Disbakterioz davolash

Brokkoli Sabzavotlar

Disbakterioz davolash

Brokkoli – bir yillik sabzavot o‘simligi bo‘lib, noyob oziqa mahsuloti va turli kasalliklarga qarshi davodi

KIMYOVIY TARKIB VA FIZIOLOGIK TA’SIR

Kimyoviy tarkib

Brokkoli tarkibida S, RR, E, K, A, Vr V2, V5, V6, foliy kislotasi, betakarotin vitaminlari, shuningdek, kaliy, fosfor, magniy, marganets, oltingugurt va temir bor. Ayniqsa, bu sabza- vot sulforafan (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi bakteriyani o‘ldiruvchi va saraton hujayralarining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi) moddasiga boyligi bilan mashhur. Sulforafan eng ko‘p brokkoli niholida bo‘ladi.

Fiziologik ta’siri

Brokkoli organizmdan ortiqcha suyuqlikni, zaharli moddalar va chiqindilarni chiqaradi, moddalar almashinuvini me’yorga keltiradi. Bu sabzavotni muntazam tanavul qilish yo‘g‘on ichak va ko‘krak saratoni, aterosklerozning oldini oladi, organizm qarishini sekinlashtiradi, yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi, oshqozon yarasini bitishiga yordam qiladi, ichaklar mikroflorasini yaxshilaydi, ishtahani ochib, ovqatni hazm qildiradi.

QO‘LLASHGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR

Kullaniladi: yo‘g‘on ichak va ko‘krak saratoni, infarkt i insultdan so‘ng tiklanish davri, ateroskleroz, venalar varikoz kengayishi, tromboflebit, meteorizm, disbakterioz, gepatit, remissiya davrida oshqozon va o‘nikki barmoq ichak yarasida.

Qarshi ko‘rsatma: oshqozon osti bezining o‘tkir va surunkali kasalliklari, yuqori kislotali gastrit.

DAVOLANISH VA PROFILAKTIKA

Disbakterioz va meteorizmni davolash

1-retsept

200 g qaynatilgan brokkoli ezilib, 1 osh qoshiq asal, 1/2 choy qoshiq tuyulgan zira qo‘shiladi. Aralashma disbakteriozni davolash maqsadida 4 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Disbakteriozni davolanish kursi 7 kun.

2-retsept

100 g brokkoli ustidan 300 ml suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi va suzib olinadi. Brokkoli blenderda eziladi va qaynatmaga aralashtirib yuboriladi. Meteorizmda kuniga bir mahal qabul qilinadi. Davolanish kursi 5-7 kun.

3-retsept

Disbakteriozda brokkolining 200 ml qaynatmasi har kun ichiladi. Davolanish kursi 7 kun. Davolanish vaqtida sutqatiq mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish lozim.

Oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasini davolash

1 -retsept

10 g brokkoli urug‘i nish urdiriladi. 3 kun davomida ovqat bilan tanavul qilinadi. Davolanish kursi 21 kun.

2-retsept

100 g brokkoli qaynoq suvga botirib olinadi va blender yordamida eziladi, kerak bo‘lganda biroz qaynagan suv qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan pyurega 10 g nish urgan urug‘i qo‘shiladi. 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin oshqozon va o‘nikkibarmoq ichak yarasi ochilib ketishining oldini olish maqsadida qabul qilinadi. Davolanish kursi 21 kun.

Surunkali gepatitni davolash

1 -retsept

200 g brokkoli 1 l suvga solinadi, 10 g sabzi urug‘i va 15 g bo‘znoch o‘ti qo‘shiladi, past olovda 20 daqiqa davomida qaynatiladi, suzib olinadi. 150 ml dan kuniga 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 30 kun.

2-retsept

500 g brokkoli bug‘da pishiriladi, eziladi, 10 g mayda to‘g‘ralgan momaqaymoq bargi bilan aralashtiriladi. Aralashma 3 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi. Davolanish kursi – 2 oy. Orada 30 kun dam olib, yana kursni qaytarish kerak.

Saraton profilaktikasi va uni davolash

1-retsept

200 g xom brokkoli 3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasiga qo‘shib, go‘sht qiymalagichdan o‘tkaziladi, 3 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq rafinadlanmagan kungaboqar yog‘i qo‘shiladi. Aralashma 3 osh qoshiqdan 3 mahal, ovqatdan 1 soat oldin yo‘g‘on ichak saratonini davolash va uning profilaktikasi maqsadida qabul qilinadi. Davolanish kursi – 3 oy, profilaktika kursi esa -14 kun.

2-retsept

10 g brokkoli ungan urug‘i 2 osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Aralashma 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal onkologik kasalliklar oldini olish maqsadida qabul qilinadi. Davolanish kursi – 21 kun. Profilaktika yilda ikki marta o‘tkaziladi.

3-retsept

100 ml brokkoli sharbati 2 osh qoshiq rafi- nadlanmagan kungaboqar yog‘i bilan aralashtiriladi, bittada ichib yuboriladi, orqasidan limon sharbati qo‘shilgan suv ichiladi. Bu malham haftasiga uch marta, ikki hafta davomida ichiladi. Bir hafta dam olgach, kurs qaytriladi.

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика