Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Pufakvoy

Bolalar uchun Ertak Pufakvoy BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi Pufakvoy

Bolalar uchun Ertak: Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir shahar chetidagi chorbog’da bir chol bilan kampir bor ekan. Ular halol mehnat bilan, dehqonchilik qilib kun kechirar ekanlar. Chol-kampirning farzandi yo‘q ekan. Shu sababdan ular qattiq qayg’urar ekanlar.

Yillar o’tibdi, chol-kampir yana qarib, bellari bukchayibdi, ko’zlari xiralashibdi, og’ir ishga yaramay- digan bo’lib qolibdilar.

— E, kampirim, — debdi kunlardan bir kuni chol, — agar farzandimiz bolganda edi, qo’limizdan ishimizni olar edi. Juda bolmaganda dastyorlik qilar edi.

Endi dunyodan ko’zimiz ochiq ketadigan bo‘ldi-da. Kampir uni yupatibdi. Kunlardan bir kun ertalab kampir cholni uyg otibdi:

— Turing, chol, — debdi kampir, — o‘g‘illik bo’lib qoldik.

— Nimalar deyapsan, kampir, qanday o‘g‘il, kimning o‘g‘li? — deb so’rabdi chol hayron bo‘lib.

— Kimniki bolar edi, o‘zimizning o‘g‘limiz. Turing, qarang, to’pday chiroyli, dumaloqqina bola! — debdi kampir.

Chol o‘rnidan irg ib turib qarasa, uyning o‘rtasida oyoqlari chillakdek, qorni meshdek bir bola chol-kampirga qarab, tirjayib turgan emish.

Xursand bolib ketgan chol bolani quchoqlab bag’riga bosib erkalabdi va unga ot qo’yish to‘g‘risida kampir bilan maslahatlashibdi. Unga ismi-jismiga munosib bolsin deb,

Pufakvoy deb ot qo’yibdilar. Shu kundan boshlab chol-kampir Pufakvoyga o’zlari yemagan yaxshi taomlarni yedirib, ichmaganlarini ichirib yura beribdilar.

Ularning niyati Pufakvoyni tezroq katta qilib, dastyor qilish ekan. Pufakvoy kundan-kunga semirib, qorni katta bo’laveribdi. Chol-kampir uni ko‘p erkalatar ekanlar, shu sababdan taltaygan Pufakvoy chol-kampirni mensimaydigan bolib qolibdi.

Keyingi vaqtlarda Pufakvoy juda ochko‘z bo lib ketibdi, chol-kampirning bergan ovqatlariga qanoat qilmay, ko’ziga nima ko‘rinsa “Ho’pla, og’zim” deb yutib yuboraveradigan bolib qolibdi. Bir kuni chol o‘g‘li Pufakvoyni dalaga qo‘sh haydashga olib boribdi.

Pufakvoy kechgacha cholga yordamlashibdi. Kechqurun qorni ochib qolib, uydagi ovqatga yetib kelishga ham sabri chidamay, “Ho’pla, og’zim” deb birdan qo‘sh ho’kizni yutib yuboribdi.

Chol: ‘Hokizlar qani? degan ekan, Pufakvoy: “0‘tloqqa haydab yubor- dim”, deb javob beribdi.
Ertasi bozor kuni ekan, chol bir bozor qilib kelay deb, ko’chaga chiqib ketibdi.

Cholga qorama-qora Pufakvoy ham bozorga jo’nab qolibdi. U avval ko’chada bir eshakka minib, bir qancha xo‘roz va tovuqlarni bozorga olib kelayotgan kishini koribdi.

Pufakvoy: “Shu tovuqlarni olsa, maza qilar edim”, deb 0‘ylabdi. U birdan “Ho‘pla, og‘zim” deyishi bilan haligi eshakdagi kishi eshak-peshagi va xo‘roz, tovuqlari bilan uning og‘ziga kirib ketibdi. Pufakvoy qatiq va suzma ko’tarib ketayotgan bir kishiga duch kelibdi.

“Ho‘pla, og‘zim” degan ekan, u kishi ham xaltadagi suzmalari, xurmachadagi qatiqlari bilan Pufakvoyning og‘ziga kirib ketibdi. Yana Pufakvoy bozor tomon boraveribdi: u yolda ko’ringan hamma narsalarni ochko‘zlik bilan yutaveribdi.

Qo‘y haydab ketayotganlarni ham, mol haydab ketayotganlarni ham, arava-arava yuk olib ketayotganlarni ham, yilqilarni ham, tuyalarni ham odam-podami bilan yutib yuboraveribdi. Oxiri Pufakvoy bozorga yetibdi. Bozor darvozasi oldida turib “Ho‘pla, og‘zim” degan ekan, bozorda hech zog‘ qolmay Pufakvoyning og‘ziga kirib ketibdi.

Pufakvoy endi sal-pal qorni to’ygandek bo’lib uyga qaytibdi. Endi Pufakvoyning qorni juda katta gumbazdek bo’lib shishib ketibdi.

U shaharning ko’chalariga arang sig ib uyiga yetib kelibdi, kampir
ko’chada katta gumbaz dumalab kelayotganini ko‘rib hayron bo’lib qolibdi. U qo’rqqanidan eshikni bekitib, uyga kirib ketibdi.

Pufakvoy eshik yoniga kelib kampirni chaqiribdi, kampir o‘g‘lim keldi, deb eshikka chiqsa, haligi gumbaz devordan mo‘ralab turgan emish. Kampir yana uyga qochayotgan ekan, Pufakvoy:
— Oyi, men keldim, qo‘rqmang, sizni yeb qo‘ymayman, qornim to ydi, bozordagilarni yeb keldim, — debdi. Kampir o‘g‘li yalmoglz ekanini sezib qolibdi.

Pufakvoyni aldab uxlatish fikriga tushibdi. U uxlaganda o‘zim bilib ishimni qilaman, debdi kampir. Kampir Pufakvoyni silab- siypab, bolam-bo‘tam qilib:
— Bolam, qorning to‘q bo‘lsa ham charchagandirsan, senga bir yaxshi joy qilib beray, salqinda bir maza qilib uxlab olgin, sen turguningcha men choy qaynatib, istasang shiringina atala ham pishirib qo‘yay, — debdi.

Pufakvoy uyga sig’magani uchun ko’chadagi daraxtlar tagida yotmoqchi bo’libdi. Kampir ko’chalarni supurib suv sepibdi, katta kigizni yozib,

Pufakvoyga yumshoqqina o‘rin solib beribdi. Pufakvoy olgudek charchagani uchun darrov yotib uyquga ketibdi. Kampir atalaga olov yoqib, choydishni qozon yoniga ilibdi, otashkurakni o‘choqqa tashlab qoyibdi.

Pufakvoyning yoniga yaqinroq kelgan ekan, uning qornidan: xo’rozlarning qichqirig’i, eshaklarning hangrashi, otlarning kishnashi, tuyalarning bo’kirishi; qo‘y, sigir va ho’kizlarning ma’rashi va nihoyat odamlarning qiy-chuvi eshitilayotgan emish.

Kampir ko‘chalarda hech kim ko’rinmaganidan xavotir bo’lib o’tirgan ekan. Endj hamma voqeani tushunibdi “Mening yalmoglz o‘g‘lim bozordagi va ko’chadagi hamma narsalarni, odamlarni yutib yuborgan bo‘lsa kerak.

Men bu bechoralarni Pufakvoyning qornidan chiqarib yuborishim kerak, bolmasa shaharda odam qolmaydi”, deb o’ylabdi kampir. 0‘choqdagi otashkurak laqqa cho‘g‘ bolganda kampir uni sekin olib kelib, uxlab yotgan yalmoglz o‘g‘li Pufakvoyning qorniga bosibdi.

Katta gumbazdek qorin to‘p otgam dek “paq” etib yorilib ketibdi. Uning qornidan chiqqan odamlar hech qanday zarar ko’rmay, sevinishib, kulishib o‘z narsalarini olib uylariga tarqalishibdi. Ularorasida chol ham bor ekan.

Chol kampirga o‘g‘li Pufakvoyning qiliqlarini birma-bir gapirib beribdi. Ikkisi qorni yorilib yotgan o‘g‘illariga juda achinibdi, Pufakvoyning tepasiga kelib, qarashsa, hali joni bor emish. Pufakvoy sekin ko’zini ochib ota-onasiga yalinibdi:

— Mening qornimni tikib qo‘yinglar, bolmasa men o‘laman, endi tuzalsam, hech kimni yemayman, yaxshi bola bo‘laman, so’zingizga kiraman, nima ish buyursangiz qilayin, — debdi. Chol jarrohga boribdi, jarroh kelib Pufakvoyning qornidagi chozilib, katta bo lib ketgan hamma ichak, tomirlarini kesib tashlab, tikib qoyibdi.

Pufakvoyni chol-kampir yana qirq kun tarbiya qilishibdi. llnga har kuni ozgina-ozgina atala va shirchoy qilib berar ekanlar.

Oxiri Pufakvoyning qornidagi yaralari tuzalibdi. Qirq bir kun deganda u hovlida asta-asta yura boshlabdi, keyin butunlay tuzalib ketibdi.

Chol Pufakvoyni dalaga olib borib, unga dehqonchilikni o‘rgatibdi. Pufakvoy yaxshi dehqon bo lib yetishibdi. Chol-kampir dam olib yotar ekan.

Pufakvoy hamma ishni bir o’zi bajarib kelar ekan. U qarib qolgan ota-onasiga qanday mehribon bo‘lsa, boshqa odamlarni ham shunday yaxshi ko‘rar ekan. Shunday qilib chol bilan kampir murod-maqsadiga yetibdi.

Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Dono Dehqon

 

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика