Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi To’g’ri Davo

Bolalar uchun Ertak To'g'ri Davo BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi To’g’ri Davo

Bolalar uchun Ertak: Bir semiz podshoh bor ekan. Shunaqa semiz ekanki, semizligidan uncha-muncha joyga sig’mas ekan. Bo‘ynini qashlashga ham qo‘li yetmas ekan. Bir kuni u barcha tabib- lami yiglbdi, o’zini davolashlarini, sal bo‘lsa ham ozdirishlarini buyuribdi. Tabiblar uni qancha davolashmasin, u battar semirar, battar kengayib borar ekan.

Oxiri bir aqlliroq tabib topilibdi. U podshohning bilagini ushlab ko‘rib:
— Agar podshohi olamga ma‘qul bolsa, men munajjimlik kitoblarini varaqlab chiqsam, tabiatdagi dorilarni o‘rganib chiqay, shundan keyin ulardan birini sizga tavsiya qilay, — debdi.

— Juda yaxshi, — debdi podshoh. — Munajjimlik kitoblarini o‘qib chiq, hammasini bilib olib, keyin menga dori ber, — deb buyuribdi podshoh. Tabib ketibdi va ertasiga ertalab kelib podshohga: — Sizni davolash uchun hech qanday dori topolmadim, — deb ma’lum qilibdi.

— Bu qanaqasi? — deb baqiribdi podshoh. — Nima uchun menga dori yo‘q bolar ekan? — Kitoblarda yozilishicha, umringizdan atigi qirq kun qolibdi, qirq kun o‘tib o‘lar ekansiz, — debdi tabib pinagini buzmay. Podshoh qattiq g‘azablanibdi va baqirib debdi:

— Modomiki menga dori topilmagan ekan, bu tabibni zindonga tashlanglar, agar aytgan kunida olmasam, buning o‘zini dorga osaman.

Tabibni zindonga tashlashibdi, podshoh esa oTim haqida o’ylagancha qolaveribdi. Tun-u kun o‘lim haqida o‘ylab g‘am chekibdi, buni eshitgan qarindoshlari va do‘stlari ham yig’lay- verib yuragini ezishibdi. Qirq kun ichida podshohning rangi saig’ayib ketibdi, cho‘pdek ozib ketibdi.

U qirq kun muddat o’tgach tabibni zindondan oldirib, unga debdi: — Endi seni dorga osaman, nega menga yolg’on gapirding?

— Shuning uchunki, — debdi tabib, — sizning davolani- shingiz uchun boshqa dori yo‘q edi. Podshoh juda xursand bolib ketibdi va tabibga shohona hadyalar beribdi.

Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Ur To’qmoq

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика