Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Eshakvoy Va Uning Do’stlari

Bolalar uchun Ertak Eshakvoy Va Uning Do'stlari BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi Eshakvoy Va Uning Do’stlari

Bolalar uchun Ertak : Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da, to q ekan, ilgan zamonda bir eshak bor ekan. U bir kuni o‘g‘liga nasihat qilibdi: — O‘g‘lim, uzoq kunchiqar tomonda bir mamlakat bor, u joyda hecham qish bolmaydi, doimo yoz boladi. Shu mamlakatda bir katta ko‘l bor. Shu kolning bo‘yida bir juda katta cho‘l bor.

Shu cholda erta bahorda o‘t-o‘lanlar juda ko‘p boladi, u yerga borsang umr bo‘yi qorning to‘q, kayfing chog‘, turmushing yaxshi bo‘ladi, — debdi. Eshak polvon shunday debdi-yu, olibdi. Kunlardan bir kun o‘g‘il eshakcha ham kap-katta eshak bolib, otasi aytgan kunchiqar tomonga qarab «hay-yu, hay, baxtimni topay», deb jo’nab ketibdi.

U «ko‘l, kolning yonidagi cho‘1…» deb ketayotgan ekan, uning oldidan bir xo’rozcha chiqib: — Hoy Eshakvoy, yo‘l bolsin? — debdi. Eshakvoy: — Bu sir-ku, lekin hech kimga aytmasam ham senga aytaman.

Uzoq kun chiqish tomonda juda bir ajoyib mamlakat bor. U mamlakatda hech qish bolmas, doimo yoz bolar emish. Qish bolmay yoz bolsa, doimo o‘t-o‘lanlar ham bolar emish. Ana shu mamlakatga borayotirman, — debdi.

Xo’roz: — Unday bo‘lsa, jon do’stim eshakvoy, meni ham o‘zing bilan shu mamlakatga olib ket, qish bolmay doimo yoz bo‘lsa, o‘t-o‘lan ko‘p bo’lsa, demak, don-dun ham ko‘p bo‘ladi-da, — debdi. Eshakvoy olib ketishga rozi bolibdi. Eshak bilan Xo‘rozvoy yo‘lga tushib ketaverishibdi.

Ular yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Kelishayotsa, oldilaridan bir boyning charchab qolgan ho‘kizi chiqib qolibdi: Assalomu alaykum, Eshakvoy bilan Xo’rozvoy, — debdi u. Eshakvoy salomiga alik olibdi. — Ha, yo‘l bolsin? — deb so‘rabdi Ho‘kizvoy.

Eshakvoy: — Bizlar, nasib bo‘lsa, hamisha qishi yo‘q, yozi bor, doimo o‘t-o‘lani, don-duni mo‘l-ko‘l, doimo bahor tomonga borayotirmiz. U yerda o‘tlar o‘sib, o’simliklar gurkirab yotar emish. Bizlar ana shu mamlakatga borib yashash, baxtimizni topish uchun borayotirmiz,

— debdi. — Unday bo’lsa, jon do‘stlar, meni ham o’zlaringiz bilan birga olib ketinglar. Boy buva menga ham ozgina yem va yemish berib tinka-madorimni quritdi.
Shunday davom etsa hademay o‘lib qolaman,

— debdi. Eshakvoy bilan Xo’rozvoy Ho‘kizvoyga juda rahmlari kelib, uni ham hamroh qilib olishibdi.
Xo‘rozvoy esa xo‘rozligiga borib dam Eshakvoyga minib, dam Ho‘kizvoyga minib yo‘l yurib borayotgan ekanlar, yoldan asalari chiqib qolibdi:

— Assalomu alaykum, Eshakvoy, Xo’rozvoy va Ho‘kizvoy, — debdi. — Vaaleykum assalom, Asalarivoy, — debdi Eshakvoy.

— Sizlarga yo‘l bo’lsin? — debdi Asalarivoy. Eshakvoy: — Bizlar shunday bir ajoyib joyga ketyapmizki, u joyda qish yo‘q, yoz bor, don-dun, o‘t-o‘lan mo‘l, — debdi.

Asalarivoy: — Unday bolsa, jon do’stlar, meni ham o‘zlaring bilan o‘sha yoz bor-u, qish yo‘q, don-dun, o‘t-o‘lan mo‘l-ko‘l mamlakatga olib ketinglar.
O‘t-o‘lan ko‘p bo‘lsa, gul ham bor, gul ko‘p bolsa, shira ham ko‘p boladi, — debdi. — Xo‘p, — deyishibdi, asalari ham hamroh bolib ketaveribdi.

Ketayotsalar yoldan bir quyon chiqib qolibdi. Quyon ham: — Hoy birodarlar, yo‘l bolsin? — debdi. — Biz, — debdi Eshakvoy, — shunday bir ajoyib joyga boryapmizki, u joyda yoz bor-u, qish yo‘q, o‘t-o‘lanlar mo‘l o’tloqqa borayotirmiz, — debdi.

Quyon: — Unday bolsa, men ham boray, birga olib ketinglar, — debdi.
Eshakvoy oshnalariga qaragan ekan, ular, mayli, boraqolsin, debdi.
Quyon ham hamroh bo’libdi. Ular ketaverishibdi, bir payt oldilaridan tulki chiqib qolibdi.

Tulkivoy ham: — Ey, o’rtoqlar, yo‘l bo‘lsin? — debdi.
Eshakvoy: — Bizlar shunday mamlakatga borayotirmizki, u yerda qish yo‘q, yoz bor, o‘t-o‘lan, don-dunlar mo‘l, — debdi. Tulki:

— Unday bolsa, meni ham birga olib ketinglar, men ham shunday joylarni borib ko‘ray, — debdi. Tulkivoy ham ularga hamroh bolib ketaveribdi, ketaveribdi, yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Bir katta ko’lning ustidan chiqib qolishibdi. Bu kolning atrofi juda ajoyib o‘tloqzor emish.

Kunduzi bor emish-u, kechasi yo‘q emish, yoz bor emish-u, qish bo’lmasmish.
Shunday yerda o’tlab yurishgan ekan.

Bir kuni Tulkivoy bir qirdan naryoqqa oshib otibdi. U erda bir katta och ona bo‘ri ov ovlab yurgan ekan. Tulkivoy salom berib, oldiga borib:

— Ey, Bo’rivoy, sen bu yerda bekorga ochingdan o‘lib yuribsan, bir qirdan o‘tsang, bir semiz Eshakvoy va bir semiz Ho’kizvoy, bir quyon va bir xo‘roz yashash- yapti, — debdi. Bo‘ri buni eshitib Tulkivoy aytgan joyga borib Eshakvoyni yemoqchi bo lib turgan ekan,

Ho’kizvoy bir yoqdan shoxlabdi, Asalarivoy boshqa yoqdan chaqibdi. Eshakvoy esa shattalab tepibdi. Xullas, bo’rini urib oldirishibdi.

Eshakvoy, Ho‘kizvoy, Asalarivoy va Quyonvoy ahil yashab qolishibdi. Tulkivoy esa do‘stlikni, vafodorlikni buzib xiyonat qilgani uchun shunday olkada ham yolg’izlikda o‘lib ketibdi.

Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Ur To’qmoq

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика