Gipertoniya davolash

Bryukva Sabzavotlar

Gipertoniya davolash

Bryukva – noyob sabzavot bo‘lib, oq bosh karam bilan sholg‘omni chatishtiruvi natijasida paydo bo‘lgan.

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Bryukva tarkibiga qand, kraxmal, kletchatka, pektinlar, efir moylari, kaliy, oltingugurt, natriy, temir, mis, fosfor va ko‘p miqdorda kalsiy bor. Sabzavot S va V guruhidagi vitaminlar, rutinga boy.

Fiziologik ta’sir

Bryukva ich qotishiga samarali vosita bo‘lib, organizmdan toksin va ortiqcha suvni chiqarib tashlaydi.

Bu sabzavot muntazam tanavul qilinishi ishishlarni yo‘qotadi, xolesterinni kamaytiradi, moddalar almashinuvi va hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.

Bryukvadan qi- lingan shifobaxsh vositalar balg‘amni suyul- tiradi, hujayralarni yoshartiradi, immuni- tetni mustahkamlaydi.

QO‘LLASHGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Ko‘llaniladi: ateroskleroz, gipertoniya, aritmiya, stenokardiya, moddalar almashinuvi buzilishi, buyrak va siydik qopi kasalliklari, bronxit, laringit, o‘pka shamollashi, gripp, shamollash, immunitet pasayishi, osteoporoz.

Qarshi ko‘rsatmalar: oshqozon-ichak kasal liklari zo‘rayganda.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Ateroskleroz, gipertoniya va yurak-qon tomirlari kasalliklari bilan bog‘liq ishishlarni davolash

1-retsept

1 kg bryukva sharbati siqiladi. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin qon bosimi oshganda ichiladi.

Qon bosimi me’yorga tushgandan keyin ham 3 kun davomida qabul qilinadi.

SHarbatdan qolgan bryukva mag‘ziga biroz asal va 2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi ezilgani qo‘shiladi.

1 osh qoshiqdan 2 mahal aterosklerozni davolash maqsadida ichiladi.

Davolash kursi – 30 kun.

2-retsept

YOtishdan oldin 2 osh qoshiq bryukva sharbati ichiladi. Ertalab bryukva sharbatiga ozroq sovuq suv qo‘shib, ko‘z atrofiga surtiladi.

Oyoqlar ishganda bryukva qaynatmasidan vanna qilinadi (1 kg bryukva 5 l suvda qaynatiladi).

3-retsept

Bryukva yirik qirg‘ichdan o‘tkaziladi, 1-2 choy qoshiq asal qo‘shiladi. Aralashma ishgan joylarga 15 daqiqaga surtiladi, muolaja kuniga kamida ikki marta qilinadi.

Ortiqcha vaznga qarshi kurashda moddalar almashinuvini me’yorga keltirish

1-retsept

50 g bryukva barglari 1L qaynoq suvda 1 soat damlanadi, suzib olinadi. Aralashma 200 ml dan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin ortiqcha vaznga qarshi parhez tutilganda qabul qilinadi.

2-retsept

1 kg bryukva sharbati siqiladi, 200 ml na’matak damlamasi (30 g na’matak mevasi 250 ml qaynoq suvda damlanadi) bilan aralashtiriladi. Aralashma 100 ml dan kuniga 4 mahal ortiqcha vaznga qarshi parhez tutilganda qabul qilinadi. SHarbat tayyorlashdan qolgan mag‘zi parhez salatlar uchun ishlatiladi.

Sistit, nefrit va pielonefritni davolash

1-retsept

Sistit zo‘rayganda bryukva qaynatmasi (2 kg bryukva 10 l suvda qaynatiladi) qo‘shilgan o‘tirib qabul qilinadigan vannalar yaxshi foyda beradi.

2-retsept

200 g bryukva 1,5 l suvda qaynatib pishiriladi va qaynatmaning ichida eziladi, 2 osh qoshiq na’matak shinnisi qo‘shiladi. Aralashma 200 ml kuniga 2 mahal sistit, nefrit va pielonefritda qabul qilinadi. Davolanish kursi – 7 kun.

Nafas yo‘li kasalliklari, rinit va yo‘talni davolash

1-retsept

1 kg bryukva sharbati siqib olinadi, ozroq iliq qaynagan suv qo‘shiladi, 1 choy qoshiq osh sodasi va 1 osh qoshiq qizilmiya shinnisi so linib, aralashtiriladi.

Aralashma bilan tomoq chayilib, burun yuviladi. Muolaja 5-6 kun davomida qilinadi.

2-retsept

100 ml bryukva sharbatiga 1 osh qoshiq piyoz suvi va 1 osh qoshiq qizilmiya siropi qo‘shiladi va aralashtiriladi.

Aralashma 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ozroq iliq suv qo‘shgan holda ichiladi. Davolanish kursi – 7 kun.

Osteoporoz profilaktikasi

1-retsept

300 g bryukva bug‘da pishiriladi, to‘g‘raladi, 1 osh qoshiq sabzi sharbati va 1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz sharbati qo‘shiladi. Davolanish kursi – 7 kun. Profilaktika yiliga uch marta o‘tkaziladi.

2-retsept

300 g yangi bryukva qirg‘ichdan o‘tkaziladi, 1 choy qoshiq yanchilgan tuxum po‘chog‘i bilan aralashtiriladi. Aralashma 100 g dan kuniga 3 mahal, 14 kun davomida qabul qilinadi. Profilaktika yilda ikki marta qilinadi.

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика