CHIMCHI (PEKIN KARAMI )

Chimchi Sabzavotlar

CHIMCHI (PEKIN KARAMI )

Chimchi (Pekin karami )- noyob sabzavot. Murakkab biokimyoviy tarkibi tufayli kuchli dorivor vosita va ajoyib oziqa vositasi hisoblanadi. Parhezbopligi va foydali moddalarga boyligi jihatidan boshqa barcha karam turlaridan ustun turadi.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Chimchi (Pekin karami )tarkibiga oqsillar (3,5 % gacha), S, Vr V2, V6, RR vitaminlari kiradi. Bu karam turida S vitamini salat bargidan ko‘ra 5 marta ko‘p bo‘ladi. SHuningdek, Chimchi (Pekin karami )karotin va limon kislotasiga boy.

Fiziologik ta’sir

Chimchi (Pekin karami )tarkibidagi moddalar organizmdan og‘ir metallarni chiqarish xususiya- tiga ega. Muntazam Chimchi (Pekin karami )tanavul qilinishi saraton, aterosleroz, gastrit kasalliklarining oldini oladi.

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: yo‘g‘on ichak saratoni, remissiya davrida oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yaralari, ateroskleroz, gipertoniya.

Qarshi ko‘llaniladi: oshqozon-ichak qon ketishi, yuqori kislotali gastritningo‘tkir fazasi, pankreatit.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Og‘ir metallar bilan zaharlanishni davolash

1-retsept

Zaharlanishning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilanoq 200 ml pekin sharbati ichib yuboriladi. Keyin 100 ml sharbat kuniga ikki mahal iliq sut bilan ichiladi. Davolanish kursi – 5-10 kun.

2-retsept

1 L pekin sharbatiga dala qirbo‘g‘ini o‘ti, yong‘oq bargi va oddiy kislitsa o‘tidan tayyor- langan damlama (1 l ) qo‘shiladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 6 mahal qabul qilinadi. Davolanish kursi -10 kun.

Gemorroyni davolash

1-retsept

Tashqi gemorroy bo‘lganda, g‘uddaga pekin ka- rami 10-15 daqiqa bosib qo‘yiladi. Muolaja kuniga 1-2 marta tugun yo‘qolguncha qo‘yiladi.

2-retsept

Pekin karamidan qaynatma bilan o‘tirib qabul qilinadigan vannalar yaxshi samara beradi. Bir vaqtning o‘zida Chimchi (Pekin karami )sharbati 2 osh qoshiqdan kuniga uch mahal ichiladi. Davolanish kursi – 14 kun. Zarur bo‘lganda davolanish kursini 21-28 kungacha cho‘zish mumkin.

Ateroskleroz va gipertoniya profilaktikasi

1-retsept

1 kg Chimchi (Pekin karami )to‘g‘raladi, 100 g maydalangan bodom, xandon pista va yong‘oq aralashmasi, 100 g asal va 200 g to‘g‘ralgan turshak yoki qora olxo‘ri qoqisi qo‘shiladi. Aralashmadan 2-3 osh qoshiq 2-3 marta ateroskleroz va qon bosimi oshishida qabul qilinadi. Profilaktika kursi – 28 kun. Yiliga 2-3 marta profi- laktika o‘tkaziladi.

2-retsept

100 ml Chimchi (Pekin karami )sharbatiga yarimta limon sharbati va 2 osh qoshiq sabzi sharbati qo‘shiladi. Kun davomida ikki mahal ichiladi. Profilaktika kursi – 21 kun. Profilaktika yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi.

Yo‘g‘on ichak saraton profilaktikasi

1-retsept

Har kuni 200 g yangi karam eyish kerak. Profilaktika kursi – 28 kun. Uch oy davomida dam olib, yana 14 kun davomida 1 osh qoshiqdan 4 mahal Chimchi (Pekin karami )sharbatidan ichish lozim.

2-retsept

300 g Chimchi (Pekin karami )to‘g‘raladi, 50 g bug‘da yumshatilgan grechka qipig‘i bilan aralashtiriladi, 1 g gul changi va 2 osh qoshiq grechka asali qo‘shiladi. Aralashma kuniga 100 g dan kuniga 2 mahal 14 kun davomida qabul qilinadi. Profilaktikani yilda 3 marta (mart, avgust, dekabr oylari tavsiya etiladi) o‘tkaziladi.

Gastrita va yara kasalliklarining profilaktikasi

1 -retsept

100 ml Chimchi (Pekin karami )sharbati jigarrang guruch qaynatmasi bilan 1:1 nisbatda qo‘shiladi, 2 osh qoshiq bodring suvi ham solinadi. Aralashma 100 ml dan kuniga 2-3 mahal 14 kun davomida ichiladi. Profilaktika yilda ikki marta (bahor va yozda) qilinadi.

2-retsept

100 ml Chimchi (Pekin karami )sharbati 50 ml qizil karam sharbati va 1 ta ezilgan sarimsoq piyoz tishchasi bilan aralashtiriladi, 1 choy qoshiq na’matak qiyomi qo‘shiladi.

Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Profilaktika kursi – 21 kun. Yilda ikki marta profilaktika (bahor va kuzda) o‘tkaziladi.

 

 

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика