Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Ur To’qmoq

Bolalar uchun Ertak Ur To'qmoq BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi Ur To’qmoq

Bolalar uchun Ertak: Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Chol ovchihk bilan kun o’tkazar ekan. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan edi, tuzoqqa katta bir laylak tushdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqargan edi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshladi: – Chol, men laylaklarning boshlig’iman, meni qo’yib yubor, nima tilasang shuni beraman.

Mening makonim shu qarshidagi tog’ning orqasida.
Laylakvoyning uyi qayda, desang, hamma aytib beradi, — dedi. Chol laylakni qo’yib yubordi. Ertasiga ertalab turib, Laylakvoyning sovg’asini olib kelish uchun yo’lga tushdi.
Yurib-yurib, qo’ylar o’tlab yurgan joyga borib yetibdi. — Bu qo’ylar kimniki? — deb so’rabdi u cho’ponlardan.

— Bu qo’ylar Laylakvoyniki, — deb cho’pon cholni yo’lga solib yubordi. Chol yurib-yurib qarasa, yilqilar podasi o’tlab yurgan ekan. — Bu yilqilar kimniki? — deb so’rabdi chol. Yilqichi: — Laylakvoyniki, — debdi. — Laylakvoy menga sovg’a va’da qilib edi, nima so’ray? — degan edi, yilqichi bunday dedi:

— Laylakvoyning bir xumchasi bor, «qayna, xumcha» desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so’ra, — dedi.

Chol oz yunb, ko’p yunb, ko‘p yursa ham mo‘I yurib, yetti kecha-yu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga borib yetdi. Eshikdan kirib: — Assalomu alaykum, — dedi.
Laylakvoy: — Haq, saloming bolmasa, ta’ziringni berardim. Sen sovg’a uchun kelgan bolsang kerak, qani nima so’raysan? — dedi.

— Men sizdan «qayna, xumcha»ni so’rayman, — dedi chol. Laylakvoy o’ylab qoldi: — Chol, senga bir tovoq tilla beray, — desa ham chol ko’nmadi.

Axir «qayna, xumcha»ni berishga rozi bo’ldi. Chol «qayna, xumcha»ni olib jo’nadi. Yo‘l yurib, cho‘1 yurib, bir joyga yetdi. Dam olish uchun o’tirdi.
Qishloqning bolalariga qarab: «0‘g‘illarim, mana bu xumchaga qarab turing, men biroz mizg’ib olay, faqat «qayna, xumcham» demanglar», — deb tayinlab, uyquga ketdi.

Bolalar chol uxlashi bilan «Qayna, xumcha» deb baqirishgan edi, xumchadan tilla qaynab chiqdi, bolalar shoshib-pishib, tillalarni yig’ib olib, xumchani uylariga olib kirib berkitib qoydilar, «Qayna, xumcha»ning o’rniga boshqa bir xumchani olib kelib qo ydilar. Chol uyqudan turib xumchani olib jo’nadi. Yetti kecha-yu, yetti kunduz yo‘l yurib, uyiga yetib keldi.

— Qani, kampir, dasturxonni yoz, hozir tillaga boy bo lamiz, — dedi. Kampir dasturxonni yozdi, dasturxonning o’rtasiga xumchani qo’yib, chol bor kuchi bilan:

– Qayna, xumcha! – deb baqirdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmadi; chol yana baqirdi, tilla qaynamadi.
Cholning jahli chiqib: – Ha, padaringga la’nat Laylakvoy meni aldab boshqa xumcha beribdi. Men ertaga borib boshqa sovg’a so’rayman, – deb qo’ydi.

Ertasi saharlab chol yana yo’lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib: – Laylakvoy meni aldadi, endi nima sovg’a so’ray? — dedi. Yilqichi o’ylab turib: —«Ochil, dasturxon»ni so’rang, dasturxonni yozib, «ochil, dasturxon» desangiz, har xil taomlar tayyor bo’ladi, — dedi. Chol Laylakvoyning eshigidan kirib: — Assalomu alaykum, — dedi. Laylakvoy:

— Haq, saloming bo’lmasa, taziringni berardim. O’tgan gal senga «Qayna, xumcha»ni berib edim, ko’ngling to’lmadimi? — dedi. Chol hamma voqeani aytib: — Meni aldading, «Qayna, xumcha»ning o’miga boshqa xumcha beribsan, endi sendan «Ochil, dasturxon»ni so’ragani keldim, — dedi.
Laylakvoy o’ylab qoldi va «Ochil, dasturxon»ni cholga sovg’a qildi.

Chol dasturxonni olib yolga tushibdi. Oz yurib, ko‘p yurib, o‘tgan gal dam olgan qishloqqa borib yetib, o’ziga tanish bo’lib qolgan bolalami ko’rdi. — O‘g‘illarim, mana shu dasturxonni ushlab 0‘tiring, men biroz mizg‘ib olay, faqat «Ochil, dasturxon» demanglar, — deb ularga tayinladi.

U uyquga ketgandan so’ng bolalar «Ochil, dasturxon», deb baqirgan edilar, yetmish xil taom tayyor bo‘ldi. Bolalar taomlami o‘rab, dasturxonni uylariga olib kirib, o’miga boshqa dastucxon olib chiqib o’tirdilar. Chol uyqudan turib dasturxonni oldi, yo’lga tushdi. Uyiga kelib: — Kampir nima taom desang, hozir tayyor boladi,

— deb dasturxonni yozdi. – «Ochil, dasturxon», degan edi, hech qanday taom chiqmadi. Cholning jahli chiqib: — Laylakvoy meni ikkinchi marta aldadi. ertaga borib boshqa bir sovg’a so’ray, — dedi. Ertasi saharlab chol yo’lga chiqdi. Yilqichining oldiga borib: — Endi Laylakvoydan nima so‘ray? — dedi. — Endi Laylakvoydan

«Ur, to‘qmoq»ni so‘rang, dushmaningiz ko’pga o’xshaydi, agar «Ur, to’qmoq» desangiz, oldingizda kim bo’lsa, urib tashlaydi, — dedi yilqichi. Chol yolga tushdi, eshikdan: — Assalomu alaykum, — deb kirdi. Laylakvoy: — Haq, saloming bo’lmasa, ta’ziringni berardim. Yana nima uchun kelding? «Qayna, xumcha»ni olding,

«Ochil, dasturxon»ni olding, yana nima kerak? — dedi. — Meni bu gal ham aldading, Laylakvoy! «Ochil, dasturxon» o‘miga boshqa bir dasturxon beribsan. Endi sendan bir narsa so’rayman, menga «Ur, to‘qmoq»ni ber, — dedi. Laylakvoy cholga «Ur, to‘qmoq»ni hadya qildi. Choi «Ur, to‘qmoq»ni olib yo’lga tushdi.

Oz yurib, ko‘p yurib awalgi o‘zi bilgan qishloqqa borib yetdi.
Tanish bolalami chaqirdi.

— 0 ‘g‘illarim, mana shu to‘qmoqni ushiab turing, men biroz mizglb olay, faqat «Ur, to’qmoq» demanglar, — dedi. U uyquga ketgandan so’ng bolalar qiziqib, «Ur, to’qmoq» deb baqirishgan edi, to’qmoq hammasini ura boshladi. Bolalaming baqirigldan chol uyg’onib ketdi. Bolalar bolsa yiglashib:

— Chol ota, to’qmoqni to‘xtating, biz sizning xumchangizni, dasturxoningizni olib, o’miga boshqa xumcha, boshqa dasturxon qo’ygan edik, tavba qildik, ota, to’qmoqni to’xtating, — deyishdi. Chol: – Tur, to‘qmoq! – deb baqirgan edi, to’qmoq urishdan to’xtadi.
Bolalar yugurib borib uylaridan «Qayna, xumcha» bilan «Ochil, dasturxon»ni chiqarib berdilar, chol yo’lga tushdi.

Oz yurib, ko‘p yurib, ko‘p yursa ham mo‘l yurib, ko‘l demay, cho‘l demay yetti kecha yetti kunduzda uyiga borib yetdi. – Qayna, xumcha, – degan edi, xumchadan tilla qaynab chiqdi. – Ochil, dasturxon, – degan edi, har xil taom muhayyo bo’ldi.

Umrlarida ko‘rmagan taomlarni yeb, chol bilan kampir xursand bo’ldilar. Tillalarga chol yaxshi uy soldirdi va xonni uyiga mehmondorchilikka chaqirgan edi, xon: «Men xon bo‘lsam-u, o’sha kambag’al, qashshoq cholning uyiga mehmondorchilikka boramanmi», deb bormadi.

Cholning jahli chiqib, xonni urushga chaqirdi. Ertasiga xon yetti ming askarni tayyorlab, cholning uyi oldiga tizib: — Qani, chol, joning bo‘lsa urushga chiq! — dedi. Chol eshikdan chiqib to’qmoqqa qarab: — Ur, to’qmoq!

— deb baqirgan edi, to’qmoq hamma askarlarni bittadan urib yotqizib qo’ydi, oxirida to’qmoq xonni ura boshladi. Xon: — Chol, to’qmog’ingni to’xtat, sen yengdmg, meni o’limdan olib qol, yurtga sen hokim bo’la qol, — dedi.

Chol esa o‘z uyining oldida turib: — Boshqa kambag’al-bechoralarning boyligiga ko‘z olaytirmaysan.
Chol to’qmoqni to xtatdi. O‘zi yurtga hokim bo ldi. Murod-maqsadiga yetdi.

Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi To’g’ri Davo

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика