Buyrak Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash O‘simliklar bilan

Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari XALQ TABOBATI

BUYRAK VA SIYDIK YO‘LLARI KASALLIKLARIDA QO‘LLANILADIGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR

Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari: Ma’lumki, buyrak odam va hayvon tanasida modda almashinuvi, kimyoviy, biokimyoviy va boshqa jarayoplar natijasida hosil bo‘ladigan keraksiz, ayrimlari tapa uchun zararli bo‘lgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaruvchi asosiy a’zo hisoblanadi. SHuning bilan bir qatorda, buyrak ichki muhitning doimiyligini ta’minlashda, suv-tuz, elektrolitlar va boshqalarning bir me’yorda bo‘lishida qatnashadi.

Buyrak faoliyati tananing holatiga, qabul qilingan suv miqdoriga, yurak-qon tomir tizimining va boshqa a’zolar fiziologik va patologik holatlariga bog‘liq. Ayniqsa, buyrak, yurak va jigar ayrim kasalliklarga chalinganda siydik ajralishi kamayib, tanada suyuklik va uning tarkibida turli salbiy ta’sirlarga ega moddalar yig‘ila boshlaydi. Bunda o‘ziga xos shishlar va boshqa o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.

Bu Qiziq: Buyrak Tosh Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash

Glomerulonefrit buyrak kasalliklaridan biridir. Bu xastalikda birlamchi siydik filtratsiya yo‘li bilan mayda qon tomirlardan hosil qilinadigan maliigiev koptokchalarining autoallergik yallig‘lanishidir. Nefroz kasalligi esa buyrak parenximasidagi zarur to‘qima hujayralarining emirilishi natijasida yuz beradi. Bulardan tashqari, siydik yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi ham buyrak faoliyatini izdai chiqarishi mumkin. Ushbu kasalliklarda buyrakning siydik ajratish faoliyati buzilib, tanada suv yig‘ila boshlaydi va shishlar paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar yurak faoliyatining surunkali etishmovchiligida ham bo‘lishi mumkin. Bunga sabab yurak ichki pardasinipg (endokard) revmatik yallig‘lanishi (revmaendokardit) bo‘lib, u yurak porok xastaligini keltirib chiqaradi. Natijada yurak faoliyati sekin-asta susayib boradi, tanada qop aylanishi sekiilashadi. Tana va to‘qimalarning qop bilan ta’minlanishi kamayadi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari SHu jumladan, buyrakda ham qon aylanishi kamayadi va siydik ajralishi susayadi. Natijada qon tarkibidagi suv to‘qimalarga o‘tib, shishlarni keltirib chiqaradi. Bular yurak shishlari deyiladi. Bunda, aypiqsa, jigar ko‘proq talafot ko‘rib, u kattalashib, shishib ketadi.

DORIVOR O‘SIMLIKLARNING XUSUSIYATLARI

Darhaqiqat, juda ko‘p o‘simlik turlari shifobaxsh, ya’ni dori-darmonlik xususiyatiga ega. Xo‘sh shunday ekan, ularning quvvat beruvchi kuchlari nimalarga bog‘liq? Gap shundaki, o‘simliklar shunday bir murakkab organik moddalarni, ya’ni biologik faol moddalarni sintez qiladi. Inson u yaratgan jarayonlar oldida hozircha ortda qolmokda.

Жигар Хакида Юкумли Гепатит Жигарнинг Тузилиши Ва Вазифаси

O‘simliklardagi biologik faol moddalarning soni, miqdori hamda sifati, ularnipg shifobaxshlik xususiyatlarini, ya’ni dori-darmonlik qobiliyatlarini belgilashda eng muhim omil hisoblanadi.

O‘simlik xom ashyolaridan dori-darmop tayyorlashda dorivor ahamiyatga ega bo‘lgan oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, alkoloidlar efir moylari, saponinlar, flavonoidlar va boshqa biologik faol moddalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu moddalarning ayrimlari haqidagi ma’lumotlarni bayon etamiz.

Alkoloidlar o‘simliklarning turli a’zolarida to‘planadigan azot saqlovchi va ishqor xususiyatiga ega juda murakkab organik birikmalardan tashkil topgan moddalardir. Bu moddalar o‘ziga xos fiziologik ta’sirchanlik xususiyatiga ega. Alkoloidlardan morfin, papaverin, xinin, kofein, kodein kabi turli xil dori-darmonlar ishlab chiqarishda xom ashyo vazifasini o‘taydi.

Flavonoidlar organik moddalarning geterotsiklik birikmalaridan tashkil topgan bo‘lib, o‘simlik a’zolarida asosan sariq bo‘yoq (pigment) holida uchraydi, ba’zan glikozidlar, glyukoza, ramnoza, gapaktoza va boshqa qand moddalari ko‘rinishida bo‘ladi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari Ular spazmolitik (siqilish) va balg‘am ko‘chiruv (tashlatuv)chi ta’sirga ega, yallig‘lanish hamda o‘n ikki barmoqli ichak jarohatlarini davolashda yuqori samara beradi . Ayrim flavonoidlar — rutsin va kversetinlar qiltomirlarni mustahkamlash hamda qon tomir devorchalarining zichlantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Glikozidlar o‘simlik a’zolarida eng ko‘p to‘planadigan juda ham murakkab tuzilishga ega bo‘lgan moddalardan tashkil topgan. Ular namlik va fermentlar ta’sirida ikkiga parchalanadi, ya’ni qandli glikozid va qandsiz aglikon komponentlarga bo‘linadi.

Glikozidlar inson tanasiga ta’sir etish xususiyatiga qarab yurak-qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi, terlatuvchi, achchiq, saponinli glikozidlar va antraglikozidlarga bo‘linadi. YUrak-qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi glikozidlar boshqa moddalardan farqli o‘laroq o‘z ta’sirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurakka o‘tkazadi. Achchiq likozidlar esa oshqozon-ichak yo‘llarining ish qobiliyatini oshiradi, ishtahani ochadi hamda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Ulardan tayyorlangan dori- darmonlar bilan ateroskleroz xastaliklari davolanadi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari SHuningdek, quvvatlantiradigan, shamollashning oldini oladigan, gormonal, neyrotrop hamda gonadotrop ta’sir etish qobiliyatiga egadir. Bulardan tashqari, bu dori-darmonlar surgi hamda siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Saponinlar o‘simliklarning barcha a’zolarida bo‘lib, ularning miqdori hamda 

sifati o‘simliklarning rivojlanish davrlariga qarab o‘zgarib turadi. O‘simlik vegetatsiyasining oxirida ildiz hamda tuganaklarida saponin miqdori juda yuqori bo‘ladi. Saponinlar ko‘piruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, glikozidlar guruhiga kiradi. Ular gidrolizlanganda qand hamda saponinlarga parchalanadi.

Saponinlar ta’sir kuchiga ega bo‘lib, burun, lab va ko‘z atrofidagi hujayra hamda to‘qimalarni yallig‘lantiradi. Ular ko‘zni yoshlantirib, qizartiradi, ba’zan allergiya beradi. Saponinlar qizil qon tanachalari (eritrotsit)larni parchalaydi, ya’ni gemolizlaydi.

Saponinlardan tayyorlangan dori-darmonlar tabobatda balg‘am ko‘chirish, siydik haydash maqsadlarida ishlatiladi.

Efir moylari o‘simliklarning hamma a’zolarida to‘planadigan bir qancha moddalarning murakkab birikmalarida hosil bo‘lgan, genetik jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan, uchuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan organik moddalar yig‘indisidir. Efir moylarining birikmalariga uglevodorod, spirt, aldegid, keton, fenol, lakton, efir, xinin kislota, azotli birikmalar va boshqa bir qancha moddalar kiradi. Hozirgacha efir moylarining YUOOdan ortiq birikmalari aniqlangan. YAlpizdan olipgan efir moyining tarkibida 107, yorongulnikida (anjabor, geranxolmovaya) 270 komponent borligi hisobga olingan. Efir moylari yalpiz, tog‘rayhon, rayhon, kiyiko‘t, limono‘t, sherolg‘in, limonda, shuvoq, evkalipt, lavr va boshqa bir qancha o‘simliklarning asosan barglarida, atirgul, itburun, mavrak, marjongul, jasminlarning gullarida, terak, qayin daraxtlarining kurtaklarida, arpabodiyon, zira, qorazira, yovvoyi sabzi, achchiq bodomlarning urug‘ va danaklarida, limon, mandarinlarning meva po‘stida, andiz, qora andiz, gulsafsarning ildizlarida go‘planadi. Ayni paytda er yuzida uchraydigan o‘simliklarning 2500 turida efir moylarining borligi aniqlangan. O‘zbekistonda esa 650 tur o‘snmlik tarkibida efir moylarini saqlashi hisobga olingan.

X,ar yili jahon mamkatlarida qimmatbaho xom ashyo beradigan 75 tur o‘simlikdan 40 ming tonna atrofida efir moylari olinadi. Ilmiy tabobatda qorazira, arpabodiyon, yalpiz, rayhon, sitrus, kabi o‘simliklardan olinadigan dori- darmonlar bilan turli xastaliklarni davolaydilar. Ayniqsa, ular og‘riqnp qoldirish, asab tizimini tinchlantirish, oshqozon ichak faoliyatini yaxshnlashda keng ishlatiladi. Ba’zi efir moylari asosida tayyorlangan dori-

darmonlar balg‘am tashlatuvchi, antiseptik bakteriotsidlik xususiyatlariga ega bo‘lsa, ayrim turlari (yalpiz) inson tanasini sovutadi, tinchlantiradi.

Vitaminlar murakkab organik birikmalardan hosil bo‘lib, o‘simliklarning barcha a’zolarida saqlanadi, Vitaminlar lotin harflari va sonlar bilan belgilanadi. Ular tashqi muhit ta’siriga juda chidamsiz bo‘lib, tez buziladi, parchalanadi hamda o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Masalan S, R, V 1, V 2, V 6, Rr, II va boshqa pantotenat vitaminlar qaynagan suvda tez parchalanadi hamda shifobaxshlik xususiyatini yo‘qotadi.

A, K, D, E vitaminlari qaynagan suvda tez parchalanmaydi yoki buzilmaydi, ammo yog‘larda parchalanadi, ta’sir quvvatini yo‘qotadi.

S, V, A vitaminlari kislorod ta’sirida buziladi, V2 vitamini esa ta’sirga ch ida mli r o kdi r.

Vitaminlar inson to‘qimalari uchun doimiy va zarur birikmalardan hisoblanib, modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etish bilan bir qatorda, inson tanasining turli kasalliklardan himoyalanish qobiliyatini oshiradi. Qon tomirlarining devorchalarida xolesterin to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qon tarkibini doimiy saqlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Inson vujudida vitaminlar etishmasa, turli xil vitaminoz kasalliklari paydo bo‘ladi.

Bo‘yoq moddalar. O‘simlik a’zolari turli pigmentlarni, ya’ni bo‘yoqlarni saqlaydi. Ularga xlorofill, flavanoid, antotsian, karotinoid va boshqalar kiradi.

Xlorofil yashil bo‘yoq bo‘lib, o‘simlik a’zolarining yashil qismlarida uchraydi. Bu moddalar xlorofill «A» hamda xlorofill «B»ga bo‘linadi. Xlorofill suvda parchalanmaydi, ammo yog‘da parchalanadi.

Antotsianlar binafsha rangdan tortib, to qizil ranggacha bo‘yoq ko‘rinishini beradi. Antotsianlar flavonoidlik glikozidlar hisoblanadi, gidrolizlanib, qand hamda aglikon-antotsianidga parchalanadi. Ular o‘z navbatida, keratsianin, enin va botaninlarga bo‘linadi, Antotsianlar suvda uzluksiz eriydi, qizdirilsa yoki qaynatilsa tez buziladi, ya’ni rangi hamda xususiyatini yo‘qotadi.

Antotsianlar o‘simliklarning guli, mevasi hamda urug‘larida ko‘proq bo‘ladi.

Ilmiy tibbiyotda kversetin va rutin moddalaridan tayyorlanadigan dori-darmonlar ko‘proq qo‘llaniladi. Ular yurak qon-tomir, qon ketish, oshqozon yarasi, qon bosimini oshishi kabi xastaliklarga qarshi ishlatiladi.

Tannid ayrim o‘simliklarning bargi, mevasi, po‘stlog‘i, ildizi hamda tuganaklarida to‘planadi. Bu modda o‘simlik hujayra shirasida erigan holda uchraydi. U boshqa moddalar bilan birikkan yoki ayrim holda bo‘ladi. O‘simlik to‘qimalari o‘lgandan so‘ng hujayra devorchalariga shimiladi. Tannid teri ko‘nlash (charmlash) sanoati uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Bu modda ilmiy tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oluvchi bakteritsidli modda tariqasida ishlatiladi.

Achchiq moddalar (azotsiz murakkab moddalar) terpenli birikmalardan tashkil topgan bo‘lib achchiq ta’mga ega. Bu moddalar ta’sirida oshqozon shirasi ko‘plab ishlab chiqariladi, ovqat yaxshi hazm bo‘la boshlaydi, ishtaha ochiladi. Ayniqsa, bu xastalikka chalingan bemorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Kumarinlar, ayniqsa, soyabonguldoshlarga oido‘simlik a’zolarida to‘planadigan biologik faol moddalardir. Bu moddalar sisortooksikor kislotalardan tashkil topgan, Kumarinlarning ta’sir quvvati turlicha bo‘lib, tibbiyotda eng ko‘n ishlatiladiganlari furokumarinlarga oiddir. Bu moddalar ultrabinafsha nurlarga nisbatan tananing sezuvchanlik xususiyatini oshiradi, qon tomirlarini kengaytiradi.

Furokumarinlar teri xastaliklarini davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon vositalarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo manbalaridan hisoblanadi.

Organik kislotalar o‘simlikning hujayra shirasida uchraydi. O‘simlikniig barcha a’zolarida ayniqsa, mevalarida olma, limon, vino shovul, chumoli, askorbin, ba’zan xinin va linolen kislotalari holida bo‘ladi.

Tanadagi organik kislotalar modda almashinuvida ishtirok etadi. SHira ishlab chiqaradigan bezlarning ishchanligini oshiradi. O‘t suyuqligi va pankreatik shiraning ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Organik kislotalar bakteritsidlik xususiyatiga ega. SHu sababli ham turli mikroblarni qirib tashlaydi. Natijada inson tanasiga xastaliklarni yuqtirmasdan yaxshi ta’sir etadi.

Organik kislotalar ishtahani ochadi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.

Fermentlar o‘simlik to‘qimalarida paydo bo‘ladi. Ular mevalarda ko‘proq to‘planadi hamda modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Fermentlar deyarli oqsil moddalardan hosil bo‘ladi.

Tanada sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar fermentlar ishtirokida o‘tadi. SHuningdek, fermentlar ma’lum moddalarning reaksiyaga kirishishini tezlashtirishda katalizatorlik rolini ham o‘taydi.

Fermentlarga ta’sir ko‘rsatadigan harorat 40″S dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agar harorat bu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lsa, fermentlardagi oqsillar koagulyasiya holiga tushadi. Natijada fermentlar katalizatorlik xususiyatini yo‘qotadi.

Fitonsidlar o‘simlik a’zolarida to‘planib, mikroorganizmlarni qirib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab tuzilishdagi organik moddalardan hisoblanadi. Bu moddalarni o‘simlik antibiotigi yoki fitonsidlari deyiladi.

Fitonsidlar alkaloid efir moyi, antotsian ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan ayrim fitonsidlar toza holda ajratib olingan. Masalan, allitsin fitonsidi sarimsoqdan ajratib olingan bo‘lib, aplin aminokislotalaridan tashkil topgan. U bakteritsidlik xususiyatiga ega. Fitonsidlar bakteriyalarni qirib tashlaydi yoki o‘sishi hamda ko‘payishiga imkon bermaydi.

O‘simliklardan olingan fitonsidlar tibbiyotda antibiotiklar sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Kraxmal polisaxaridlarga mansub bo‘lib, murakkab tuzilishga ega. U tanani tetiklashtiradi hamda quvvatini oshiradi. Tirik jismda undan glyukoza hosil bo‘ladi.

Kraxmaldan ilmiy tibbiyotda oshqozon-ichak hamda teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan dori-darmoplar tayyorlanadi. SHuningdek, kraxmal sanoatda, uy-ro‘zg‘or ishlarida keng ko‘lamda ishlatiladi.

Polisaxaridlar o‘simliklarning barcha a’zolarida, ayniqsa, meva, tuganak, ildiz hamda piyozlarida ko‘p bo‘ladi. Polisaxaridlar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uglevodlar yig‘indisidan tashkil topadi. Ular kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri hisoblanadi.

Azotli moddalar murakkab birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning asosini oqsilli moddalar hosil qiladi. Ular, o‘z pavbatida, aminokislotalar hamda amidlardan iborat. SHuningdek, oqsilsiz azotli moddalar o‘z tarkibida puklein kislotasi, ammiak tuzlari, nitratlar, ba’zi vitamin va glikozidlarni saqlaydi.

Oqsillar o‘simliklarning asosan urug‘i va mevalarida ko‘proq to‘planadi. Ular to‘yimli oziq-ovqat manbai hisoblanadi. Oqsillar proteolit fermenti ta’sirida aminokislotalarga parchalanadi, tapada modda almashinuvini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ishtirok etadi hamda uning quvvatini oshiradi.

Moy va moy kislotalari o‘simliklarning urug‘i, mevasi hamda danaklarida mujassamlangan bo‘lib, murakkab tuzilishga ega. Efir, glitserin kislotalarining bir asosli yog‘ qatorlaridan iborat. Moy va moysimon moddalar oziq-ovqat sohasida ishlatilishidan tashqari, og‘ir hamda engil mashinasozlik sanoatining boshqa tarmoqlarida ham qo‘llaniladi. Ilmiy tibbiyotda esa malham dori, krem va plastir tayyorlashda, ba’zan dorivor moddalarni eritishda ishlatiladi. Ko‘pincha o‘simlik moylari qon hamda qon tomirchalari devoridagi xolesterin moddasini eritish xususiyatiga ega.

SHu narsani qayd etish lozimki, shifobaxsh o‘simliklar tarkibidagi dori-darmon moddalar turli-tuman bo‘lganligi sababli inson tanasining funksional tizimi ish faoliyatiga har taraflama, ya’ni ko‘p qirrali ta’sir etish quvvatiga egadir.

SHifobaxsh o‘simliklardan tayyorlangan dori-darmonlarning ustunlik tomoni ham shundaki, u inson tanasida uchraydigan bir- ikki-uch va undan ortiq kasalliklarni davolashda faollik ko‘rsatadi hamda ularni tuzatadi.

Xalq o‘rtasida shifobaxsh o‘simliklar foydadan xoli emas. Ularning inson tanasi uchun zarari yo‘q, zaharlamaydi. Qo‘shimcha xastaliklarni keltirib chiqarmaydi, degan fikrlar mavjud. Ammo bu fikrlar shifobaxsh o‘simliklardan mutaxassislar yordamida to‘g‘ri va oqilona foydalanilsa, bir o‘simlikni ikkinchi o‘simlik turi bilan almashtirib yuborilmasa, o‘simliklarni bir-biriga hamda insoi tanasiga to‘g‘ri kelishini hisobga olinsa, o‘simliklar rivojlanishining aniq davrlariga, aniq mikdor hamda aniq yig‘malarga, shuningdek, iste’mol etish usullariga to‘la rioya qilingandagina to‘g‘ri bo‘ladi va ulardan foydalanish yuqori samara beradi. Aks holda, ko‘ngilsiz voqealarni yuzaga keltiradi, natijasi yaxshi bo‘lmaydi. Demak, shifobaxsh o‘simliklardan dori-darmon o‘rnida foydalanilganida, faqatgina yuqori tajribali, ixtisoslashgan mutaxassis shifokorlarning maslahati hamda ko‘rsatmalariga amal qilinishi shart.

SHifokor hozirgi zamon fitoterapiya qonun-qoidalarini,     talablarini, 

uslublarini, ularning klassifikatsiyasini boshqa terapik xastalik belgilarini solishtira bilishi, ularni bir-biriga mos kelishini aniq bilish usullari bilan qurollangan bo‘lishi lozim.

Fitoterapiya bilai shug‘ullangan mutaxassis shifokorlar, albatta, dorishunos hamda shifobaxsh giyohlarning xususiyatlarini yaxshi biladigan botanik-biolog, oliy ma’lumotli dorishunos mutaxassislar bilan hamkorlikda davolash ishlarini olib borishlari kerak.

SEBARGA – KLEVER

Sebarga ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 25 – 50 sm.gacha etadi. Poyasi ingichka, ko‘tariluvchi, sertuk. Bargi uch plastinkali murakkab bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Pastdagi bargchalari tuxumsimon, mayda tishsimon qirrali, yuqori tomonidagilar cho‘ziqroq, tekis qirrali bo‘ladi. Gullari pushti yoki qizil rangli bo‘lib, boshchaga to‘plangai. Mevasi — bir urug‘li, ellipssimon yoki tuxumsimon dukkak.

Aprel-sentyabr oylarida gullaydi, mevasi iyun-oktyabr oylarida pishadi. O‘simlik gullaganda gul to‘plami va noyaning g‘ovori qismidagi barglar yig‘iladi va soya erd.! quritiladi. Sebarga o‘simligi tarkibida vitamin S, karotin, efir moyi, glikozidlar, smolalar, sapopinlar, flavonoidlar, salitsil, kumar kislotalari va boshqa birikmalar bor.

Abu Lli ibn Sino quritilmagan o‘simlik shirasidan yaralarga va ko‘zga oq tushganda qo‘llagan x,amda o‘simliknint er ustki qismidan tayyorlangap qaynatmani siydik yo‘li kasalligida siydik qaydovchi dori sifatida foydalangan.

Xalq tabobatida o‘simlik gulidan tayyorlangan qaynatma yoki damlama balg‘am ko‘chiruvchi, siydik haydovchi va antiseptik dori sifatida qamda yara va kuygan terini, xavfli shishlarni davolashda ishlatiladi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari Quritilmagan bargni maydalab, yara va shishgan joyga qo‘yib bog‘lanadi. Bulardan tashqari o‘simlikning er ustki qismidan tayyorlangan qayiatma bezgak, me’da va shamollash kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Barg shirasi shirinchaga davo qilinadi.

O‘simliknipg gulidan qaynatma tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan idishga bir stakan suv quyiladi-da, quritilgan va maydalangan guldan ’20 g solib, bir oz qaynatiladi va bir soat qo‘yib quyiladi. So‘ngra dokada suziladi. Qaynatmadan har 2-4 soatda bir osh qoshiqdan ichiladi.

Sebarga gulidan damlama tayyorlash uchun ndishga bir stakan qaynab turgan suv qo‘yiladi va ustiga quritilgan va maydalangan guldan 3 choy qoshiq solib, bir soat damlab qo‘yiladi. So‘ngra dokada suziladi. Kuniga 2-3 mahal, 2 osh qoshiqdan ichiladi.

Keyingi vaqtlarda sebarga o‘simligining kuchli siydik haydovchi ta’sirga ega ekanligi tajribada aniqlangan. SHuning uchun ham uni ilmiy tibbiyotda siydik haydovchi dori sifatida ishlatish gavsiya etilgan.

TARVUZ – ARBUZ

Xalq tabobatida tarvuzdan siydik haydaydigan, issiq tushiradigan va chanqoqni qoldiradigan kuchli vosita tariqasida foydalaniladi. Tarkibida fruktoza bo‘lganligi uchun qandli diabet kasalligida buyuriladi, chunki diabet bilan og‘rigan bemorlar fruktozani yaxshi ko‘taradi.

Tarkibida anchagina kletchatka bo‘lganidan tarvuz ichaklar harakatini qo‘zg‘atadi, ovqat hazmini yaxshilaydi, ortiqcha miqdordagi xolesterinning tanadan chiqib ketishiga yordam beradi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari Anemiya, jigar, o‘t pufagi kasalliklari, jumladan, o‘t-tosh va siydik-tosh kasalliklarida buyrak va siydik chiqarish yo‘llari kasalliklarida shifo uchun parhezga tarvuz buyuriladi.

Xalq tabobatida tarvuz urug‘lari issiqni tushiradigan dori tariqasida ishlatiladi. O‘rta Osiyo va X.INDISTON xalq tabobatida ildizlari o‘t haydaydigan surgi dori tariqasida istisqo, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida siydik haydaydigan vosita tariqasida revmatizm, nevralgiyalarda, shuningdek, ilon va chayonlar chaqqan paytlarda og‘riq, qoldiradigan, zahar kuchini kesadigan vosita tariqasida ishlatiladi. CHipqon chiqqan joylarga yangi barglari qo‘yiladi, gullaridan esa xavfli o‘smalarni davlashda foydalaniladi. Ko‘pgina mamlakatlar (Gretsiya, Turkiya, Hindiston)ning xalq tabobatida, jumladan, Turkmanistonda yaxshi etilgan tarvuz qoqisidan kuchli surgi sifatida foydalanilgan.

TUT – TUT, SHELKOVITSA

Tabobatda shotutning mevasidan foydalaniladi. Tut mevasi to‘liq pishganda qoqib olinadi va ochiq havoda — quyoshda quritiladi yoki quritmay qo‘llaniladi. Qurigan mevalar toza, quruq, soya va havo kirib-chiqib turadigan joyda xaltalarda saqlanadi.

SHotut mevasi tarkibida ko‘p miqdorda qandlar, olma, limon va boshqa kislotalar, antotsianlar, pektin va boshqa moddalar bo‘ladi. Tut mevasining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddalari kislotalar va flavonoidlar (antotsianlar) hisoblanadi.

Tabobatda turli tutlar mevasidan ovqatning hazm bo‘lishini va qon ishlab chiqarishini yaxshilaydigan vosita sifatida foydalaniladi. Mevalari o‘tkir va surunkali jigar kasalliklarida (gepatitda), xoletsistitda, surunkali gastritda, oshqozon, 12 barmoq ichak yara kasalligida, enterokolitlarda (ichak yallig‘lanishida) beriladi. Qariyalarda kuzatiladigan ich qotishida, bavosil kasalligida har kuni ovqatdan oldin tut mevasini iste’mol qilish buyuriladi.

SHotutning mevasi yoki uidan tayyorlangan murabbosi, sharbati xalq tabobatida gipertoniya, qandli diabet kasalligini davolashda keng ishlatiladi. SHu maqsadda tutlarning, shu jumladan, shotutning bargi va po‘stlog‘idan tayyorlangan damlamalar ham qo‘llaniladi. Po‘stlog‘idan tayyorlangai qaynatma esa stomatologiyada (stomatit) va tomoq kasalliklarpda (angina, faringit) og‘iz va tomoqii chayish uchun tavsiya etiladi. Tut bargidan tayyorlangan bo‘tqa teri kasalliklarida (turli yaralar, dermatit, qo‘tir, eshakem) jarohatlangan joylarga surtiladi.

Tibbiyotda yurak xastaliklarini (yurak poroki, miokardodistrofiya) davolash uchun kuniga 200-300 g tut mevasini ovqatdan keyin iste’mol qilish ijobiy natijalar beradi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari

Xitoy tibbiyotida tut daraxtining po‘stlog‘i qandli diabetga qarshi ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kiradi.

CHILONJIYDA – UNABI

Oddiy chilonjiydaning tibbiyotda bargidan foydalaniladi. Tabobatda uning bargi va mevalarm qo‘llaniladi. Mevasi pishganda o‘simlikning bargi va mevasn yig‘iladi, bargi soya erda, mevasi ochiq havoda — quyoshda quritiladi. Qurigan maqsulotlar qog‘oz yoki ip qop va xaltalarda quruq, salqin, toza va x,avo kirib-chiqib turadigan joylarda saklanadi.

CHilonjiyda bargi va mevasida 3,7-2,3 % flavonoidlar (rutin va boshqalar), 102,7-597 mg % S vitamini, 11,17-2,77 mg % gacha karotin, saponinlar, kislotalar, 28 % gacha qandlar, 27,80 % gacha pektin, 8,84 % pshlliq, 8,10% oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.

CHilonjiyda bargi va mevalarining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol birikmalari ular tarkibidagi flavonoidlar, saponin va shplliq moddalar hisoblanadi.

Xalq tabobatida petrushka buyrak va yurak xastaliklarida, siydik haydovchi dori sifatida ishlatilib kelinadi.

Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari Ildizi va mevasi ustida olib borilgan dorishunoslik tadqiqotlari natijasida ularning efir moylari hisobiga diuretik (siydik haydovchi) ta’siri ancha yuqori ekanligi va yurak faoliyatiga yurak glikozidlari (marvaridgul, sug‘uro‘t, angishvonagul o‘simliklari) singari, lekin kuchsizroq ta’sir etishi aniqlangan. SHu sababdan petrushka siydik ajralishining kamayishi bilan kechadigan kasalliklarda (yurak poroki, nefrit, jigar kasalliklari — shishlarda) yoki tana to‘qimalarida sup yigilishi bilan davom etadigan kasalliklarda keng miqyosda qo‘llaniladi. Lekin buyrak va siydik qopining o‘tkir yallig‘laiishida (o‘tkir nefrit, o‘tkir sistit) va homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. Damlamasi maydalangan ildizpoyasidan (2 oshqoshiq) 2 stakan qaynab turgan suvga solinadi va 2 oshqoshiqdan kuniga 4 marta ichiladi.

RO‘YAN – MARENA

Tibbiyotda ro‘yan turlarining ildizpoyasi va ildizidan foydalaniladi. Ildizpoya va ildizlari kuzda yoki bahorda kovlab olinadi, poya qoldiqlari qirqib tashlanadi, yuviladi, keyin ochiq havoda — quyoshda yoki quritgichda 45-50°S haroratda quritiladi. Qurigai mahsulot qog‘oz yoki ip qop va xaltalarda quruq, salqin, toza va havo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

O‘simlikning ildizi va ildizpoyasi tarkibida turli biologik faol moddalar (antraxinionlar, ularning hosilalari va boshqalar) saqlanadi. Ular ta’sirida o‘simlik Galen dori-darmon vositalari (quruq ekstrakti tabletka holida) buyrak va siydik qopida joylashgan toshlarni (ayniqsa, fosfat tuzlari, kalsiy va magniy oksalatlarini) yumshatadi va ularning siydik bilan chiqib keti shini ta’mi11laydi.

SHu bilan bir qatorda, ro‘yan ildizpoyasining dori-darmon vositalari spazmalitik (siydik yo‘llari devoridagi silliq muskullarning bo‘shashishi) ta’sir etadi. Bu x,am toshlarning ushlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va ularning chiqib ketishini osonlashtiradi.

SHunga asosan ro‘yan dori-darmon vositalari buyrak va siydik yo‘li tosh kasalliklarida tavsiya etiladi.

O‘simlikning quruq ekstrakti tabletka ko‘rinishida (0,25 g) ishlab chiqariladi. Kuniga 3 marta yarim stakan iliq suv bilan 2-3 tabletkadan ichiladi. Bundan tashqari «Marslip» majmua tabletkasi tarkibiga ham kiradi.

Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari Sistenal majmui dori-darmon vositasi tarkibida ro‘yan ildizidan tayyorlangan nastoyka va boshqa moddalar bo‘ladi. Dori- darmon vositasi 3-4 tomchidan qandga tomizib, ovqatdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi.

Ro‘yan siydik yo‘lidagi tosh hosil bo‘lish kasalligida i shlatiladigan yig‘malar tarkibiga kiradi.

SABZI – MORKOV

Tibbiyotda yovvoyi sabzining mevasidan, ekma sabzining esa ildizmevasidan foydalaniladi. Sabzi mevasi o‘simlik gullab (ikkinchi yili), mevalari etila boshlaganda o‘rib olinadi, bog‘- bog‘ qilib bog‘lab, xirmonda bir-biriga suyab, g‘aram qilib qo‘ynladi. Mevalar butunlay etilib, pishgan va qurigandan so‘ng o‘simlik yanchiladi, shamol mashinada sovurib elanadi. Tozalangan mevalar dorivorlar tayyorlash uchun farmatsevtika zavodlariga jo‘natiladi.

Ekma sabzining ildizmevasi — sabzisi etilganda kovlab olinadi, yuviladi, sabzi shirasi va boshqa dorivor vositalar tayyorlash uchun quritilmay zavodlarga yuboriladi.

Sabzi mevasining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol birikmalari uning tarkibidagi efir moyi, kumarinlar va flavonoidlar majmui hisoblansa, ildizmevasiniki — vitaminlar (birinchi galda karotin) majmui hisoblanadi.

Sabzining urug‘i turli moddalarga (efir moyi, flavonoidlar, karotin va boshqa moddalar) boy. Sabzining davoligi va ishlatilishi, asosan, ildizmeva tarkibidagi karotin (provitamin A), V vitamin guruhi va askarbip kislotaga bog‘liq bo‘lib, ushbu vitaminlar etishmovchiligida keng miqyosda ishlatiladi. SHuning bilan birga o‘t haydaydigan va diuretik ta’siri borligi ham aniqlangan. Sabzi xom shaklida buyrak-tosh kasalligida ham berilishi mumkin. CHunki toshlarni va qumlarni siydik yordamida yuvib, ularning chiqnb ketishini ta’minlashi mumkin. Lekin sabzi ildizmevasining shirasi, asosan, A vitamini etishmasligida, jig‘ildon qaynashida ko‘proq ishlatiladi.

SAMINCHO‘P – GRIJNIK

Tibbiyotda tuksiz samincho‘pning er ustki qismidan foydalaniladi. O‘simlik gullagan naqtda er ustki qismi (o‘ti) o‘rib yoki yulib olinadi va soya erda quritiladi. Quritilgan mahsulot qog‘oz yoki ip qop va xaltalarda quruq, toza, salqin va havo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

Samincho‘pning asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol birikmalari uning tarkibida saqlanadigan saponinlar, flavonoidlar va shilliq moddalar hisoblanadi.

Xalq tabobatida o‘simlik o‘gidan tayyorlangap damlama siydik haydovchi dori sifatida siydik qopining o‘tkir yallig‘lanishida, tuxum qopiga suv yig‘ilishida, burishtiruvchi sifatida zaxm, o‘pka va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Markaziy Osiyo tabobatida yuqoridagilardan tashqari buyrak yallig‘lanishida, sariq kasalligida ham qo‘llaniladi.

Samincho‘p spazmolitik (spazmlarga qarshi) va siydik haydaydigan ta’sir ko‘rsatadi. Siydik qopining yallig‘lanishida (o‘tkir sistit) va siydik yo‘llarida hosil bo‘ladigap tosh kasalligida samarali ta’sir etadi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari SHu sababdan, samincho‘p damlamasi (1:20) tibbiyotda buyrak va siydik qoni tosh kasalligida, buyrak sanchig‘ida toshni va qumni haydash maqsadida beriladi.

Saponinlar, oshlovchi va boshqa moddalar hamda ko‘p mikdorda kaliy tuzlari bor. O‘simlik bargidan tayyorlangan dori- darmonlar (damlama) siydik haydash xossasiga ega. Uning ta’sirida siydik bilan xloridlarning, mochevina va siydik kislotasining chiqishi kuzatiladi. Bundan tashqari, damlama ta’sirida silliq mushaklar bo‘shashadi. SHu sababdan, o‘simlikdan tayyorlangan damlama buyrakning shishlar bilan kechadigan surunkali kasalliklarida (surunkali nefrit, nefroz va boshqalar) siydik yo‘llari yallig‘lanishida (sistit, uretrit) va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.

Damlama tayyorlash uchun 7-10 g (2-3 oshqoshiq) o‘simlik bargidan olib, 200 ml qaynab turgan suvga solinadi va 15 daqiqa damlab qo‘yiladi, sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi va yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarda kuniga 2-3 marta yarim yoki chorak stakandan ichiladi.

BO‘TAKO‘Z – VASILYOK

Tibbiyotda ko‘k bo‘tako‘zning gulidan foydalaniladi. O‘simlik gullaganda to‘pguli savatchalari yulib olinadi, so‘ngra uning chetidagi varonkasimon va qisman o‘rtadagi (40 % gacha) naychasimon gullari qo‘l bilan terib olinadi va soyada quritiladi. Quritilgan mahsulot qog‘oz yoki ip xaltalarda yoki yashiklarda quruq, toza, salqin va havo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

Bo‘tako‘z gullarining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol birikmalari ularning tarkibidagi antotsianlar, flavonoidlar va glikozidlar jamlanmasi hisoblanadi.

O‘simlikning Galen dori-darmon vositasi (damlama) siydikni haydaydigan ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir o‘simlik gullaridagi antotsianlarga bog‘liq. Bundan tashqari, ularda yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi ta’sir ham mavjud. SHunga asosan, o‘simlik dori- darmon vositasi buyrakning va siydik yo‘llarining surunkali kasalliklarida (yallig‘lanishda), yurak ia buyrak faoliyati bilan bog‘liq shishlarda, siydik yo‘li tosh kasalligida ishlatiladi.

O‘simlikning gullaridan tayyorlangan damlama (biroshqoshiq quritilgan guli 200 ml qaynab turgan suvda damlanadi) iliq holda kuniga 3 marta, 1 oshqoshiqdan ichiladi.

PETRUSHKA – PETRUSHKA

Tibbiyotda petrushkaning mevasidan foydalaniladi. Poyaning pastki qismidagi to‘pgullari-soyabonidagi mevalari pisha va qoraya boshlaganida o‘simlik o‘riladi, bog‘-bog‘ qilib bog‘lab, bir-biriga suyab xirmonda qoldiriladi. Mevalari to‘liq etilganda va quriganda o‘simlik yanchiladi, shamol mashinada sovurib, mevalari tozalab olinadi. Tozalangan mevalar qog‘oz yoki ip qop xaltalarda yoki yashiklarda (qutilarda) quruq, soya, qavo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

Petrushka mevasining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddalari uning tarkibidagi efir moyi (asosiy qismi apiol) va flavonoidlar hisoblanadi.

Petrushkaning barglari va ildizi tabobatdi iste’mol qilinadi. Ularda efir moylari, flavonoidlar, glikozidlar bo‘lgani sababli ko‘pgina shifobaxsh xususiyatga ega.

Jigar xavfli o‘smalari (saraton)da jigarga kelayotgan darboza venaning qisilib qolishi oqibatida shu venaga taalluqli qon tomirlarda qon dimlanib qoladi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari SHu sababli qon tarkibidagi suv, asosan, qorin venalaridan qorin bo‘shlig‘ida yig‘iladi (assit) natijada qorin kattalashib ketadi va boshqa o‘zgarishlar yuz beradi.

Demak, peshob ajralishining kamayishi yuqorida bayon etilgan, asosan, buyrak, yurak va jigar kasalliklarida kuzatiladi. SHunday hollarda buyrak faoliyatini tiklash maqsadida siydik haydaydigan dori vositalari tavsiya etiladi.

Dorivor o‘simlik dori-darmon vositalarining diuretik ta’siri kuchsizroq bo‘lsa ham buyrak shishlarida ularni uzoq muddat iste’mol qilish mumkin. CHunki ular apcha yumshoq va shikast etkazmaydpgan ta’sir ko‘rsatadi. SHunipg uchun ham ushbu dori- darmon vositalari, asosan, buyrak, yurak va jigarning surunkali xastaligi bilan bog‘liq shishlarda tavsiya etiladi.

BODRING – OGURETS

Tabobat (qisman tibbiyot)da bodringning pishgan mevasidan foydalaniladi. Bodring to‘liq pishganda (sarg‘ayib turlanganda) mevasi

 

uziladi va ichidan urug‘i olinib, quritiladi. Quritilgan urug‘lari qog‘oz yoki ip paketcha va xaltachalarda quruq, toza, salqin va havo almashinib turadigan joylarda saqlanadi.

Bodring mevasi tarkibida 97 % gacha suv bo‘ladi. SHuningdek, uning tarkibida qandlar, kislotalar, vitaminlar (S, Vr V2, VZ, RR va E, karotin, biotin, folat va pantoten kislotalar) va boshqa moddalar bor. Vitaminlarning mikdori juda kam. Bodringning eng muhim birikmalari uning tarkibidagi kaliy, kalsiy, natriy, magniy, fosfor, yod, temir kabi mineral moddalardir.

Tabobatda bodringning mevasi qo‘llaniladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda suv, dag‘al to‘qima va boshqa moddalar bor. Turli taomlar bilan birga va o‘zi sof holda hamda ziravorlangan holda iste’mol qilinadi. U ishtahani ochadi, oshqozon-ichak sekretsiyasini oshiradi va harakatini osonlashtiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘lar, mineral moddalarning so‘rilishini ta’minlaydi, qisman engil ichni suradi. Tarkibidagi kaliy hisobiga siydik ajralishini oshiradi, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Bodring va uning urug‘i ishtahani ochish, ovqatning hazm bo‘lishini yaxshilash, spastik kolitlarda ichni yumshatish bilan birga, buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarida (pielit, pielonefrit, tosh kasalligida) tavsiya etiladi.

CHOY – CHAY

CHoy bargidagi alkaloidlar (kofein, teobromin, teofillin) o‘simlikning biologik faolligini ta’minlaydi. CHunonchi, kofein ta’sirida markaziy asab tizimining faoliyati jonlanadi. Natijada bardamlik, aqliy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilanadi, uyqu qochadi, tetiklik va boshqalar kuzatiladi. Bulardan tashqari, nafas va qon harakati, adashgan asab tizimlari ham qisman jonlanadi, yurak faoliyati tezlashadi, yurak qon tomirlari kengayib, yurakning qon bilan ta’minlanishi oshadi. Buyrak Siydik Yo‘llari Kasalliklari SHunga o‘xshash buyrak va bosh miya qon tomirlari ham kengayadi. SHu sababdan siydik ajrashi ko‘payadi va miya to‘qimasining qon bilan ta’minoti yaxshilanadi. Periferik qon tomirlar tonusi esa qisman oshadi. Kofein ta’sirida yana oshqozon shirasining ajrashi kuchayadi, ishtaha yaxshilanadi.

O‘simlik bargidagi teofillin va teobromin alkaloidlarining markaziy asab tizimiga ta’siri deyarli bilinmaydi. Lekin ularning yurak va buyrak qon tomirlariga hamda nafas yo‘llari silliq mushaklarini bo‘shashtirishga ta’siri yaxshi namoyon bo‘ladi.

SHularga ko‘ra turli xalqlar orasida qadimdan choyni kepg miqyosda ishlatilishi bejiz emas. CHunki choy ichimligi ko‘p tomoilama foydalidir. U umumiy quvvatni oshiruvchi, bardamlik beruvchi, charchoqni yo‘qotuvchi, isitma tushiruvchi, siydik haydovchi, ovqatni hazm qiluvchi ichimlik sifatida tabobatda ko‘p ishlatiladi.

Tibbiyotda ham choyni aqliy va jismoniy charchoqda, umumiy quvvatsizlikda, buyrak va yurak shishlarida, yurak faoliyatining zaiflashishida, nafas qisish kasalligida, bosh og‘rig‘ida, qon bosimi pasayishida va boshqa bir qator xastaliklarda va holatlarda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kofeining toza dori-darmon vositasi ham ushbu kasalliklarda beriladi.

Quyuq qilib damlangan choy uyqu qochirish xususiyatiga ega. SHuningdek, qon bosimi yuqori bo‘lgan, me’da yarasi bor va asab kasalligi bilan og‘rigap kishilar quyuq damlangan choy ichmasliklari kerak.

Quyuq damlangan ko‘k choy oshqozon-ichak yo‘lida qon quyulishiga davoligi bor. SHuningdek miyaga qon quyulishidan ma’lum darajada muhofaza qiladi, boshpi quyosh taftidan qizib ketishdan saqlaydi, qovuq, buyrak va jigarda tosh paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика