Buyrak Va Siydik Yo‘llari Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar XALQ TABOBATI

Buyrak Va Siydik Yo‘llari Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar

  1. Archa (mevasi) — 3 qism; dornxona ukropi (mevasi) — I qism; silliq shirinmiya (ildizi) — 1 qism.

Qaynatma tayyorlash uchun 100 g maydalangan va aralashtirilgan o‘simlik mahsulotlari qaynab turgan I litr suvga solinadi va qaynab turgan suv ustida 20 daqiqa ushlab turiladi, keyin sovitiladi, dokadan suziladi va siydik haydash uchun kuniga 3 marta, 1/3, 1/4 stakandan ichiladi, O‘tkir kechadigan buyrak va siydik yo‘llari kasalligida va homiladorlikda tavsiya etilmaydi.

  1. Bo‘yoqdor ro‘yan (ildizi) — 2 qism; dala anonisi (ildizi) — 1,5 qism; oq qayin (bargi) — 1 qism; ortosifon (bargi) — 1,5 qism; qirqbo‘g‘in (o‘ti) — 1 qism; dorivor moychechak (guli) — 1,5 qism; poliz shnviti (mevasi) — 1,5 qism.

Qaynatma yuqorndagi yig‘ma singari tayyorlanadi va buyrak-tosh kasalligida kuniga 3-4 marta, yarim yoki chorak stakandan ichiladi.

Bu kizik: Buyrak Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash O‘simliklar bilan

Tok

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: Tok bargining yangiligida tayyorlanadigan turli taomlar (tok do‘lma) kishiga quvvat bag‘ishlaydi. Me’da faoliyatini yaxshilaydi, ovqat oson hazm bo‘lishida yordam beradi.

Tok barglarining qiymasi yara va jarohatlarga qo‘yilsa, ular tez et oladi.

YOsh tok novdalarining sharbati ichilsa yoki chaynab shimilsa, milklarni mustahkamlaydi, ishtahani ochib, ko‘ngilni ravshanlashtiradi.

Uzum urug‘laridan tayyorlanadigan qaynatma (1:10 nisbatda) siydik haydovchi vosita hisoblanadi.

Uzum g‘o‘rasining suvi, nordon uzum navlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining va murtak bezlarining yallig‘lanishida ishtaha ochuvchi, haroratni tushiruvchi omil sifatida ishlatilsa, mayizidan siydik haydovchi va engil surgi sifatida foydalaniladi.

Uzum sirkasi qonni suyultiradi, ishtahani ochib, ovqatni engil hazm bo‘lishiga yordam beradi.

O‘rta Osiyo xalq tabobatida yangi tok barglari va novdalari xafaqon (gipertoniya) va qand xastaligiga em bo‘luvchi tabiiy omil sifatida iste’mol qilinadi.

Manbalarda keltirilishicha, kuzda tok kesilganda oqib chiqadigan suv-sharbati iste’mol qilinsa, buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalaydi. SHuningdek tokning «ko‘z yoshlari» so‘gallarni yo‘qotishda yordam beradi, qontalashlarni ketkazadi.

Quritib maydalangan tok bargidan 2-4 g dan iste’mol qilib turilsa, bachadondan qon ketishini to‘xtatadi.

Zamonaviy tibbiyot amaliyotida uzum mevalari va sharbati jigar, buyrak, o‘pka kasalliklari, niqriz, kamqonlikda, yuqumli kasalliklardan keyin, quvvatbaxsh amal sifatida tavsiya etiladi. SHuningdek, u ovqatni x,azm qiladi, modda almashinuvini tartibga soladi, asab tizimini tinchlantiradi.

Uzum jigarga orom bag‘ishlab, o‘t haydaydi, bavosildan chekiladigan aziyatni engillashtiradi, ichdan qon ketishini to‘xtatadi, yurakka darmoi bag‘ishlaydi.

Uzum sharbatidan olinadigan shinni a’zolarga quvvat beradi.

SHAFTOLI

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: SHaftoli qadim-qadimdan tabiblar tomonidar bir qator xastaliklarni davolashda tavsiya etilgan. CHunonchi, shaftoli mevalari odam a’zolarini zararli moddalardan tozalovchi omil sifatida tavsiya etilgan, siydik haydovchi vosita sifatida buyurilgan.

SHirincha (diatez) xastaligida shaftoli danagini qizdirib mag‘zi tuyilib, suv bilai namlangan x,olda badanga va yuzga surtilgan.

Xalq tabobatida shaftoli mevasi ovqatni hazm qildiruvchi, qayt qilishni to‘xtatuvchi, siydik haydovchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

SHaftoli qoqisidan engil surgi sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun 1 stakan shaftoli qoqisini 1 l qaynoq suv bilan damlab, yaxshilab o‘rab qo‘yiladi. Taxminan 10 soatlardan keyin, sharbatdan 1 stakandan iliq holida ichib turiladi.

Xalq tabobatida shaftolining yangi barglarining suvi va qaynatmasi bod, bosh og‘rig‘i va me’da-ichak kasalliklariga davo sifatida buyuriladi.

SHaftoli bargidan tayyorlanadigan obzan (vanna) gush (ekzema)ga davo bo‘ladi.

SHaftoli guli va yosh barglari shirasi bolalardagi gijjalarni tushirishga yordam beradi.

Xalq tabobatida buyrak va qovuqdagi toshlarni nuratish uchun shafgoli, qovun, turi urug‘laridan 24 g.dan olib, 1 g toza asal va 20 g shakar bilan qo‘shib dori tayyorlab, har kuni nahorga iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.

SHaftoli va undan tayyorlangan mahsulotlar tarkibida kaliy moddasi bo‘lganligi tufayli, yurak-tomir tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning ovqatlanish ratsioni (tartibi)ga kiritiladi. SHaftoli tana salqishining oldini oladi.

BODOM

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: Xalq tabobatida shirin bodom mag‘zining qand bilan aralashmasi darmopsizlik, nafas qisishi, bosh aylanishi va quruq yo‘talga davo bo‘ladi. Bodomni shakar bilan iste’mol qilinsa, ziqnafas, zotiljam hamda kon qusishga foyda qilishi bilan birga, kesilgap, shilingan, timdalangan, sidirilgan, qirqilgan joylarga, ichak yaralari, qovuq yaralarini tuzalishiga yordam beradi, urug‘lariing miqdorini ko‘paytiradi, kishini semirtiradi. CHuchuk bodom ichki a’zolarni tozalaydi, miyani peshlaydi, ayniqsa, novvot bilan iste’mol qilinsa pihoyatda foydalidir. Bodom ko‘zning ko‘rish xususiyatini mustahkamlaydi, tomoqni yumshatadp, ko‘krakka foyda beradi.

Achchiq bodom mag‘zini musallas bilan qo‘shilgani eshakeminp davolashda ishlatiladi.

JIYDA

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: Jiyda mevasi kishi a’zolarida tuz-suv mutanosibligini saqlashi, odamning fikrlash qobiliyatini yaxshilashi bilan e’tiborga molikdir.

Umuman, jiyda barglari, mevalari, gullari, novdalaridan tayyorlanadigan dorivor omillar xalq tabobatida yallig‘lanishga qarshi, burushtiruvchi, gijjalarga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Ichketar, enterit, kolit, gastrit, isitma xuruj qilganda bu o‘simlikniig qismlaridan tayyorlangan qaynatmadan foydalaniladi. Jiyda mevalaridan qaynatma tayyorlash uchun 50 g jiyda mevasi ustiga 1,5 l qaynoq suv quyib, past olovda 15-20 daqiqa qaynatiladi. Olovdan olib, 1 soat davomida damlab qo‘yiladi, so‘ng suzib olinadi. Mazkur qaynatmani ovqatdan keyin, 2 oshqoshiqdan, kuiiga 3-4 mahal ichish tavsiya etiladi.

Ismlar Manosi R harfiga O‘g‘il va Qiz Bolalar Uchun Eng Chiroyli TOP 300

UZUM

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: O‘lkamizda uzumning turli navlari bo‘lsa- da, uning shifobaxsh xususiyatidan ko‘pchilik xabardor emas. Xalq tabobatida uzum bilan qovuq, buyrak, jigar, yurak me’da-ichak yo‘li kasalliklari davolanadi.

Uzum iiqriz (podagra), bavosil kasalliklarini davolashda ijobiy natija beradi, qon to‘xtatish, o‘t va siydik haydash xususiyatiga ega.

«Maxzan-ul-adviya» kitobida qayd etilishicha, uzum kuchli oziqa beruvchi ne’mat, tanada qonni yaxshilaydi, qattiq narsalarni yumshatadi. U nafas yo‘llari va o‘pkaning haroratini yaxshilaydi, semirishga moyillik yaratadi, buyrakda yog‘ hosil bo‘lishiga yordam beradi.

Uzum mayizi quvvatbaxsh ozuqa bo‘lib, qon ko‘payishiga yordam beradi. Mayiz og‘ir xastaliklarni (bezgak, shamollash bilan bog‘liq kasalliklar) boshidan kechirgan kishilar uchun juda foydali hisoblanadi.

A.Altimishevning bergan ma’lumotlariga qaraganda, mayiz bilan piyoz shirasidan tayyorlangan qaynatma tomoq bo‘g‘ilishini davolashda ijobiy natija beradi.

Uzum odam a’zolarida modda almashinuvini yaxshilaydi, yopishqoq balg‘am ko‘chishiga yordam beradi.

Uzumni tinka qurishida, ko‘z tinishida, kamqonlikda, o‘pka silida, zotiljam; ziqnafas, oshqozon-ichak kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Xalq tabobatida tok bargning shirasi ko‘zni ravshanlashtiruvchi omil sifatida tavsiya etiladn.

Tok bargidan tayyorlangan damlama bod kasalligiga emlik qiladi.

XURMO

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: Hozirda o‘lkamizning qariyb, barcha viloyatlarida xurmo daraxti o‘stirilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, xurmo mevasi nihoyatda foydali bo‘lib, shuningdek keksalar uchun engil hazm bo‘luvchi ne’mat hisoblanadi.

Tojiklar xurmo mevasini quritib va uni tuyib bug‘doy uni bilan qo‘shib non yopadilar. Bunday nonlar mazali bo‘lishi bilan birga quvvatbaxsh bo‘lib, kamqonlikka darmon bo‘ladi.

Kavkaz xalqlari xurmo mevalarining quyultirilgan sharbatidan «xurma-doshab» hosil qiladilar. U o‘z navbatida xafaqon, kamqonlikda davo bo‘lib, yuqori nafas yo‘llarining shamollashida balg‘am ko‘chiruvchi beozor omil hisoblanadi.

Ichburug‘ga moyilligi bor odam xurmoning sarxil mevasi yoki meva qoqisini iste’mol qilishi tavsiya etiladi.

Yiringli jarohat, yaralarga (chipqon, sizlog‘ich) xurmo mevalarining yumshoq qismi po‘stlog‘i bilan qo‘yiladi.

Agar xurmo mevalarini bo‘laklab quritilsa, o‘zining turush mazasini yo‘qotadi. Xurmo parhez ne’mat sifatida qon aylanish tizimiga, jigar, o‘t chiqaruvchi yo‘llarga, shuningdek darmonsizlikda foydali hisoblanadi.

Xurmo tarkibida salmoqli miqdorda yod moddasi bo‘lganligi tufayli buqoq xastaligiga davo bo‘ladi.

OLXO‘RI

Olxo‘ri mevalarining navi juda ko‘p va ularning xosiyatlari anchagina. Qadim-qadimdan olxo‘ri ishtaha ochuvchi, ichni yumshatib, qabziyatdan xalos qiluvchi ne’mat hisoblanadi.

Olxo‘rining chulisi (sharbat) engil surgi bo‘lishi bilan birga, siydik haydovchi omil hisoblanadi.

Olxo‘ri bargining maydalangani yoki quruq barglari bug‘latilgan holda yiringli yara va jarohatlarga qo‘yilsa, ularning tuzalishini tezlashtiradi.

Olxo‘ri mevasi gemoglobinni ko‘taradi.

Qora olu navli olxo‘ri qon bosimini tushirish, uning tarkibidagi kaliy tuzlari odam a’zolaridagi ortiqcha suv va osh tuzini chiqarib tashlash xususiyatiga ega. SHu sababli uni buyrak kasalliklarida ham tavsiya etiladi.

Olxo‘ri mevalarini surupkali qabziyatda, zarda qaynaganda, aterosklerozda, buyrak kasalliklarida, bod, niqriz, siydik haydovchi omil sifatida, ishtaha ochuvchi, qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya qilinadi.

Jaydari olxo‘rining guli engil surgi, siydik haydovchi hamda terlatuvchi omil sifatida ishlatiladi. SHuningdek, gulidan tayyorlangan damlama xafaqon xastaligida tavsiya etiladi.

Gilos

Kasalliklarida Qo‘llaniladigan Yigma CHoylar: Gilos mevasi chanqoqni qoldirish xususiyatiga ega.

Xalq tabobatida gilos quvvat bag‘ishlovchi ne’mat sifatida tavsiya etiladi hamda gulidan bod kasalligini davolashda foydalaniladi. Aniqlanishicha, haqiqatdan ham gilos guli tarkibida salitsilat kislota bor ekan.

An’anaviy tabobatda gilosni kamqonlikda (gipoxromli anemiya) iste’mol qilish tavsiya etiladi, CHunki gilos tarkibida ko‘p miqdorda temir moddasi bor.

Gilos buyrak, jigar va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

Gilos qon aylanishini yaxshilaydi. Biroq uni ko‘p iste’mol qilinsa, qoripni dam qilishi mumkin.

Nok

Nok ko‘p xosiyatli tabiat ne’mati. Abu Ali ibn Sinoning ta’kidlashicha, nok me’da

mushaklarini mustahkamlaydi. Uning mevasi va qoqisini yara va jarohatlarga bog‘lansa, ular darhol bitadi.

Xalq tabobatida nok qoqisi qaynatmasi chanqoq, yo‘tal, ichburug‘ni qoldirishda tavsiya etiladi.

Nok sharbati va mevasidan tayyorlangan qaynatma siydik yo‘lidagi toshlarni haydash xususiyatiga ega.

Tabiblar nokni quvvat bag‘ishlovchi ne’mat sifatida tavsiya etadilar.

Nok qo‘rg‘oshin hamda simob bilan zaharlanganda zararsizlantirish xossasiga ega.

Nok tarkibida arbutin moddasi bo‘lganligi tufayli an’anaviy tibbiyotda juda qadrlanadi. Uni jigarda hamda siydik yo‘lida tosh paydo bo‘lishidan muhofaza etuvchi beozor ne’mat sifatida tavsiya etiladi.

Abu Ali ibn Sino jaydari nok jarohatlarni et oldiruvchi, me’dani mustahkamlovchi, chanqoq qoldiruvchi, o‘tni (safroni) tinchlantiruvchi omil sifatida tavsiya etgan.

Hozirgi zamon tibbiyoti amaliyotida nok mevasining qaynatmasidan siydik-tosh kasalliklari hamda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolashda, shuningdek yallig‘lanishga qarshi, o‘t-safro haydovchi vosita sifatida foydalaniladi.

Bolalariing ich ketishida, shuningdek ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati buzilganda nokli elimshak (kisel) iste’mol qilish tavsiya etiladi. YArim stakan quritib maydalangan iok qoqisi va 2 oshqoshiq suli yormasi 2 stakan suvda qaynatilib yarim stakandan nahorga ichiladi.

Xalq tabobatida nok qoqisidan tayyorlangan qaynatma shamollashda, bezgak tutganda, yo‘talganda, ich ketishida tavsiya etiladi.

Nok qiltomirlarni mustahkamlash xususiyatiga ega.

Yo‘talda, bo‘gilish hollarida qaynatib yoki bug‘da pishirib iste’mol qilnngan nok ijobiy samara beradi.

BEHI

Behi mevasi dorivor omil sifatida juda qadrlanadi. Tabiblar behini qaynatib pishirilganini oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qo‘llab kelganlar.

Behi yurak hapqirishida, ich ketganda foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘zi og‘rigan odam behi urug‘ini qaynatib, tayyorlangan qaynatma bilan ko‘zini yuvsa shifo topadi. Murtak bezlari yallig‘langanda shu qaynatma bilan tamoq chayilsa, yaxshi foyda beradi. SHuningdek, teri kuyganda hamda tsri

yorilganda ushbu qaynatma tashqi muolaja sifatida ishlatiladi.

Agar yurak-qon tomir tizimida salqish sodir bo‘lsa, siydik haydovchi vosita sifatida behi urug‘idan tayyorlangan damlama tavsiya etiladi.

Behi mevasi temir moddasiga boy bo‘lganligi bois (20-30 mg/kg) kamqonlik bilan og‘rigan kishilarga tavsiya etiladi. Behi sharbati ham parhez ichimlik hisoblanadi.

Behidan tayyorlangan murabbo ichak yallig‘lanishida qo‘llaniladi.

Xalq tabobatida qandli diabet hamda xafaqon xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarga engillik tug‘dirish uchun behi barglari hamda murg‘ak novdalaridan qaynatma tayyorlab ichiladi.

RAYHON

Rayhon ekilmaydigan hovlilar bo‘lmasa kerak. Abu Ali ibn Sino rayhonni ta’riflab: «Uni yanchib yoki yog‘ini olib, malham qilib bavosilga surtilsa, foyda qiladi», deydi. SHuningdek, rayhon surtmasi ko‘zning lo‘qillashiga foyda qilishi, yurakka dalda berishi, suvi qon tuflashga foyda qilishi, sutni ko‘paytirishi, ichni to‘xtatishi, siydik haydash xususiyatini ko‘rsatib o‘tgan.

Bolgar xalq tabobatida rayhondan gayyorlangan qaynoq damlama bnlan buyrak, qovuq, siydik yo‘llari shamollashida, tumov, bodomcha bezlari yallig‘langanda va bezgak xurujini davolovchi omil sifatida foydalaniladi.

Rayhonning sirka va ozgina tuz bilan qaynatmasi tish og‘rig‘ini qoldiradi.

Rayhon barglarining sharbati o‘rta quloq iiringlashida yaxshi foyda beradi.

Rayhon tarkibidagi efer moylari surunkali me’da yallig‘lanishga qarshi omildir. SHu bilan birga rayhon siydik yo‘li kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Bundan tashqari rayhon yo‘talda, qizamiqda foyda qiladi.

Quyuq-suyuq taoxMlarga oshko‘k sifatida ishlatiladigan rayhon ishtahani ochib, ovqatni engil hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Xakim Davoiy Al-o‘iloniy sadarayhonni shunday ta’riflaydi:

Sadarayhon tab’i nedur, diqqat qil,

11ssiqlikda o‘rnin ikki deya bil.

Rutubatdan xoli emasdir doim,

SHodlik berar, undan o‘zgaradi hol.

Suvi haydar kimki tupursa qonlar, «Xavq» deydilar tibda uni yoronlar.

Badan ichra kirib qilganda asar, CHayon chaqsa aslo qilmagay zarar.

JAMBIL

Jambil siydik va ter haydovchi, ovqatni yaxshi hazm qildiruvchi omil sifatida, iztirobli yo‘tal va tumovga qarshi, ichburug‘, me’da katarida, bosh og‘rig‘i, ichak faoliyatining buzilishida tavsiya etiladi. Buning uchun 3 choy qoshiq maydalangan jambilni 2 stakan suv bilan tayyorlangan damlamasi ichilishi lozim.

Xalq tabobatida jambilni tirishib qolishga qarshi ti nchlanti runchi omil sifatida, shuningdek qizamiq, me’da sanchiqlari, talvasa, tomir tortishishida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Oftob urishdan saqlanish, chanqoqni bostirish uchun jambilli ayron iste’mol qilinadi. Uy sharoitida ayron tayyorlash uchun 200 g suzma, 500 g qaynatib sovutilgan suv, 1 choy qoshiq maydalangan jambil, rayhon, ko‘kpiyoz, zarurati bo‘lsa bir oz tuz solib obdon aralashtiriladi va ichiladi.

KANAKUNJUT

Kanakunjut yog‘idan o‘z o‘rnida tadbirkorona foydalanilsa, u bir qator xastaliklarga shifo bo‘ladi. Jumladan, so‘gallarni ketkazish uchun kechqurun yotishdan oldin 20 daqiqa davomida kanakunjut yog‘i so‘galga «edirtirilib» surtiladi.

Kanakunjut yog‘idan bir qoshiq iste’mol qilinsa, ichni ravon qilib, zararli xiltlardan tozalaydi.

Agar yangi tug‘ilgan go‘dakning kindigi tezda tuzalmayotgan bo‘lsa, unga kanakunjut yog‘i surtib turmoq lozim.

Kanakunjut yog‘i haftasiga bir marta kipriklarga surtilsa kipriklar tez o‘sadi.

Ayollarning ko‘krak beziga kanakunjut yog‘i surtilsa, sut ajralishi ko‘payadi.

Agar go‘dakning sochi sekin o‘sayotgan bo‘lsa, uning boshiga kanakunjut yog‘i singdirib surtiladi. Odatda bunday muolaja haftasiga ikki marta qo‘llanilib, kechqurun surtilgan yog‘ ertalab yuvib tashlanadi.

GUNAFSHA (BINAFSHA)

Bahor darakchisi bo‘lgan binafshaning ham xosiyatlari o‘zgacha. CHunonchi, binafsha, ayniqsa, uning ildizlaridan tayyorlangan qaynatma o‘pka kasalliklaridagi iztirobli yo‘talda, shuningdek ko‘k yo‘talda ijobiy natija beradi. Buning uchun 2 g. binafsha ildiziga 200 g. suv suv quyilib 15 daqiqa engil alangada qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan sharbatdan osh qoshig‘ida 2-3 qoshiqdan, kuniga 3 mahal ichiladi. Murtak

bezlarining yallig‘lanishi, gripp xastaliklarida qaynatma bilan og‘iz chayiladi.

Bnnafsha ildizlaridan tayyorlangan qaynatma buyrak hamda qovuqdagi tosh va qumlarni eritishda ijobiy natija beradi. Buning uchun binafsha o‘ti, shuningdek ildizidan 2 oshqoshiq olib, 2-4 stakan qaynoq suv bilan 20 daqiqa dam ediriladi. Qaynatma sharbatidan 2-3 qoshiqdan, kuniga 3 mahal ichiladi.

Binafsha qaynatmasi o‘pka emfizemasida, bod hamda siydik tuta olmaslik hollarida foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Binafsha gulbargi va bandining sharbatiga 3 misqol (1 misqol — 4,25 g.) shakar qo‘shib iste’mol qilinsa, odam safrodan xalos bo‘ladi, ichaklarning faoliyati yaxshilanadi, yo‘tal taskin topadi, tomoqning qichishiga barham beradi.

Qo‘tirni quvadi gunafsha yog‘i, Xo‘l-sovuq, naf etar tabga har chog‘i.

Zotiljam uchun ham manfaati bor, Ko‘z og‘riq, yo‘tal ham topadi qaror. Orqa teshik uchun foydasi bordir, Tomiru pay shishsa manfaat yordur. Ko‘krakning ichini qilar muloyim, Me’dani issiqdan tozalar doyim. Barcha issiq shishga chaplangan zamon, Gulu bargi ila quvar begumon.

MAKKAJO‘XORI

Makkajo‘xori yog‘ining ham shifobaxshlik xislatlari bor. Ovqatlanishdan oldin 1 oshqoshiqdan makkajo‘xori yog‘idan iste’mol qilinsa, ziqnafas (astma), pichan isitmasi; shaqiqa (migren) kabi noxush dardlarda yordam beradi.

Agar teri qazg‘oqlanganda, shuningdek quruq gushda (ekzema) makkajo‘xori yog‘idan nonushta hamda kechki ovqatlanish oldidan 1 oshqoshiq ichib turilsa, ijobiy natija beradi.

Agar lablar po‘rsildoq boylasa (angioneyrotik ekzema), yoxud yuz shishib ketsa yoki manglay salqiganda, har kuni 3 mahal ovqatlangandan keyin, 1 oshqoshiqdan makkajo‘xori yog‘i ichish tavsiya etiladi.

Makkajo‘xori yog‘idan kuniga 3 mahal, 1 oshqoshikdan iste’mol qilish soch tolalarining baquvvat bo‘lishiga, bosh terisining oziqlanishiga, sochlarning ipakdek mayin bo‘lishiga yordam beradi. Buning uchun bir-ikki oy mobaynida makka yog‘idan kuniga 3 mahal, 1 oshqoshiqdan, ovqatlangandan keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Makkajo‘xorining popugi ko‘pgina xastaliklarga davo hisoblanadi. Jumladan, u siydik yo‘lidagi tosh kasalliklirida malhamlik qiladi, o‘t pufagi xastaliklarida

(xolsistit, xolangit kabi), sariq kasallarida, shuningdek qon to‘xtatuvchi beozor omil sifatida foydalaniladi. Buning uchun 1 oshqoshiq maydalangan makka popugi yarim choynak suvda l soat qaynatiladi, sharbatidan kuniga 4—5 mahal, 1-2 oshqoshiqdan ichiladi.

QARAFSH-SELDIR (SELDEREY)

Qarafsh-seldir har bir xonadonda ishlatiladigan oshko‘klardan biridir. Qarafsh xalq tabobatida asabni tinchlantiruvchi, lavshaga, yallig‘lanishga qarshi dori, bezgak xurujini qaytaruvchi, siydik haydovchi beozor tabiat ne’mati hisoblanadi.

Qarafshning bargi va ildizidan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi, ovqatni hazm kildiruvchi, qabziyatga chek qo‘yuvchi, qorinning dam bo‘lishiga hotima beruvchi dori sifatida tavsiya etiladi.

Qarafshning mevasidan (urug‘i) nafas olish qiyinlashganda va nafas yo‘llari kasalliklarida foydalaniladi. SHuningdek, qarafsh mevasi astma (nafas qisishi) kasalligida va hiqichoq tutishida hamda qayt qilishga qarshi dorivor sifatida ishlatiladi.

Qarafshning damlamasi teri kasalliklaridan temiratki va eshakemini davolaydi, u bilan ypringli yaralar yuviladi.

Qarafsh ildizmevalarining damlamasi ishtaha ochadi, ko‘ngil aynishini bosadi, hayzni maromga soladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, qarafsh ildizmevalari buyrak kasalliklarida, toq bezlarining shamollashida, eshakem, niqriz, qo‘tir, jinsiy zaiflikda foydalidir. SHuningdek, ildizmeva og‘riq qoldiruvchi, siydik haydovchi omil sifatida ham tavsiya etiladi.

Qadimda tabiblar qarafsh sharbatini suv yoki sirka bilan suyultirilganini qayt qilishni to‘xtatuvchi vosita sifatida ishlatganlar.

Qarafsh siydik ajralishini ko‘paytirib, tanadagi zararli moddalar (shlak)ning chiqib ketishiga omilkorlik qiladi.

Qarafsh asabi nihoyatda bo‘sh, tez charchaydigan kishilarga, bod kasalligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qarafsh odamning umumiy tonusini oshiradi, jismonan quvvat baxsh etib, aqliy mehnatga ishtiyoqni orttiradi.

Qarafshning ildizi hamda barglarining damlamasi istisqo (vodyanka), qabziyat, jigar va buyrak kasalliklari, niqriz, eshakem (allergik toshma) hamda teri kasalliklarida (dermatitlar) engillik beruvchi beozor vositalarga kiradi.

YUrak-qon tomir tizimi kasalliklarida 1 oshqoshiq maydalangan qarafsh ildiziga I stakan qaynoq suv qu yib, og‘zi yaxshi yopiladigan idishda 4 soat damlab qo‘yiladi, so‘ngra damlama suzib olinib iliq holda yarim damlangan choydan kompress sifatida foydalanilsa, quyosh nuridan kuyganda, og‘riq aziyatiga malhamlik qiladi.

ZIRA

Xalq tabobatida zira urug‘i me’da-ichak yo‘li faoliyatini kuchaytiruvchi, ishtaha ochuvchi, qorin dam bo‘lishiga xotima beruvchi; shuningdek, siydik haydovchi omil sifatida tavsiya etiladi.

Zirali taomlar iste’mol qilinganda semirib ketishga moyillik kamayadi.

Xalq tabobatida ziraning qovurib yanchilgan urug‘i toza asalga aralashtirilib, buyrak va qovuqdagi toshlarni nuratish, pes xastaligining avj olmasligi uchun iste’mol qilinadi.

Qora zira esa xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Jumladan, zira urug‘ining qaynatmasini kamqonlikda, me’da og‘riganda, ichburug‘da, surunkali jigar kasalliklarida, ona suti kamligida, qabziyatda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Abu Ali ibi Sino qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq qoldiruvchi, el va i ijja haydovchi, ovqatni hazm bo‘lishiga yordam beruvchi dori sifatida tavsiya etgan.

Xalq tabobatida qora zira qaynatmasi bachadon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi, uni ko‘zga quvvat bag‘ishlovchi dori sifatida ham ishlatiladi.

Nrofessor A. D. Turovaning bergan malumotlariga qaraganda, zira ishtahani ochibgina qolmay, me’da atrofidagi noxush og‘riqlardan, silliq mushaklar spazmasidan xalos qiladi, ichak, bachadon, qovuq, sut bezlarining faoliyatini oshiradi. Uy sharoitida qora ziradan damlama tayyorlash uchun 1 oshqoshiq qora zira 200 g qaynoq suvda 30 daqiqa yoiib qo‘yiladi. SHarbatidan I oshqoshiqdan, kuniga 3-4 mahal ichiladi.

DAFNA (LAVR YAPROG‘I)

Xar bir xonadonda dafna (lavr) barglari bo‘lishi tabiiy. Abu Ali ibn Sino dafnani ko‘n kasalliklar davosi ekanligini qayd etib o‘tadi. Jumladan, dafna kamquvvatlikda, falajda yaxshi naf beradi, shuningdek jigar og‘rig‘i, bosh ogrig‘i, quloq shang‘illashi, yuqori nafas yo‘llarining shamollashida ijobiy nagija ko‘rsatadi.

Dafna bargi va yog‘i bosh og‘rig‘i va quloq og‘rig‘ini qoldiradi, quloqiing eshitish quvvatini oshiradi, shang‘illashini yo‘qotadi. Dafnali yog‘ falajlangan joyga surtilsa, engillik beradi. Dafnali yog‘ni tayyorlash uchun uning quruq bargidan 30 g olib, unga 200 g kungaboqar yog‘i qo‘shib «damlab» qo‘yiladi. Mazkur dafnali yog‘ miozit, artrit va nevralgiya kabi kasalliklarda ham surtma sifatida foydalaniladi. Tangachali temiratkini bartaraf qilish uchun dafna bargidan 20 donasi 400 g suvda 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma sovutilgach suzib olinadi. SHarbatini bir kunning o‘zida uchga bo‘lib ichish va bu muolajani 5-7 kun davom ettirish tavsiya qilinadi.

YAnchilgan dafna kishini aksirtiradi, nazla haydab, miyani tozalaydi.

Dafna mevasidan ajratib olingan yog‘ gush (ekzema)ga malham, qo‘l-oyoq og‘rig‘ini qoldiruvchi omil sifatida tavsiya etilsa, mevalaridan asabni mustahkamlovchi vosita sifatida foydalaniladi.

Tangachali temiratki xavf solmasligi uchun suyuq-quyuq taomlarga dafna barglarini solish foydadan xoli bo‘lmaydi.

QORAQANT VA QORAG‘AT

Qoraqant yoki zirk har bir xonadonda ishlatiladigan ziravorlardan hisoblanadi. Qoraqant asab kasalliklarda, (tomoq og‘riganda, ko‘kyo‘tal) qorag‘at mevasining sarxili yoki sharbati toza asalga aralashtirib iste’mol qilinadi.

Xafaqon dardida qorag‘at mevalarining sarxilidan 100 g.dan iste’mol qilish foydali.

Qorag‘at bargi va uning yosh novdalaridan tayyorlangan qaynatma bilan teri sili, shirincha va diatez kasalliklariga chalingan bolalarni cho‘miltiriladi. Qorag‘at barglaridan tayyorlangan damlama niqriz (podagra) bilan og‘rigan bemorlar uchun davo hisoblanadi.

Qorag‘at mevalarining sharbatidan kuniga osh qoshig‘ida (2-3 osh qoshig‘ida 3 mahal) ichilsa, shuningdek mevasidan tayyorlangan qaynatma yoki elimshakdan (kisel) iste’mol qilinsa, oshqozon yarasi, axiliya (me’da shirasi bo‘lmaganida), enterit kabi kasalliklarda foyda qiladi.

Qorag‘at bargidan damlama-choy tayyorlanib ichilsa kandli diabet, bod, niqriz, limfa bezlari sili; sistit; buyrak-tosh kasalligi va shamollash bilan bog‘liq kasalliklarda dardga engillik beradi.

Qorag‘at kurtaklari bilan mevalarini musallasga solib, damlab ichilsa, surgi sifatida ta’sir ko‘rsatadi, agar shakar sepib iste’mol qilinsa, kishining kayfiyati ko‘tarilib, ruhi tetiklashadi.

Qorag‘at gulidan gayyorlangan qaynatma jigar kasalliklari, bavosil, ayollar kasalliklari, buqoqda ma’lum darajada davolik qiladi.

Qorag‘at yurak-tomirlar tizimi, me’da-ichak yo‘li ishini yaxshilab, a’zolarning himoya kuchini yaxshilaydi, qiltomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytirib, markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish jarayonlarini susaytiradi.

Qon ketishiga moyilligi bor bemorlarga, shuningdek, ateroskleroz, xafaqon, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, allergiya, aiemiya bilan og‘rigan bemorlarga qo‘shimcha davo sifatida hamda engil surgi tariqasida qorag‘atning sarxil va quritilgan mevasi, meva va barglaridan tayyorlangan qaynatma- damlamalar tavsiya etiladi.

Iztirobli bosh og‘rig‘i hamda me’da kislotaliligi kamayganda qorag‘at mevasi sharbatidan chorak stakandan, kuniga 3 mahal ichish tavsiya etiladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика