YUrak-qon tomirlari

Sabzavotlar

YUrak-qon tomirlari (Bryussel karami)

Bryussel karami – parhezbop vitaminli sabzavot bo‘lib, oddiy karamdan chiqarilgan. Xalq tabobatida bu sabzavotdan foydalanish boshlanganiga ko‘p bo‘lmagan.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Bryussel karami S vitamini eng ko‘p karam turidir. SHuningdek, bu sabzavot foliy kislotasi, A va V guruhi vitaminlariga boy, tarkibida temir, kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, oqsil va kletchatka bor.

Fiziologik ta’sir

Bryussel karami oshqozonosti bezining faoliyatini tiklaydi, yurakqon tomir tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, ichni yurgizish xususiyatiga ega, organizmdan toksin va shlaklarni chiqaradi, immunitetni mustahkamlaydi, organizmni S vitamini bilan to‘yintiradi.

Bu sabzavotni muntazam tanavul qilib turib siydik va o‘t chiqarish funksiyalariga ijobiy ta’sir qiladi.

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: qabziyat, gemorroy, aritmiya, gipertoniya, o‘t-tosh kasalliklari, stenokardiya, disbakterioz, ortiqcha vazn yig‘ish, onkologik kasalliklar, anemiya, shamollash, bronxit, astma, tuberkulez.

Qarshi ko‘rsatma: yuqori kislotali gastrit, yara kasalliklari.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Oshqozon osti bezi kasalliklarini davolash

1-retsept

500 g bryussel karami sharbati siqib olinadi, unga 2 osh qoshiq sabzi sharbati va 1 osh qoshiq bosh karam sharbati qo‘shiladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin 14 kun davomida ichiladi.

2-retsept

300 g bryussel karami to‘g‘raladi, ustidan 1 l qaynoq suv solinadi, 1 soat damlanadi va suzib olinadi, unga 1 osh qoshiq chakanda shinnisi va 1 osh qoshiq sutcho‘p (latuk) sharbati qo‘- shiladi. Davolanish kursi – 28 kun.

Nafas yo‘li kasalliklarini davolash

1-retsept

100 ml bryussel karami sharbatiga 1 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq piyoz suvi va limon sharbati qo‘shiladi. Aralashma 50 ml dan kuniga 3 mahal gripp, shamollash, bronxit va boshqa nafas yo‘llari kasalliklarida (isitma, rinit, yo‘tal va tomoq og‘rig‘ida) ichiladi.

2-retsept

50 ml bryussel karami sharbati iliq qaynatilgan suv bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Tomoq va burun bo‘shlig‘i chayiladi, gripp, shamollash va anginada qo‘llaniladi.

3-retsept

50 ml bryussel karami iliq sut bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi, unga 2 choy qoshiq asal qo‘shiladi. Yo‘tal bo‘lganda oz-ozdan ichiladi.

Gemoroy va qabziyatni davolash

1-retsept

1 kg bryussel karami qaynatiladi, suzib olinadi. Karam siqib olinib, eziladi. Kuniga 3 mahal 150 g dan karam eyiladi. Kechasiga 200 ml qaynatma ichiladi.

2-retsept

300 g bryussel karami va 10 g itshumurt po‘stlog‘i 1,5 l suvda past olovda 20 daqiqa qaynatiladi va suzib olinadi. Gemorroy zo‘rayganda qaynatmaning bir qismi o‘tirib olinadigan vanna uchun qo‘llaniladi. Qolgan qaynatma 3 osh qoshiqdan 4 mahal, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Davolanish kursi 7-14 kun.

Saraton oldini olish va uni davolash

1-retsept

Yo‘g‘on ichak va oshqozon saratonining oldini olish maqsadida bir haftada kamida 300 g bryussel karamidan tanavul qiling.

2-retsept

100 ml bryussel karami sharbati 50 ml rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i bilan aralashtiriladi. Aralashmani chayqatib, bir ko‘tarishda ichib yuboring, ustidan iliq suv ichishingiz mumkin. Profilaktika uchun haftasiga uch marta 28 kun davomida muolaja qilinadi.

YUrak-qon tomirlari kasalliklari profilaktikasi

1-retsept

1 kg bryussel karami barglari ajratiladi, 30 g yong‘oq mag‘zi, 50 g asal va 100 gto‘g‘ralgan turshak aralashtiriladi. Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta gipertoniya, stenokardiya, ateroskleroz, infarkt va insultni davolash maqsadida ichiladi. Davolanish kursi – 28 kun. Profilaktika yilda 2-3 marta o‘tkaziladi.

2-retsept

100 ml bryussel karami 1/2 limon sharba- ti va 2 osh qoshiq qizil lavlagi sharbati bilan aralashtiriladi. Bir kunda ikkiga bo‘lib ichiladi. Gipertoniya va yurak ishemik kasalli- klar davolanadi. Profilaktika kursi – 21 kun. Profilaktika yilda 2-3 marta o‘tkaziladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика