuyib, talqondan och holda 3 mahal 7 kun 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, begumon tuzaladi.

 

Davolash Uy Sharoitida (UYQUSIZLIKNI DAVOLASH)

UYQUSIZLIKNI DAVOLASH 111

Belgilari:

Sezgilarning engilligi va boshning engilligi, ko‘z, til va burun teshiklarining kuruqligi, boshning issiq va sovuq sezmasligi moddasiz quruq mizojdan issiqlik qatnashmasdan paydo bo‘ladigan uyqusizlikning belgisi bo‘ladi.

Kuruqlik bilan issiqdan bo‘ladigan uyqusizliqning alomati achishib alangalanish bilan birga kuruq mizojlik belgilarining mavjud bo‘lishidir. Ba’zan unda tashnalik bilan birga ko‘z tagi kuyishib achishadi.

Xiltlarning buraqligidan bo‘ladigan uykusizlikda burun teshiklaridagi xo‘llik, ko‘zning ifloslanishi, boshda bir oz og‘irlik sezilishi, uykudan tez uyg‘onish oldin qollanilgan tadbir va bemorning yoshi ham dalolat beradi.

Joyning kuchli yorug‘ligidan yoki ovqatdan bo‘ladigan uyqusizlikning belgisi o‘sha sabablarning mavjudligidir. Savdo shishidan bo‘ladigan uykusizlikning belgilari yuqorida bir necha boraytilgan belgilardir.

Og‘riqdan yoki g‘amgin qiladigan fikrlardan yoki o‘tkir isitmalardan bo‘ladigan uyqusizlikning belgisi ham shu sabablarning bo‘lishidir.

Davosi:

  1. 1. Kuruq mizoj sababli uykusizlikka uchragan kishilar rutubatlantiruvchi ovqat eyishi, ayniqsa, issiq mo‘‘tadil bo‘lgan hammomga tez-tez tushib turishi kerak.
  2. 2. Ammo hammom uxlatmasa, demak, uning badani mo‘‘tadil emas va mizoji buzuq bo‘lib, faqatgina kuruqlik yoki hammom qo‘zg‘atadigan yomon xiltlar kuchiga bo‘ysungan bo‘ladi. Unday kishi uzoq aqliy mehnat qilishdan, jinsiy aloqa va og‘ir mehnatdan saqlanishi kerak.
  3. 3. Bemor tinch dam olib yotishi kerak. Uning boshiga doimo yuqorida eslatib o‘tilgan ho‘llovchi yog‘larni mo‘l qilib surtish, sut sog‘ish, mazkur yog‘larni burunga tomizish va quloqqa tomizish, ayniqsa 18 kun 3 mahal gulhamishabahor suvi burunga tomizilsa, foyda qiladi.
  4. 4. 24 kun 3 mahal atirgul suvidan yoki sutcho‘p suvidan peshonaga surtib yurilsa, foyda qiladi.
  5. 5. 5 kun 1 mahal 5 bog‘ kashnichni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazib, dokadan suzib ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  6. 6. Dolchin, za’faroi talqonlaridan teng baravar olib, kashnichni go‘shtmaydalagichdan o‘tkazilgan, dokadan sikib olingan suviga aralashtirib, ikki chekkaga va burunga 9 kun 3 mahal surtib yurilsa, foyda qiladi.
  7. 7. Isitma va boshqa kasalliklar sababli uyqusizlikka yo‘liqqankishini uxlatuvchitadbirlarningbiri: uykusizlikka uchragan kishining qol va oyoqlarini ogritadigan darajada siqib bog‘lanadi va oldiga chiroqyoqib qo‘yiladi. Tevarakdagi kishilarni qattiq gaplashish va suhbatlashishga buyuriladi, keyin to‘satdan bemorning ko‘ylak tugmasi va arqonlar echiladi, chiroq o‘chiriladi va odamlarga jim bo‘lish buyuriladi, shunda bemor uxlab qoladi.
  8. 8. SHo‘r rutubat sababli sodir bo‘ladigan uykusizliqda hamma o‘tkir va sho‘r ovqatlardan saqlanish va toshloq suv balig‘i va engil go‘shtlarning ham tuzsiz sho‘rvasi bilan ovqatlanish tavsiya etiladi. (20 kun).

Davolash Uy Sharoitida (Tirishish kasalligini davolash)

Tirishish kasalligini davolash 111

Tirishish nervga tegishli kasallik bo‘lib, bunda mushaklar o‘zining yopishgan joyiga tomon yig‘ilib, yozilishga buysunmaydi. Ba’zan ular yig‘iq holda qolib hech yoyilmaydi, ba’zan esa ular esnash va hiqichoq paytidagi kabi osongina yoyiladi.

Tirishishga ko‘pincha balіam, ba’zan qon va ba’zan savdo moddasi sabab bo‘ladi. Mushak shishlarida shunday bo‘ladi, shish paydo qiluvchi modda nerv tolalarining oraliqlariga tarqalgach, nervlarningeni kengayib, uzunligi kamayadi.

Moddadan bo‘lgan tirishish kasalligining hammasida ham modda butun mushakni qoplab oladi. Bunday hol shishsiz tirishishda yuz beradi yoki mushakning birgina joyida hosil bo‘ladi-yu, uning boshqa bo‘laklari unga ergashadi.

Zarba yoki shish paydo qiluvchi boshqa biror sabab bilan modda o‘sha joyga kuyilib, shish paydo bo‘lishi natijasida tirishish vujudga kelishi shunday bo‘ladi. Tirishishning ba’zan dam berib ko‘pchituvchi kuyuqel sababli paydo bo‘lishi ham haqiqatdan uzoqemas. Bunday tirishish ko‘p sodir bo‘lib, tezda tarqalib ketadi.

 

Davosi:

1. Zarbadan bo‘lgan tirishishga 1 oy arpa unidan non eyish lozim. Halila, moychechak, gulxayri va sariq yo‘ng‘ichqalardan teng baravar olib, tuyib, talqonini 1 oy 3 mahal 1 choy qoshikdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, foyda qiladi.

2. Aziyat sababdan bo‘ladigan tirishishga kelsak, biror zaharli narsa ichishdan bo‘lsa, muxallas talqonini 5 kun bir misqol (4,25 gramm) kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, foyda beradi. Sahar payti bir mahal asal suv ichiladi (5 kun).

3. Agar tirishish og‘riqli bo‘lsa, qanday og‘riq ekanini aniqlagandan keyin, u to‘xtatilib, sababi yo‘q qilinadi. Masalan, ilon, chayon chaqqan bo‘lsa, tezlik bilan sarimsoq piyozni ishqalab, og‘riqlar qolguncha surtish lozim.

4. Agar shishlar nervdan bo‘lsa, shishgan joylariga 12 kun 2 mahal zaytun yog‘ini surtib, massaj qilish yoki surtib, salafan bilan o‘rab bog‘lab yotilsa, foyda’qiladi.

5. Quruqlikdan bo‘lgan tirishishda ho‘llovchi yog‘larni qizdirib, 20 kun 3 mahal surtilsa, foyda qiladi. Masalan, zaytun yog‘i va sedana yog‘larini surtish lozim bo‘ladi.

6. Davolashda hamma bo‘g‘inlarni nazarda tutish lozim. 20 kun sigir sutini issiq qilib, 2 mahal sutga solib, 30 minutdan vanna qilinsa, so‘ng tol bargi va bodring qaynatmasi bilan vanna qilinsa, foyda beradi.

7. Tol bargidan siqib olingan suv, atirgul suvi va tarvuz suvlarini issik qilib, kasal a’zo ikki mahal 30 minutdan vanna qilinsa, tirishishiga foyda qiladi. (20 kun).

8. Miyaga juda e’tibor berib. arpa suvi, qovoq suvi va gulobdan tuzalguncha ichirib turiladi. Bemorni qo‘zg‘atmasdan yoki unga badantarbiya qilishni buyurmasdan shutadbir davom ettirilsa, foyda beradi.

9. Xo‘llikdan bo‘ladigan tirishishga uchragan kishining kuvvati kuchsiz bo‘lsa, 30 kun bir maxal chumchuk, kaklik, tovuk go‘shtlaridan iste’mol qilsa, foyda beradi.

10. Xo‘llikdan bo‘lgan tirishishga nervlardagi kuyuq xiltni surish lozim. Bunga 12 kun 5 mahal burunga oz-ozdan nazla talqoni yoki burnaki talqonini tiqib hidlasa, boshidagi ho‘lliklar tushib, foyda qiladi. Issiq buloq suviga 20 kun 1 mahal cho‘milsa, foyda bo‘ladi.

11. Tirishish kasaliga ajoyib va sinalgan tadbirlardan biri qora qo‘chqor dumba yog‘ini yupqa qilib, tirishgan joyga yopishtirib, dumba sasiguncha bog‘lab ko‘yiladi, keyin uni olib boshqasi ko‘yiladi. Ko‘p takror qilish bilan kasallik tuzaladi.

12. Butun gavda tirishishida davolashni miyaga yo‘naltirib, aksirtiradigan dorilar bilan davolash lozim. Nazla yoki burnaki talqonini 20 kun 3 mahal burunga tiqib hidlansa, foyda qiladi.

13. Tirishishga goho peshob haydovchidorilar foyda qiladi. Masalan, paq-paqni 300 grammini 3 litr suvda 30 minut qaynatib, 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.

14. 25 kun 3 mahal 50 gramm za’faron, 100 gramm gulsapsar ildizi va 100 gramm arpabodiyon talqonlarini qo‘shib, 300 gramm toza asal bilan qorishitirilgan asalni quyuq surtma qilib, bo‘g‘inlarga surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi.

15. Agar tirishishme’da hamkorligi bilan bo‘lsa, me’dani tozalashga 13 kun 1 mahal 1 osh temir qoshiq makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni tozalaydi.

16. Etmak talqonini 3 kun 1 mahal 1 choy qoshiqdan kapalansa, u bemor o‘tkir safro yoki sassiq xilt kusib, o‘sha vaqtning o‘zidayoq sog‘ayadi.

Davolash Uy Sharoitida (Yuz Falajini Davolash)

Yuz Falajini Davolash 111

 

Belgilari:

Bukasallikda tuflash va puflash og‘izni birgina tomonidan bo‘ladi, ikkinchi havoni ham, tupukni ham tuta olmaydi. Ko‘pincha yuz falaji bilan birga, ayniqsa u tirishishdan bo‘lsa, bosh ogrigi ham paydo bo‘ladi.

YUzning qaysi tomoni falajga uchragani shunday aniqlanadi: kasal tomoni qol bilan tortib tuzatilganda, sog‘lom tomonning o‘zi osonlik bilan tabiiy shaklga qaytadi.

Mushaklarning bo‘shashishi sababli bo‘ladigan yuz falajining belgilari shuki, unda harakat kuchsizlashadi; sezgilar xiralashadi, teri va mushaklar yumshoq tuyuladi,

tortishganlik sezilmaydi, ko‘zning kuyi qovog‘i osilib qoladi; tanglay terisining o‘sha ko‘zga ro‘para turgan yarmi ham bo‘shashib, rutubat yigilganga o‘xshab, liqillab turadi.

Tilni pastga bosib turib qaralsa, buni ko‘rish mumkin. Bunga sabab tanglay terisining o‘sha ko‘zga ro‘para turgan terisi ko‘z qovog‘iga hamkor bo‘lib osiladi. Bunda bemor yuzning terisi bo‘yin tomonidan qochib uzoqlashadi va uni o‘z joyiga qaytarish qiyin bo‘ladi.

Tirishishdan bo‘ladigan yuz qiyshayishining belgilari kuyidagilar: ko‘pincha sezgilar xiralashmaydi, peshona terisi taranglashib, ajinlar yo‘qoladi va yuz mushagi qattiqlashmaydi.

So‘lak va tupuk oz keladi, teri bo‘yin tomonga ko‘proq tortiladi va uni joyiga qaytarish qiyin bo‘ladi. Tirishishdan bo‘ladigan ho‘l va kuruq yuz qiyshayishining belgisi ham yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ladi.

YUz suyaklarida og‘riq, terisida uvishish va uning ko‘p uchishi yuz falaji paydo bo‘lishining belgilaridir.

Davolash:

1. YUz falajiga uchragan kishini 4 yoki 7 kungacha qimirlatmaslik kerak. Bemorga 28-29 kun zaytun yog‘i qo‘shilgan no‘xat suvidan qilingan ovqatlar beriladi, asal va jo‘ja go‘shti kabi kurituvchi narsalar berilmaydi.

2. 1 mahal 1 osh qoshiqdan 2 kun makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichish lozim.

3. Bo‘yin orqasini 30 kun 1 mahal zaytun yog‘i bilan massaj qilish lozim.

4. Qorin och vaqtida 1 oy 1 mahal uzum sirkasi bilan yuzini yuvib turish kerak. 150

5. YUz falajiga uchragan kishiga 200 gramm sedanani 150 gramm uzum sirkasiga aralashtirib, 25 kun burunga tiqib yotilsa, foyda qiladi.

6. Eng etuk tadbir yovvoyi hayvonlarning go‘shtini burunga tiqib, kechasi bog‘lab yotish. Masalan, quyon, tog‘ echkisi va bug‘u go‘shtlarini hidlab sinab ko‘rganda, yaxshi foyda qiladi.

7. YUz falajiga uchragan kishiga 500 gramm bo‘yimodaron, 500 gramm isiriq talqonlarini 7 litr buloq yoki yomg‘ir suvlarida 1 sutka ivitib, ertasi 25 minut qaynatib, 28 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

8. Bemorni qorong‘i uyga joylashtiriladi. Qirg‘iy, zog‘ora baliq o‘ti, lavlagi suvi, ona suti bilan aralashtirib, 12 kun burunga oz-ozdan 3-4 mahal tomizilsa, yaxshi foyda qiladi. kerak, sovuq suv ham ularga zarar qiladi.

Ular uchun yomg‘ir suvining zarari kamroq bo‘ladi. Qaltiroqda, butun nerv kasalliklarida eng zarari kam suv yomg‘ir suvidir. Qaltiroq kasaliga uchraganlarga tomirdan qon oldirish mumkin emas.

 

Uvishish kasalligini davolash

Uvishish kasalligi qaltiroq kasaliga o‘xshab ketadi. Uvishishni davolash qaltiroq kasalini davolashning xuddi o‘zidir. Lekin uvishish qon ko‘pligidan bo‘lib, tomirlarning to‘liqligi, bo‘yin tomirlarning ko‘pchishi, gavdaning og‘irligi, uyqu, yuz va ko‘zning qizilligi va boshqa dalillar mavjud bo‘lsa, tomirdan qon oldirish kerak bo‘ladi.

Ko‘pincha qon oldirishning o‘zi ham uvishishni ketkazadi, shuning bilan birga engil ovqat beriladi. Uvishgan a’zoni badantarbiya qildirish va uni doimo harakat qildirib turish ham foydalidir.

Davolash Uy Sharoitida (Biror azoning uchishini davolash)

Uchishning sabablari sovituvchi quvvat va xo‘l moddalardir. Uchish ko‘pincha nafsoniy taassurotlardan paydo bo‘ladi.

  • 1. Paxtani issiq oqyog‘da dog‘ qilib, 3 kun 3 mahal uchgan joyga yopishtirib qo‘yilsa, foyda qiladi.
  • 2. Xuddi shunday paxtani baliq yog‘iga dog‘ qilib, 3 kun 3 mahal uchgan joyga yopishtirib qo‘yiladi.
  • 3. Agar bemorga yuqoridagi dorilar foyda qilmasa, 2 kun 1 mahal 1 osh qoshiq makkan sano talqonini kapalatib, orqasidan iliq suv ichirilsa, ichni suradi. So‘ng yuqoridagi amallarni qilsangiz, foyda beradi.

Masalan, baliq yog‘i yoki chigit yog‘ida paxtani dog‘ qilib yopishtirib yurilsa, yaxshi samara beradi. Bunday kishilar yaxshisi sovuq suv, ko‘pchituvchi va sovutuvchi narsalarni iste’mol qilmagani ma’kul.

Davolash Uy Sharoitida (Hid bilishga etadigan zararlarni davolash)

Belgilari:

Kishida hidlarni sezmaslik holati paydo bo‘lib, chiqindilar burunga odatdagicha oqib turadi, lekin burunda tiqilma paydo bo‘lmaydi. Burundan nafaso‘tishi mumkin bo‘lmay, bemor manqalanib so‘zlasa, burun tog‘aylarida tiqilma borligidan dalolat beradi.

Burun oqishi to‘xtab, bu to‘xtalish miya mizojining buzuqligidan va chiqindilarning ozligidan bo‘lmay, burun suzgichining pasti ochiq bo‘lsa, yuqoriroqda tiqilma borligi bilinadi.

Burunda oqish odatdagicha bo‘lib, burun tog‘ayining quyisida tiqilma bo‘lmasa, zarar miyada bo‘ladi. Hidlash sezgisida kuchsizlik va kamchilik bo‘lganda ham mazkur holat yuz beradi. Burunda, badbo‘y hid sezilsa, bunga o‘sha joylarning birortasidagi sasigan xilt sabab bo‘ladi.

O‘tkir kasalliklarda shu erda hozir bo‘lgan hidli narsalardan boshqa, masalan sariyog hidi sezilsa, bular yomon belgilar bo‘lib, bemor uchun xavfli hisoblanadi. Hidlash sezgisining zararlanishiga mizoj buzuqligi sabab bo‘lsa, 9 kun 3 mahal nazla talqonini burunga tiqib hidlansa, foyda qiladi.

  • 1. Xuddi shunday, 9 kun 3 4 mahal burnaki talqonini ozozdan burunga tiqib hidlansa, foyda qiladi.
  • 2. Miya qorinchalaridagi xilt sabab bo‘lsa, 4 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, tanani bo‘shatib, ichni tozalaydi.
  • 3. Boshda tog‘aysimon suyakdagi tiqilma sabab bo‘lsa, 5 kun 3 mahal yarim siqim shaftoli bargini choynakka tashlab, 10 minut bostirib ichilsa, bosh tiqilmalari, og‘riqlar tuzaladi.
  • 4. 5 grammetmak talqoni, 5 gramm qoramurch talqonlarini qo‘shib, atala qilib, 10 kun 2 mahal burunga tortilsa, foyda qiladi.
  • 5. 7 kun 2 mahal sedana talqonini sirkada ivitib, so‘ng zaytun yogi bilan aralashtirib, burunga tomizib, mumkin qadar yuqorisiga tortiladi.
  • 6. Achchiq bodom yog‘ini 13 kun 3 mahal burunga tomizilsa, foyda qiladi.
  • 7. 5 gramm yanchilgan isiriq va 6 gramm oqshur talqonini ko‘shib, 10 kun 3 mahal burunga tiqib hidlansa, yaxshi foyda qiladi. 8. Sassiq hidni sezib, yaxshi hidni sezmaydigan burunga esa to tuzalguncha mushkianbar yuborib turiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Quloq kasalligini davolash)

Quloq kasalligini davolash 1111

Quloqqa e’tibor berib, uni issiqdan, sovuqdan, shamollashdan, ko‘p miqdorda chet narsalarning kirishidan saqlash lozim. Kuloqqa suv va jonivorlarning kirishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Hamma vaqt uning chirkini tozalab turish zarur, bu ajoyib ta’sir beradi.

Quloqda shishlar, mayda chiqiqlar va yaralar paydo bo‘lmasligini kuzatib turish zarur. Kuloqda mayda chiqiqlar paydo bo‘lmasligi uchun sirka tomizib turish kerak. Har haftada bir marta achchiq bodom yog‘i tomizib turilsa, omon saqlanadi.

Ms’dada hazm buzilishi, to‘lishlik, ayniqsa to‘yib ovqat eb uxlash kuloqqa va boshqa sezgilarga zarar etkazadi. Quloqqa tomiziladigan dorilarning hammasi iliq bo‘lishi shart.

  • 1. O‘t sababli bo‘lgan karlikda surgi dori o‘tni surishi kerak. 3 kun 1 mahal makkai sano talqonini 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni suradi.
  • 4. 5 grammetmak talqoni, 5 gramm qoramurch talqonlarini qo‘shib, atala qilib, 10 kun 2 mahal burunga tortilsa, foyda qiladi.
  • 5. 7 kun 2 mahal sedana talqonini sirkada ivitib, so‘ng zaytun yogi bilan aralashtirib, burunga tomizib, mumkin qadar yuqorisiga tortiladi.
  • 6. Achchiq bodom yog‘ini 13 kun 3 mahal burunga tomizilsa, foyda qiladi.
  • 7. 5 gramm yanchilgan isiriq va 6 gramm oqshur talqonini ko‘shib, 10 kun 3 mahal burunga tiqib hidlansa, yaxshi foyda qiladi.
  • 8. Sassiq hidni sezib, yaxshi hidni sezmaydigan burunga esa to tuzalguncha mushkianbar yuborib turiladi. quloqkasalligini davolash Quloqqa e’tibor berib, uni issiqdan, sovuqdan, shamollashdan, ko‘p miqdorda chet narsalarning kirishidan saqlash lozim.

Kuloqqa suv va jonivorlarning kirishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Hamma vaqt uning chirkini tozalab turish zarur, bu ajoyib ta’sir beradi. Quloqda shishlar, mayda chiqiqlar va yaralar paydo bo‘lmasligini kuzatib turish zarur.

Kuloqda mayda chiqiqlar paydo bo‘lmasligi uchun sirka tomizib turish kerak. Har haftada bir marta achchiq bodom yog‘i tomizib turilsa, omon saqlanadi. Ms’dada hazm buzilishi, to‘lishlik, ayniqsa to‘yib ovqat eb uxlash kuloqqa va boshqa sezgilarga zarar etkazadi. Quloqqa tomiziladigan dorilarning hammasi iliq bo‘lishi shart.

1. O‘t sababli bo‘lgan karlikda surgi dori o‘tni surishi kerak. 3 kun 1 mahal makkai sano talqonini 1 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni suradi.

Davolash Uy Sharoitida (Anginani davolash)

Anginani davolash1111

Bu organlarda goho nazla kasalliklari paydo bo‘lib, ularni shisharadi, hatto ular nafas olishga to‘sqinlik qiladi. Goho tilcha shishmay bo‘shashib, kurituvchi va bo‘shashtiruvchi sovuqlik va issiqlik dorilarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Garchi bu kasallik anchagina og‘ir va xavfli bo‘lsa ham, uni xalq tabobati yo‘lida osongina davolash mumkin. Buning uchun ozroq tayyorgarchilik kerak. Avvalo uzunligi 15 sm ingichka cho‘p olib, uchiga toza doka parchasi o‘raladi.

Endi kuyidagi 6 xil dorini aloxida piyolalarda tayyorlab, cho‘pning doka o‘ralgan uchi bilan kichik tilning ustiga, yonlariga surtib chiqish kerak.

  • 1. Siyoh rangli piyozdan 1 donasini o‘tning qo‘riga ko‘mib, 10-15 daqiqa pishirib olinadi. Ustki qavatini olib tashlagach, suvini siqib piyolaga kuyish kerak. Piyoz suvi issiq bo‘lsin, lekin kuydiradigan darajada emas.
  • 2. 1 gramm toza mo‘myoni suvda eritib, piyolaga kuyish kerak. U ham iliq bo‘lsin.
  • 3. Aloe bargi suvidan bir qoshiq tayyorlash kerak.
  • 4. To‘rtinchi piyolaga qora qo‘chqorning eritilgan dumbasidan bir qoshig‘ini quyish kerak, u ham issiq bo‘lsin.
  • 5. Beshinchi piyolaga toza kerosindan bir qoshiq quyish kerak, (lekin isitmaslik kerak).
  • 6. Oltinchi piyolaga bir qoshiq asal solib, isitish kerak. SHunday qilib, 6 xil dori bilan bemorning tomog‘i artiladi.

 

Emlash har soatda takrorlanishi zarur, ya’ni tomoqni olti xil dori bilan artish har soatda birin-kstin qaytarilsin.

Endi qora yovvoyi ziradan bir choy qoshig‘ini 3 piyola suvga solib, toki bir piyola qolguncha, past olovda qaynatib, u bilan bolaning og‘zini chayqash, ya’ni g‘ar-g‘ara qildirish kerak. Bemorga choy o‘rniga na’matak damlab berish, shuningdek, uzoq qaynatilgan turshak suvini issiq-issiq ichirish zarur.

Anjirni qaynatib issiq-issiqichirish, yotish oldidan bolaning oyoqlarini issiq suvda to soviguncha ushlab turish, so‘ng oyoq kaftiga kechasi asal dankompress qilish kerak. Ovqatlari suyuq bo‘lishi shart. YUqorida aytilgan dorilar o‘z vaqtida to‘g‘ri qollanilsa, bemor 3-5 kunda sog‘ayib ketadi.

Davolash Uy Sharoitida (Behushlikni davolash)

Buzilgan mizoj sababli bo‘ladigan qattiq bexushlik kasaliga uchragan kishi goho bexushlikda, goho behushlik bilan hushyorlik o‘rtasida bo‘lsa, goho engil tutadigan bexushliqda bo‘ladi. Bexushlik yuz bergan paytda agar bachadon bo‘g‘ilishi»bo‘lmasa, dastlab ruhni xushbo‘y hidlar bilan oziqlantirish kerak.

  • 1. Masalan, mushk anbar hidlansa, foyda qiladi:
  • 2. Bachadon bo‘gilishidan bo‘lgan behushlikda bemorning burniga sassiq hidli narsalarni hidlatish lozim. Masalan, kavrak elimi va sutcho‘plar bexushlikka yaxshi ta’sir qiladi.
  • 3. Bexushlikda sovuq suv sepish, sovuq suvni, ayniqsa gul suvini xo‘platish foyda qiladi.
  • 4. Agar behushlikning sabablari issiq haroratdan bo‘lsa, sovuqlik xushbo‘y narsalarni iste’mol qilish va yuziga sovuq suv sepish yaxshi foyda qiladi. Bemor salqin havoli joyda yotishi kerak.
  • 5. Agar kasallikda hiqichoq va ko‘ngil aynish paydo bo‘lsa, uning issig‘ini ko‘tarish, pat bilan tomog‘ini qitiqlab qusishni ko‘zg‘atish va ruhni sirtga tomon harakat qildirish bilan yordam berish zarur bo‘ladi.
  • 6. Bemorni doimo qimirlatib va baland ovoz bilan baqirib-chaqirib, so‘zlatib turish, hamda etmakdan ozrok olib, hidlatish, aksirtirish kerak.
  • 7. Qusish bilan birga bo‘ladigan ich ketishdan keyin shunday bexushlikka uchragan kishiga omila talqonini uzum sharbatiga 1 choy qoshiq solib hamda behi suvi bilan aralashtirib ichirilsa, foyda qiladi.
  • 8. Bexushlikka uchragan kishilarni uxlatmaslik va so‘zlatmaslikka majbur qilinadi.

 

Davolash Uy Sharoitida (ToSatdan Quvvatning Tushishini Davolash)

Belgilari:

Bilginki, quvvatning tushishi goho xushdan ketishga olib keladi. Agar quvvat nerv va mushakdan ketib qolsa; ular kuvvatdan ajraydi va natijada kishi harakatsiz bo‘lib qoladi.

U sabablar kuchayib ketsa, butun badandan quvvatni ketkizadi, agar kuchaymasa, quvvatni faqat nerv mushaklardagina ketkazadi. Bu hol ko‘pincha xiltlar moddasining suyuqligidan va tarqalishiga moyilligidan paydo bo‘ladi.

Davolash:

  • 1. 3 kun 1 mahal 1 osh qoshiqdan makkai sano talqonini kapalatib, orqasidan iliq suv ichish.
  • 2. 5 kun 3 mahal och holda, omila talqonini 1 choy qoshiqdap kapalab, orqasidan qaynagan suv ichish.
  • 3. Etmak talqonini hidpatib, kustirish shart.
  • 4. Qayta-qayta bayon qilinganga ko‘ra, ko‘l-oyoqlarni ko‘p uqalash lozim.
  • 5. Bunday bemorning ovqatlari esa gorchitsa, zaytun yog‘i va bodom yog‘i, no‘xat suvi ko‘shilgan suyultiruvchi va parlovchi narsalardan bo‘lishi kerak. Haftada bir marta hammomga tushiriladi. So‘ng uzum sirkasidan і choy qoshiq ichiriladi. Bemortinchyotishi kerak. Ungaxushbo‘y yoqimli ovqatlar, yaxshi dilkash do‘stlar suhbatiga aralashish ham yordam beradi.
  • 6. Badaniga 2 mahal zaytun yog‘ini surtib, masaj qilinsa, 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, shirin suhbatlar ham ancha dalda beradi.

Davolash Uy Sharoitida (Ochiqishni davolash)

Buholat me’da to‘q bo‘la turib organlarning ochiqishidan iboratdir. Bunda organlar juda ochiqib oziqqa muhtoj bo‘ladi, me’da esa ovqatni istamaydi, ba’zan bu hol behushlikka olib boradi. Tomirlar bo‘sh bo‘ladi, lekin me’da ovqatni qabul qilmaydi va undan nafratlanadi.

Bunday hol ko‘pincha sovuqda safarga chiqib, sovuq tekkan va qattiq sovuq sababli me’dasi qalinlashib zichlashgan kishilarda yuz beradi. Bunga sezish quvvati bilan tortish quvvatini o‘ldiruvchi buzuq mizoj sabab bo‘ladi.

Goho bu me’dani og‘zini pardalab qoplovchi va tolalarga yoyilib, ularni oziqlik moddani haydashga harakat qildirib, uning tortishishiga to‘sqinlik qiluvchi xiltlardan paydo bo‘ladi.

Davolash:

  • 1. Umuman bunday kishilarga ishtahani ko‘zg‘atuvchi dorilar beriladi. Masalan, xushbo‘y ovqatlar va xushbo‘y xo‘l mevalar berish hamda xushbo‘yliklarni hidlatish kerak; ularga 10 kun 3 mahal uzum sirkasida ivitilgan non berilsa, yaxshi foyda qiladi.
  • 2. Omila talqonini 13 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, foyda qiladi.
  • 3. Gulsapsar ildizini 400 grammini 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut qaynatib, och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  • 4. Bemorning qol-oyoqlarini bog‘lash, uni uxlatmaslik, sekin chimchalab og‘ritish va ingichka mayin xivich bilan urish lozim, ammo zarar etkazmaslik kerak.

 

SHunday tadbirlar qollanilsa, yaxshi foyda keltiradi. Ochiqishning turi borki, uni «xushdan ketuvchi ochiqish» deyiladi. Bu kasallikka uchragan kishi ochiqqanida ovqat kechiktirilsa, uning kuvvati ketib o‘zi behush bo‘ladi.

Buning sababi kuchli harorat va me’da og‘zning juda kuchsizligidir. Umuman buni davolash uchga bo‘linadi: kishini behushlik holga etganda davolash.

  • 1. Sovuq uzum sharbatiga yoki meva sharbatiga 3 kun 3 mahal non to‘g‘rab iste’mol qilinsa, foyda qiladi.
  • 2. Bemorni hushi ketishdan oldin davolash; bu esa bemorni ko‘p uxlashdan tiyish, ovqatni kechiktirmaslik, sovutilgan ovqat berish

Davolash Uy Sharoitida (Tomir kengayishini Davolash)

Belgilari:

Vena kengayishi, ko‘pincha qariyalarda, ko‘p yayov yuruvchilarda, soqchilarda ko‘proq , tikka turib ishlaydiganlarda paydo bo‘ladi. Bu kasallik ba’zan bo‘g‘in ogrig‘i kabi boshlanadi. U ko‘proq taloq kasalligiga duchor bo‘lganlarda uchraydi.

Bu xil vena kengayishi goho davolashni qabul qilmaydi, natijada oziqlarni haydovchi tomirlar yo‘qligidan bemor ozib ketadi. Vena kengayishi kasalligida, oyoq panjasi kattalashib yo‘g‘onlashadi. (Goho u tomir kengayishi sabablaridan ham bo‘ladi.)

keyingi paytda qon oyoqqa ko‘p tushib, oyoq undan oz bo‘lsa ham oziqlanadi, bunda oyoq qizarib, keyin qorayadi. Tusi qizil bo‘lgani qorasidan sog‘lomroq holat hisoblanadi, balg‘amdan bo‘lgani esa yumshoqqa moyil bo‘ladi.

Savdodan bo‘lgani ko‘pincha tezlikda yoriladi va yaraga aylanadi: qanday sabab bilan sodir bo‘lganligi belgilaridan bilish mumkin bo‘ladi. Davolash: 1. Venalarni bo‘shatish uchun devpechakni 20 kun 3 mahal og‘iz suviga solib, ichib turish kerak.

Kasal joylariga 2 mahal zaytun yog‘i surtib, massaj qilinadi. 2. Misr boqilasini quyuq qilib qaynatib, 20 kun 3 mahal kasal joylariga surtilsa, yumshatadi. 3. Tomirlar chiqqan joylariga 22 kun 2 mahal taqa o‘tini surtib, bog‘lab yurilsa, foyda qiladi. 4. Abu Jahl tarvuzini bargi suvini 22 kun 2 mahal dokani to‘yintirib, yopishtirib, bog‘lab yurilsa, yaxshi foyda qiladi. Parhezlari: 100 foiz tuzalguncha, achchiq, sho‘r, nordon, moshli va sovuq narsalar emay turiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Bel ogrigini davolash)

Belgilari:

Bel ogrigi mushaklarda, umurtqalarni o‘ragan ichki va tashqi muskullarda bo‘ladi. Qanday bo‘lsa ham, u mizojning sovushidan, balg‘amdan, ko‘p charchashdan va ko‘p jinsiy aloqa qilishdan bo‘ladi.

Masalan, buyrak kuchsizlanganda va og‘riganda hamda umurtqaga joylashgan katta tomir ko‘p bo‘lganda bel og‘riydi yoki opka nayida shish va chiqiq chiqqanda ham shunday og‘riq bo‘ladi. Biroq og‘riq orqaning o‘rtasida bo‘ladi.

Ogriq goho bachadon ishtiroki bilan ham bo‘ladi. Masalan, hayz qoni tushishiga yaqinlashganda yo bachadon bo‘g‘ilishida, tug‘ish oldida shunday bo‘ladi.

Sovuqdan va shilliqdan bo‘lgan orqa ogrigining belgisi shuki, ko‘pincha uni yurish va badantarbiya qilish bosadi. Uning boshlanishi oz-ozdan bo‘ladi, ba’zan undan sovuq seziladi.

CHarchash, og‘ir narsa ko‘tarish, buyrakdan bo‘lgan orqa ogrigi belning pastida bo‘ladi, bu bilan jinsiy aloqa kuchsizlashadi va buyrak kuchsizligining ma’lum sabablaridan biri mavjud bo‘ladi.

Davolash:

  • 1. Qora yoki qizil xo‘rozni kechasi chaqqonlik bilan so‘yib terisini shilib, belga yopishtirib, latta bilan o‘rab, ustiga 6 dona ko‘rpani yopib, 2 soat yotiladi, so‘ng, har 20 minutda 1 donasi olinadi, oxirida 1 donasi qoladi. Xuddi shunday 3 marta takrorlansa, foyda qiladi.
  • 2. Zirk qiyomini 7 kun 3 mahal 2 bug‘doy donasiga 2 osh qoshiq sutda ivitib, aralashtirib, ichilsa ham foyda qiladi.
  • 3. Muskat yong‘og‘i talqonini 9 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, bel ogrig‘i tuzaladi.
  • 4. Vetnamda chiqqan mazni 11 kun 3 mahal belga surtib, massaj qilinsa ham foyda qiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Teri kasalliklarini davolash)

  • 1. Ko‘tir, qichima bo‘lgan bemor 13 kun 2 mahal chukri urug‘i talqonining 500 grammiga, 600 gramm kunjut yog‘i aralashtirib, xastalangan joyga surtib, bog‘lab yursa, tuzaladi.
  • 2. Arpa unini atala qilib, 15 kun 2 mahal teriga surtib, bog‘lab yurilsa, ijobiy ta’sir qiladi.
  • 3. Xandon pista daraxtining po‘stlog‘i va bargini qaynatib, teri qichimasiga surtilsa va 14 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, tuzaladi.
  • 4. CHilonjiyda bargi qaynatilgan suvdan 12 kun 3 mahal 200 grammidan ichilsa, badan qichimasidan qutilish mumkin.
  • 5. Qo‘tir va suvli qichimani Yoqotish uchun 10 kun 2 mahal yong‘oq bargi yoki tanasi po‘stini eman daraxt po‘sti bilan 30 minut qaynatib, issiq holda vanna qilinsa, tuzaladi.
  • 6. Pillani 500 grammini, 4 litr suvda 1 soat past olovda qaynatib, dokani ho‘llab, salafan va latta bilan 10 kun 2 mahal teri dog‘lariga bog‘lab yurilsa, tuzaladi.
  • 7. Zag‘cha go‘shtining kuritilganidan 15 kun 3 mahal davomida 0,5 grammdan iste’mol qilinsa, badandagi oq dog‘lar ketadi.
  • 8. Lavlagining xom bargini ezib, 13 kun 2 mahal bog‘lansa, tanadagi oq dog‘larni ketkazadi.
  • 9. Guruch suvini qovun suvi bilan teng mikdorda aralashtirib, 11 kun 3 mahal teriga surtilsa, badandagi dog‘lardan tozalaydi.
  • 10. Qovun urug‘ini po‘sti bilan ezib, 15 kun 2 mahal teriga surtib bog‘lasangiz, badandagi dog‘larni ketkazadi.
  • 11. Sarimsoq kulini asal bilan teng miqdorda ko‘shib, aralashtirib, 3 oy 1 mahal teriga surtib bog‘lab yurilsa, qo‘tir, pes va boshqa badandagi dog‘larga foyda qiladi.

Davolash Uy Sharoitida (Sogalni davolash)

  1. Arab xurmo mevasi bilan ilon po‘sti talqonini 10 kun 1 mahal so‘gal ustiga ko‘yib bog‘lab yurilsa, darddan xalos qiladi.
  2. 2. Sarimsoqni pishirib, 10 kun 1 mahal so‘gal chiqqan joylarga qo‘yib bog‘lab yurilsa, davo bo‘ladi.
  3. 3. Lavlagi bargi suvini 13 kui paxtani to‘yintirib, 1 mahal bog‘lab yurilsa, tuzatadi. 4. Anjir sutini teng miqdorda o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib, 10 kun 1 mahal surtib, bog‘lab yurilsa, sogalni kuritib tushiradi.

Davolash Uy Sharoitida (Isitmani tushirish usullari)

  • 1. Binafsha gulidan 3 mahal choy qilib ichilsa, kuchli isitmani ham bartaraf etadi.
  • 2. Petrushka urug‘i talqonini 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, isitma tushadi.
  • 3. Zira yoki kashnich urug‘i talqonini 1 kun 3 mahal 1 choy qoshikdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, isitma tushadi.

 

Davolash Uy Sharoitida (Sepkilni Yoqotish)

1. Achchiq bodom mag‘zini tuyib, 200 grammiga 100 gramm uzum sirkasi qo‘shib aralashtirib, 15 kun 2 mahal dog‘, sepkilga surtib, 1 sutka bog‘lab yurilsa, shifo topadi.

2. Sepkil bor joyni soda bilan qayta-qayta yuvib, keyin ustiga lavlagining bargini yanchib ko‘yib, 20 kun 1 mahal boglab yurilsa, sepkilni ketkazadi.

3. Ravoch ildizi talkonini uzum sirkasi bilan yaxshilab aralashtirib, 20 kun 1 mahal sepkil bor joyga surtib, salafan va latta bog‘lab, 1 sutka yurilsa, tuzaladi.

 

Davolash Uy Sharoitida (Qon kasalligini davolash)

1. Qo‘y sutidan 500 grammini qozonga solib, shuncha miqdorda suv qo‘shib, 20 minut qaynatib, 50 gramm shakar ko‘shib, uch kun nahorda 1 mahal 200 grammdan ichilsa, shunda xafaqon kasaligiga yo‘liqqan bo‘lsangiz, shifo topasiz.

2. 3 kg sabzini suvda pishirib, 1 kg asal aralashtirib, 14 kun 3 mahal 100 grammidan iste’mol qilinsa, qon toza bo‘ladi.

3. Qand kasaliga uchragan va qonda yog‘ miqdori ko‘paygan kishilar 15 kun 2 mahal oshqovoq suviga ozgina limon suvi qo‘shib, 100 grammidan ichsa, foyda qiladi.

4. Sunbula talqoni eb turilsa, qand kasalligini bartaraf etadi.

5. Arpa qaynatma suvini 20 kun 2 mahal och holda 100 grammida ichilsa, qand moddasini me’yorida saqlaydi.

6. Qonda qand moddasi ko‘paysa, 11 kun 2 mahal uzum g‘o‘ra suvidan 2 osh qoshiqdan ichilsa, oshqovoq eb turilsa, foyda qiladi.

7. Arpani yanchib, po‘stidan ajratiladi, 3 kilogrammini sirli idishda, 7 litr suvda 40 minut qaynatib, suvi dokadan o‘tkaziladi. SHu suvdan 18 kun 3 mahal 50 grammdan ichib turilsa, qon bosimi baland bo‘lsa, uni me’yorlashtiradi.

Parhezlari:

SHirinliklar, mayiz, qovun, qovurma ovqatlar, yog‘li ovqatlarni emay turish kerak.

 

Davolash Uy Sharoitida (Bavosilni davolash)

1. YAntoq talqonini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalasa yoki talqonini xamirday qilib orqa teshikka qo‘yib bog‘lasa yoki kuydirib tutuniga og‘rigan joyni 10 minut 2 mahal tutib turilsa, bavosilni yo‘q qiladi. Gulini yanchib, orqaga ko‘yib bog‘lansa, bavosilni kuritadi.

2. 8 gramm kunjutni 4,5 gramm kuygan yongoq mag‘izi bilan ko‘shib, 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan esangiz, bavosildan qon ketishini to‘xtatadi.

3. SHirin oshqovoq po‘stini kuritib, 10 kun 3 mahal och holda iste’mol qilinsa, bavosil tuzaladi. 4. Pishmagan itqovunning suviga teng baravar kunjut yo zig‘ir yog‘i qo‘shib, suvi ketguncha qaynatib, qolgan yog‘ini 10 kun 3 mahal bavosilga surtilsa, shifo bo‘ladi.

Bavosilni davolash (Asabni davolash)

1. 500 gramm shirin bodomga, 500 gramm shakar aralashtirib tuynb, talqonini 15 kun 3 mahal och holda 3 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, miyaga kuvvat beradi, aqlni ziyoda qiladi, fikrni ravshanlashtiradi.

2. Semizo‘tning 900 grammiga, sumbulqoqining 300 grammini ko‘shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan och holda iste’mol qilinsa, asabda yuz beradigan uyqusizlikni, iztirob, tashvish va yurak siqilishlarini yo‘qotadi.

3. Asab kasaliga yo‘liqqan bemor 450 gramm yong‘oq bargini maydalab, 40 minutqaynatib, suvini badanlariga 3-4 mahal sursa, shifo topadi,

4. Lavlagi ildizidan suv olib, suviga teng baravar asal bilan qorishtirib, 15 kun 3 mahal burunga tomizilsa, miyadagi zararli mikroblarini o‘ldiradi.

5. Achchiq oshqovoqning guli suvidan 18 kun 3 mahal burunga tomizilsa, miya illatlarini ketkizadi.

6. 25 kun 3 mahal och holda xantal talqonini 1 tabletka miqdoricha kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, xotira va ko‘z nurini ravshanlashtiradi.

7. Agar arpaning ho‘l bargini ezib, 7 kun 1 mahal boshga boglab yurilsa, miyani va uning pardalari shamollashini (meningitni) davolaydi.

Bavosilni davolash (Kuyganni davolash)

1. Semizo‘tning bargini ezib yoki shirasini olib, kuygan joyga 5 kun 3 mahal surtilsa, tezda tuzaladi.

2. SHirin oshqovoq po‘stini kuritib, 500 gramm talqonini 350 gramm mol yog‘i bilan yaxshilab aralashtirib 5 kun 2 mahal surtib bog‘lab yurilsa, olovda kuyganga shifo bo‘ladi, oq dog‘larga surtib, bog‘lab yurilsa, ham foyda qiladi.

 

Bavosilni davolash (Qol-oyoq terlashini davolash)

1. Qolingiz va oyogingizni 400 grammi yong‘oq bargi yoki mevasining po‘stini 3 litr suvda 30 minut qaynatilgach, suvi bilan 12 kun 3 mahal yuvib, unga upa sepib turilsa, bu darddan forig‘ bo‘ladi.

2. Dub daraxti po‘stlog‘ining 400 grammini 5 litr suvda I sutka ivitib, 40 minut qaynatib, 30 minutdan 2 mahal vanna qilinsa, oyoq terlash kasalligiga foyda qiladi, begumon.

Bavosilni davolash (SOVUQ URGANNI DAVOLASH)

  • 1. Sirka bilan ukrop suvini teng baravar qo‘shib, 12 kun 2 mahal sovuq urgan joyga surtib, salafan va latta bilan bog‘lab yurilsa, shifo bo‘ladi.
  • 2. Mosh talqonini atala qilib, sovuq urgan joylarga 8 kun 2 mahal surtib, bog‘lab yurilsa, yaxshi foyda qiladi.

 

Bavosilni davolash (Soch parvarishi haqida)

1. Suvda o‘sadigan qamish ildizi kulini teng baravar xina suviga aralashtirib, 19 kun 2 mahal bosh terisiga surtib bog‘lab yurilsa, sochni o‘stiradi va mustahkamlaydi.

2. Lavlagini qaynatib, quyuq suviga 18 kun 2 mahal soch yuvilsa yoki surtib bog‘labyurilsa, sochni qora qiladi.

3. Qizg‘aldoq gulini ho‘l yong‘oq mevasining po‘sti bilan teng baravar ko‘shib, ezib 11 kun 2 mahal surtib, bog‘lab yurilsa, sochingizni qoraytiradi.

4. Archa mevasining 300 grammini yanchib, teng baravar sirka bilan aralashtirib, 25 kun 2 mahal soch tushgan joylarga surtilsa, soch qaytadan chiqadi.

5. Anjir bargini ezib suvga solib atalaga o‘xshatib, 2 mahal boshga surtilsa, soch to‘kilishining oldi olinadi.

6. Kishi har oyda 2 marta boshini limon sharbati bilan artib tursa, bosh terisidagi qon tomirlarining faoliyati yaxshilanadi, sochni mustahkamlashga yordam beradi. Odatda limon surtilsa, foydalanganidan 30 minut o‘tgach, soch chayiladi.

7. Tuxum sarig‘i aralashtirilgan suv bilan bosh yuviladigan bo‘lsa, u soch ildizini mustahkamlashi bilan birga quruq tabiatli sochni mayinlashtirib, chigal bo‘lishidan saqlaydi.

8. Agar teri juda yog‘li bo‘lsa, qatiq yog‘siz qilib ivitiladi. Sababi qatiq ivishi jarayonida yog‘i yuziga chiqib qoladi. Agar teri juda qattiq bo‘lganida yog‘li sutdan ivitilgan yarim litr qatiqqa bir oshqoshiqqaymoqyoki smetana aralashtirish lozim bo‘ladi.

9. Soch ildizini mustahkam bo‘lishi ko‘p jihatdan uni ozuqa moddalari bilan etarlicha ta’minlanishiga bog‘liq. Qariqiz hamda igir ildizlarning talqonidan teng miqdorda olib, qaynatmatayyorlanadi. Buninguchun b qoshiqmiqdordagi aralashmaga 1 litr suv quyib, 15 minut qaynatiladi. So‘ngra tindirib dam berib ko‘yiladi. SHarbatdan bosh terisiga haftasiga 2-3 marta surtib turilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

10. Agar soch barvaqt to‘kiladigan bo‘lsa, bo‘ymadaronni erta kuzda terib olib, (mevalari pishishi kerak) gul va tanasini maydalab, 300 grammini 4 litr suvda 30 minut qaynatish kerak. Qaynatmani dokadan suzib» 20 kun 2 mahal bosh terisiga surtib, ishqalash tavsiya etiladi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика