Buyrak Tosh Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari Davolash

Buyrak tosh Siydik Yo‘llari XALQ TABOBATI

Buyrak Va Siydik Yo‘llari Kasalliklari

Buyrak tosh Siydik Yo‘llari: Tana faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katta. Buyrak jismdan parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba’zi dorilarni chiqarib tashlaydi. SHunday qilib, bu a’zo suv-tuz almashinuvida, kislota-asos muvozanatini boshqarishda, osmoregulyasiyada faol ishtirok etadi va ichki muhit barqarorligini ta’minlaydi. Endokrin faoliyati renin, eritropoetin, urokinaza moddalarini ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladi. Buyrakning oqsil, yog‘, uglevod, mineral tuzlar almashinuvida faol ishtirok etishi aniqlangan. YAngi tug‘ilgan bolalarning buyragida ona sutining oqsillari parchalanadi. Buyrak, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv kanali, siydik ajratish tizimiga kiradi. Buyrak — ajratish tizimining asosiy a’zosi hisoblanadi.

Bu Qiziq: Kon Bosimi Belgilari va YUkori Kon Bosimini Davolash

Buyrak umurtqa pog‘onasi bel qismining ikki tarafida joylashgan. SHakli loviyasimon bo‘lib, botiq yuzasida chuqurchasi bor, u erda tomir va asablar joylashadi. Buyrak usti yupqa biriktiruvchi to‘qimadan iborat po‘stloq bilai o‘ralgai. Buyrak 10-12 sm kattaliqda bo‘lib, og‘irligi 150-170 grammni tashkil etadi. Buyrak uzunasiga kesib ko‘rilgaida, unda ikki soha — po‘stloq va mag‘izdan iborat bo‘laklar ko‘rinadi. Po‘stloq va mag‘iz moddalarning chegarasi notekis bo‘lib, bir-biriga botib kirgan. Po‘stloq modda mag‘iz moddaga Bertini ustunchalari sifatida botib kirsa, mag‘iz modda po‘stloq moddaga Ferreyn nurlari sifatida botib kiradi.

Buyrakning tuzilma — faoliyat birligi — nefrondir. X,ar bir buyrakda I mln.gacha nefron bo‘ladi. Nefron va yig‘uvchi naylar orasida biriktiruvchi to‘qima bo‘lib, ularda qon tomirlar, asab tizimlar, prostoglandin ishlovchi interstitsial hujayralar yotadi.

Арокнинг Зарари Ва Унинг Инсон Танасига Таъсири Хакида

Nefronlarnipg po‘stloq va mag‘iz moddada joylashishiga qarab, 3 xil turi farqlanadi:

  1. Superfitsial nefronlar.
  2. Intrakortikal nefronlar.
  3. YUkstamedullyar nefronlar.

Dastlabki 2 xil nefronlar 80-85 foizini tashkil etadi va ularning buyrak gipertenziyasida ahamiyati kattadir. Qolgan qismi yukstamedullyar nefronlarga to‘g‘ri keladi. 11efronlarning quyidagi bo‘limlari ajratiladi: 1) buyrak tanachasi; 2) nefronning proksimal bo‘limi; 3) nefronning ingichka bo‘limi; 4) nefronning distal bo‘limi. Bir necha nefronning distal bo‘limlari o‘zaro birikib, bitta yig‘uv naychasiga ochiladi.

Buyrak tanachasi tomirlar ichidap va ustidap o‘rab turuvchi kapsuladan iborat. Kapsulaning visseral va parietal varaqlari farqlanadi.Buyrak tosh Siydik Yo‘llari  Buyrak tanachasida buyrakpish endokrin apparati — yukstaglomerulyar annarat (lOI’A) joylashgan. YUGA nefronlarda bo‘lmaydi. 

Tomirlar chigali qiltomirping endoteliysi, bazal membranasi va podotsitlar — buyrak kapsulasining visseral varag‘i hujayralari bilan birga 3 qavatdan iborat filtratsion to‘siqni hosil qiladi. Bu to‘siq orqali kapsula bo‘shlig‘iga qon plazmasining tarkibiy qismlari filtrlanib o‘tib, birlamchi siydikni tashkil etadi. Bu to‘siq qoniing shaklli elementlarini, molekulyar massasi katta bo‘lgan oqsillarni, immun tanachalarii, fibrinogen va boshqalarni o‘tkazmaydi. Buyrak kasalliklarida bu to‘siqdan shaklli elemeptlar va yirik oqsillar o‘tadi, natijada proteinuriya kuzatiladi.

Proksimal bo‘lim hujayralari silindrsimon shaklli bo‘lib, birlamchi siydikning qariyb 80% qayta so‘rilishiii ta’minlaydi. Ayniqsa, oqsil va qand tamomila so‘riladi. Hujayralari proteolitik fermentlarni saqlovchi lizosomalarga boy bo‘ladi. Birlamchi siydikning qolgan qismi nefronning ingichka (hujayralar shakli yassi bo‘ladi) va distal bo‘limida (hujayralar shakli kubsimon bo‘ladi) so‘rilib, ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi.

Buyrakning endokrin faoliyatini bajaruvchi hujayralarda renin, eritropoetin, prostoglandin ishlanadi. Renin va eritropoetin, YUGA tarkibidagi hujayralarda ishlanadi. Prostoglandinlar buyrakning mag‘iz moddasidagi interstitsial hujayralarda ishlab chiqariladi. Zamonaviy nazariyaga ko‘ra, asosan siydik hosil bo‘lishida quyidagi jarayonlar ahamiyatlidir: 1) filtratsiya; 2) sekretsiya; 3) reabsorbsiya. Bir kecha-kunduzda odam buyragida 1000 ml dan 2000 ml ga yaqin birlamchi siydik hosil bo‘ladi.

Nefron naylarida birlamchi siydik o‘zgarishga uchrab, ikkilamchi siydikka aylanadi. Nefron naylariga qaytadan ko‘p miqdorda suv, oqsil, glyukoza, tuz ionlari so‘riladi. SHunday qilib, buyrakda siydik hosil bo‘lishi ikki bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda buyrak tanachalarida siydik ultrafiltratsiyasi ro‘y beradi. Ikkinchisida nefron kanallari va yig‘uv naylarida rezorbsiya va sekretsiya kuzatiladi. Sog‘lom odam kuniga 1,5 litrgacha siydik ajratadi. Buyrak tosh Siydik Yo‘llari Siydikning rangi och sariq, tiniq bo‘ladi. Siydik reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki neytral bo‘lib, me’yorida rN 4,5 — 8,0 bo‘ladi. Siydikning nisbiy solishtirma og‘irligi qariyb 1020-1026 oralig‘ida bo‘lib, eyilgan ovqat, ichilgan suyuqlik miqdoriga bog‘liqdir. Ikkilamchi siydik tarkibida asosan azot mahsulotlari parchalanishidan hosil bo‘lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari, kreatinin, indikan va boshqalar aniklanadi.

BUYRAK VA SIYDIK CHIQARISH TIZIMI KASALLIKLARINING ASOSIY KLINIK BELGILARI

Buyrak va siydik ajratish tizimining o‘ziga xos klinik belgilari: shish, siydik ajralishining o‘zgarishi (diurez), siydik rangi va tarkibining o‘zgarishi, arterial bosimnpng ko‘tarilishi, bel sohasida og‘riqlar va isitma hisoblanadi.

 

SHish buyrak kasalliklarida har xil bo‘ladi (joylashishi, tarqalish darajasi va davomiyligiga qarab). Ko‘pincha, asosan ertalab yuzda (qovoq sohasida) apiqlanadi. YAnayam ko‘ringan shish sindromida shish oyoklarda ham aniqlanadi (boldir sohasida). Ayrim holatlarda shish kattaroq hamda butun teri osti yog‘ kletchatkasida (anasarka), ko‘krak qafasida (gidrotoraks), qorin bo‘shlig‘ida (assit) bo‘lishi mumkin. Buyrak tosh Siydik Yo‘llari

Siydik ajralishi (diurez)ning o‘zgarishi buyrak va siydik ajratish tizimi kasallitklari n i ng as os iy belgilarida ndi r.

SHish odatda siydik ajralishining kamayishi — oligouriya (diurez 500 ml/sutkasiga) bilan birga qayd etiladi. Siydik ajralishining to‘satdan sezilarli kamayishiga (200 ml/sutkadai kam) tabiiy aiuriya, buyrakning o‘tkir ya xlig‘lanish, o‘tkir buyrak etishmovchiligi bilan kechuvchi zaharlanish, to‘xtovsiz qusish va ich ketish, ya’np ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilishi sabab bo‘ladi. Buyrak tosh Siydik Yo‘llari Anuriya yana o‘tkir siydik tutilishi evaziga ham bo‘lishi mumkin, bunday holatda siydik siydik qonida bo‘ladi, lekip ajralmaydi (siydik chiqaruv kanalining siazmida, siydik toshlari tiqilganda, siydik chiqaruv kanali o‘smalarida; siydik qopi paralichida). Bunday hollarda siydik kateter orqalp chiqarib yuboriladi.

Siydik ajralishining ortishi (2000 ml/ sutkadan ortiq) — poliuriya — shishning tezda qaitishiga sabab bo‘ladi (xavfli belgi bo‘lib, buyrak yallig‘lanishining boshlanishini spldi radn). Poliuriya ko‘pincha uzoq vaqtdan btyon buyrakning surunkali kasalligi bilan og‘rib kelayotgan bemorlarda uchrab, buyrakning surunkali etishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin.

Dizurik holat — og‘riqli bo‘lib, ayrim paytlarda siydik ajrashining tezlashgan hollari ko‘proq siydik chiqaruv yo‘llarining yallig‘lanishi (sistit, uretrit, prostatit), ba’zan siydik qopi tosh kasalligida uchraydi.

Siydik rangining o‘zgarishi. Siydik bilan qon ajralishi — makrogematuriya buyrak-tosh kasalligida, ya’ni buyrak kolikasida kuzatiladi. Siydik og‘riqsiz, to‘satdan, ko‘p miqdorda qon yoki qon laxtasn bilan ajralsa, buyrak o‘smasiii inkor etish lozim.

Siydik rangi ayrim hollarda dori moddalarining qabul qilinishi hisobiga ham o‘zgarishi mumkin. Siydikning rangi asosan siydik tarkpbidagi tuzlar konsentratsiyasi o‘zgarishiga bog‘liq (urat tuzlarp). Urat tuzlari qoldiqlarining siydikka tushishi siydik tiniqligini o‘zgartirib, uni loyqalantiradi. Agar shu siydik tindirib qo‘yilsa, tezda tiniq holatga keladi. Siydikda leyko sitla rn i ng ko‘payishi (leykotsituriya) ham siydikning loyqalanishiga olib keladi, bunday siydik loyqaligi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Siydik tarkibining o‘zgarishi laboratoriya tekshirishlari natijasida aniqlanadi.

Proteinuriya — siydik bilan oqsil ajralishi (me’yordagidan ortib ketishi 50 mg/sutkadan). Bu belgi buyrak kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan belgisi bo‘lib, ayrim holatlarda sog‘lom tanada ham uchrashi mumkin (to‘satdan fizik zo‘riqish bilan shug‘ullanganda va sportchilarda). Proteinuriya buyrakka bog‘liq bo‘lmagan holda ham uchraydi, (siydik chiqaruv yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida, hujayralar, sperma emirilganida silindruriyada ham uchraydi. Siydik tahlilida, proteinuriya, silindruriya va shish aniqlanishi nefrotik sindrom ko‘rinishi hisoblanadi).Buyrak tosh Siydik Yo‘llari  Siydikni mikroskopda tekshirilganda ko‘rinish maydonida 5 dona yoki i ml siydiqda 4000 dan ortiq leykotsitning topilishi — leykotsituriya deyiladi, u pielonefritda va siydik chiqaruv yo‘llari kasalliklarida uchraydi.

Juda ko‘p buyrak kasalliklari arterial bosimning ko‘tarilishi bilan kechadi, uning o‘ziga xos alomati diastolik bosimning ko‘tarilishpdir. SHuning uchun ham bu tarzdagi kasalliklarda to‘g‘ri tashxis qo‘yishga jiddiy e’tibor berish lozim.

Buyrak kasalliklarida kam uchraydigan belgilardan biri bel sohasidagi og‘riq va tana haroratining ko‘tarilishidir.

BUYRAK – TOSH KASALLIGI

Buyrak-tosh kasalligi ko‘pincha 25-45 yashar odamlarda paydo bo‘ladi. Erkaklarda bu kasallik ayollarga qaraganda taxminan ikki barobar ko‘proq uchraydi. Siydik toshlarining hosil bo‘lishi siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Ba’zi hollarda toshlar siydik yo‘llarining infeksiyasi natijasida yuzaga keladi. Ba’zan toshlar siydik yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘lishiga olib keladi, boshqa hollarda, aksincha, infeksiya toshlar paydo bo‘lishiga yo‘l ochadi. Toshlar siydik tarkibidagi har xil tuzlardan: urat, oksalat, fosfat, aralash tuzlardan hosil bo‘ladi, ularning soni bir donadan bir necha donagacha, hajmi qum donachalaridan tovuq tuxumidek bo‘lishi mumkin.

 

Buyrak-tosh kasalligi sabablari va avj olib borish jarayoni etarlicha o‘rganilgan emas. Kasallik paydo bo‘lishida ichiladigan suv tarkibi, ovqat tarkibi, avitaminozlar, tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanati va ko‘proq, neyroendokrin buzilishining ahamiyati katta. Toshlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan eng muhim omil buyrakdagi moddalar almashinuvining buzilishidir.

Tosh hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar: — oz miqdorda suyuqlik qabul qilish;

  • kalsiy tuzlariga boy ichimlik suvlaridan iste’mol qilish;
  • pala-partish ovqatlanish — bir xil ovqatdan muntazam tarzda ko‘p iste’mol qilish, vitamin A va D etishmovchiligi, me’yoridan ortiq qizil vino ichish;
  • siydikning dimlanishi;
  • siydik yo‘llari (infeksiyasi);
  • buyrak jarohatlari va buyrak to‘qimasiga qon quyilishlar.

Xuruj (buyrak sanchig‘i) va xuruj oralig‘i farqlanadi.

Kasallik belgi bermasdan o‘tishi, buyrakdagi toshlar rentgenologik tekshirishda tasodifan topilib qolishi mumkin. Ba’zan bemorlarni belning simillab og‘rib turishi bezovta qiladi. Biroq aksar bemorlarda buyrak sanchig‘i turida bo‘ladigan, sezilarli og‘riq sindromi bilan o‘tadigan (to‘satdan belda, qorinning ustki qismida, chov sohasida, tashqi jinsiy a’zolarda o‘tib turadigan) qattiq og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bemorlar juda bezovtalanib, o‘rnida o‘zini har yoqqa tashlaydilar. Sanchiq tutib qolgan vaqtda odam tez-tez neshob chiqaradi, peshob vaqtida og‘riq seziladi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi, ichak parezi bo‘ladi. Sanchiq bir necha soat, ba’zida esa bir kecha-kunduz mobaynida ham gutib turadi.

Maxsus ko‘rikda bemorning beli va siydpk yo‘llari bezillab og‘rib turgani ma’lum bo‘ladp. Qattiq og‘riq tufayli ba’zan buyrakka qo‘l tekkizib bo‘lmaydi. Pasternatskiy simptomi juda x,am musbat bo‘ladi. Siydik chiqarish kamayib, hattoki anuriyaga etib boradi. Buyrak sanchig‘i, ko‘pincha toshning siydik yo‘lida qisilib qolishi va keyin buyrak jo.mi kengayib, buyrak ichidagi bosimning ko‘tarilib ketishiga olib boradp. Toshning surilib turishi yoki qisilib qolishi buyrak jomi yoki siydik yo‘lining shikastlanishiga olib keladi. SHu tufayli mikrogematuriya, goho makrogematuriya paydo bo‘ladi. Aynan siydiqda eritrotsitlar bilan oqsil topiladi, siydikdagi bu oqsil eritrotsitlar hisobiga paydo bo‘ladi, chunki l ml qonda 0,2 g protein bor. Ko‘pdan beri turgan toshlar siydik yullarida funksional va morfologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Buyrak sanchig‘i tosh chiqishi bilai tugamaydigan bo‘lsa, harakat mashqlari tavsiya etiladi. Jismoniy zo‘riqish berish bilan bir vaqtda ko‘p miqdorda (2-3 l.gacha) suv, choy, mineral suvlar ichib boriladi. Spazmolitik dori-darmon vositalari buyuriladi. Tosh hosil bo‘lishining oldini olish va toshlarni surib

chiqarish maqsadida ravatin, ravateneks, sistenol ishlatiladi. Mineral suvlar, balchiq bilan davolanshp, shifobaxsh jismoniy mashqlar naf beradi. Mineral suvlar diurezni kuchaytiradi. SHilimshiqni eritib yuvib yuboradi, kislota, ishqorlar muvozanatini me’yorlashtiradi. Sanchiqni bartaraf etish uchun teri ostidan 1 ml 0,1 %li atropin eritmasi, 2,0 ml 2% li papaverin eritmasi yuboriladi. Ta’sir qilmasa 1,0 ml 2% li omnopon yoki 1,0 ml 1% li morfin eritmasi tayinlanadi.

SURUNKALI BUYRAK ETISHMOVCHILIGI

Surunkali buyrak etishmovchiligi uremik intoksikatsiyaga olib keladigan, asta-sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi. Xastalik surunkali uremiya, arterial gipertenziya, suv – tuz, ishqor, kislota almashinuvi buzilishi sindromlaridan iborat bo‘lib, nefronlarning nobud bo‘lishi va kamayishiga olib keladigan ko‘p yillik patologik jarayon oqibati hisoblanadi.

Etiologiyasi. Bunda surunkali glomerulonefrit va pielonefrit katta ahamiyat kasb etadi. Diabetik glomerulonefrit, buyrak amiloidozi, polikistozi, siydik chiqarish yo‘llari o‘tkazuvchanliganing buzilish bilan davom etadigan va ikkilamchi pielonefritga olib keladigan kasalliklar, goho gipertoniya kasalligi ham muhim o‘rin tutadi va buyrak etishmovchiligiga olib keladi.

Klinik ko‘rinishi. Bemorlar bo‘shashgan, uyqusiragan holda bo‘ladilar, ularda azob beradigan teri qichishishi paydo bo‘ladi. Teri quruq, yuz shishgan bo‘ladi, mushaklar ancha bo‘shashib qoladi va tez-tez uchib turadi. Buyrak tosh Siydik Yo‘llari Suyaklar zararlanganda og‘riq seziladi. Harakat qilganda bo‘g‘imlarning og‘rishi uratlar, sinovial suyuqlik yig‘ilishi bilan izohlanadi. Bir qator bemorlar ko‘kragida uremik plevrit hosil bo‘lganidan og‘riq seziladilar. O‘pkada yurak-o‘pka etishmovchiligi natijasida ho‘l xirillashlar eshitilishi mumkin.

Surunkali uremiyaning ko‘rinishlaridan biri — perikardit hisoblanadi. Surunkali buyrak etishmovchiligi bilan xastalangan bemor-larda ko‘pincha og‘ir yurak-tomir gipertenziya sindromi hosil bo‘ladi va retinopatiya vujudga keladi. YUrak zararlanganda o‘tkir chap qorincha etishmovchiligi ko‘rinishidagi yurak astmasi paydo bo‘ladi. Surunkali buyrak xastaligida ko‘ngil aynishi, qusish, og‘iz qurishi va noxush ta’m sezish, ovqat eganda me’da og‘irlashishi, chanqoqlik kuzatiladi. Bunda gipertoniya rivojlanadi, qonda anemiya, leykotsitoz qayd etiladi. Trombotsitlar agregatsiyasi susayadi, bu esa uremik qon oqishining muhim sabablaridan biridir.

Qonda qoldiq azot miqdorn, mochevina va kreatinin darajasi oshadi. Surunkali buyrak etishmovchiligida kaliy, shu bilan birga magniy miqdori ortadi.

Davosi. Rejim, parhez to‘laqonli bo‘lishi zarur. Anabolik gormonlar qo‘llaniladi: retabolil 50 mg.dan mushak orasiga har 10-15 kunda beriladi. Buyrak gipertoniyasida gipotenziv dori vositalari tavsiya etiladi. Agar shish sindromi bo‘lsa, furosemid, uregit qo‘llaniladi. Gemorragik diatez rivojlanganda vitamin K va aminokapron kislota ehtiyotlik bilan qo‘llaniladi. YAna bemorga vitaminlar tayinlanadi. Bu maqsadda V guruhi vitaminlari va vitamin S buyuriladi. Bemorga gidrokarbonat 400-500 ml venadan tomchilab yuboriladi. Surunkali buyrak etishmovchiligi bir maromda rivojlanadi. Xastalikni davolash ancha murakkab bo‘lgani uchun asosiy kasallikni puxta davolash, bemorni dispanser ko‘rigidap o‘tkazib turish, muntazam ravishda rejali ikkilamchi profilaktika o‘tkazish lozim.

BUYRAK XASTALIKLARIGA OID TAVSIYALAR

  1. Har xiluzum va mayizlarni ypyhg‘i bilan qo‘shib eyish buyrak hamda qovuqdardiga shifo bo‘ladi.
  2. Jiyda buyrak yarasiga davo bo‘lib, buyrakdagi qumlarni suradi.
  3. Semizo‘t va har xil ko‘katlardan qo‘shib tayyorlangan somsa, salatlar, buyrak raki, buyrak yarasi va yallig‘lanishiga davo bo‘ladi.
  4. Makkajo‘xori popugini qaynatib, kuniga 3-4 marta ichib turilsa, buyrak kasaliga shifodir. U siydik yo‘llariii yaxshilaydi.
  5. SHirinmiya tomirining qaynatmasi buyrak raki, yarasiga shifodir. YAntoqning guli damlamasi 3-4 mahal ichilsa, buyrakdagi barcha muammolarni bartaraf etadi.
  6. Tarvuz buyrak yarasiga shifo bo‘ladi, ya’ni toshlarni tushirib, qumlarni chiqaradi.
  7. Buyragi kasal bemor zubturum bargi, qovun-tarvuz eb tursin, davo topadi.
  8. Buyrak shamollaganda bel bilan ikki buyrak ustidan avval paxta yog‘i, keyin tovuq tuxumining sarig‘i takror 2-3 marta surtilsa, buyrak faoliyati yaxshilanadi, og‘rig‘i qoladi.
  9. Mo‘miyo buyrak xastaligiga yaxshi davodir.
  10. Buyrak og‘riganda nilufar, sanobar damlab ichilsa, davo bo‘ladi.
  11. Buyrakda qattiq og‘riq bo‘lsa yoki shamollasa, lavr daraxti mevasini qaynatib ichish tavsiya etiladi.
  12. Buyrak qattiq og‘riganda eshak go‘shtidan bir parcha bog‘lansa, unga shifo bo‘ladi.
  13. Archa daraxtining mevasi damlama qilib ichilsa, buyrak og‘rig‘i qoladi.
  14. Qirqbo‘g‘im o‘simligining tomirlarini qaynatib suvi ichib borilsa, buyrak kasalligiga foyda qiladi.
  15. Qariqiz tomirlari qaynatib ichilsa, tomirlari eyilsa, buyrak kasalligiga shifodir.
  16. Rayhonni qaynatib suvini ichib yurgan bemor buyrak kasalligiga shifo topadi.
  17. Oshqovoqni qirg‘ichdan o‘tkazib, suvini ichgan bemor buyrak kasalidan xalos bo‘ladi.
  18. Na’matak va asal damlamasi zaiflashgan buyrakka quvvat bag‘ishlaydi.
  19. Temirtikan o‘simligini siqib suvi olingach, kuydirilgan tok kuliga qo‘shib, har kuni nahorda ichilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
  20. Osh tuzi bilan kepak qo‘shib olovda qizdirilgandan keyin buyrak ustiga bog‘lab qo‘yilsa, buyrakning bodi chiqib ketadi.
  21. Sarimsoqni suvda pishirib, turp urug‘iga aralashtirib eyilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
  22. Moychechak qaynatib ichilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
  23. Turpning ichiga sholg‘om va sabzi urug‘idan solib, bug‘da pishirib esangiz, buyragingiz va oshqozoningizdagi tosh maydalanib tushadi.
  24. Qora no‘xat yaxshilab qaynatib eyilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
  25. Uzum poyasi va tanalarini kuydirib kulini egan bemorni peshob kasalligi tuzalib, toshlari maydalanib tushadi.
  26. Tuxumni dimdumbul qilib egan, nahorda xom ichib yurgan bemorning buyragi og‘rimaydi.
  27. Qoqigul qaynatib ichilsa, buyrak xastaligiga shifo bo‘ladi.
  28. Buyragi xasta kishi sholg‘omni o‘yib, ichiga asal solib, olovga qo‘yib esa davo topadi.

YUqoridagi tavsiyalar buyrak uchun kuchli dorivorlar bo‘lib, unga 60 kun davomida amal qilmoq lozim.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика