Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Dono Dehqon

Ertak Dono dehqon BOLALAR UCHUN

O’zbek Xalq Ertagi Dono Dehqon

Bolalar uchun Ertak Dono Dehqon Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, burungi o‘tgan zamonda

bir o‘rtahol dehqon bo‘lib, uncha boy ham emas ekan, uncha kambag‘al ham emas ekan. Dehqonning uchta o‘g‘li bolib,

o‘ziga yarasha bir juft ho kizi, to‘rt tanob yeri, bir eshak, ikki sigir, to‘rt-besh qo‘y-echkisi va bir uya xo‘roz-u moki tovug’i, bir esli Oqtoy kuchugi bor ekan.

Dehqonda shunday bir xislat bor ekan: u yoshlik chogldanoq hay- vonlar tilini tushunar ekan. Lekin bu xislatini hammadan sir tutar ekan.

Hatto o‘z xotiniga ham, ota-onasiga ham, bola-chaqasiga ham aytmasdan sir saqlab kelar ekan. Bir kuni o‘g‘li ikki ho’kizni qo’shib qo‘sh haydabdi,

havo sovuq, yer qattiqligidan jonivor ho’kizlar biroz ishlagandan keyin juda charchab, horib kelibdi. Jonivor ho’kizlar charchaganidan kavshamay, oldiga qo‘ygan yemishlarini ham yemay, qiynalib turgan ekan, dehqon eshagiga minib, ho kizlarining ahvolini bir ko‘ray, deb kelib qolibdi.

Shu payt eshagi bilan ho’kizini suhbatlashib turganini eshitib qolibdi. Eshak: Ey, ho‘kizjon, sen charchab, horib qiynalib yurguncha bir ishni qil.

Sen mana bugundan boshlab o‘zingni kasalga sol. Oldingga qo‘ygan yem va yemishlaringni yema, ertaga seni kasal deb albatta qo’shga qo‘shmaydilar.

Bunday azob-uqubatlardan qutilasan va damingni olib yotaverasan, — debdi. Ho’kiz bechora eshakning so‘zini olib ozini kasallikka solibdi.

Ertalab dehqonning o‘g‘li ho kizlarni qo‘shga qo’shmoqqa kelsa, Qora

olabel ho‘kiz kasal bolib yem va yemishini yemay turgan emish. Dehqonning o‘g‘li otasiga borib:

— Ey ota, ho‘kizimning biri kasal bo’lib yotib

qolibdi, H debdi. Dehqon: — Qaysisi kasal bo libdi? — debdi. O‘g‘li: — Qora olabel katta ho‘kiz kasal bolibdi, — deb javob beribdl Dehqon:

Unday bolsa, kasal ho‘kizni tashlab, o’rniga eshakning o‘zini olib borib, ho‘kizning yoniga qo‘sh-da, yerni yaxshilab haydab kel, — debdi.

Dehqon- ning o‘g‘li «xo‘p» deb kasal ho‘kizni qoldirib, o‘rniga eshakni minib, sog’ ho’kizni yetaklab dalaga ketibdt Dalaga borib eshak bilan ho‘kizni qo‘shga qo’shibdi.

Eshak Juda ham ayyolik va qaysarlik qilib omochni yaxshi tortmabdi. Dehqonning o‘g‘li o‘xshatib beli bilan biqiniga to‘rt gavron uribdi.

Eshakvoyning qobirg‘alari qarsillab sinay deb ketibdi. Eshakvoy aslida eshak emasmi, qo’rqqanidan kechgacha o’lguday bo’lib qo’shni tortibdi.

Nihoyat, ishlab charchab oxiri o‘lay deb qolibdi. Ammo ho‘kiz sherigiga sezdirmay, «uxx-uxx, qo‘sh haydash maza ekan, butun dashtni ko‘rar ekansan, yegan ovqatmg, ichgan suvmg tanangga smgib, yengil tortar- kansan o’zingni, endi har kuni qo shga chiqqanim bo Isin», deb maqtanibdi

Lekin eshakka juda og ir bo’hbdi va judayam alam qilibdi. «Bu balodan qanday qutilsam ekan» deb juda qattiq oylabdi.

Hovhga yaqin borganda eshakvoy tumshuglni baland qilib o‘ynab suhbatdoshmmg oldiga boribdi

Dehqon ham: — Qani, eshak nima der ekan, — deb molxonaga yaqinroq borib, ularning suhbatini tinglay boshlabdi. Eshakvoy yon qo’shnisi Qora olabel ho‘kizga:

— Ey oshna, sen qo‘shni og‘ir deb nolib kelar eding. Qo‘sh juda ham oson, yengil ish ekan-ku? Men dashti dalalarni ko‘rib maza qilib, qo‘shni tortib juda dimoglm choq bolib qaytdim. Menga-ku juda yaxshi bo‘ldi-yu, lekin, oshna, senga juda og‘ir bo‘ldi-da, — debdi. Kecha egamiz bilan o‘g‘li maslahat qilishibdi.

Agar Qora olabel ho’kiz kasal bolgan bo‘lsa, uning go‘sht-yog‘i ozib ketmay, Ali qassobni olib kelib so‘ydiraylik, deb aytdi, senga qiyin bo‘ldi, jo‘ram!

— debdi. Bechora Qora olabel ho‘kiz ayyor eshakvoyning bu so’zlarini rost deb bilib, qo rqib ketibdi-da: — Endi nima qilayin? — debdi. Shunda Eshak- voy:

— Endi egang ko’rgali kelayotir. Egang kelgandan mo’ngrab, kav- shab, oldingga qo’ygan yemishingni darrov yeb qo’yaversang, seni so’yishdan olib qolib, balki qo‘shga qo’shib ketsa ajab emas, — debdi. Dehqon bu so‘zni ham eshitibdi.

Ertasiga Dehqonning o‘g‘li: — Ey, ota, eshak qo‘shga bolmas ekan, endi nima qilamiz? — degan ekan, otasi: — Qora olabel ho’kizni qo‘shaver, — debdi.

— U ho‘kiz kasal-ku, — debdi bolasi. — Qo’shaver, sog‘, — debdi otasi. Bolasi ho’kizni qo‘shga qo‘shish uchun haydab ketibdi.

Ayyor eshak qutilib qolibdi. Endi gapni boshqa yoqdan eshiting. Dehqonning birinchi xotini o‘lib, ikkinchi yoshgina bir xotin olgan ekan.

Bu yosh xotini juda ham ayyor, tanti ekan. Har gal har bir gapiga erini

ko’ndirib kelar ekan. Dehqon shu xotini oldida o‘tirib, eshak bilan ho’kizning suhbatini o‘ylab, bir kulib qo’yibdi.

Dehqonning kulganini yosh xotini ko rib: — Ha, nimaga kulasiz? — debdi. Eri nimaligini aytmabdi. Uning aytishi ham mumkin emas ekan-da.

Agar hayvonlar suhbatini bilishini biror-bir kimsaga aytsa, o’lishi ham mumkin ekan! Shuning uchun hech kimga aytmas ekan. Xotiniga ham aytmabdi. Yosh xotini qaysarligini qo‘ymay, nimaga aytmaysiz, aytasizmi, aytmaysizmi? — deb qistayveribdi. Baribir aytmabdi. Shunda xotini yana qistayveribdi.

Oxiri erining joniga tegib: — Qo‘ysang-chi, ertaga aytaman, — debdi. — Ertaga aytmasangiz, siz bilan gaplashmayman, — deb yosh xotini qasam ichib yuboribdi.

Dehqon- ning hayvonlar tilini aytsa o‘sha zahoti o lishini bechora aqlli olapar kuchugi bilar ekan. Olapar xotinining so’ziga, dehqonning ertaga aytarman degan gapiga juda qayg’uribdi. Ertaga aytsa, egamiz o‘ladi-ku, deb qayg‘urib yiglabdi. Kuchukning ko’zida yosh, qayg‘uda yotganini ko’rgan

Xo‘rozvoy kelib: — Hoy, kuchukvoy do’stim, sen nega endi buncha xafasan, nega bunchalik qayg‘uga botib, yiglab yotibsan? — debdi. Shunda Olapar: — Ey,

Xo‘rozvoy, sening nimadan ham xabaring bor, hech narsadan xabaring yo‘q. Ahvolimiz voy, holimiz tang. Nimasini aytasan, ertaga xo‘jayinimiz o‘ladi.

Bizga qiyomat-qoyim boladi, sen bolsang hadeb qichqirib-qichqirib vaqtingni chog‘ qilib yuribsan-da!

— Xo’jamiz o’lsa, bunday xo‘jani qayerdan qidiramiz, hech joydan topolmaymiz-ku?! — deb yana yiglayveribdi. Shunda Xo’rozvoy:

— Ey, tentakvoy, sen xo’jangning ertagayoq olishini qayerdan bilasan? — debdi. Olapar: — Aniq bilaman, agar xotini so’ragan narsasini aytsa, shu zahoti albatta o’ladi, — debdi. Xo‘rozvoy: B Nimaga o‘ladi, odam bekor- dan-bekorga ham oladimi? — debdi. Olapar:

— Ey Xo‘rozjon, sen nimani ham bilarding. Xo‘jamiz ko‘p bilimdon, dono odam, u sen bilan bizning va jamiki hayvonot-u jonivorlaming tiliga tushunardi.

Sen bilan biz nima desak biladi. Xo‘jayinimiz sen bilan mening, Eshakvoy bilan Xo’rozvoylaming tiliga yaxshi tushungani uchun ham xotinining oldida Eshakvoyning qilig’ini o’ylab, kulgusi qistab ketdi. Buni sezib qolgan Oyxotin «Nimaga kulib qo‘ydingiz?» — deb qistab so‘rab qoldi.

Xo’jayinirniz, yolg‘on so‘zlasa ham oladi, eshak bilan ho‘kizning so‘zini eshitdim, ular shunday deb gaplashishdi, deb aytsa ham oladi. Oh, Xo‘rozjon, Xo’rozjon, endi ahvolimiz nima boladi? Xo’jamiz Oyxotiniga, nega kulimsiraganimni ertaga aytaman, deb va’da berdi, xotini hadeb aytasan deb qistavergach,

Oyxotin ertagayoq so‘rasa, bu so‘zlarni bayon qilsa, xo‘jayin olib qolsa, sen bilan mening ahvolimiz qanday bo’ladi, holimiz ne kechadi, deb yiglab o‘tiribman-da, — debdi. Olapaming ahvoliga Xo’rozvoyning juda-juda rahmi kelibdi

— Еу Kuchukvoy, — debdi Xo’rozvoy, — buning uchun oladigan bolsa, olaqolsin! Mana men ham bitta Xo’rozman, mening qaramog‘imda sakkizta makiyonim bor.

Qani ulardan biri mening so‘zimni qaytarib qichqirsin, men nima qilar ekanman. Boshiga ne-ne kunlarni solmasman.

Ha, agar mening makiyonlarim so’zimni takrorlab qichqirsa: — Mana senga, mana senga, deb tepib, dunyoga kelganiga pushaymon qilaman.

Shuning uchun makiyon- larimdan birontasi ham churq etolmaydi, — debdi. Qani ertaga xotin oyim: — Qani ayting, — deb so‘rasa, qistagan zahotiyoq,

mana, aytsam, mana, aytsam, deb u chakkasi bilan bu chakkasiga ikki shapaloq-ikki shapaloqdan solsin, qani yana so’rarmikin? — debdi.

Dehqon eshik supasida oltirgan ekan, kuchuk bilan Xo’rozvoyning bu so‘zlarini eshitib qolibdi. Dehqon Olaparvoy ‘ bilan Xo’rozvoyning gaplari to‘g‘ri, debdi o‘zicha.

Ertalab xotin oyim kelib: — Qani, kechagi aytaman deganingizni endi aytib bering, — degan zahotiyoq «Mana aytsam», deb u chakkasiga bir uribdi.

«Mana aytsam», deb bu chakkasiga bir shapaloq solibdi. Xotin oyim shu joyda voy-dod deb ag‘anab qolibdi.

Shu-shu tantiligi, injiqligini tashlab, eridan biror narsa kerakmi-yo‘qmi, so‘ramaydigan bo libdi. Dehqon hayvonlar va parrandalarning suhbati va ularning

mehribonligidan mamnun bo lib, o‘z hayvonlari va boshqa jonzod-u jonivorlar bilan do‘st, inoq bo lib, quvnab, vaqtixushlik bilan yashab, murod-u

maqsadiga yetibdi.

 

Bolalar Uchun O’zbek Xalq Ertagi Ayozgul

Rate article
Add a comment

Яндекс.Метрика